Home / Markaz

Markaz

Qalam ahlining galdagi tashrifi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi oʻzining 9-yillik faoliyati davomida nafaqat ilmiy tadqiqotlar, balki jamoatchilik bilan hamkorlik borasida ham mustahkam anʼanani shakllantirdi. Markazda oʻtkazilgan navbatdagi media-tur buning yaqqol isboti boʻldi. Tadbirda Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi masʼul xodimi Keldiyor Toʻliyev boshchiligidagi ijodiy guruh, jumladan, “Renessans”, “Mahalla” telekanallari, “Paradigma.uz”, “Haqiqat.uz”, “Zamon.uz” kabi ommaviy axborot …

Batafsil

Buyuklik siri

Ismoil ibn Ibrohim o‘z davrining buyuk muhaddis va allomalaridan ta’lim olib, yuksak faqih va muhaddis maqomini egallagan. Uning shogirdi Ahmad ibn Hafs: “O‘limi oldidan huzuriga kirgan vaqtimda u: “Hamma jamlagan molimning ichida biror dirham ham shubhalisi borligini bilmayman”, dedi. Bu so‘zni eshitib, uning ta’siridan o‘zimga o‘zim arzimas bo‘lib ko‘rindim”, degan …

Batafsil

“AMALLAR NIYATLARGA BOG‘LIQDIR”

Samarqandga birinchi marta oʻtgan asrning yetmishinchi yillari oxirida — talabalik paytimizda kursdoshlar bilan borganmiz va bu qadimiy shahardagi barcha tarixiy obidani hayrat bilan tomosha qilganmiz. Registon maydoni, Goʻri Amir maqbarasi, Bibixonim masjidi, Shohizinda majmuasi, Ulugʻbek rasadxonasi va boshqa yodgorliklar oʻzining salobati, haybati, goʻzalligi bilan hammamizni maftun etgan. Shu bilan birga, …

Batafsil

EʼTIROF (2-qism)

Mazkur islohotlar diniy sohani ham chetlab oʻtmadi. Yangi Oʻzbekistonda diniy sohada katta oʻzgarishlar amalga oshirildi. 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi. Farmonda “Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasi asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar azaliy qadriyatlarimiz ifodasi ekanini keng …

Batafsil

“OʻZBEKISTON – JAHON ILM-FANI VA MAʼRIFATINING BOQIY MANBAI”

– Allohning inoyati bilan yoshligimdagi eng katta orzularimdan biri ushaldi. Ilm-fan manbai va maʼrifat oʻchogʻi boʻlmish buyuk muhaddis Imom Buxoriy rahmatullohi alayhining Vatani – Oʻzbekiston zaminini ziyorat etar ekanman, qalbimda cheksiz quvonch va baxtiyorlik hissini tuymoqdaman. Yurtingizdagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish baxti nasib etgani uchun Yaratganga shukronalar aytaman va bu …

Batafsil

EʼTIROF (1-qism)

Alloh taolo inson hayotini tartibga solish uchun jamiyatda rahbarlik tizimini joriy etgan. Insonlar bir joyda jam boʻlib yashar ekan, ularning ishini tartibga soladigan, adolatni taʼminlaydigan va jamiyatni toʻgʻri yoʻlga boshlaydigan rahbarga ehtiyoj paydo boʻladi. Shu bois islom taʼlimotida rahbarlik masalasi juda muhim oʻrin tutadi. Ammo yurt boshiga keladigan rahbarlar salohiyati …

Batafsil

Xalqaro ilmiy tadbirlar turkumiga start berildi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida “Islom – tinchlik va maʼrifatparvarlik dini” mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy seminarlar turkumi yoʻlga qoʻyildi. Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi mintaqada islom dinining insonparvarlik mohiyatini keng targʻib qilish, xalqaro ilmiy-maʼrifiy muloqotni kuchaytirish hamda diniy radikallashuv va ekstremizm kabi tahdidlarga qarshi …

Batafsil