Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 15-aprel kuni “Imom Buxoriyning ilm-fan rivojiga qoʻshgan hissasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oriental universiteti, Qarabuk universiteti, Anqara ijtimoiy fanlar universiteti va Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) hamkorligida tashkil …
BatafsilMuallo va Baqi’dan keyin turuvchi qadamjo
14-aprel kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom hamkorlik tashkilotining Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) hamkorligida “Chokardiza qabristoni: o‘tmish va bugun” mavzusida xalqaro onlayn ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda markazlar ilmiy xodimlari, yurtimiz va Turkiyadagi ilmiy muassasalarining yetuk olim va …
BatafsilXalqaro tadqiqotchilarning Buxoroga ilmiy safari
Ayni paytda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida amaliyot oʻtayotgan xalqaro stipendiya dasturi sovrindorlari — Malayziya Xalqaro islom universiteti dotsenti dr. Xayril Husayniy bin Jamil va Turkiyaning Trabzon universiteti tadqiqotchisi Xadicha Demirchi Akyuz qadim va muhtasham Buxoro shahriga tashrif buyurdi. Safar doirasida tadqiqotchilar dastlab Tasviriy sanʼat muzeyida boʻlib, ushbu madaniy maskanning …
BatafsilMarkaziy Osiyo maʼnaviy merosining global ahamiyati
Navoiy Davlat universitetida “Renessans kontekstida Markaziy Osiyoning ilmiy-maʼnaviy merosi” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Navoiy Davlat universiteti, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va qator xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamkorligida onlayn va oflayn tarzda tashkil etilgan nufuzli anjumanda AQSH, Rossiya, Hindiston, Belarus, Qozogʻiston va …
BatafsilImom Buxoriy innovatsion muzeyi maʼrifat va tarbiya oʻchogʻi boʻladi
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi jamoasi tomonidan Imom Buxoriy innovatsion muzey ekspozitsiyasini takomillashtirish yuzasidan qator amaliy ishlar qilinmoqda. Bu yoʻnalishda olib borilayotgan ilmiy faoliyat va amalga oshirilayotgan tashkiliy tadbirlarni muvofiqlashtirish maqsadida qaytadan barpo qilinayotgan Imom Buxoriy majmuasidagi innovatsion muzey hududida oʻrganish oʻtkazildi. Unda qatnashgan Markaz rahbariyati va jamoasi, buyuk muhaddis …
BatafsilVatanga mehri boʻlak yoshlar – yurtning eng katta boyligi
Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasida “Vatanni sevmoq – oliy fazilat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Rossiyada istiqomat qilayotgan oʻzbek diasporasi vakillari, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Yoshlarning ongi va maʼnaviyatini yuksaltirish, Vatanga muhabbat tuygʻusini yanada mustahkamlash, yurt ravnaqi yoʻlida fidoyilik ruhini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy …
BatafsilOʻzbekiston delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga safari “OCIS News” nashrida
Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va Xalqaro islom akademiyasi rahbarlaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi 2024-yilning noyabr-dekabr oylarida Buyuk Britaniyaga safar uyushtirib, nufuzli ilmiy markazlari va taʼlim muassasalarida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha muzokaralar oʻtkazgan edi. Xususan, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil …
BatafsilYangi ilmiy hamkorlik sarhadlari
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Turkiyadagi Izmir Katip Chelebiy universiteti rektori professor, doktor Saffet Koʻse tashrif buyurdi. Mehmonni Markaz direktori Shovosil Ziyodov qabul qilib, faoliyat yoʻnalishlari, erishilayotgan natijalar va Turkiyadagi ilmiy muassasalar bilan hamkorlik aloqalari haqida soʻzlab berdi. Professor Saffet Koʻse samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, oʻzi rahbarlik qilayotgan universitet …
BatafsilImom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Indoneziya OAV eʼtiborida
Indoneziyaning Jakarta shahridagi Sharif Hidoyatullo Davlat islom universiteti va Qurʼon ilmlari instituti olimlari hamda turizm va bank sohalari vakillari, sanʼatkorlardan iborat delegatsiya yaqinda yurtimizga, xususan, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga kelgan edi. Xalqaro markaz matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, ushbu tashrif tafsilotlari Indoneziyaning bir necha ommaviy axborot vositasida keng yoritildi. Mamlakatning …
BatafsilMarkaz salohiyatining eʼtirofi
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Malayziyaning SIRIM akademiyasi (Standard and Industrial Research Institute of Malaysia) vakillari tashrif buyurdi. Mehmonlar Oʻzbekiston bilan Malayziya oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish yoʻnalishida turizm boshqaruvi va soha marketingini takomillashtirish, shuningdek, mamlakatimizda musulmonlarning doʻstona turizmi (Muslim-friendly tourism) standartlarini joriy etish imkoniyatlarini oʻrganib, bu borada yurtimiz boʻylab mutaxassislar …
Batafsil