Home / IMOM DORIMIY

IMOM DORIMIY

SUNANI DORIMIY

1421. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Uchta masjid – Kaʼba, mening masjidim va Masjidul Aqsodan boshqa joyga (muqaddas joy deb, ziyorat qilish uchun) safarga chiqilmaydi”, dedilar”. Izoh: Demak, ziyoratdan savob umid qilib, alohida niyat bilan hozirlik koʻrib safar qilish mumkin boʻlgan masjidlar uchta ekan: Makka shahridagi Kaʼba …

Batafsil

SUNANI DORIMIY

1418. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Mening masjidimda (Masjidun Nabaviyda) oʻqilgan bitta namoz boshqa masjidlarda oʻqilgan mingta namoz kabidir. Faqat Masjidul Harom (Kaʼbatulloh) bundan mustasno”, dedilar” Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

1410. Ibn Umardan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchun uchi temirli hassa yerga suqib qoʻyilar edi. U zot unga yuzlanib namoz oʻqirdilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

1407. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Banda namoz oʻqiyotgan joyida qimirlamay (boshqa oʻringa oʻtmay) yoki tahoratini buzmay oʻtirar ekan, farishtalar: “Allohummagʻfir lahu, Allohummarhamhu”*, deb uning haqqiga duo qilishda bardavom boʻladi”, dedilar”. * Duoning maʼnosi: «Allohim, uni magʻfirat qil! Allohim, unga rahm qil! 📖 Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” …

Batafsil

SUNANI DORIMIY

1394. Abu Humayd yoki Abu Usayd Ansoriy aytadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizdan biringiz masjidga kirayotganda, Nabiyga salom yo‘llasin. So‘ng “Allohummaftah liy abvaaba rohmatik”1, deb aytsin. Chiqayotganda: “Allohumma inniy asʼaluka min fazlik”2, deb aytsin”, dedilar”. 1. Duoning maʼnosi: Allohim! Menga rahmating eshiklarini ochgin. 2. Duoning maʼnosi: Allohim! Sening fazlu karamingni …

Batafsil

SUNANI DORIMIY

1393. Abu Qatodadan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Agar sizdan biringiz masjidga kelsa, oʻtirishdan oldin ikki rakat namoz oʻqib olsin”, dedilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

1392. Mahmud ibn Labiddan rivoyat qilinadi: “Usmon ibn Affon masjid qurmoqchi boʻlganida, odamlarga bu yoqmadi. Shunda Usmon: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Kim Alloh (roziligi) uchun bir masjid qursa, Alloh uning uchun jannatda shunga oʻxshashini qurib qoʻyadi”, deb aytayotganlarini eshitganman”, dedi”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

1390. Abu Said Xudriydan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qabriston va hammomdan boshqa har qanday yer sajda qilinadigan joydir”, dedilar”. Abu Muhammadga: “Qabristonda namoz oʻqish joizmi?” deyildi. U: “Agar qabr ustida boʻlmasa, mumkin”, dedi. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil

SUNANI DORIMIY

1355. Tamim Doriydan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Banda hisob-kitob qilinadigan amallarning eng avvalgisi namozdir. Agar u namozini toʻliq holda topsa, toʻliq holda yozib qoʻyiladi. Agar unda nuqson boʻlsa, Alloh taolo farishtalariga: “Qarab koʻring! Bandamning nafl namozlari bormi? Bor boʻlsa, farz namozlaridagi nuqsonlarini ular bilan toʻldirib qoʻying”, deydi. Soʻng …

Batafsil

SUNANI DORIMIY

1859. Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir ayolga: “Ramazonda umra qil, chunki Ramazondagi umra (savobi) haj (savobi)ga tengdir”, dedilar”. Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan.

Batafsil