Home / 2022 (page 3)

Yearly Archives: 2022

Alloh taolo isrof qilguvchilarni sevmas!

Alloh taolo oxirzamon ummatini ummatlar ichida eng afzali qildi. Ularning afzalligi har bir ishda vasatiy boʻlganlaridandir. “Vasatiy” soʻzi “oʻrta”, “moʻtadil” va “afzal” kabi maʼnolarni anglatadi. Alloh taolo bu haqida Qurʼoni karimda bunday marhamat qiladi: “…sizlarni oʻrta ummat qildik” (Baqara surasi 143-oyat). Darhaqiqat, bu ummatning har bir ishi moʻtadillik ustiga qurilgan. …

Batafsil

IMOM LAKNAVIY YASHAGAN MUHIT

Maʼlumki, yashab turgan muhiti kishining jamiyatda oʻz oʻrnini topishida, hayotdagi intilish va maqsadlarini belgilashida katta oʻrin tutadi. Ayniqsa, Alloh yoʻliga hayotini bagʻishlagan ilm ahllari, fazilat sohiblari, yaxshilik egalari uchun ijtimoiy muhit alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, ular bu dunyoda faqat Alloh taoloning roziligini istab harakat qiladi. Guvohmizki, ular hamma vaqt …

Batafsil

ULUGʻBЕK TARIXIGA OID MUHIM MANBA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Toshkent shahrining qadimiy va moʻtabar maskani – Hastimom dahasida barpo etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi binosi bilan tanishib, uning asosiy peshtogʻini qurishda Samarqanddagi Ulugʻbek madrasasidan andoza olish kerakligi haqida gʻoyat muhim taklifni ilgari surdilar. Ushbu taklifning tarixiy ahamiyatini anglash uchun sulton Ulugʻbek hayoti va ilmiy merosini chuqur …

Batafsil

KALOM ILMI TARIXI VA TAʼLIMOTI, OʻRTA OSIYODA KALOM ILMINING RIVOJLANISHI

Islom  taʼlimoti  boʻyicha  barcha  paygʻambarlar  yagona  Allohga  imon keltirishga chaqirganlar va bu ularning eng asosiy vazifasi hisoblangan. Shu bilan birga ularning shariati turlicha boʻlgan. Musulmonlar  islom  taʼlimotini  Muhammad  paygʻambar  (a.s.)dan  oʻrganganlar.  Vaqt oʻtishi  bilan  islom  taʼlimotini  faqat  shu  dinni  yaxshi  bilgan  olimlar  tushuntira  boshladilar.  Bu taʼlimotni  tushuntiruvchi  fan  paydo  boʻldi.  Mazkur …

Batafsil

OʻZBЕKISTONDAN YETISHIB CHIQQAN HANAFIY MUHADDISLAR

Islom dini manbasining birinchisi Qurʼoni karim boʻlsa, ikkinchisi hadisi sharifdir. Dinimizda har ikkala ilmni oʻrganishga birday targʻib etilgan. Chunki, hadislar oʻzi mustaqil manba sifatida eʼtirof etilgan boʻlsada, Qurʼon oyatlarining tafsiri (sharhi) hisoblanadi. Shuning uchun, dunyoning yetuk olimlari har asrda bu ilmni oʻrganib, uning rivoji uchun oʻz hissalarini qoʻshishga harakat qilib …

Batafsil

“SHUHRATING PORLASIN TOKI BOR JAHON!”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bagʻishlab “Shuhrating porlasin toki bor jahon!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda Markaz direktori oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev ishtirokchilarni ayyom bilan samimiy muborakbod etib,  Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining musiqasi, uning har bir soʻzi xalqimizga xos qadriyatlar, mentalitetimizga xos …

Batafsil

BUGUNGI OʻYLAR…

Mamlakatimizda chorak asrdan ziyodroq davr mobaynida erishilgan barcha yutuqlar, hamma yoʻnalishdagi taraqqiyotga, asrlarga tatigulik oʻzgarishlarga, hech shubhasiz, Bosh qomusimiz huquqiy asos boʻlib xizmat qildi. Asosiy Qonunimiz xalqimizning koʻp asrlik tajribasi, betakror mentaliteti, beqiyos urf-odatlari, oʻziga xos orzu-oʻylariga binoan ishlab chiqilgan. Eʼtiborli jihati, undagi normalar muqaddas dinimiz qoidalariga ham toʻla-toʻkis muvofiq …

Batafsil

OʻRTA ASR SHARQ ALLOMALARINING ISLOMIY-GʻOYAVIY QARASHLARI DUNYO HAMJAMIYATI NIGOHIDA

Inson oʻz davrininggina emas, oʻz tarixi, oʻz avlodining farzandidir. Bizdagi gʻurur, iftixor, insoniylik oʻtmish avloddan meros boʻlib qolgan. Shuning uchun oʻzini ajdodlarning maʼnaviy vorisi sifatida tasavvur qilmagan odam, toʻla maʼnoda shaxs boʻlib yetisha olmaydi[1]. Jamiyat ham oʻz taraqqiyotiga erishish yoʻlida hamisha ildizi orqali uning taniga singgan xalqning asl farzandlari ilmdan …

Batafsil

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING SHAXS XULQ-ATVORI HAQIDAGI QARASHLARI

Oʻtmishda ajdodlarimiz insoniyatning psixologik qonuniyatlarini muayyan ilmiy yoʻnalish sifatida oʻrganmagan boʻlsalarda, biroq allomalarning asarlari, qoʻlyozmalarida mazkur holatlarning yoritilishi, tahlili kuzatiladi. Biz sharq mutafakkirlarining psixologik qarashlari bilan tanishar ekanmiz, inson va hayvonlar psixik hayotini oʻrganishga boʻlgan intilishi kishilar hayotining har xil tarixiy bosqichlarida ularning qanday nazariy va amaliy bilan taqozo qilganligini …

Batafsil

“KONSTITUTSIYA – TARAQQIYOTIMIZ ASOSI”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 30 yil toʻlishi munosabati bilan “Konstitutsiya – taraqqiyotimiz asosi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda Markaz direktori oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev yigʻilganlarni qutlugʻ sana bilan tabriklab, 30 yil muqaddam qabul qilingan tarixiy hujjat xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi ekanini eʼtirof etdi. …

Batafsil