Home / XALQARO YANGILIKLAR

XALQARO YANGILIKLAR

Yangi ilmiy hamkorlik sarhadlari

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Turkiyadagi Izmir Katip Chelebiy universiteti rektori professor, doktor Saffet Koʻse tashrif buyurdi. Mehmonni Markaz direktori Shovosil Ziyodov qabul qilib, faoliyat yoʻnalishlari, erishilayotgan natijalar va Turkiyadagi ilmiy muassasalar bilan hamkorlik aloqalari haqida soʻzlab berdi. Professor Saffet Koʻse samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, oʻzi rahbarlik qilayotgan universitet …

Batafsil

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Indoneziya OAV eʼtiborida

Indoneziyaning Jakarta shahridagi Sharif Hidoyatullo Davlat islom universiteti va Qurʼon ilmlari instituti olimlari hamda turizm va bank sohalari vakillari, sanʼatkorlardan iborat delegatsiya yaqinda yurtimizga, xususan, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga kelgan edi. Xalqaro markaz matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, ushbu tashrif tafsilotlari Indoneziyaning bir necha ommaviy axborot vositasida keng yoritildi. Mamlakatning …

Batafsil

Markaz salohiyatining eʼtirofi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Malayziyaning SIRIM akademiyasi (Standard and Industrial Research Institute of Malaysia) vakillari tashrif buyurdi. Mehmonlar Oʻzbekiston bilan Malayziya oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish yoʻnalishida turizm boshqaruvi va soha marketingini takomillashtirish, shuningdek, mamlakatimizda musulmonlarning doʻstona turizmi (Muslim-friendly tourism) standartlarini joriy etish imkoniyatlarini oʻrganib, bu borada yurtimiz boʻylab mutaxassislar …

Batafsil

Hamkorlik – keng imkoniyatlar eshigi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Indoneziyaning Sharif Hidoyatullo Davlat islom universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Ayni kunlarda delegatsiya aʼzolari “Hadis ilmida musulmonlar amiri Imom Buxoriy merosini oʻrganish yoʻlida: Indoneziyaning 1000 nafar izlanuvchisi” nomli maʼrifiy-sayyohlik dasturining ilk qatnashchilari sifatida mamlakatimizda mehmon boʻlib turibdi. Dastur indonez xalqi orasida Oʻzbekistonning turizm salohiyatini keng targʻib …

Batafsil

Majmuada “Jannat bogʻi” boʻladi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga yaponiyalik tadbirkor, “Nakane Garden Research and Consultant Co. LTD” korxonasi bosh arxitektori Nakane Yukixigo rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni Markaz direktori Shovosil Ziyodov kutib olib, faoliyat natijalari haqida maʼlumot berdi. Delegatsiya aʼzolari Markaz muzeyi bilan yaqindan tanishib, Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosi xususida batafsil …

Batafsil

Xorijiy tillarni oʻrganish va taʼlim muammolari muhokamasi

19-fevral kuni Toshkentda Oriyental universiteti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Xorijiy tillar tadqiqi va taʼlimi muammolari” mavzusiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boshlandi. Dunyo miqyosidagi nufuzli taʼlim va tadqiqot muassasalari vakillari, professor-olimlar, mutaxassis va tadqiqotchilar qatnashayotgan nufuzli anjumanda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari doktori, professor Shovosil Ziyodov ham onlayn …

Batafsil

Amir Temur – buyuk qahramon va adolatli hukmdor

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon vohasi madaniy boyliklari” turkumida navbatdagi onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Unda Markaz xodimlari, yurtimiz va xorijdagi ilmiy muassasalar tadqiqotchilari, shuningdek, Germaniya, Turkiya va AQSHdan olimlar ishtirok etdi. Seminarda AQSHning Indiana universiteti Hemilton Lugar nomidagi Global va …

Batafsil

HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMASI

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining Misr Arab Respublikasidagi vakili, “Ash-Shaʼlon” Qurʼon tadqiqotlari jamgʻarmasi raisi doktor Abdulloh Husayn Shaʼlon Misr vaqf ishlari vaziri professor, doktor Usoma Azhariy bilan uchrashdi. Suhbat chogʻida Markaz bilan mazkur vazirlik oʻrtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Doktor Usoma Azhariy Imom Buxoriy xalqaro …

Batafsil

Malayziyaning islom sanʼatiga oid nodir kolleksiyasi Oʻzbekistonda namoyish etiladi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi matbuot xizmati xabar berishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasida madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan tashabbusi Malayziya Islom sanʼati muzeyi rahbariyati tomonidan toʻliq qoʻllab-quvvatlandi. Markaz matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekistonda ushbu muzeyning noyob eksponatlarini namoyish etishga bagʻishlangan maxsus koʻrgazmalari tashkil etiladi. Koʻrgazmada mamlakatimiz tarixi bilan …

Batafsil

“Madaniy meros: Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi koʻprik”

4-fevral kuni Kuala-Lumpur shahridagi Malayziya Islom sanʼati muzeyida ikki davlat oʻrtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, Malayziya jamoatchiligini Oʻzbekistonning boy tarixi va madaniy merosi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida shu mavzuda xalqaro davra suhbati boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi koʻmagida tashkil etilgan tadbirda Malayziyaning yetakchi ilmiy va madaniy muassasalari – «Al-Buxoriy» …

Batafsil