Home / 2021 (page 6)

Yearly Archives: 2021

SAROB HЕCh QACHON HAQIQAT BOʻLA OLMAYDI (Mahmud Abdulmoʻmin (“Hizbut tahrir”)ning xalifalik daʼvolariga raddiya)

Nasroniylikda “Iegovo shohidlari”, “Pyatidesyatnik” kabi radikal oqimlar mavjud boʻlgani kabi musulmonlar orasida mutaassiblik gʻoyalariga asoslangan guruhlar tarixda ham, hozir ham yetarlicha topiladi. Bunday toʻdalar, qaysi oʻzini dinga mansub deb koʻrsatishidan qatʼiy nazar, faoliyati din va jamiyat ravnaqiga emas, aksincha, tor doiradagi gʻarazli shaxs yo guruhlar, yaʼni uchinchi tomon manfaatlariga xizmat …

Batafsil

SABR VA SHUKRONALIK RIZQNI ZIYODA QILADI

Qurʼoni karimning yuzga yaqin oyati karimasida moʻmin-musulmonlarni sabr qilishga chaqiradi. Jumladan, Alloh taolo bunday marhamat qilgan: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا اصْبِرُوا وَصَابِرُوا وَرَابِطُوا وَاتَّقُوا اللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ “Ey imon keltirganlar! Sabr qiling. Sabr ila gʻolib keling. Kurashga bel bogʻlab turing. Allohga taqvo qiling. Shoyad najot topsangiz.”![1] Bu dunyoda kishiga yetgan …

Batafsil

MARKAZ XODIMLARI “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASIDA ISHTIROK ETDI

Shu kunlarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimiz boʻylab davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi mazmun-mohiyati jihatidan kelajak avlod taqdiriga daxldorligi bilan ahamiyatlidir. 10 dekabrga qadar koʻchat oʻtqazish boʻyicha eʼlon qilingan dolzarb 40 kunlik doirasida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi rahbarligida Payariq tumani Xoʻja Ismoil shaharchasida “Imom Buxoriy avlodlari bogʻi” …

Batafsil

Xabar

24 -25 noyabr kunlari Saudiya Arabistonining Jidda shahrida “Rossiya – Islom olami” strategik qarashlar guruhi (SQG) ning ikkinchi yillik yigʻilishi boʻlib oʻtdi. “Muloqot va hamkorlik ufqlari” shiori ostida boʻlib oʻtgan sammit ishida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Sh.Minovarov ishtirok etdi hamda maʼruza qildi. Sh.Minovarov sammit tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirgan holda soʻnggi …

Batafsil

XALIFALIKMI YOKI PODSHOHLIK? (Mahmud Abdulmoʻmin (Hizbuttahrir)ning xalifalik daʼvolariga raddiya)

Maʼlumki, Islom dini avvalida musulmonlar jamiyatining boshqaruvi bevosita paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam boshqaruvlarida boʻlgan. U zot vafotlaridan soʻng musulmonlar jamiyati xalifalar boshqaruviga oʻtdi. Keyinchalik Islom sarhadlari kengayib xalifalik ham turli hududlarga boʻlinib ketdi va alaloqibat musulmon oʻlkalarida nomi xalifalik, boshqaruv tuzumi mulkchilikka, maʼlum bir hududlarga asoslangan podshohliklar vujudga …

Batafsil

ALISHЕR NAVOIYNING HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATIGA SAMARQAND MAʼNAVIY-MAʼRIFIY MUHITINING TAʼSIRI (tarixiy-sinergetik tahlil)

Alisher Navoiy 1464-1469 yillarda yirik ilmiy-maʼrifiy va madaniy markazlaridan hisoblanmish Samarqandda boʻlib, zamonasining mashhur olimu fuzalolari bilan uchrashadi va ulardan saboq oladi. Hazrat Navoiyning Samarqanddagi hayoti va ijodiy faoliyati atoqli navoiyshunos olimlar V.Abdullayev [1], B.Valixoʻjayev [2] asarlarida atroflicha yoritiladi. Alisher Navoiyning Samarqandda boʻlishi tasodifmi, zaruratmi? Navoiy uchun zarurat edi. Samarqand …

Batafsil

OʻZBЕK TILIDAGI “TAʼVILOT AL-QURʼON” TAQDIMOTI SIRDARYO VILOYATIDA OʻTDI

Avval xabar qilinganidek, respublikamiz viloyatlarida buyuk ajdodimiz Imom Moturidiy “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan 30-juzi taqdimoti tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda. Shunday taqdimot Sirdaryo viloyatida boʻlib oʻtdi. Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimligi mutasaddilari, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Sirdaryo viloyat vakilligi xodimlari, viloyatdagi faol imom-xatiblar, viloyatning keng …

Batafsil

ADASHGAN FIRQALAR VA ULARNING SUNNATGA MUNOSABATI

Adashgan va haq yoʻldan toygan islom dushmanlari hamma davrlarda ham boʻlgan. Ular turli guruhlar paydo boʻlishi uchun asos vazifasini oʻtagan yoki  mavjudlarini toʻldirib kelgan. Tarixdan maʼlumki, bunday kimsalar islomning tez tarqalayotganini koʻra olmay, uni buzish yoʻliga kirgan. Makru hiylalarini dinni yomonotliq qilish va ummatni adashtirish uchun ishga solgan. Ichi toʻla …

Batafsil

XX ASR BOSHLARIDA TURKISTON XALQ TAʼLIMINING HOLATI

Buyuk Turon zamini tarix va taqdirlari tutashgan turli xalqlarni birlashtirgan makon. Buning zamirida yagona iqtisodiy manfaat bilan birga, siyosiy va madaniy qarashlarning mushtarakligi turadi, desak, haqiqatni aytgan boʻlamiz. Chunki, Turkiston oʻlkasi barcha zamonlarda ham savdo markazi, ham ilm-maʼrifat va sanʼat oʻchogʻi vazifasini oʻtagan. Maorif tizimining asosi boʻlmish xalq taʼlimi XIX …

Batafsil