{"id":54667,"date":"2026-11-26T11:05:57","date_gmt":"2026-11-26T06:05:57","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54667"},"modified":"2026-11-25T18:21:40","modified_gmt":"2026-11-25T13:21:40","slug":"globallasuv-saroitida-sof-aqidani-saqlasda-moturidiya-ta%ca%bclimotining-ilmiy-nazariy-asoslari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54667&lang=oz","title":{"rendered":"GLOBALLA\u015eUV \u015eAROITIDA SOF AQIDANI SAQLA\u015eDA MOTURIDIYA TA\u02bcLIMOTINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dinida aqida eng muhim sohalardan sanaladi. U hamma narsaning asosi b\u00f6lib, bandaning ibodati ham, dunyoqara\u015fi ham, turmu\u015f tarzi ham, \u015faxsiy va ijtimoiy munosabatlari ham \u015funga qarab \u015fakl oladi. M\u00f6min-musulmon inson \u00f6z aqidasi, imon-e\u02bctiqodi qan\u00e7alar mustahkam ekanini he\u00e7 ham nazardan qo\u00e7irmasligi kerak. Ayniqsa, fitnalar avj olgan hozirgi davrda har bir musulmon ki\u015fi \u00f6z aqidasining t\u00f6\u011fri yo not\u00f6\u011fri ekanini aniq bili\u015fi, kerak b\u00f6lganda, uni himoyalay oli\u015fi zarur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirda ayrim buz\u011fun\u00e7i da\u02bcvat\u00e7ilar muta\u015fobih (ma\u02bcnosi ya\u015firin, izohtalab) oyat va hadislardan misollar keltirib, ularga not\u00f6\u011fri yonda\u015fgan, \u00f6zining haqni aytuv\u00e7i ekanini da\u02bcvo qilgan holda k\u00f6p\u00e7ilikning ada\u015fi\u015figa sabab b\u00f6lmoqda. Afsuski, bilib-bilmay ularga erga\u015fayotganlar talaygina. Bunga k\u00f6p sabablarni keltiri\u015f mumkin. Lekin asosiysi ilm-ma\u02bcrifatning pastligi, saviyasizlik, dalillarni \u00e7uqur anglamaslikdir. Soxta da\u02bcvat\u00e7ilar k\u00f6pin\u00e7a \u015fundan foydalanadi. Sodda odamlar \u201coyat va hadisda kelgan ekan\u201d deb, ularga i\u015fonib ketaveradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vaholanki, Alloh taolo: <strong>\u201cEy imon keltirganlar! Agar fosiq xabar keltirsa, aniqlab <\/strong>(tek\u015firib)<strong> k\u00f6ring!\u201d <\/strong>(Hujurot: 6), deb marhamat qilgan. Musulmon ki\u015fi \u00f6z aqidasida ada\u015fib qolmasligi u\u00e7un e\u02bctiborli b\u00f6li\u015fi, eng i\u015fon\u00e7li dalillarga ularni teran anglagan holda erga\u015fi\u015fi lozim. Ta\u02bcna qilingan, \u201csoxta da\u02bcvat\u00e7i\u201d yo \u201csoxta \u015fayx\u201d degan nomlarga loyiq k\u00f6rilgan ki\u015fining gapiga i\u015fonmasligi, bo\u015fqalarga ham k\u00f6r-k\u00f6rona erga\u015fmay, avval tek\u015firib k\u00f6ri\u015fi va aytganlarining mohiyatiga yetib bori\u015fi kerak. \u015eundagina asl haqiqat nima ekanini bili\u015f mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozir ayrim da\u02bcvat\u00e7ilar musulmonlar birligiga rahna soli\u015f maqsadida islom ummati ming yillar davomida e\u02bctiqod qilib kelgan moturidiylik va a\u015f\u02bcariylik ta\u02bclimotlari not\u00f6\u011fri ekanini da\u02bcvo qilib \u00e7iqmoqda. G\u00f6yo \u00f6zlarini Qur\u02bcon va sunnatga erga\u015fgan-u, bu ikki maktab undan yiroqdek. Ba\u02bczan ulardan \u201cMoturidiylarning kitoblarida birorta oyat va hadis y\u00f6q\u201d degan da\u02bcvolarni e\u015fiti\u015f mumkin. Bu \u2013 \u00f6ta o\u011fir gap. Aslida aqidaviy kitoblarning har bir mavzusida, har bir vara\u011fida aytilgan fikrlarni dalillov\u00e7i oyat va hadislar bor. Imom Moturidiyning \u201cKitobut tavhid\u201d, Abu Muin Nasafiyning \u201cTabsiratul adilla\u201d, Ibrohim Saffor Buxoriyning \u201cTalxisul adilla\u201d, Abu Barakot Nasafiyning \u201cE\u02bctimod fil e\u02bctiqod\u201d \u2013 moturidiylik ta\u02bclimotiga oid har qanday asarga qaralsa, i\u00e7idagi har bir aqidaviy mavzuda k\u00f6plab oyat va hadislardan dalillar kelgani ayon b\u00f6ladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Moturidiylik ta\u02bclimoti ahli sunna val jamoaning ikki yirik ustunlaridan biri hisoblanadi. Unga \u201cImomul huda\u201d \u2013 \u201cHidoyat imomi\u201d degan yuksak nomga sazavor b\u00f6lgan Abu Mansur Moturidiy asos solgan. Imom Moturidiy ya\u015fagan davr islom olamida turli \u00f6zgari\u015flar avj olgan, ayniqsa, turli firqalar tomonidan aqidaviy buzili\u015flar ku\u00e7aygan paytga t\u00f6\u011fri keladi. \u015eunday \u015faroitda u ahli sunna val jamoa e\u02bctiqodini himoya qilib, bu y\u00f6lda xavorij, rofiza, karromiyya, jahmiyya, mu\u015fabbiha va bo\u015fqa botil firqalarning da\u02bcvolariga raddiyalar bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Moturidiylik ta\u02bclimotida naql (oyat va hadis) asosiy manba hisoblanadi. Har bir masalaning negizidagi dalilda oyat va hadislar yotadi. Aql esa yordam\u00e7i vosita hisoblanadi. Ma\u02bcrifat hosil qili\u015fda naql, aql va so\u011flom sezgilar asosiy vosita ekani ta\u02bckidlangan. Manbalarga qaraydigan b\u00f6lsak, ada\u015fgan toifalarga raddiya beri\u015fda ham naqldan, ham aqldan samarali foydalanilgani k\u00f6zga ta\u015flanadi. \u00c7unki not\u00f6\u011fri da\u02bcvolar noqis aql bilan ana \u00f6\u015fa asosiy naqlni t\u00f6\u011fri tu\u015funmaslikdan kelib \u00e7iqadi. \u015eu sababli moturidiy olimlar so\u011flom aql bilan, manbaga teran nazar solgan holda, eng nozik nuktalarni e\u02bctibordan \u00e7etda qoldirmay, xolis yonda\u015fib, masalalarga naqliy dalillar asosida aqliy dalillarni ham keltirgan. Maqsad \u2013 islomning haqiqiy mohiyatini o\u00e7ib beri\u015f, sofligini saqlab qoli\u015f va odamlarning so\u011flom aqidaga erga\u015fi\u015fini ta\u02bcminla\u015f b\u00f6lgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun ba\u02bczi toifalar moturidiylik aqidasini not\u00f6\u011fri deb da\u02bcvo qilmoqda. Lekin ularning naqadar pu\u00e7 va asossiz ekanini k\u00f6rasiz. Quyida \u015funday da\u02bcvolardan ayrimlarini keltirib, ularga moturidiylik ta\u02bclimotida qanday javob berilganini qisqa\u00e7a bayon etamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">E\u02bctibor qili\u015f kerak b\u00f6lgan jihat \u015fuki, ada\u015fgan toifalar iddao qilayotgan da\u02bcvolar bugun \u00e7iqib qolgan emas. Ular aytayotgan har qaysi aqidaviy masalaning tarixiy ildizlari bor. Bu toifalar m\u00f6\u02bctazila, mu\u015fabbiha, mujassima, karromiyya va bo\u015fqalarni qattiq tanqid qilsa-da, \u00f6zlari da\u02bcvo qilayotgan narsalarining ildizlari bilan aynan \u00f6\u015falarga borib taqaladi. Masalan, hozir soxta da\u02bcvat\u00e7ilar mu\u015fabbiha, mujassima va karromiyya toifalari kabi \u201cAlloh taolo \u2013 Ar\u015fning ustida\u201d deb da\u02bcvo qiladi. Bunga \ufd3f\u0627\u0644\u0631\u0651\u064e\u062d\u0652\u0645\u064e\u0646\u064f \u0639\u064e\u0644\u064e\u0649 \u0627\u0644\u0652\u0639\u064e\u0631\u0652\u0634\u0650 <strong><u>\u0627\u0633\u0652\u062a\u064e\u0648\u064e\u0649<\/u><\/strong>\ufd3e <strong>\u201cRahmon Ar\u015fga <u>istivo<\/u> qildi\u201d<\/strong> (\u015e\u00f6ro: 11) oyatini dalil qilib keltiradi. Ya\u02bcni, oyatdagi \u201cistivo\u201d s\u00f6ziga \u201cjoyla\u015fi\u015f\u201d, \u201c\u00f6rna\u015fi\u015f\u201d ma\u02bcnolarini berib, \u201cAlloh Ar\u015fga \u00f6rna\u015fdi\u201d deb ta\u02bcvil qiladi va Allohga biror makonda ekanini isbot qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ahli sunna val jamoa e\u02bctiqodiga k\u00f6ra, Alloh taolo makondan behojatdir. Moturidiylikka oid manbalarda bu masalaga quyidagi\u00e7a yonda\u015filadi: \u201cOyatdagi \u201cistivo\u201d s\u00f6zi muhtamal ya\u02bcni, har xil ehtimol va ma\u02bcnolarga ega. Birin\u00e7idan, mukammallik ma\u02bcnosida i\u015flatiladi. Bunga Alloh taoloning Muso alayhissalom haqida \ufd3f\u0648\u064e\u0644\u064e\u0645\u0651\u064e\u0627 \u0628\u064e\u0644\u064e\u063a\u064e \u0623\u064e\u0634\u064f\u062f\u0651\u064e\u0647\u064f \u0648\u064e<strong><u>\u0627\u0633\u0652\u062a\u064e\u0648\u064e\u0649<\/u><\/strong>\ufd3e <strong>\u201cQa\u00e7onki u voyaga yetib, mukammal b\u00f6lganda\u201d <\/strong>(Qasos: 14) degani misol b\u00f6ladi. Ya\u02bcni bu \u00f6rinda \u201cistivo\u201d \u201ckamolga yeti\u015f\u201d ma\u02bcnosida kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ikkin\u00e7idan, \u201cistivo\u201d s\u00f6zi \u201cqaror topi\u015f\u201d, \u201cjoyla\u015fi\u015f\u201d ma\u02bcnolarida keladi. Bunga Alloh taoloning Nuh alayhissalomning kemasi haqida: \ufd3f\u0648\u064e<strong><u>\u0627\u0633\u0652\u062a\u064e\u0648\u064e\u062a\u0652<\/u><\/strong> \u0639\u064e\u0644\u064e\u0649 \u0627\u0644\u0652\u062c\u064f\u0648\u062f\u0650\u064a\u0651\u0650\ufd3e <strong>\u201cU <\/strong>(kema)<strong> Judiy <\/strong>(to\u011fi)<strong>ga joyla\u015fdi\u201d <\/strong>(Hud: 44), degan s\u00f6zlari dalil b\u00f6ladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U\u00e7in\u00e7idan, \u201cistivo\u201d s\u00f6zi \u201cega b\u00f6li\u015f\u201d ma\u02bcnosida q\u00f6llanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Birin\u00e7i va ikkin\u00e7i ma\u02bcnoni Alloh taologa nisbatan q\u00f6lla\u015f Uning Zotiga loyiq emas. \u00c7unki, Alloh taolo bizning tu\u015fun\u00e7amizdagi jism emaski, Uni biror makonda desak. Ikkin\u00e7idan, \u00d6zi mukammal b\u00f6lgan Zotga \u201ckamolga yeti\u015f\u201dni nisbat beri\u015f ham mutlaqo no\u00f6rindir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, \u201cega b\u00f6li\u015f\u201d ma\u02bcnosini q\u00f6lla\u015f munosib b\u00f6ladi. Alloh taolo oyatda \u00d6zini madh etganiga k\u00f6ra, <strong>\u201cRahmon Ar\u015fga istivo qildi\u201d<\/strong> jumlasini \u201cRahmon Ar\u015fning egasi b\u00f6ldi\u201d deb ta\u02bcvil qili\u015f t\u00f6\u011fri b\u00f6ladi. Bo\u015fqa bir oyatda <strong>\u201cU ulu\u011f Ar\u015fning Robbisidir\u201d<\/strong> (Tavba: 129), degan. Ya\u02bcni, U Zot uning yaratuv\u00e7isidir [1, 68 b.]. Oyatda Ar\u015f xoslab keltirilganining sababi \u2013 u maxluqotlarning (yaratilgan narsalarning) eng kattasi b\u00f6lgani u\u00e7undir. Bundan Alloh taolo bar\u00e7a maxluqotlarning Egasi ekani ma\u02bclum b\u00f6ladi. \u00c7unki maxluqotlardan eng kattasining egasi b\u00f6li\u015f butun olamning egasi b\u00f6li\u015fni taqozo etadi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">K\u00f6rinib turibdiki, moturidiylikda Alloh taoloni pokla\u015fga nihoyat darajada daqiqlik bilan yonda\u015filgan. U Zotni maxluqot sifatlariga \u00f6x\u015fa\u015f sifatlardan pokla\u015fga qattiq e\u02bctibor berilgan. \u201cIstivo\u201dning Alloh taologa eng loyiq b\u00f6lgan ma\u02bcnosi tanlangan. Soxta da\u02bcvat\u00e7ilar da\u02bcvo qilgandek \u201cistivo\u201dga \u201cjoyla\u015fi\u015f\u201d, \u201cqaror topi\u015f\u201d ma\u02bcnolari berilganda edi, Alloh taologa makon nisbat berilib, U Zotni jismga \u00f6x\u015fati\u015f holati yuzaga kelib qolgan b\u00f6lardi. Bu esa olamlarning Rabbi b\u00f6lgan Zotga noloyiqdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Soxta da\u02bcvat\u00e7ilarning da\u02bcvolaridan yana biri \u201cAlloh taolo \u2013 osmonda\u201d deb e\u02bctiqod qili\u015fdir. Bunga \u201casos\u201d sifatida Alloh taoloning <strong>\u201cYoki sizlar <u>osmondagi Zot <\/u><\/strong><u>(Alloh)<strong>dan<\/strong><\/u><strong> xotirjammisiz?!\u201d <\/strong>(Mulk: 16) degan s\u00f6zlari va yana bir qan\u00e7a muta\u015fobih oyatlar dalil qilib keltiriladi. Q\u00f6\u015fim\u00e7a tariqasida inson duo payti q\u00f6llarini osmonga k\u00f6tari\u015fi aytiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Moturidiylik manbalarida ularga quyidagi\u00e7a javob beriladi: \u201cAlloh taoloning <strong>\u201cOsmondagi Zot\u201d <\/strong>degan s\u00f6zidan murod \u201cIlohligi osmonda b\u00f6lgan Zot\u201d degan ma\u02bcnodadir. Uning <strong>\u201cU Zot osmonda ham ilohdir, yerda ham ilohdir\u201d <\/strong>(Zuxruf: 84) degan s\u00f6zlaridan murod esa osmonda ham, yerda ham ilohligining sobitligidir. Bu Alloh taoloning Zoti osmonda sobit ekanini anglatmaydi. Bu xuddi \u201cFalon\u00e7i Buxoro va Samarqandda amirdir. Ya\u02bcni, uning zoti emas, amirligi (\u00f6\u015fa) ikkalasigadir\u201d degandek gap. \u00c7unki Uning Zoti osmonda ham, yerda ham b\u00f6li\u015fi mumkinmas. Ammo ikkalasida ham Rabbligi va Ilohligi b\u00f6li\u015fi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ahli sunna val jamoa e\u02bctiqodiga k\u00f6ra, Alloh taolo makondan oliy va behojat Zotdir. Ulamolarimiz aqidaviy masalalarda, ayniqsa, Alloh taolo borasida, U Zotni nuqson va kam\u00e7iliklardan pokla\u015fda \u00f6ta ehtiyotkordir. Eng nozik nuktalarni ham e\u02bctibordan \u00e7etda qoldirmay, masalaning asl mohiyatini o\u00e7ib beri\u015fga bor ku\u00e7-quvvatini sarflagan. Alloh taologa makon nisbat beri\u015f U Zotni maxluqotlarga \u00f6x\u015fati\u015fdir. U Zot azza va jalla Qur\u02bconi karimda: <strong>\u201cAlbatta, Alloh bar\u00e7a olamlardan behojatdir\u201d<\/strong> (Ankabut: 6), degan. Ya\u02bcni, Ar\u015f, yer va osmonlar kabi narsalar Alloh yaratgan maxluqotlar b\u00f6lib, olam jumlasiga kiradi. Olam esa azaliy emas, Alloh taolo azaliydir. Azalda esa Allohdan \u00f6zga he\u00e7 kim va he\u00e7 narsa mavjud b\u00f6lmagan [2, 112-113 b.]. U Zot azaldan makon va zamon ehtiyojidan xoli b\u00f6lgan va bundan buyon ham \u015funday b\u00f6ladi. Demak, Alloh taolo olamlardan behojat, ya\u02bcni ularga ehtiyoji tu\u015fmaydigan Zotdir. Bo\u015fqa bir oyatda: <strong>\u201cUnga \u00f6x\u015fa\u015f biror narsa y\u00f6q\u201d<\/strong>, (\u015e\u00f6ro: 11) deydi. Ya\u02bcni, Alloh taolo biror narsaga \u00f6x\u015famaydi va \u00d6zi yaratgan narsalarga \u00f6x\u015fab biror makonga muhtoj emas [3, 164 b; 4, 51 b.].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Duo paytida q\u00f6llar va yuzlarni osmonga k\u00f6tari\u015f sof ibodat b\u00f6ladi. Bu namozda Ka\u02bcbaga yuzlani\u015fga \u00f6x\u015faydi. Baytulloh namozning qiblasi b\u00f6lgani kabi osmon duoning qiblasidir\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, Alloh taolodan bo\u015fqa hamma narsa hodis (yaratilgan) hisoblanadi. Zamonlar, makonlar, yaratilgan nimaiki narsa b\u00f6lsa, Alloh taolo ulardan behojatdir. Alloh taolo azaliy b\u00f6lib, U bilan birga biror narsa azalda mavjud b\u00f6lgan emas. Jumladan, yeru osmonlar ham, Ar\u015f va Kursiy ham.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqoridagi misollardan k\u00f6rinib turibdiki, moturidiylik aqidasida har bir masalaga \u00e7uqur, asosli, ilmiy nuqtai nazardan yonda\u015filadi, masalaning tub mohiyatini o\u00e7i\u015f u\u00e7un jiddu jahd qilinadi, asl haqiqat nimada ekaniga qattiq e\u02bctibor beriladi, oyat va hadislarning ma\u02bcnolari har tomonlama \u00f6rganilib, t\u00f6\u011fri ta\u02bcvil qilinadi. Ada\u015fgan buz\u011fun\u00e7i toifalar esa oyat va hadislarning zohiriy ma\u02bcnosiga qarab hukm qilib ketaveradi. Ular matnning asl mazmun-mohiyati nima ekanini tu\u015funmagani, \u00e7uqur tahlilga ilmiy salohiyati yetmagani tufayli \u00f6zining noqis aqli t\u00f6\u011fri deb bilgan va nafsiga ma\u02bcqul kelgan narsaga mahkam yopi\u015fib oladi. \u015eunisi ma\u02bclumki, asrlar davomida islom aqidasining sofligini saqla\u015f u\u00e7un beqiyos xizmat qilgan zabardast mujtahid olimlarning etagini tuti\u015f oyat va hadislarning asl mohiyatini, \u015fariat maqsadlarini anglab yetmagan, ilmsiz, soxta da\u02bcvat\u00e7ilarga erga\u015fi\u015fdan har tomonlama afzaldir. \u015euning u\u00e7un m\u00f6min-musulmon inson \u00f6z dinini yax\u015filab \u00f6rgani\u015fi va bunda kimdan nimalarni qay tarzda \u00f6rganayotganiga e\u02bctiborli b\u00f6li\u015fi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlatimiz tomonidan xalq ma\u02bcnaviyatini yanada boyiti\u015f, diniy bilimsizlikni bartaraf eti\u015f maqsadida turli institutlar, universitet va ilmiy markazlar, masjid va madrasalar barpo etilib, k\u00f6plab imkoniyatlar yaratib berilmoqda. \u015eundan foydalangan holda \u00f6z ma\u02bcnaviyatini boyitib, dunyoqara\u015fini kengaytirib, mantiqqa tayani\u015f va tanqidiy fikrla\u015fni \u00f6rgani\u015f, \u015fu tariqa ada\u015fgan toifalarning \u011foyalariga aldanib qoli\u015fdan saqlani\u015f kattayu-ki\u00e7ik har bir yurtdo\u015fimizga lozim b\u00f6ladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR R\u00d6YXATI<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mulla Ali Qori. Zav\u02bcul maoliy \u015farhi Bad\u02bcul amoliy. \u2013Istanbul: \u201cSira\u00e7\u201d, 2023. \u2013B.264.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u015eujouddin Turkistoniy. \u015earhul aqidatit Tahoviyya. \u2013Ummon: \u201cDor an-nur\u201d, 2022. \u2013B.239.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abul Barakot Nasafiy. Al-E\u02bctimod fil e\u02bctiqod. Dr.Abdulloh Muhammad Ismoil tadqiqi. \u2013 Qohira: Maktabatul azhariyya lit turos, 2011. \u2013B.538.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mulla Ali Qori. Fiqhul akbar \u015farhi. \u2013T: \u201cMovarounnahr\u201d, 2017. \u2013B.272.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rav\u015fan ELMURODOV, <\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi <\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">ilmiy xodimi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Islom dinida aqida eng muhim sohalardan sanaladi. U hamma narsaning asosi b\u00f6lib, bandaning ibodati ham, dunyoqara\u015fi ham, turmu\u015f tarzi ham, \u015faxsiy va ijtimoiy munosabatlari ham \u015funga qarab \u015fakl oladi. M\u00f6min-musulmon inson \u00f6z aqidasi, imon-e\u02bctiqodi qan\u00e7alar mustahkam ekanini he\u00e7 ham nazardan qo\u00e7irmasligi kerak. Ayniqsa, fitnalar avj olgan hozirgi davrda har bir musulmon ki\u015fi \u00f6z aqidasining t\u00f6\u011fri &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":54668,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2449,639,3711],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54667"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=54667"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54667\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":54669,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54667\/revisions\/54669"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/54668"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=54667"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=54667"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=54667"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}