Home / 2022 (page 66)

Yearly Archives: 2022

“Ibn Sino ilmiy merosining zamonaviy tibbiyotdagi ahamiyati” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

24 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Samarqand davlat tibbiyot instituti hamkorligida “Ibn Sino ilmiy merosining zamonaviy tibbiyotdagi ahamiyati” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda Markaz ilmiy xodimlari, Samarqand davlat tibbiyot instituti professor-oʻqituvchilari, Respublika Ibn Sino fondi xodimlari hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirni …

Batafsil

MARKAZ HAMKORLARI KOʻPAYMOQDA

24 fevral kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Toshkentda oʻz faoliyatini boshlagan Al-Buxoriy universiteti rahbariyati vakillari, taʼsischi Nozimjon Mamataxunov hamda universitet rektori Muzaffar Ahmedov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov kutib olib, Markaz faoliyati, kutubxona va muzey bilan tanishtirdi.        Tashrif davomida Markaz …

Batafsil

SHARQ ALLOMALARINING ILMIY MЕROSIDA BILIMLAR INTЕGRATSIYASI

Oʻrta asrda Markaziy Osiyoda ijod etgan mutafakkirlar beqiyos ilmiy xazina yaratdilar va ularning durdona meroslari, boy ijodi, ilmiy va falsafiy fikrlari bugungi kunda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ulardan Forobiy, Ibn Sino, Xorazmiy kabi buyuk faylasuf va allomalarning asarlari jahon sivilizatsiyasining oltin xazinasidan munosib oʻrin olgan, jahon fani va madaniyati …

Batafsil

YOZMA MANBALAR – BЕBAHO BOYLIK

Mamlakatimizda qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targʻib qilish tizimini yanada takomillashtirishga ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida katta eʼtibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 2022 yil 10 fevraldagi “Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bu borada muhim qadam boʻldi. Qarorda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom …

Batafsil

IBN DAVLAT DЕVONI QOʻLYOZMASINING XUSUSIYATLARI

Ibn Davlat devoni Sharq mumtoz devonchiligi anʼanalari doirasida tartib berilgan sheʼrlar toʻplami boʻlish bilan birga, u XX asrning 40-yillarida tuzilgani bilan ahamiyatlidir. Chunki, aynan shu davrda mumtoz merosga nisbatan bepisand qarash, uning juda koʻp jihatlarini rad etish tamoyillari sobiq sovet mustabid tuzumi adabiyotshunosligi va adabiyotida boʻy koʻrsatayotgan edi. Yuqorida taʼkidlanganidek, …

Batafsil

MOVAROUNNAHR TARIXIGA NAZAR

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon vohasi tarixi va madaniyati” mavzusi doirasida qator ilmiy maʼruzalarni oʻzida mujassam etgan navbatdagi onlayn seminar oʻtkazildi. Bu galgi seminarda Fransiya milliy tadqiqotlar markazi qoshidagi Sharq va Gʻarb arxeologiyasi va filologiyasi qoʻshma …

Batafsil

QOʻLYOZMA MANBALAR TADQIQOTIDA YANGI DAVR BOSHLANDI yoxud koʻhna maʼrifat oʻchogʻidagi yorugʻ sahifalar

Muqaddas zaminimiz azaldan ilm-maʼrifat oʻchogʻi boʻlib kelgan. Allomalarimiz qoldirgan ulkan ilmiy merosning maʼlum bir qismi, garchi turli bosqinlar davrida nobud qilingan, olib ketilgan boʻlsa-da, hozirgi kungacha yetib kelganlarining sanogʻi ham kishini hayratga soladi. Chorak asrki, mazkur noyob xazinani asrash va oʻrganish ishtiyoqida izlanishlar olib borayotgan olim, filologiya fanlari doktori Aftondil …

Batafsil