Home / IMOM DORIMIY (page 6)

IMOM DORIMIY

SUNANI DORIMIY

653. Abu Molik Ashʼariydan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Poklik imonning yarmidir. Allohga hamd aytish tarozini toʻldiradi, “Laa ilaaha illallohu vallohu akbar”19 kalimasi yeru osmon orasini toʻldiradi. Namoz nur, zakot hujjat, tahorat ziyo20 va Qurʼon sening foydangga yoki zararingga hujjatdir. Har bir inson tong ottirgandan soʻng oʻz nafsi borasida …

Batafsil

SUNANI DORIMIY

656. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mavlosi Savbon aytadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “(Amallarda) toʻgʻri va oʻrtacha boʻling. Amallaringizning eng yaxshisi namozdir. Faqat moʻmin kishigina tahoratga rioya qiladi”, dedilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

665. Abu Ayyubdan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Agar hojatga borsangiz, hojat va peshob qilishda qiblaga yuzlanmang va unga orqangizni ham qaratmang!” dedilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

669. Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojatga kirmoqchi boʻlsalar: “Allohumma inniy aʼuzu bika minal xubusi val xobaaisi (Allohim, Sendan erkak va ayol jinlar yomonligidan panoh soʻrayman)”, deb aytar edilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

670. Oishadan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Birortangiz hojatga chiqsa, poklanish uchun oʻzi bilan uch dona tosh (kesak) olib borsin. Ular unga (tozalanishga) kifoya qiladi”, dedilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan

Batafsil

SUNANI DORIMIY

676. Anasdan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam hojatdan chiqsalar, xizmatkor bola suv solingan idish keltirardi va u zot u bilan istinjo qilar edilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

680. Oisha soʻzlab berdi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam hojatxonadan chiqsalar: “Gʻufronaka (Magʻfiratingni soʻrayman)”, deb aytar edilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil