Home / IMOM DORIMIY (page 3)

IMOM DORIMIY

SUNANI DORIMIY

1911. Oishadan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir marta qoʻy qurbonlik qildilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

1951. Hujayya ibn Adiy aytadi: “Bir kishi Alidan: “Ey moʻminlarning amiri! Sigir (necha kishi nomidan boʻladi)?” deb soʻradi. U: “Yetti kishining”, dedi. Men: “Shoxida kamchiligi boʻlsa-chi?” dedim. U: “Zarari yoʻq”, dedi. Men: “Choʻloq boʻlsa-chi?” dedim. U: “Agar qurbonlik qilinadigan joygacha yetib borsa, boʻladi” deb, soʻng yana: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam …

Batafsil

SUNANI DORIMIY

231. Jobirdan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim mening nomimdan qasddan (bilib turib) yolgʻon gapirsa, oʻziga doʻzaxdan joy hozirlab qoʻyaversin”, dedilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

239. Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh taolo ilmni insonlardan tortib olib qoʻymaydi, lekin ilmning olinishi ulamolarni vafot ettirish bilan boʻladi. Birorta ham olimni qoldirmagach, odamlar oʻziga johillarni rahbar qilib oladi. Soʻng ularga savol berilsa, ilmsiz fatvo berib, (oʻzi) adashadi va (oʻzgalarni ham) adashtiradi”, dedilar”. Imom …

Batafsil

SUNANI DORIMIY

257. Abdulloh ibn Abdurahmon soʻzlab berdi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim bu ilm (din ilmi)ni faqat dunyo istagida oʻrgansa, Alloh taolo Qiyomat kuni unga jannatning hidini ham harom qiladi”, dedilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

285. Tovusdan rivoyat qilinadi: “Ey Allohning Rasuli sollallohu alayhi vasallam! Eng ilmli inson kim?” deb soʻraldi. U zot: “Oʻz ilmiga qoʻshib, insonlarning ilmini ham egallagan kishi va ilmga chanqoq barcha tolibi ilm”, dedilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

289. Makhul soʻzlab berdi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ilmli kishining ibodatli kishidan afzalligi mening orangizdagi eng quyi darajadagi kishidan afzalligim kabidir”, dedilar. Soʻng: “Bandalari orasida ulamolargina Allohdan qoʻrqurlar”(Fotir surasi, 28-oyat) oyatini tilovat qildilar-da, “Albatta, Alloh taolo, farishtalar, osmonlar va Yer ahli hamda dengizdagi baliqlar odamlarga yaxshilikni oʻrgatadigan kishiga salavot aytadi”, …

Batafsil

SUNANI DORIMIY

344. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qaysi kishi ilm talab qilgan holda yoʻl yursa, oʻsha ishi sababli Alloh unga jannat yoʻlini yengil qilib qoʻyadi. Amali sustlashtirgan kishini nasabi tezlashtira olmaydi”(Yaʼni, kishining solih amallari boʻlmasa, yuqori nasl-nasabi uni jannatga kirita olmaydi), dedilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

349. Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidda suhbat qilib oʻtirgan ikki jamoa yonidan oʻtdilar. Soʻng u zot: “Ularning ikkisi ham yaxshilik ustidadir. Lekin ularning biri ikkinchisidan afzalroq. Anavilar Alloh taologa duo qilib, Unga ragʻbat qilmoqda. Xohlasa, ularga (soʻraganlarini) beradi, xohlamasa, bermaydi. Ammo anavi davradagilar fiqh va …

Batafsil

SUNANI DORIMIY

354. Hasandan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Islomni jonlantirish uchun ilm talab qilib turgan holda vafot etgan kishi bilan paygʻambarlar orasini jannatda birgina daraja ajratib turadi”(Yaʼni, jannatdagi oʻrni paygʻambarlar darajasidan faqat bir pogʻona quyida boʻladi, xolos), dedilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil