{"id":54548,"date":"2026-11-23T10:21:32","date_gmt":"2026-11-23T05:21:32","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54548"},"modified":"2026-11-23T10:21:32","modified_gmt":"2026-11-23T05:21:32","slug":"ilm-va-ma%ca%bcrifatga-tayangan-jamiyat-taraqqiyotga-erishadi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54548&lang=oz","title":{"rendered":"ILM VA MA\u02bcRIFATGA TAYANGAN JAMIYAT TARAQQIYOTGA ERISHADI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag\u02bbishlangan tantanali marosimda davlatimiz rahbari 2026\u20132036-yillarni mamlakatimiz uchun milliy yuksalish davri deb e\u02bclon qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimiz yangi o\u02bbn yillikda ta\u02bclim va malaka, sog\u02bbliqni saqlash, zamonaviy texnologi yalar, suv va atrof-muhitni muhofaza qilish, qonun ustuvorligi, mahalla tizimini rivojlantirish hamda tinchlikparvar tashqi siyosatni qamrab olgan yetti ustuvor milliy dastur amalga oshirilishini bildirdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Milliy istiqlol \u2014 xalqimizning tarixiy xotirasi, milliy o\u02bbzligi va buyuk kelajakka bo\u02bblgan ishonchini mustahkamlagan, mamlakatimiz taraqqiyoti uchun keng imkoniyatlar ochgan buyuk qadriyat. Xalqning buyukligi, avvalo, uning tarixi, ma\u02bcnaviy salohiyati, ilmiy tafakkuri va kelajak avlodlar oldidagi mas\u02bculiyati bilan belgilanadi. O\u02bbzining boy tarixiy merosi, yuksak ma\u02bcnaviyati va bunyod korlik an\u02bcanalari bilan jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga munosib hissa qo\u02bbshgan xalqimiz ana shunday bebaho meros bilan faxrlanadi, uni e\u02bczozlab kelmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uch ming yildan ziyod davlatchilik an\u02bcanalariga, qadimiy shaharsozlik madaniyatiga va boy ma\u02bcnaviy merosga ega xalqimizning bugungi taraqqiyot yo\u02bbli ham ana shu tarixiy zaminga tayanadi. Mustaqillik esa bizga ushbu ulug\u02bb merosni chuqur anglash, milliy qadriyatlarimizni tiklash, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy va ma\u02bcnaviy boylikni asrab-avaylash hamda uni yangi avlodlarga yetkazish imkonini berdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbari qayd etganidek, jonajon Vatanimiz azaldan ulug\u02bb mutafakkirlar, aziz avliyolar, buyuk allomalar yurti bo\u02bblib kelgan. Biz mana shunday bebaho merosga munosib ravishda Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Burhoniddin Marg\u02bbinoniy yodgorlik majmualari kabi betakror ilmiy-ma\u02bcrifiy dargohlarni barpo etdik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu muhtasham va tabarruk maskanlar bugun nafaqat yurtimiz va islom olami, balki butun jahon ahlining haqli e\u02bctirofiga sazovor bo\u02bblmoqda. Biz bunday bunyodkorlik ishlarini jadal davom ettiramiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Binobarin, biz o\u02bbtmishimizga faqat faxr bilan emas, balki katta mas\u02bculiyat hissi bilan ham qaraymiz. Zero, tarixiy merosga munosib bo\u02bblish \u2014 ajdodlar nomini e\u02bczozlash bilangina cheklanmaydi. Bu, eng avvalo, ularning ilmga intilish, adolatga sodiqlik, bunyodkorlik va ma\u02bcrifatparvarlik kabi fazilatlarini bugungi hayotimizda davom ettirish demakdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqandning o\u02bbtmishini xalqimizning ko\u02bbp asrlik davlatchilik va madaniyati tarixidan ayro tasavvur etib bo\u02bblmaydi. Bu zamin azaldan ilm-fan, savdo-sotiq, hunarmandchilik va madaniyat rivojlangan, turli xalqlar va sivilizatsiyalar o\u02bbzaro muloqot qilgan maskan bo\u02bblib kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayniqsa, sohibqiron Amir Temur davrida Samarqandning jahoniy shuhrati oshib, chinakam yer yuzining sayqaliga aylangan. Shahar buyuk jahongirning qudratli davlati poytaxti bo\u02bblish bilan birga ilm-fan, madaniyat, hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi vazifa sini ham bajargan. Keyinchalik temuriylar davrida bu an\u02bcanalar davom etgan. Xususan, Mirzo Ulug\u02bbbek nomi bilan bog\u02bbliq ilmiy maktab jahon astronomiyasi va matematikasi rivojida o\u02bbchmas iz qoldirdi. Uning Samarqandda barpo etgan rasadxonasi, olib borilgan astronomik kuzatishlari va yaratgan asarlari bugun ham insoniyat tafakkurining yuksak namunasi sifatida qadrlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqand zaminidan yetishib chiqqan allomalar, mutafakkirlar va davlat arboblarining hayoti bizga bir haqiqatni eslatadi: ilm va ma\u02bcrifatga tayangan jamiyatgina uzoq muddatli taraqqiyotga erisha oladi. Shu ma\u02bcnoda, buyuk ajdodlarimiz merosini o\u02bbrganish o\u02bbtmishni eslashgina emas, balki bugungi islohotlarimizning ma\u02bcnaviy asoslarini mustahkamlash hamdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqandning xalqaro miqyosdagi nufuzi ham uning ana shu boy tarixi, betakror me\u02bcmoriy obidalari va asrlar davomida shakllangan ilmiy- madaniy muhiti bilan chambarchas bog\u02bbliq. Bu merosni asrash, uni dunyoga keng tanitish va kelajak avlodlarga bus-bu tun yetkazish barchamizning muqaddas burchimizdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>BUYUK MEROS \u2013 BUGUNGI TARAQQIYOT UCHUN MA\u02bcNAVIY TAYANCH<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalqimizning bir necha ming yillik tarixi, madaniyati, birinchi va ikkinchi Renessansdagi ulkan hissasini keng targ\u02bbib etish va bu an\u02bcanalarni davom ettirish borasida keng ko\u02bblamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda gap ketganda, hurmatli Prezidentimiz tashabbuslari bilan Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg\u02bbinoniy yodgorlik majmualari kabi yirik loyihalarning amalga oshirilganini alohida ta\u02bckidlashni istardim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xususan, buyuk muhaddis Imom Buxoriy merosini o\u02bbrganish va keng targ\u02bbib qilish ulug\u02bb ajdodimiz mangu orom topgan maskanni bu zotning islom olamidagi nufuzi va salohiyatiga monand qayta bunyod etish borasida chinakamiga olamshumul ishlar bajarildi. Davlatimiz rahbarining alohida e\u02bctiborlari bilan dastlab bu yerda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi tashkil etildi. Muhaddislar sultonining ma\u02bcnaviy merosini chuqur tadqiq etishga kirishildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbngra majmua hududi kengaytirilgan holda, ziyoratchilarga har tomonlama qulayliklar yaratilishi hisobga olinib, yangidan bunyod etildi. Inshoot loyihasidan boshlab qurilish, obodonlashtirish ishlarigacha Prezidentimizning doimiy e\u02bctiborlarida bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Majmua tarkibida eng ilg\u02bbor axborot texnologiyalari qo\u02bbllanilgan muzey tashkil etilishi Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy merosi, islom ma\u02bcrifati rivojiga qo\u02bbshgan hissasini namoyon etishga xizmat qilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayni paytda bu kabi bunyodkorlik ishlari Samarqand shahridagi Imom Moturidiy ziyoratgohida olib borilmoqda. Mazkur yodgorlik majmuasi ham hurmatli Prezidentimiz tashabbuslari bilan qaytadan, ziyoratchilar uchun har tomonlama qulaylik yaratilgan holda obod qilindi. Imom Moturidiy maqbarasida rekonstruksiya ishlari olib borildi, yangi masjid va muzey tashkil etildi. E\u02bctiborlisi, bu jarayonda hududda Burhoniddin Marg\u02bbinoniy dafn etilgan joy aniqlanib, ulug\u02bb alloma sharafiga maqbara qurildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">18-oktabr kuni davlatimiz rahbari bu yerdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishib, \u201cBunday buyuk qadamjolarni obod qilish zamirida katta ma\u02bcnaviyat, ma\u02bcrifat, ta\u02bclim va ilm bor. Odamlar bu yerga kelib, nafaqat ziyorat qilsin, balki bilim olsin, o\u02bbzligini anglasin\u201d deb alohida ta\u02bckidladilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bunday ulug\u02bbvor bunyodkorlik ishlari nafaqat davlatimiz qudrati, balki xalqimizning yuksak diniy-ma\u02bcrifiy salohiyatini ham namoyon etdi. Chunki bunday maskanlarning ahamiyati faqat me\u02bcmoriy ko\u02bbrkamligi yoki sayyohlik salohiyati bilan o\u02bblchanmaydi. Ularning eng muhim vazifasi \u2014 ilm-ma\u02bcrifatni targ\u02bbib etish, ma\u02bcnaviy qadriyatlarni asrash, yosh avlodni ezgulik va bag\u02bbrikenglik ruhida tarbiyalash, ajdodlarimiz merosini zamonaviy tadqiqotlar bilan boyitishdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>UCHINCHI RENESSANS POYDEVORI \u2014 ILMLI VA TASHABBUSKOR AVLOD <\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun mamlakatimiz oldida turgan eng muhim vazifalardan biri \u2014 yoshlarni zamonaviy bilimlar, xorijiy tillar, raqamli texnologiyalar va innovatsion fikrlash ko\u02bbnikmalari bilan qurollantirishdir. Chunki har qanday buyuk taraqqiyotning asosida inson kapitali, sifatli ta\u02bclim va erkin ijodiy muhit turadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqand zaminida kamol topayotgan har bir yosh o\u02bbz tarixini bilishi, buyuk ajdodlari bilan faxrlanishi barobarida, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi, yangilikka intiluvchan va raqobatbardosh bo\u02bblishi kerak. Shu maqsadda yoshlarimizning iste\u02bcdodini ro\u02bbyobga chiqarish, ularning ilm-fan, tadbirkorlik, san\u02bcat va sport sohalaridagi tashabbuslarini qo\u02bbllab-quvvatlash uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etyapmiz. Ayni paytda viloyatimizda 15 dan ortiq oliy ta\u02bclim muassasasi, Prezident maktabi va har bir tuman va shaharda ixtisoslashgan ta\u02bclim muassasalari, 50 dan ortiq xususiy maktablar va nufuzli o\u02bbquv markazlari faoliyat ko\u02bbrsatmoqda. Zamonaviy IT-maktab va startap loyihalar ofislari kun sayin ko\u02bbpaymoqda. Birgina shu yilning o\u02bbzida Samar qand shahrida 5,4 gektar maydonda yoshlar kreativ parki tashkil etilib, bu yerda IT, xorijiy tillarni o\u02bbrgatish, robototexnika o\u02bbquv markazlari, sport to\u02bbgaraklari faoliyati yo\u02bblga qo\u02bbyildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun biz intilayotgan Uchinchi Renessans g\u02bboyasining mazmun-mohiyati ham aslida shu \u2013 buyuk ajdodlarimiz yaratgan ilmiy va ma\u02bcnaviy maktablarni munosib davom ettirish, yangi kashfiyotlar, zamonaviy bilimlar va yuksak intellektual salohiyat orqali mamlakatimizning taraqqiyotiga xizmat qilish.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu borada oila, mahalla, ta\u02bclim muassasalari, ilm-fan tashkilotlari va davlat idoralarining hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Zero, ma\u02bcrifatli avlodni tarbiyalash birgina ta\u02bclim muassasasining emas, butun jamiyatning vazifasidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>TARIXIY MAS\u02bcULIYAT VA KELAJAK OLDIDAGI BURCH<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqandning buyuk tarixi bizga katta g\u02bburur bag\u02bbishlaydi. Biroq bu g\u02bburur amaliy ishlar, aniq natijalar va xalq farovonligiga xizmat qiladigan tashabbuslar bilan mustahkamlanishi kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Viloyatimizda aholi turmush darajasini oshirish, yangi ish o\u02bbrinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ta\u02bclim va tibbiyot sifatini yaxshilash, shahar va qishloqlar infratuzilmasini modernizatsiya qilish, ekologik barqarorlikni ta\u02bcminlash bugungi kundagi eng muhim vazifalarimiz hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bunda har bir hududning o\u02bbziga xos imkoniyatlaridan samarali foydalanish, mahallalardagi muammolarni manzilli hal etish, aholi bilan ochiq muloqot qilish va amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligini ta\u02bcminlash muhim ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyotning haqiqiy mezoni, avvalo, insonlarning hayotidagi ijobiy o\u02bbzgarishlar, ularning ertangi kunga bo\u02bblgan ishonchi va yaratilgan imkoniyatlardan qanchalik foydalana olishi bilan belgilanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ana shunday yondashuv tufayli yilning birinchi yarmida viloyatimizning yalpi hududiy mahsuloti 59,1 trillion so\u02bbmni tashkil etib, o\u02bbtgan yilning mos davriga nisbatan 9,6 foizga o\u02bbsdi. Mahalliy budjet daromadlari ham muttasil o\u02bbsib, xususan, to\u02bbqqiz oy yakuni bilan 6 trillion 80 milliard so\u02bbmdan oshdi. Viloyat hamda tuman (shahar) hokimliklari ixtiyorida qariyb 743 milliard so\u02bbm qo\u02bbshimcha mablag\u02bblar shakllantirildi. Bu mablag\u02bblar hududlar infratuzilmasini yaxshilash orqali odamlar turmush darajasini oshirish, yangi ish o\u02bbrinlari yaratish va ijtimoiy masalalarni hal etishga yo\u02bbnaltirilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqandning boy tarixiy-madaniy merosi, ziyorat va gastronomik turizm imkoniyatlaridan samarali foydalanish natijasida yilning birinchi yarmida viloyatimizga 3,4 milliondan ortiq xorijiy va 4,7 million nafar mahalliy sayyoh tashrif buyurdi. Yil yakuni bilan chet ellik turistlar soni 6 milliondan oshishi kutilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Amalga oshirilayotgan ishlarimizning pirovard natijasi aholini daromadli mehnat bilan ta\u02bcminlash, kambag\u02bballik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirishdan iborat. Biz bu yil viloyat bo\u02bbyicha 618 ming aholini daromadli mehnat bilan ta\u02bcminlash orqali ishsizlik darajasini yil boshidagi 4,7 foizdan 4,2 foizga tushirishni rejalashtirganmiz. Shuningdek, 470 ta mahalla va 6 ta hududni \u201cishsizlik va kambag\u02bballikdan xoli hudud\u201dga aylantirishni maqsad qilganmiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayni paytda Qoradaryo bo\u02bbyida Samarqandning yangi ma\u02bcmuriy markazi bo\u02bblishi kutilayotgan \u201cShirin\u201d shaharchasi qurilishi boshlandi. 150 ming aholi yashaydigan shaharchada uy-joylar, xizmat ko\u02bbrsatish obyektlari, ta\u02bclim muassasalari, madaniyat va sport muassasalari barchasi zamon talablariga mos, aqlli texnologiyalar asosida bunyod etiladi. Shuningdek, Samarqand shahrining temiryo\u02bbl orti hududida renovatsiya dasturi bo\u02bbyicha 100 ming aholi uchun yangi turar joy massivi qurilishi ham jadal suratlarda olib borilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biz ajdodlarimizdan qolgan boy merosni asrab-avaylash bilan birga, kelajak avlodlarga yanada obod, farovon va imkoniyatlarga boy Vatanni qoldirishga intilishimiz shart. Buning uchun har birimiz o\u02bbz ishimizga mas\u02bculiyat bilan yondashishimiz, bilim va tajribamizni yurt ravnaqiga safarbar etishimiz lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ishonchim komilki, Samarqandning boy tarixiy salohiyati, mehnatsevar xalqi, iqtidorli yoshlari va bunyodkorlik an\u02bcanalari viloyatimizning yangi taraqqiyot bosqichida mustahkam tayanch bo\u02bblib xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Adiz BOBOYEV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqand viloyati hokimi, Oliy Majlis Senati a\u02bczosi<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manba: \u201cZarafshon\u201d gazetasi, 2026-yil 19-noyabr, 100(24.280)<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag\u02bbishlangan tantanali marosimda davlatimiz rahbari 2026\u20132036-yillarni mamlakatimiz uchun milliy yuksalish davri deb e\u02bclon qildi. Prezidentimiz yangi o\u02bbn yillikda ta\u02bclim va malaka, sog\u02bbliqni saqlash, zamonaviy texnologi yalar, suv va atrof-muhitni muhofaza qilish, qonun ustuvorligi, mahalla tizimini rivojlantirish hamda tinchlikparvar tashqi siyosatni qamrab olgan yetti ustuvor milliy dastur amalga oshirilishini bildirdi. Milliy istiqlol &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":54549,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54548"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=54548"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54548\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":54550,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54548\/revisions\/54550"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/54549"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=54548"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=54548"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=54548"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}