Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Rossiyadagi Bulgʻor islom akademiyasi Ilohiyot kafedrasi oʻqituvchisi, islom huquqshunosligi va zamonaviy fatvolar boʻyicha mutaxassis dr. Sayful Asriy tashrif buyurdi. Mehmonni Markaz direktorining oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev kutib olib, muzey bilan yaqindan tanishtirdi. Markaz faoliyati va jamoaning ilmiy yutuqlari yamanlik olimda katta taassurot uygʻotdi. Muloqot chogʻida Markaz …
BatafsilAllomalar ilmiy merosi – zamonaviy ilmlar asosi
17-oktyabr kuni Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan oʻrni” mavzusida boshlangan xalqaro ilmiy anjumanda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Shukurillo Umarov “Markaziy Osiyoning mashhur muhaddislari” mavzusidagi maʼruza bilan qatnashdi. Maʼruzachi Movarounnahr dunyoga koʻplab buyuk ulamolarni, jumladan, muhaddislar, mufassirlar va faqihlarni yetishtirib bergani, …
BatafsilMarkaz yutuqlarining muhim ahamiyati eʼtirof etildi
Samarqanddagi Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika institutida “Turkistondan Onadoʻligacha turkiy islom tafakkuri” mavzusida oʻtkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning bir guruh ishtirokchilari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi. Turkiya, Gollandiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, AQSH olimlari Markaz muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, Imom Buxoriy ilmiy merosi va asarlariga katta qiziqish bildirdi. …
BatafsilYangi Oʻzbekiston dunyo islom maʼrifati markazlaridan biriga aylanadi
Samarqanddagi Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika institutida “Turkistondan Onadoʻligacha turkiy islom tafakkuri” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi. Anjumanda Turkiya, Gollandiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklaridan kelgan islomshunos olimlar, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilar va yurtimizning taniqli ilm-fan arboblari bilan birga, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktorining Bosh maslahatchisi, falsafa fanlari doktori, prof. Baxtiyor …
BatafsilGaldagi stipendiat amaliyot boshladi
Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya joriy yilgi dasturining navbatdagi sovrindori – Malayya universiteti (Malayziya) tadqiqotchisi Ashraf Ishroqiy ibn Jamil ilmiy amaliyot oʻtash uchun Markazga keldi. Direktor oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev tadqiqotchini dastur gʻolibligi munosabati bilan qutlab, ilmiy ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Ashraf Ishroqiy samimiy va doʻstona qabul uchun minnatdorlik bildirib, amaliyot davomida …
BatafsilIndoneziyadagi eng yirik oliy diniy taʼlim muassasasi rahbarining tashrifi
Imom Buxoriy xaqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Indoneziyaning Lampung muxtoriyatida joylashgan Raden Intan davlat islom universiteti rektori prof. dr. Van Jamaluddin tashrif buyurdi. Mehmonlarni Markaz direktorining oʻrinbosari O.Muhammadiyev kutib oldi. Nafaqat Lampung, balki butun Indoneziyadagi eng yirik oliy diniy taʼlim muassasasi boʻlmish Raden Intan davlat islom universitetiga 1968-yilda asos solingan. Ayni paytda …
Batafsil“Islom – tinchlik va ezgulik dini”
Avval xabar berilganidek, 15-oktyabr kuni Toshkentda “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boshlandi. Saudiya Arabistoni, Misr, Turkiya, Iordaniya, Oʻmon, Rossiya, AQSH, Fransiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Hindiston va Pokiston kabi davlatlardan 70 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, din arboblari, muftiylar va taniqli ulamolar qatnashayotgan anjumanda …
BatafsilIlmiy tadqiqotlarda kutubxonalarning roli va yangi imkoniyatlar
11-oktyabr kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo – Islom madaniyati va sanʼati oʻchogʻi” ilmiy loyihasi doirasida navbatdagi onlayn seminar oʻtkazildi. Unda Markaz ilmiy xodimlari va IRCICA vakillari bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti, Xalqaro islom …
BatafsilRossiya musulmonlariga yangi nashrlar taqdimot qilindi
Avval xabar berilganidek, Qozon shahridagi Bulgʻor islom akademiyasida “Rossiya musulmonlarining VI xalqaro forumi” boʻlib oʻtmoqda. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining unda ishtirok etayotgan ilmiy xodimlari mazkur nufuzli tadbir doirasida Markaz jamoasi tomonidan Imom Buxoriyning ilk marta oʻzbek tiliga oʻgirilgan “Xalqu afʼolil ibod” va “Kitobuz zuafois sagʻir” asarlari taqdimotini oʻtkazdi. Unda …
BatafsilMarkaz ilmiy xodimlari – “Rossiya musulmonlarining VI xalqaro forumi”da
Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasining Qozon shahrida joylashgan Bulgʻor islom akademiyasida “Rossiya musulmonlarining VI xalqaro forumi” boʻlib oʻtmoqda. Unda oʻndan ziyod davlatdan olimlar, din arboblari va mutaxassislarning 100 dan ortiq ilmiy maʼruzalari tinglanib, dolzarb diniy, ijtimoiy va madaniy masalalar muhokama qilinmoqda. Musulmon jamiyatlari oʻrtasidagi hamkorlik va ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish, …
Batafsil
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz