{"id":54672,"date":"2026-11-27T09:08:05","date_gmt":"2026-11-27T04:08:05","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54672"},"modified":"2026-11-26T09:09:06","modified_gmt":"2026-11-26T04:09:06","slug":"ibn-hibbonning-sahihida-qadar-masalasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54672&lang=oz","title":{"rendered":"IBN HIBBONNING \u201cSAHIH\u201dIDA QADAR MASALASI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qadariya va m\u00f6\u02bctazila firqalarinining tarixini kuzatgan ki\u015fi ularning qadar masalasida ilk bor joriy qilgan bid\u02bcati \u2013 Alloh taoloning bandalar amallarini sodir b\u00f6li\u015fidan oldin bili\u015fini inkor eti\u015f b\u00f6lganini k\u00f6radi. Yoki ular: \u201cAlloh bandalarning bajargan amallarini sodir b\u00f6lganidan s\u00f6ng biladi\u201d [3, 353 b.], \u201cAlloh taolo umumiy narsalarni biladi, xos narsalarni bilmaydi (faqat sodir b\u00f6lganidan keyingina biladi)\u201d [2, 176-177 b.], kabi gaplarni aytgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015eunga muvofiq, ular Alloh butun maxluqotlarning taqdirini belgilaganini hamda Qiyomatga qadar sodir b\u00f6ladigan bar\u00e7a narsalarni Lavhul Mahfuzga yozib q\u00f6yganini ham inkor etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00d6rta asrda, Movarounnahr va Xurosonda ya\u015fab ijod qilgan alloma Abu Hotim Muhammad ibn Hibbon \u201cSahih\u201d asarida ularga raddiya bildirib, Yaratganning ilmi \u00f6tmi\u015fda b\u00f6lib \u00f6tgan, kelajakda b\u00f6ladigan bar\u00e7a narsalarni, sodir b\u00f6lmagan narsa sodir b\u00f6lganida qanday b\u00f6li\u015fini ham qamrab oli\u015fini bayon qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015euningdek, maxluqotlarni yarati\u015fidan oldin ularning taqdirini belgilab q\u00f6yganini bayon qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu taqdir insonning mustaqil iroda va xohi\u015fga ega ekaniga, \u00f6z ixtiyori bilan xohlaganiga amal qili\u015figa zid emas. Biroq inson bu borada xato qilmaydi, belgilab q\u00f6ygan taqdirdan ta\u015fqariga \u00e7iqmaydi. Taqdirga iymon keltiri\u015f sabablarni tuti\u015fga ham zid emas. \u00c7unki Alloh taolo sabablarni ham, ularning natijalarini ham yaratgandir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sabablarga e\u02bctibor berib, taqdirni e\u02bctiborsiz qoldirgan ki\u015fi ham, taqdirga e\u02bctibor berib, sabablarni bee\u02bctibor qoldirgan ham xato qiladi. Alloh taolo har bir narsa u\u00e7un muayyan \u00f6l\u00e7ov va taqdirni belgilab q\u00f6ygandir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Hibbon \u201cSahih\u201dida \u201cAlloh jalla va alo hidoyat qili\u015fni istagan bandalaridan xohlaganlariga \u00d6z nurini yetkazi\u015fi haqidagi bayon\u201d mavzusida quyidagi hadisni keltirgan: \u201cAbdulloh ibn Daylamiydan rivoyat qilinadi: \u201cAbdulloh ibn Amrga: \u201cOdamlar siz: \u201cBadbaxt odam onasining qornida badbaxt b\u00f6lgan (deb yozilgan) odamdir\u201d, deb aytayotganingizni da\u02bcvo qilmoqda\u201d, dedim. \u015eunda u: \u201cHe\u00e7 kimga mening nomimdan yol\u011fon gapiri\u015fga ruxsat bermayman. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlarini e\u015fitganman: \u201c<strong><em>Alloh maxluqotlarni zulmatda yaratdi. S\u00f6ng ularga \u00d6z nuridan yo\u011fdirdi. Kimga \u00f6\u015fa nur yetgan b\u00f6lsa, hidoyat topdi. Kimga tegmagan b\u00f6lsa, ada\u015fdi<\/em><\/strong>\u201d. \u015euning u\u00e7un \u201cAlloh jalla va aloning ilmiga binoan qalam quridi (ya\u02bcni, taqdir bitib b\u00f6lingan)\u201d deb aytaman\u201d, dedi\u201d [4, 11 b.].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">S\u00f6ng Ibn Hibbon: \u201cAlloh jalla va alo maxluqotlarni zulmatda yaratgan paytda, \u00f6\u015fa nurdan kimga nasib eti\u015fi va kimga yetmasligini bili\u015fi haqidagi xabarning bayoni\u201d mavzusini va quyidagi hadisni keltirgan: \u201cIbn Daylamiydan rivoyat qilinadi: \u201cAbdulloh ibn Amrga bunday dedim: \u201cE\u015fitdimki, siz: \u201cAlbatta, qalam quridi\u201d, deyayotgan ekansiz? \u015eunda u: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlarini e\u015fitganman: <strong><em>\u201cAlloh jalla va alo odamlarni zulmatda yaratdi. S\u00f6ng nuridan bir nur olib, ular uzra yo\u011fdirdi. U <\/em><\/strong><em>(nur Alloh)<strong> hohlagan ki\u015figa tegdi, xohlamaganga tegmadi. Alloh nur kimga tegmasligini ham, kimga tegi\u015fini ham azaldan bilgan edi. Kimga \u00f6\u015fa nuridan biror narsa yetgan b\u00f6lsa, hidoyat topibdi. Kimga u tegmagan b\u00f6lsa, darhaqiqat ada\u015fibdi<\/strong><\/em>\u201d. \u015euning u\u00e7un ham: \u201cQalam qurib bitgan\u201d, deb aytaman\u201d, dedi\u201d [4, 12 b.].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ta\u02bckidla\u015f lozimki, Allohning hidoyat nuri kimga nasib b\u00f6lgan b\u00f6lsa, bu tasodif tufayli emas. Allohning azaliy ilmi bilan bu jon va nafs dunyoda solih va taqvodor b\u00f6li\u015fini bilgan, \u015funing u\u00e7un u \u00f6\u015fa vaziyatda Allohning nuridan unga tegi\u015fini taqdir qilgan. Hidoyat nuri tegmaganlarga ham Alloh adolatsizlik qilmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloma \u201cKi\u015fi zimmasiga tu\u015fgan buyruqlarni bajarmasdan va taqiqlangan i\u015flardan tiyilmasdan, amalga o\u015fadigan taqdirga suyanib qoli\u015fdan voz ke\u00e7i\u015f lozimligi haqidagi xabarning bayoni\u201d nomli mavzu va\u00a0 quyidagi hadisni keltirgan: \u201cJobirdan rivoyat qilinadi: \u201cMen: \u201cEy Allohning Rasuli! Biz avvaldan hal qilib q\u00f6yilgan narsa u\u00e7un amal qilamizmi yoki yangidan bo\u015flagan i\u015fimiz u\u00e7unmi?\u201d deb s\u00f6radim. U zot: <strong><em>\u201cAvvaldan hal qilib q\u00f6yilgan narsa u\u00e7un\u201d,<\/em><\/strong> dedilar. \u201cUnda, amal qili\u015fning nima keragi bor?\u201d dedim. U zot: <strong><em>\u201cHar bir amal qiluv\u00e7iga \u00f6zi u\u00e7un yaratilgan amal oson qilib q\u00f6yilgan\u201d,<\/em><\/strong> dedilar\u201d [4, 286 b.].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Hibbon bunday degan: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallamning: <strong><em>\u201cHar kimga <\/em><\/strong><em>(baxt yoki badbaxtlikdagi amali)<strong> oson qilib q\u00f6yilgandir\u201d,<\/strong><\/em> degan s\u00f6zlaridan murod \u2013 har bir ki\u015figa Allohning azaliy ilmida avvaldan taqdir qilingan yax\u015filik yoki yomonlikka muvofiq amal qili\u015f osonla\u015ftirili\u015fidir\u201d. \u015eu mavzuda quyidagi hadisni keltirgan: \u201cAbdurahmon ibn Qatoda Sulamiy aytadi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlarini e\u015fitganman: <strong><em>\u201cAlloh Odamni yaratdi, s\u00f6ng uning pu\u015ftidan bar\u00e7a zurriyotlarini \u00e7iqardi va: \u201cBular jannat ahlidir, Men bunga parvo qilmayman. Bular esa d\u00f6zax ahlidir, bunga ham parvo qilmayman\u201d, dedi\u201d.<\/em><\/strong> \u015eunda bir ki\u015fi: \u201cEy Allohning Rasuli! Unday b\u00f6lsa, Nima u\u00e7un amal qilamiz?\u201d deb s\u00f6radi. U zot: <strong><em>\u201cTaqdir taqozo qilgan narsalarga muvofiq amal qilasizlar\u201d,<\/em><\/strong> dedilar\u201d [4, 10 b.].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloma bundan ta\u015fqari \u015fu mavzuga tegi\u015fli bir ne\u00e7a bob va hadislarni keltirgan. Jumladan, \u201cAlloh jalla va alo \u00d6z hukmlari amalga o\u015fi\u015fi u\u00e7un muayyan sabablarni joriy qilgani haqidagi xabarning bayoni\u201d, \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallamning: \u201cZero, bu faqat taqdirdir\u201d, degan s\u00f6zlaridan murod \u2013 Alloh jalla va alo Qiyomat kuniga qadar sodir b\u00f6ladigan bar\u00e7a narsalarni taqdir qilib q\u00f6yganini bayon qili\u015fdir\u201d, \u201cOta-bobolarining pu\u015fti kamarida turgan paytlaridayoq Alloh jannat va d\u00f6zax ahllarini belgilab q\u00f6yi\u015fi haqidagi bayon. Bu esa bunga zid fikrda b\u00f6lgan ki\u015fining qara\u015figa xilofdir\u201d, \u201cAlloh jalla va alo Odam avlodlarini abadiy qolinadigan ikki maskan \u2013 jannat va d\u00f6zax u\u00e7un yozib q\u00f6ygani hamda ularni bu dunyoda \u00f6\u015fa ikki maskan u\u00e7un amal qildiri\u015fi haqidagi bayon\u201d kabi mavzularda hadislar bilan qara\u015flarini ifoda etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqoridagi ma\u02bclumotlardan k\u00f6rinib turibdiki, Ibn Hibbon Alloh taoloning azaliy ilmiga iymon keltiri\u015fni ta\u02bckidlagan. Allohning ilmi umumiy va xususiy narsalarni, avval b\u00f6lgan va keyin b\u00f6ladigan bar\u00e7a narsalarni qamrab oladi. Alloh taolo maxluqotlarni yarati\u015fini ham, ularning amallarini ham, ulardan kim baxtli va kim badbaxt b\u00f6li\u015fini ham oldindan bilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo ularni ham, ularning amallarini ham yaratgan. Haq y\u00f6lni o\u00e7iq-oydin bayon etgan va zalolat y\u00f6llarini ham k\u00f6rsatgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015eunga qaramay, Alloh taoloning ilmi muqarrar amalga o\u015fuv\u00e7idir, undan he\u00e7 bir narsa \u00e7etda qolmaydi. Uning ma\u015fiati bar\u00e7a narsani qamrab oluv\u00e7idir, irodasi esa voqe b\u00f6luv\u00e7idir. Uning qudrati ulu\u011f va ismlari muqaddasdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haqiqatda, qadar masalasida u\u015fbu asosni mustahkam qaror toptiri\u015f Alloh taoloning taqdiriga iymon keltiri\u015fning asosidir. \u015euning u\u00e7un ham salafi solihlar qadariyalarga Allohning ilmi masalasi bilan raddiya berar edilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Hibbon va sof aqidani himoya qilgan bo\u015fqa allomalarning merosi qadar masalasining zamonaviy xatarlarini \u00f6rgani\u015fga xizmat qiladi. Bu masala islom aqidasining eng nozik mavzularidan biridir. Bugungi kunda u bilan bo\u011fliq xatarlarni \u00f6rganib, din asoslari va allomalarimizning merosi orqali ye\u00e7im topi\u015fga harakat qili\u015f zarur. Taqdir bahona qilinadigan i\u015f emasligini, hammaning ixtiyori borligini, Allohning oldindan biluv\u00e7i ekanini tu\u015funtira bili\u015f maqsadga muvofiqdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cHammasi oldindan yozib q\u00f6yilgan b\u00f6lsa, q\u00f6limdan he\u00e7 narsa kelmaydi\u201d, degan xatar bor. Ba\u02bczilar \u015fu sabab \u00f6qimaydi, mehnat qilmaydi, kasallikda davolanmaydi, \u00e7unki \u201ctaqdirda nima b\u00f6lsa, \u015fu b\u00f6ladi\u201d deb \u00f6ylaydi. Islomda taqdirga i\u015foni\u015f bilan birga sabablarga amal qili\u015f ham buyurilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ba\u02bczida \u201ctaqdirda \u015funday\u201d deb, gunohni qadar bilan oqla\u015fni ham u\u00e7rati\u015f mumkin. \u015eu sababli yomon amal, noj\u00f6ya xatti-harakat yoki haqsizlikni oqla\u015f bugun k\u00f6p u\u00e7raydi. Ulamolar qadarga musibatlarda taskin topi\u015f u\u00e7un dalil keltiriladi, gunohga baxona qili\u015f u\u00e7un emas, deb ta\u02bckidlaydi. Insonning ixtiyori borligi u\u00e7un mas\u02bculdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ba\u02bczilarda \u201chammasi mening q\u00f6limda\u201d degan qara\u015f ta\u02bcsirida Allohning ilmi va taqdirini hisobga olmaslik yoki inkor eti\u015f xavfi mavjud. Taqdirni inkor eti\u015f aqidaga zarar yetkazadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadisda \u201camal qili\u015fning nima keragi bor\u201d deb kelganidek, ba\u02bczi yo\u015flar ongida \u201cAlloh hammasini oldindan bilsa, nega jazolaydi?\u201d kabi savollar k\u00f6p tarqalgan. Bu odamni \u00e7al\u011fitib, iymonida \u015fubha uy\u011foti\u015fi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mavzuga \u00e7uqur kirib keti\u015f ham xatarlardan biridir. Sahobalar qadar haqida bahsla\u015fayotganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam \u011fazablanib, oldingilar xuddi \u015fu tufayli halok b\u00f6lganini aytganlar [1, 211 b.]. Ya\u02bcni aql bilan har narsaning tubiga yeti\u015fga urini\u015f va bu borada torti\u015fi\u015fning \u00f6zi xatardir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qadarni not\u00f6\u011fri tu\u015funi\u015f sustlik, mas\u02bculiyatsizlik, muammolarga loqaydlik, islohat va taraqqiyotga intilmaslikka olib keladi. T\u00f6\u011fri tu\u015funganda, sabr, \u015fukr va ruhiy mustahkamlik beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allomaning qadar borasida qisqa\u00e7a xulosasini aytadigan b\u00f6lsak, inson \u00f6z ixtiyori bilan harakat qiladi va \u00f6z amali u\u00e7un javob beradi, lekin Allohning ilmi, xohi\u015fi va yarati\u015fidan ta\u015fqariga he\u00e7 narsa \u00e7iqib ketmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Hibbon va salaf allomalarning ilmiy-merosi bugungi kunda ham bu masaladagi \u015fubhalarga javob beri\u015fda muhim ilmiy asos b\u00f6lib xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Iso Muhammad Termiziy. Al-Jomi\u02bcul kabir (Sunani Termiziy). \u015euayb Arnaut va Haysam Abdul\u011fofur tadqiqi. 4. \u2013 Bayrut. Dorur risolatil ilmiyya, 2009. \u2013 B. 621.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Homid \u011eazzoliy. Tahofatul falosifa. Sulaymon Dunyo tadqiqi. \u2013 Qohira. Dorul maorif (Na\u015fr yili k\u00f6rsatilmagan). \u2013 B. 371.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ali Dima\u015fqiy. \u015earhul aqidatit Tahoviyya. Abdulloh ibn Muhsin Turkiy, \u015euayb Arnaut tadqiqi. 2. \u2013 Bayrut. Muassasatur risola, 1990. \u2013 B. 803.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammad ibn Hibbon. Sahih Ibn Hibbon. Al-Musnadus sahihu alat taqosimi val anvo\u02bci min \u011fayri vujudi qat\u02bcin fi sanadiho vala subuti jarhin fi noqiliho. Muhammad Ali S\u00f6nmez va Xolis Oydemir tadqiqi. J. 5. \u2013 Bayrut. Dor Ibn Hazm, 2012. \u2013 B. 526.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qodirxon Mahmudov, <\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qadariya va m\u00f6\u02bctazila firqalarinining tarixini kuzatgan ki\u015fi ularning qadar masalasida ilk bor joriy qilgan bid\u02bcati \u2013 Alloh taoloning bandalar amallarini sodir b\u00f6li\u015fidan oldin bili\u015fini inkor eti\u015f b\u00f6lganini k\u00f6radi. Yoki ular: \u201cAlloh bandalarning bajargan amallarini sodir b\u00f6lganidan s\u00f6ng biladi\u201d [3, 353 b.], \u201cAlloh taolo umumiy narsalarni biladi, xos narsalarni bilmaydi (faqat sodir b\u00f6lganidan keyingina biladi)\u201d [2, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":54673,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2449,639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54672"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=54672"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54672\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":54674,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54672\/revisions\/54674"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/54673"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=54672"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=54672"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=54672"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}