Home / 2022 / Fevral (page 6)

Monthly Archives: Fevral 2022

SHAYX XUDOYDOD VALIY – OSHIQLAR SARDORI

Subhidam har kimki Haqqa aylar roz, Haq Subhon qutlugʻ yoʻl aylar sarafroz. Shayx Xudoydod Valiy Movarounnahr tasavvuf taʼlimotida yassaviya tariqati muhim oʻrin tutadi. Uning markazi Turkistonda shakllangan boʻlsa, keyinchalik taʼlimot Toshkent, Fargʻona, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Nasaf, Hirot kabi shaharlar boʻylab tarqaldi. Yassaviya tariqatining taraqqiy etishida Samarqandda faoliyat olib borgan tasavvuf …

Batafsil

DIQQAT, EʼLON!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti hamkorligida oʻtkazilayotgan “Zarafshon vohasi tarixi va madaniyati” mavzusi doirasida qator ilmiy maʼruzalarni oʻzida mujassam etgan onlayn seminarlarning navbatdagisiga taklif etamiz. Bu galgi seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Arxeologik tadqiqotlar instituti katta tadqiqotchisi Dr. Farhod Maqsudovning “Markaziy …

Batafsil

MAHMUD BUXORIY VA UNING “HAQOIQU-L-MANZUMA” ASARI

Koʻhna Buxoro oʻzining pokiza zaminida koʻplab buyuk allomalarni yetishtirgan. Ular qoldirgan asarlar necha asrlarki islom olamida muhim manba sifatida eʼtirof etib kelinadi. Allomalarning sermahsul mehnati sabab bu shahar “Qubbatul Islom” (“Islom dini gumbazi”) degan sharafga munosib koʻrilgan. Buxoro madrasalarining yetuk vakillaridan biri, hanafiy mazhabi davomchisi Mahmud Buxoriydir. Uning toʻliq ismi …

Batafsil

BЕMORLIK – HAM NEʼMAT, HAM…

Islom dinida kasalni ziyorat qilish eng ulugʻ savobli amallardan biri hisoblanadi. Barcha ezgu amallar kabi bu ishni ham astoydil, ixlos bilan ado etish lozim. Kishi bemor boʻlganda savobli va xayrli ishlarni qila olmay qolsa, bemor paytida ham shu ishlarining savobi yozilaveradi. Muborak dinimizda bemorning har bir holati ibodat qilgan qatorida …

Batafsil

SOF ISLOMNI QAYERDAN TOPAMIZ

Oʻzining johilona fatvolari bilan mashhur boʻlgan A.Zufar yana bir gʻaroib chiqish qildi. Goʻyo Sof Islom taʼlimotlarini hech qanaqasiga rasmiy olimlar va muassasalardan olib boʻlmaydi. Haqiqiy islom taʼlimotlarini faqat va faqat norasmiy domlalardan topish mumkin, degan fikrni olgʻa surdi. Oʻzining gaplariga Imom Mahdiy haqidagi hadislardan ishoralar topib, dalil qilgan. Lekin haqiqat …

Batafsil

“MUVATTO”NING HANAFIY MAZHABIDA TUTGAN OʻRNI

Hanafiy mazhabining uch ulugʻ imomidan biri – Muhammad ibn Hasan Shayboniy Iroqda imom Abu Hanifa va Abu Yusufdan taʼlim olib, olimlik darajasiga yetganidan soʻng Madinaga safar qilgan. Imom Molik huzurida uch yil turib, uning mashhur asari – “Muvatto”dan dars olgan, undagi hadislarni bevosita muallifdan eshitgan, uning fiqhi, ilmi va rivoyatidan …

Batafsil

IMOM BUXORIYNING “AL-JOMEʼ AS-SAHIH” HADIS TOʻPLAMINING YOZILISH USLUBI, SAHIHLIK SHARTLARINI QIYOSIY, LЕKSIK SЕMANTIK TAHLILI

Islom dinida Quroni karimdan soʻng ikkinchi manba boʻlib eʼtirof etilgan kitob Imom Buxoriyning “al-Jomeʼ as-sahih” – (“Ishonarli hadislar toʻplami”) asaridir. Hadis ilmining sultoni, ulugʻ bobokalonimiz Muhammad ibn Ismoil Buxoriy taʼlif etgan bu asar, koʻplab nusxalarda musulmon xalqlarining orasida tarqalib, unga yuzlab sharhlar bitilgan va dunyoning turli tillariga tarjima qilingan va …

Batafsil

HAMKORLIKDAN BARCHA BIRDЕK MANFAATDOR

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan Avstraliya Fatvo kengashi Bosh kotibi, doktor Shayx Salim Alvon al-Husayniy hamda Kaliforniyadagi (AQSH) Anaxeyn islom markazi doktori Shayx Bilol al-Halloq bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Suhbat avvalida direktor Sh.Ziyodov mehmonlarga davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bunyod etilgan Markazning maqsad va vazifalari, oʻtgan davr …

Batafsil

“Умра – 2022” мавсумининг илк зиёратчилари юртимизга қайтишди

Joriy yil 1 fevral kuni “Umra – 2022” mavsumining ilk ziyoratchilari Saudiya Arabistonidan Jidda – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha yurtimizga qaytib kelishdi. Ularni ulamolar, mutasaddilar, ziyoratchilarning yaqinlari hamda OAV vakillari Toshkent xalqaro aeroportida kutib oldi. Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, ziyoratchilar safarlaridan mamnun va muborak umra …

Batafsil

IMOM BUXORIYNING “SAHIHUL BUXORIY”DAGI FIQHIY QARASHLARI

Imom Buxoriy oʻziga xos ijtihodi bilan fiqh ilmining ham peshvosi boʻlgan. Ammo ulamolar nazdida fiqh ilmidagi oʻrni hadisshunoslikdagidek, ochiq-ravshan namoyon boʻlmagan. Bunga sabab fiqhdagi ijtihodining barchasi maxfiy hisoblanadi. Shu sababli fiqh borasidagi peshvoligi faqat ikkita ish bilan chegaralanib qolgan. Birinchisi, ulamolar haqqiga maqtovlar aytib, “Faqih” deb sifatlagan boʻlsa, ikkinchisi, Imom …

Batafsil