Home / XALQARO YANGILIKLAR

XALQARO YANGILIKLAR

Imom Buxoriy merosi – zamonlar va ilmlarni tutashtiruvchi robita

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Xalqaro akademik hadis tarixi anjumanlari” loyihasi doirasida “Imom Buxoriyni qayta kashf etish” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi. Markaz, Hadis ilmi maktabi hamda Turkiyaning Anqara va Anqara Yildirim Boyazid universitetlari hamkorligida tashkil etilgan anjuman hadisshunoslik sohasidagi zamonaviy tadqiqotlarni muhokama qilish uchun xalqaro akademik platforma vazifasini …

Batafsil

AKADEMIK DOIRALAR HAMKORLIGINING YANGI BOSQICHIGA KENG YOʻL OCHILDI

Samarqandda “Imom Buxoriyni qayta kashf etish” mavzusida oʻtkazilayotgan xalqaro ilmiy konferensiyaga koʻrilgan tizimli tayyorgarlik doirasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Turkiyaning Hadis tarixi jamiyati oʻrtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat ikki mamlakat ilmiy muassasalari oʻrtasida hadisshunoslik sohasidagi akademik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi. …

Batafsil

Markazda navbatdagi yana bir nufuzli xalqaro anjuman boshlandi!

Bugun Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida «Xalqaro akademik hadis tarixi anjumanlari» loyihasi doirasida «Imom Buxoriyni qayta kashf etish» mavzusidagi nufuzli xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Mazkur yirik ilmiy forumda mamlakatimiz va Turkiyaning yetakchi olimlari, islomshunoslar hamda soha mutaxassislari jam bo‘ldi. Hozirgina boshlangan ochilish marosimida: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori …

Batafsil

Ilmiy meros va ma’naviy yaqinlik: Turkiya delegatsiyasi tashrifi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Turkiya Prezidenti huzuridagi Din (Diyonat) ishlari boshqarmasi raisi Safiy Arpagush boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlar dastlab Markaz faoliyati, xususan, islom ilm-fani durdonalarini tadqiq etish, qo‘lyozma va boshqa manbalarni o‘rganish hamda Imom Buxoriy merosini xalqaro miqyosda targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tashrif davomida …

Batafsil

Imom Buxoriy merosi – asrlar osha insonlar qalbini yoritib kelayotgan maʼnaviy ziyo

Toshkentda «Islom sivilizatsiyasida ilmiy anʼana: manbalar, imkoniyatlar va dolzarb masalalar” mavzusida oʻtayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, professor Shovosil Ziyodovning maʼruzasi alohida eʼtibor markazida boʻldi. Olim “Imom Buxoriy merosi – butun insoniyatning maʼnaviy boyligi” mavzusida soʻz yuritib, buyuk muhaddisning asarlari asrlar davomida insoniyat maʼnaviyatini yuksaltirib kelayotgan …

Batafsil

Markaz xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirmoqda

Toshkentda “Islom sivilizatsiyasida ilmiy an’ana: manbalar, imkoniyatlar va dolzarb masalalar” mavzusida o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim qadamni amalga oshirdi. Tadbirning yalpi majlisi asnosida Markaz tomonidan Malayziya texnologiya universiteti bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Mazkur hujjat ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni …

Batafsil

AQSHning nufuzli tashkiloti delegatsiyasi tashrifi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida AQSHning FamilySearch nodavlat notijorat tashkiloti delegatsiyasi mehmon boʻldi. Mazkur tuzilma oila tarixi va arxiv hujjatlarini oʻrganish hamda ularni raqamlashtirishga ixtisoslashgan xalqaro platformani yuritadi. Tashrif davomida mehmonlar Markaz muzeyi, ilmiy faoliyati, jumladan, hadisshunoslik, kalom ilmi va islom manbashunosligi yoʻnalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Muloqot chogʻida …

Batafsil

XOJA AHROR VALIY MEROSI — MANBASHUNOSLIK NIGOHIDA

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga xorijlik nufuzli olim – Eron Fors tili va adabiyoti akademiyasi aʼzosi, professor Orif Navshohiy tashrif buyurdi. Mehmon bilan uchrashuvda Markaz direktori, tarix fanlari doktori, professor Shovosil Ziyodov muassasa faoliyati, amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar, xalqaro hamkorlik aloqalari haqida maʼlumot berdi. Muloqot davomida islom maʼnaviy merosini oʻrganish …

Batafsil

ASHTARXONIYLAR DAVRI MAʼNAVIYATI: QOʻLYOZMALAR TILGA KIRGANDA…

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 28-aprel kuni Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo – Islom madaniyati va sanʼati oʻchogʻi” ilmiy loyihasi doirasida navbatdagi onlayn seminar oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti doktoranti, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori …

Batafsil

AJDODLAR MEROSINI OʻRGANISH ISTIQBOLI – NURLI VA SERMAZMUN

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida tashkil etilgan “Movarounnahrda islom sivilizatsiyasining shakllanishi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ikkinchi kuni ham qizgʻin ilmiy bahslar va dolzarb maʼruzalarga boy boʻldi. Olimlar Movarounnahr ilmiy maktablarining jahon tamaddunidagi oʻrnini zamonaviy talqinlar asosida tahlil qilib, tafsir ilmi, madaniy hamkorlik va Imom Buxoriy merosidagi umuminsoniy qadriyatlarning ahamiyatini atroflicha …

Batafsil