Home / XALQARO YANGILIKLAR

XALQARO YANGILIKLAR

Global ilmiy maydonda – Margʻinoniy merosi

12-fevral kuni poytaxtimizda islom huquqshunosligining buyuk namoyandasi Burhonuddin Margʻinoniy tavalludining 900-yilligi munosabati bilan xalqaro konferensiya boshlandi. Anjumanda jahonning yetakchi islomshunos olimlari qatorida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari doktori, professor Shovosil Ziyodov ham qatnashib, alloma merosini zamonaviy dunyoga taqdim etishning strategik yoʻnalishlari haqida maʼruza qildi. Maʼruzachi Margʻinoniy merosini …

Batafsil

Ajdodlarimiz merosining xalqaro taqdimotiga tayyorgarlik

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari mutaxassislari ishtirokida ishchi guruh yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Uning tarkibida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi nomidan katta ilmiy xodim, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Shukurillo Umarov faoliyat yuritmoqda. Uchrashuv doirasida yurtimiz zaminidan yetishib chiqqan buyuk allomalar …

Batafsil

Xalqaro markazda “Sahihul Buxoriy” xatm qilindi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Indoneziyaning eng nufuzli diniy tashkilotlari va ilmiy doiralari vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi, professor Siti Ruhayniy Jo‘hayatin xonim, dunyodagi eng yirik islomiy tashkilot –“Nahdlatul Ulama” (NU) markaziy kengashi vakili doktor Hoji Soleh Qosim hamda Indoneziyaning qadimiy va mashhur ta’lim markazi – “Al …

Batafsil

Islom ulamolari merosiga bagʻishlangan amaliy muloqot

Islom olami mutafakkirlari boʻyicha 6-seminar (SSIC-2026)ni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish masalalariga bagʻishlangan onlayn ishchi muhokama oʻtkazildi. Unda mazkur xalqaro ilmiy tadbirni tashkil etishga jalb qilingan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bosh tashkilotchi sifatida, shuningdek, Malayziya Milliy universiteti (Universiti Kebangsaan Malaysia – UKM) qoshidagi Islom sivilizatsiyasi instituti, Imom Moturidiy …

Batafsil

Tariqat yoʻli va Markaziy Osiyoda maʼnaviy anʼanalar

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 3-fevral kuni Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo – Islom madaniyati va sanʼati oʻchogʻi” ilmiy loyihasi doirasida navbatdagi onlayn seminar oʻtkazildi. Unda IRCICAning xalqaro munosabatlar boʻyicha maslahatchisi, professor, dr. Ashirbek Moʻminov “Tasavvuf tarixini tadqiq etishdagi yangi yondashuv va …

Batafsil

Markaz faoliyati – Indoneziya OAVda

Indoneziyaning nufuzli ommaviy axborot vositalaridan biri – Kalimantan Post gazetasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga bagʻishlangan maqola eʼlon qilindi. Unda “Nahdlatul ulamo” tashkiloti huzuridagi (Lembaga Pendidikan Tinggi Nahdlatul Ulama – LPTNU) oliy taʼlim kengashi delegatsiyasining Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrifi, uchrashuv davomida muhokama qilingan ilmiy hamkorlik istiqbollari hamda qoʻshma …

Batafsil

Mushtarak qadriyatlar va ilmiy hamkorlik istiqbollari

Shu kunlarda Oʻzbekistonda mehmon boʻlib turgan Indoneziyaning “Nahdlatul ulamo” tashkiloti huzuridagi Lembaga Pendidikan Tinggi Nahdlatul Ulama (LPTNU) — oliy taʼlim kengashi delegatsiyasi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi. Mazkur tuzilma 200 ga yaqin xususiy universitet faoliyatini muvofiqlashtiruvchi idora boʻlib, oʻz faoliyatida moʻtadillik va bagʻrikenglik tamoyillariga asoslangan “Arxipelag islomi” (Islam …

Batafsil

Xilma-xillik sharoitidagi hamjihatlik — taraqqiyot manbai

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Leybnis nomidagi Zamonaviy sharqshunoslik markazi (Germaniya) ilmiy xodimi Leyla Almazova tashrif buyurdi. Mehmon Markaz muzeyi va ekspozisiyalari bilan atroflicha tanishtirilib, unga yurtimizda islom sivilizatsiyasi, ilmiy-ma’naviy merosni o‘rganish va targ‘ib etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Tashrif davomida ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma …

Batafsil

Hindistonda Qur’on va fan “muloqoti”

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida o‘tkazilayotgan “Qur’on va fan” mavzusidagi III xalqaro konferensiyada Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi ilmiy xodimlari ham ishtirok etmoqda. Markaz matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, anjumanda Shvetsiya, Eron, Indoneziya, Buyuk Britaniya, Kuvayt, Nepal kabi o‘ttizga yaqin mamlakatdan qur’onshunos olimlar, tadqiqotchilar va mutaxassislar qatnashmoqda. Konferensiyaning ochilishida so‘zga chiqqan Imom …

Batafsil

Ilm va maʼnaviyatni uygʻunlashtirgan xalqaro muloqot

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, professor Shovosil Ziyodov Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining Lagʻuat shahrida joylashgan Islom ilmlari va sivilizatsiyasi tadqiqot markazi rahbariyatining rasmiy taklifiga binoan, mazkur muassasa tashkil etilganining 10-yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan xalqaro tantanali tadbirda onlayn formatda ishtirok etdi. Google Meet platformasi orqali xalqaro ilmiy hamjamiyat vakillari ishtirokida …

Batafsil