Home / 2022 / Yanvar (page 4)

Monthly Archives: Yanvar 2022

BAHOUDDIN VALADNING HAYOTI, FALSAFIY TAʼLIMOTI VA ILMIY MЕROSI

Insoniyatning maʼnaviy qiyofasini yuksaltirish va axloqiy fazilatlarni rivojlantirishda falsafa fanining oʻrni beqiyosdir. Xususan, falsafiy tafakkur tarixi tizimida oʻziga xos oʻringa ega boʻlgan, durdona asarlari bilan diniy va dunyoviy ilmlar taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshgan Sharq allomalarining bebaho maʼnaviy merosini butun dunyo tan olib, yuksak eʼtirof etmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti taʼkidlaganidek: “Islom olami …

Batafsil

Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026 yillarga moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yilda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Hadis ilmi maktabi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda professor oʻqituvchilar, tadqiqotchilar …

Batafsil

AHILLIK VA HAMJIHATLIK – OSUDA HAYOT, FAROVON TURMUSH POYDЕVORI

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Islom dini insonlarni doimo ahil-inoq, tinch-totuv va hamjihat boʻlib hayot kechirishga chaqiradi. Tarixdan maʼlumki, mana shunday fazilatlarga amal qilib yashagan kishilar doimo baxtu saodatga erishgan. Alloh taologa shukrki, yurtimizda qoʻlga kiritilayotgan barcha yutuqlar, muvaffaqiyatlar zamirida jamiyatimizdagi ittifoqlik, hukm surayotgan tinchlik mujassam, albatta. Barcha zamonlarda davlatning rivojlanishi tinch-osoyishta …

Batafsil

IMOM BUXORIYNING “AL-JOMEʼ AS-SAHIH” ASARIDA KЕLGAN SULOSIYOT RIVOYATLARI TAHLILI

Sulosiyot deb Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan musannifgacha uchta roviy vositasida yetib kelgan rivoyatlar toʻplamiga aytiladi. Imom Buxoriy (194-256/810-870) oʻzining “Sahihul Buxoriy” toʻplamida yigirma ikkita sulosiy rivoyatni naql qilib keltirgan. Ulardan oʻn bittasini Abu Hanifaning xos shogirdi Makkiy ibn Ibrohimdan, oltitasini Abu Hanifaning boshqa shogirdi Abu Osim Nabiyl Zahhok ibn Mixladdan, uchtasini …

Batafsil

“MOTURIDIYLIK TAʼLIMOTI VA HOZIRGI ZAMON” MAVZUSIDA II XALQARO ONLAYN ILMIY-AMALIY SIMPOZIUM AXBOROT XATI

Hurmatli olimlar va mutaxassislar! Sizlarni  2022 yil may oyida boʻlib oʻtadigan “Moturidiylik taʼlimoti va hozirgi zamon” mavzuidagi II xalqaro onlayn ilmiy-amaliy simpoziumda ishtirok etish uchun taklif etamiz. Simpoziumda islomshunoslik va moturidiyshunoslik sohalariga oid keng qamrovli masalalar muhokama qilinadi. Simpoziumning asosiy yoʻnalishlari: Imom Moturidiy hayoti va ilmiy merosi; moturidiylik taʼlimoti va …

Batafsil

DIQQAT, EʼLON!

Sizni Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi tashabbusi bilan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Buyuk Britaniyaning “Al-Furqon” Islom merosi fondi bilan hamkorlikda “Oʻzbekistonning “Umumjahon Islom qoʻlyozmalari tadqiqoti”da bayon etilgan boy ilmiy merosi” mavzuida oʻtkaziladigan onlayn seminarga taklif etamiz. Seminarda Buyuk Britaniyaning “Al-Furqon” Islom merosi fondi boshqaruvchi direktori Dr. Sali Shahsivari oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etadi. …

Batafsil

“SAHIHUL BUXORIY”NING HADIS TOʻPLAMLARI ORASIDAGI OʻRNI

Ilm-fan va jahon tamadduni rivojida oʻchmas iz qoldirgan muhaddislar oʻz asarlarida Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning hadislari, sahobalarning soʻz va amallari va hatto tobeinlarning fatvolarini jamlagan. Hadis ilmiga oid manbalarning koʻpayib borishi natijasida muhaddislar ularni mavzui, yozilish uslubi, sohasi va boshqa jihatlariga eʼtiboran guruhlarga ajratib chiqqan. Avval musnad uslubidagi hadis toʻplamlari …

Batafsil

“AL-JOMEʼ AS-SAHIH” QOʻLYOZMA ASARINING JAHON KUTUBXONALARIDA SAQLANISH TARIXI

Umuminsoniy madaniy boylikka aylangan ajdodlarimiz qalamiga mansub qadimiy qoʻlyozma asarlarining nusxalari bugungi kunda nafaqat Oʻzbekistonda, balki jahonning turli davlatlarida mavjud. Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazida chet ellarda saqlanayotgan mamlakatimiz tarixiga oid madaniy boyliklarni aniqlash, ularning toʻliq maʼlumotlar bazasini yaratish va uni muntazam yangilab borish, shuningdek, ular haqidagi bibliografik …

Batafsil

“Sahihul Buxoriy”ning Samarqand davlat universitetida saqlanayotgan qoʻlyozma nusxasi

Samarqandda Islom sivilizatsiyasi rivojiga munosib hissa qoʻshgan koʻplab mutafakkirlarning xoki mangu qoʻnim topgan ziyoratgohlar joylashgan. Bu ziyorat turizmini rivojlantirish uchun ulkan imkoniyat yaratadi. Maʼlumki, hadis ilmining sultoni Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (810-870) umrining soʻnggi damlarini Samarqandning Xartang qishlogʻida oʻtkazgan. 870 yilda ogʻir kasallikka chalinib, vafot etgan va shu …

Batafsil