365. Hasandan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan bunday rivoyat qilinadi: “Ilm ikki tur boʻladi: qalbga oʻrnashgan ilm, shunisi foydali ilmdir; tilda boʻladigan ilm, bunisi Allohning Odam farzandi zarariga boʻlgan hujjatidir”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.
BatafsilSUNANI DORIMIY
374. Makhuldan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kimki ilmni ulamolarga maqtanish yoki ahmoqlar bilan tortishish yoki odamlarni oʻziga qaratish uchun oʻrgansa, Alloh taolo uni doʻzaxga kiritadi”, dedilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.
BatafsilSUNANI DORIMIY
429. Muhammaddan rivoyat qilinadi: “Hadisni kimdan olayotganingizga eʼtibor bering. Chunki u diningizdir”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.
BatafsilSUNANI DORIMIY
430. Moʻtamir otasidan soʻzlab berdi: “Qurʼon oyatlarini tafsir qilishda ehtiyot boʻlingani kabi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini tafsir qilishda ham ehtiyot boʻlish lozimdir”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.
BatafsilSUNANI DORIMIY
431. Moʻtamir otasidan soʻzlab berdi: “Ibn Abbos: “Siz “Rasululloh aytdilar va falonchi aytdi”, deyayotganingiz sababli azobga giriftor boʻlish yoki yer yutishidan qoʻrqmaysizmi?” dedi”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.
BatafsilSUNANI DORIMIY
483. Abu Hurayra aytadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari orasida Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hadislarini Abdulloh ibn Amrdan boshqa mendan koʻra koʻp biladigan kishi yoʻq edi. Chunki u (eshitgan hadislarini) yozib olar, men esa yozmas edim”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.
BatafsilSUNANI DORIMIY
488. Abdulloh ibn Dinordan rivoyat qilinadi: “Umar ibn Abdulaziz Madina ahliga: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini toping va ularni yozib qoʻying. Chunki men ilm ahli vafot etib, ilm yoʻqolib ketishidan qoʻrqaman”, deb maktub yozdi”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.
BatafsilINSON DOIMO ILM TALABIDA YURISHI LOZIM
Mashrab XIDIROV – Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Tas-ix:
BatafsilSUNANI DORIMIY
491. Sumoma ibn Abdulloh ibn Anas soʻzlab berdi: “Anas (ibn Molik) farzandlariga: “Ey farzandlarim, bu ilmni yozib mustahkamlab qoʻying!” der edi”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.
BatafsilSUNANI DORIMIY
513. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim hidoyatga chorlasa, unga ergashgan kishilarning savobicha ajr beriladi. Bu ularning ajridan biror narsa kamaytirmaydi. Kim zalolatga chorlasa, unga ergashgan kishilarning gunohicha gunoh yoziladi. Bu ularning gunohidan biror narsa kamaytirmaydi”, dedilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.
Batafsil
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz