Home / XALQARO YANGILIKLAR (page 6)

XALQARO YANGILIKLAR

Oʻzbekiston tajribasi – mintaqaga namuna

Turkiyadagi Islom tafakkuri institutida tashkil qilingan “Movarounnahr toʻrtinchi yozgi seminarlari” doirasida 9 mamlakatdan kelgan olim va tadqiqotchilar ishtirokida ilmiy-maʼnaviy muloqotlar boʻlib oʻtmoqda. Mazkur mashvaratlarda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Qodirxon Mahmudov bilan Oʻzbekistondan yana yetti nafar tadqiqotchi ishtirok etyapti. Oʻquv dasturiga binoan, “Oʻzbekistonda din va diniy taʼlim” mavzusida …

Batafsil

Maʼnaviy yaqinlik – ilmiy hamkorlik poydevori

19-iyul kuni Samarqand shahrida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, “Falsafiy va sotsial fanlar” elektron jurnali va Toshkent iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali hamkorligida oʻtkazilgan SKOPUS-seminarning xalqaro ishtirokchilari Markazda mehmon boʻldi. Asosan Indoneziya va Ozarbayjondan kelgan SKOPUS faktorli jurnal muharrirlaridan iborat mehmonlar Markaz direktori Bosh maslahatchisi, falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor Toʻrayev …

Batafsil

Ilmu urfonni tutashtirgan maʼnaviy rishtalar

Xabar berganimizdek, Turkiyadagi Islom tafakkuri institutida “Movarounnahr toʻrtinchi yozgi seminarlari” izchil davom etmoqda. Dastur doirasida uning ishtirokchilari uchun qadimiy Bursa shahriga safar tashkil etildi. Professor doktor Bunyamin Eroʻl va dotsent Ferhat Goʻkche rahbarligida uyushtirilgan ushbu ilmiy-maʼnaviy safar davomida tinglovchilar shaharning diniy va tarixiy maskanlarini ziyorat qilib, ularning tarixi va ahamiyati …

Batafsil

Maʼrifiy sayohat va ilmiy muloqotlar

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Turkiyaning Anqara shahridagi Islom tafakkuri institutida “Movarounnahr toʻrtinchi yozgi seminarlari” davom etyapti. Oʻquvlar doirasida uning ishtirokchilari uchun Konya shahriga maʼnaviy va ilmiy safar uyushtirildi. Ilm va irfon markazi sifatida dunyoga mashhur boʻlgan Konyada tinglovchilar Mavlono Jaloliddin Rumiy muzeyi, Shams Tabriziy maqbarasi, Sille shaharchasi, Iplikchi masjidi, …

Batafsil

Manfaatli maʼnaviy-maʼrifiy muloqot

Turkiya, Anqara – 2025-yil, 10 iyul. Ayni paytda Turkiyada turli mintaqalardan kelgan tadqiqotchilar ishtirokida “Movarounnahr toʻrtinchi yozgi seminarlari” muvaffaqiyatli davom etmoqda. Turkiya Islom tafakkuri instituti tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan anʼanaviy oʻquvlarning joriy yilgi ishtirokchilarini Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Diyonat ishlari boshqarmasi rahbari Doktor Ali Erbosh qabul qildi. Din ishlari …

Batafsil

Indoneziya OAV O’zbekiston ulamolari va olimlarining Jakartaga ilmiy safari haqida yozmoqda

O’zbekiston Din ishlari qo’mitasi, Musulmonlar idorasi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda O’zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi mas’ul xodimlaridan iborat ilmiy guruhning Indoneziyaga tashrifi ushbu mamlakatning yetakchi bosma va elektron nashrlari tomonidan keng yoritildi. Jumladan, Indoneziyaning «CNN Indonesia» axborot agentligi «O’zbekiston delegatsiyasi Indoneziyaga tashrif buyurdi» sarlavhali maqolani e’lon qildi. Unda …

Batafsil

Turkiyada toʻrtinchi yozgi seminar

Turkiyaning Anqara shahridagi Islom tafakkuri institutida “Movarounnahr toʻrtinchi yozgi seminarlari” doirasidagi malaka oshirish oʻquvlari boshlandi. Joriy yilgi seminarda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Qodirxon Mahmudov faol ishtirok etmoqda. Ushbu ilmiy oʻquv dasturida Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tatariston, Senegal, Makedoniya, Kosovo, Albaniya va Ozarbayjondan tashrif buyurgan yosh tadqiqotchilar, talaba-yoshlar hamda ilm …

Batafsil

IMOM BUXORIY ILMIY MEROSINI TARGʻIB QILISHNI HAYOTIMNING BOSH GʻOYASI, MAZMUN-MOHIYATI DEB BILAMAN

Eka Shanti Rofi, “Kalimantan post” gazetasi bosh muharriri: Oʻzbekiston islom ilm-fani va madaniyatiga ulkan hissa qoʻshgan koʻplab buyuk zotlarni tarbiyalagan moʻtabar zamin. Bu yurtning har qarich yeri muqaddas, har goʻshasi moʻtabar Yuzlab, hatto minglab ulamolarning aynan Oʻzbekistondan yetishib chiqishining siri nimada?» – degan savol meni uzoq yillardan beri oʻylantirib kelar …

Batafsil

INDONEZIYADA QADIM MOVAROUNNAHR ALLOMALARI KATTA EHTIROM BILAN TILGA OLINADI. ULAR ISLOM ILM-FANI RIVOJIGA BEQIYOS HISSA QOʻSHGAN.

Arskal Salim, Indoneziya Din ishlari vazirligi bosh direktori, Oliy taʼlim va tadqiqotlar markazi rahbari, professor  Oʻzbekiston deganda koʻz oldimizga Gʻarbda Avitsenna nomi bilan shuhrat qozongan, “Tib qonunlari” asarining muallifi Ibn Sino, algebra fanining asoschisi Al Xorazmiy, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy va boshqa koʻplab buyuk olimlar, ulamo va faylasuflar keladi. …

Batafsil