{"id":54577,"date":"2026-11-24T09:18:10","date_gmt":"2026-11-24T04:18:10","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54577"},"modified":"2026-11-24T09:18:10","modified_gmt":"2026-11-24T04:18:10","slug":"tijorat-bilan-sugullangan-muhaddislar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54577&lang=oz","title":{"rendered":"TIJORAT BILAN \u015eU\u011eULLANGAN MUHADDISLAR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida, ayniqsa, Makka \u015fahrida tijorat aholining eng muhim tirik\u00e7ilik manbalaridan biri hisoblangan. Zero, Makka suvsiz va quruq iqlimli \u015fahar b\u00f6lgani sababli uning aholisi qadimdan savdo-sotiq bilan \u015fu\u011fullanib kelgan va bu borada katta tajriba orttirgan edi. Hatto Qur\u02bconi karimning \u00abQuray\u015f\u00bb surasida ham u\u015fbu holat o\u00e7iq-oydin bayon etilgan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00ab<\/strong>Quray\u015f (aholisi)ga qulay qilib q\u00f6ygani u\u00e7un, ya\u02bcni ularga qi\u015fda (Yamanga) va yozda (\u015eomga) safar qili\u015fni qulay qilib q\u00f6ygani u\u00e7un mana \u015fu Uy(Ka\u02bcba)ning Parvardigoriga ibodat qilsinlar! Zero, (U) ularni o\u00e7likdan (qutqarib) taomlantirdi va xavf (va xatar)dan<strong> xotirjam qildi\u00bb<\/strong> (Quray\u015f surasi, 1-4-oyatlar).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U\u015fbu oyatlardan angla\u015filadiki, \u00f6\u015fa davrda Quray\u015f qabilasi qi\u015f va yoz mavsumlarida muntazam ravi\u015fda savdo safarlarini amalga o\u015firgan. Yoz oylarida \u015eom kabi \u015fimolda joyla\u015fgan hududlarga, qi\u015f mavsumida esa Yaman singari janubiy \u00f6lkalarga y\u00f6l olganlar. Bunday savdo aloqalari Suriya, Misr, Iroq, Eron, Yaman va Haba\u015fiston kabi mamlakatlarni ham qamrab olgan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dinining vujudga keli\u015fi bilan tijoratning ahamiyati yanada ortdi. \u00c7unki Islom \u00f6zining adolat va halollikka asoslangan qonun-qoidalari orqali savdo-sotiq munosabatlariga yangi\u00e7a huquqiy va axloqiy mazmun ba\u011fi\u015fladi. \u015eu tariqa tijorat faqat iqtisodiy faoliyat turi sifatida emas, balki halol mehnat, \u00f6zaro i\u015fon\u00e7 va ijtimoiy munosabatlarni mustahkamla\u015f vositasi sifatida ham namoyon b\u00f6ldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015euningdek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning <strong><em>\u00abBarakaning \u00f6ndan t\u00f6qqiz qismi tijoratdadir\u00bb<\/em><\/strong>, degan mazmundagi hadislari ham musulmonlar orasida savdo-sotiq bilan \u015fu\u011fullani\u015fga ra\u011fbat uy\u011fotuv\u00e7i omillardan biri sifatida qabul qilingan (al-Umariy, <em>al-Hiraf<\/em>, 119-b.).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu (vaf. 13\/635)<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hazrat Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning bolalik va yo\u015flik davri, \u015funingdek, Islomni qabul qili\u015flaridan oldingi hayoti haqida tarixiy manbalarda yetarli\u00e7a ma\u02bclumot u\u00e7ramaydi. Biroq u zotning kiyim-ke\u00e7ak va mato savdosi bilan \u015fu\u011fullanganlari, Islomni qabul qilgan paytlarida taxminan 40 000 dirham miqdorida sarmoyaga ega b\u00f6lganlari ma\u02bclum. \u015euningdek, savdo karvonlari bilan Suriya va Yamanga safar qilganlari haqida ham ma\u02bclumotlar mavjud. Rivoyatlarga k\u00f6ra, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yigirma be\u015f yo\u015flarida i\u015ftirok etgan Suriyaga y\u00f6naltirilgan savdo karvoni tarkibida Abu Bakr roziyallohu anhu ham b\u00f6lganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hijrat vaqtida u zot butun mol-mulklaridan 5000 dirhamni \u00f6zlari bilan birga olib kelganlar. Madinai munavvaraga kelganlaridan keyin ham tijorat faoliyatlarini davom ettirganlar. Hatto Madina bozorida savdo-sotiq i\u015flarini amalga o\u015firadigan \u00f6zlariga tegi\u015fli savdo joylari ham b\u00f6lgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumki, johiliyat davrida Hijoz yarimorolida markazla\u015fgan va barqaror davlat tuzumi mavjud emas edi. \u015eu sababli bu hududda \u00f6z tangalarini zarb qili\u015f amaliyoti ham rivojlanmagan. Zero, pul zarb eti\u015f, odatda, muayyan davlat hokimiyati tomonidan amalga o\u015firiladigan iqtisodiy va siyosiy faoliyat turi hisoblanadi. Islom dini paydo b\u00f6lgan ilk yillarda ham vaziyat bundan farq qilmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida Hijoz hududida asosan uning ta\u015fqarisida zarb qilingan pul birliklari muomalada b\u00f6lgan. Bular sof oltindan tayyorlangan <strong>dinor<\/strong> va kumu\u015fdan zarb etilgan <strong>dirham<\/strong> edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dinor Vizantiya davlati tomonidan zarb qilingan. U yumaloq \u015faklda b\u00f6lib, tanganing bir tomonida \u00f6\u015fa davrdagi Vizantiya imperatorining tasviri aks ettirilgan. \u015eom va Haba\u015fiston kabi mamlakatlar bilan olib borilgan savdo-sotiq munosabatlari natijasida u\u015fbu tangalar Hijoz hududiga olib kelingan. Bir dinorning o\u011firligi 4,25 gramm oltinga teng b\u00f6lgan. Yetti dinor qiymati \u00f6n dirhamga barobar hisoblangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dirham esa Eronda hukmronlik qilgan Sosoniylar davlati tomonidan zarb etilgan. U ham yumaloq \u015faklda b\u00f6lib, tanganing bir yuzida \u00f6\u015fa davrdagi Sosoniy pod\u015fohining surati tasvirlangan. Ikkin\u00e7i tomonida esa olovni asrab turgan, qurollangan ikki nafar askarning tasviri tu\u015firilgan. Bu tasvir zardu\u015ftiylikdagi ota\u015fparastlik e\u02bctiqodini ifodalagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Iroq, Haba\u015fiston va Yaman kabi mamlakatlar bilan amalga o\u015firilgan savdo aloqalari natijasida dirhamlar ham Hijoz hududiga keltirilgan. Bir dirhamning o\u011firligi 2,97 grammni ta\u015fkil etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00d6\u015fa davrda dinor va dirhamlardan foydalani\u015fda savdo-sotiqning miqdoriga qarab turli\u00e7a usul q\u00f6llanilgan. Agar oldi-sotdi hajmi katta b\u00f6lsa, pul birliklari tarozi orqali tortib hisoblangan, savdo miqdori oz b\u00f6lgan hollarda esa ular donabay sana\u015f usulida muomalaga kiritilgan (al-Umariy, <em>al-Hiraf<\/em>, 152-b.).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobai kiromlar Madinai munavvaraga hijrat qilganlaridan s\u00f6ng, Makkadagi tijorat muhitiga k\u00f6nikkan k\u00f6plab sahobalar \u00f6z kundalik ehtiyojlarini ta\u02bcminla\u015f maqsadida savdo-sotiq bilan \u015fu\u011fullana bo\u015fladilar. Dastlab ular Madina yahudiylari nazorati ostida b\u00f6lgan Banu Qaynuqo\u02bc bozorida tijorat qilib, tirik\u00e7ilik \u00f6tkazganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biroq Madina bozorining yahudiylar q\u00f6lida b\u00f6li\u015fi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni musulmonlar u\u00e7un mustaqil savdo maydoni ta\u015fkil eti\u015f borasida yangi \u00e7oralar k\u00f6ri\u015fga undadi. Natijada musulmonlar asosiy \u00f6rinni egallagan yangi bozor ta\u015fkil etildi. K\u00f6plab sahobalar u\u015fbu Madina bozorida savdo-sotiq bilan \u015fu\u011fullana bo\u015fladilar. Ular orasida hazrat Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu ham bor edi (al-Umariy, <em>al-Hiraf<\/em>, 127\u2013128-betlar).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xazrat Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu xalifa etib saylanganlaridan keyin davlat bo\u015fqaruvi i\u015flari bilan band b\u00f6lganliklari sababli tijorat faoliyatini t\u00f6xtati\u015fga majbur b\u00f6ldilar. \u015eu bois ularga baytulmoldan yillik 6000 dirham miqdorida mao\u015f tayinlandi. Vafotlari arafasida hazrat Oi\u015fa roziyallohu anhuga \u00f6zlarining vasiyatlarini bildirib, mao\u015fdan ortib qolgan mabla\u011fni baytulmolga qaytari\u015fni top\u015firdilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Umar ibn Xattob roziyallohu anhu (vaf. 23\/644)<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Umar ibn Xattob roziyallohu anhu johiliya davrida Makkaning nufuzli ki\u015filaridan biri b\u00f6lganlar. U zotning Ukkoz yarmarkasida i\u015ftirok etganlari, hatto ba\u02bczan savdogarlar bilan savdo-sotiq masalalari yuzasidan bahs-munozaralarga kiri\u015fganlari haqidagi rivoyatlarni inobatga olsak, tirik\u00e7iliklarini asosan tijorat orqali ta\u02bcminlaganlar, deb ayti\u015f mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Madinai munavvaraga hijrat qilganlaridan keyin ham savdo faoliyatlarini davom ettirib, Madina bozoridan \u00f6zlariga tegi\u015fli savdo joyini egallaganlar va \u015fu yerda tijorat bilan \u015fu\u011fullanganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hazrat Umar roziyallohu anhu Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan keyin \u00f6n yil davomida xalifalik vazifasini ado etdilar. Xalifa b\u00f6lganlaridan s\u00f6ng ham baytulmoldan mao\u015f olganlar, ham tijorat i\u015flarini davom ettirganlar. Moddiy jihatdan he\u00e7 qanday qiyin\u00e7iliklari b\u00f6lmaganiga qaramay, sodda va kamtarona hayot ke\u00e7iri\u015fni afzal k\u00f6rganlar. Hatto yamoq tu\u015firilgan kiyimlarni kiyib yuri\u015fni odat qilganlar. Kundalik oilaviy ehtiyojlarini qondiri\u015f u\u00e7un ikki dirham sarflaganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">K\u00f6p r\u00f6za tuti\u015flari va tungi ibodatlarga alohida e\u02bctibor qarati\u015flari bilan tanilgan hazrat Umar roziyallohu anhu zohidona hayot tarzini ke\u00e7irganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Xotib<\/strong> <strong>ibn Abu Balta\u02bca roziyallohu anhu (vaf. 30\/651)<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xotib ibn Abu Balta\u02bca roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga Badr, Uhud va Xandaq kabi yirik janglarning bar\u00e7asida i\u015ftirok etganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u zotni Misr hukmdori Muqavqis huzuriga el\u00e7i sifatida yuborganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xotib roziyallohu anhu moddiy jihatdan ta\u02bcminlangan ki\u015filardan b\u00f6lib, \u00f6z tirik\u00e7iliklarini tijorat orqali \u00f6tkazganlar. \u015euningdek, Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhu bilan tijorat hamkorligi asosida faoliyat yuritganlar. Vafot etganlarida uy-joylari bilan bir qatorda 4000 dinordan ortiq mol-mulkni meros qilib qoldirganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Davomi bor&#8230;<\/em><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Otabek MUHAMMADIYEV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>katta ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida, ayniqsa, Makka \u015fahrida tijorat aholining eng muhim tirik\u00e7ilik manbalaridan biri hisoblangan. Zero, Makka suvsiz va quruq iqlimli \u015fahar b\u00f6lgani sababli uning aholisi qadimdan savdo-sotiq bilan \u015fu\u011fullanib kelgan va bu borada katta tajriba orttirgan edi. Hatto Qur\u02bconi karimning \u00abQuray\u015f\u00bb surasida ham u\u015fbu holat o\u00e7iq-oydin bayon etilgan: \u00abQuray\u015f (aholisi)ga qulay qilib q\u00f6ygani &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":54578,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54577"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=54577"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54577\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":54579,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54577\/revisions\/54579"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/54578"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=54577"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=54577"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=54577"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}