Baxtli oila — barcha insonlarning oliy orzusi. Bunday xonadon faqat uning aʼzolari oʻrtasidagi ehtiromga asoslangan boʻladi. Agar buning aksi boʻlsa, oila poydevori darz ketadi, ustunlari barbod boʻladi. Ayolga ehtirom deganda, bir qator muhim tatbiqiy odoblar nazarda tutiladi. Avvalo, ayolga ehtirom inson zotiga ehtiromdir. Unga ozor berilmaydi, xorlanmaydi, huquqlari poymol qilinmaydi. …
BatafsilYearly Archives: 2021
FIRABRLIK ULAMOLAR
Firabr Buxoroning qadim shaharlaridan biri boʻlgan. Bu haqda Imom Samʼoniy oʻzining “Al-Ansob” asarida: “Firabr Amudaryo bilan Buxoro oʻrtasidagi shahardir. Firabr shahri bilan Amudaryoning oʻrtasidagi masofa bir farsax atrofidadir. Men Movarounnahrdan qaytayotganimda Firabrda bir necha kun turganman”, deb aytgan. Imom Zahabiy esa oʻzining “Siyaru aʼlamin nubalo” asarida: “Firabr Buxoro qishloqlaridan biridir”, …
Batafsil“ISLOM SANʼATI” XALQARO ONLAYN KOʻRGAZMASI
TAS-IX da
BatafsilMovarounnahr adiblarining islom sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xorijiy mamlakatlardagi nufuzli ilm-fan muassasalarining taniqli olimlari bilan onlayn seminarlar turkumini izchil davom ettirmoqda. “Movarounnahr adiblarining islom sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi” mavzuiga bagʻishlangan navbatdagi anjuman Turkiyaning Anqara Yildirim Boyazid universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda Markaz tadqiqotchilari, yurtimizda diniy-maʼrifiy yoʻnalishda faoliyat koʻrsatayotgan …
Batafsil“Sahihul Buxoriy” ijodkorlarni ham ilhomlantirmoqda
Oʻzbekistonning madaniy va tarixiy merosi, islom dinining insonparvarlik tamoyillarini targʻib etish maqsadida 3 mart kuni Imom Buxoriyning “Sahihul Buxoriy” asari asosida “Islom sanʼati” xalqaro onlayn koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Tadbir Oʻzbekistonning Singapurdagi elchixonasi koʻmagida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy halqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Buyuk Britaniyaning Lester universiteti va Dacore IT masʼuliyati cheklangan …
BatafsilRasuli akram moʻjizalari “Sahihul Buxoriy”da…
OT SHIDDATINING ORTISHI Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir safar Madina aholisi vahimaga tushdi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam Abu Talhaning sekin yoʻrgʻalaydigan otini minib ketdilar. Qaytib kelganlarida: “Bu otingiz dengiz ekan”, dedilar. Shundan keyin u bilan chopishib boʻlmaydigan boʻlib ketdi». Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Manba: OʻzA
BatafsilDIQQAT, EʼLON!
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 2021 yil 5 mart kuni soat 16:30da Turkiyaning Anqara Yildirim Boyazid universiteti bilan hamkorlikda “Movarounnahr adiblarining islomga qoʻshgan hissalari” mavzuida oʻtkaziladigan onlayn seminarga taklif etadi. Seminarda Anqara Yildirim Boyazid universiteti dotsenti Ogʻuzxon Aydin oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etadi. SЕMINARDA: Movarounnahrdan yetishib chiqqan mashhur adiblar; …
BatafsilXalqaro seminarda oʻzbek olimining maʼruzasi tinglandi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti hamkorligida 2020 yilning dekabr oyidan 2021 yilning mart oyiga qadar davom etadigan “Zarafshon vohasi tarixi va madaniyati” mavzuidagi turkum anjumanlar doirasida qator ilmiy maʼruzalarni oʻzida mujassam etgan onlayn-seminarlar oʻtkazilmoqda. 2 …
BatafsilUbaydulla Uvatov nomi Gʻuzordagi maktab va koʻchalarga berildi
Gʻuzor tumanidagi 1-umumtaʼlim maktabida taniqli olim, tarix fanlari doktori, professor Ubaydulla Uvatov tavalludining 81 yilligi munosabati bilan “Inson xotira bilan tirik, qadr bilan barhayot” mavzusida xotira kechasi va maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. “Qashqadaryo” nashrining xabar berishicha, viloyat va tuman hokimligi vakillari, ilm-fan, madaniyat va sanʼat namoyandalari, sektor rahbarlari, nuroniylar, ustozning …
BatafsilYosh Buxoriyning hadis ilmiga ishtiyoqi
Muhaddislar sultoni Muhammad ibn Ismoilning hayoti hadis ilmining oltin asriga toʻgʻri keldi. Milodiy 810 yilda tugʻilgan Muhammad ibn Ismoil yoshligidan muhaddislar bilan hamnafas boʻlib voyaga yetdi. Oʻz safdoshlaridan farqi, Alloh taoloning u kishiga bergan kuchli yodlash qobiliyati edi. Kamdan-kam odamga beriladigan bunday neʼmat bilan yosh Buxoriy oʻz davridan hozirgi kunga …
Batafsil