{"id":54430,"date":"2026-11-20T10:41:49","date_gmt":"2026-11-20T05:41:49","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54430"},"modified":"2026-11-18T16:15:30","modified_gmt":"2026-11-18T11:15:30","slug":"hakim-termiziy-ma%ca%bcnaviy-merosining-islom-tamadduni-rivojida-tutgan-orni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54430&lang=oz","title":{"rendered":"HAKIM TERMIZIY MA\u02bcNAVIY MEROSINING ISLOM TAMADDUNI RIVOJIDA TUTGAN \u00d6RNI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markaziy Osiyo, xususan, hozirgi \u00d6zbekiston hududi IX\u2013XII asrlarda \u015earq uy\u011foni\u015f davrining yirik markazlaridan biri sifatida dunyo ilm-fani va islom tafakkuri rivojiga beqiyos hissa q\u00f6\u015fdi. U\u015fbu davrda yeti\u015fib \u00e7iqqan buyuk siymolar orasida Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn al-Hasan ibn Bi\u015fr al-Hakim Termiziy alohida \u00f6rin tutadi. Termiziy nafaqat tasavvuf va irfon sohasida, balki hadis\u015funoslik, fiqh, kalom hamda islom falsafasi y\u00f6nali\u015flarida ham \u00e7uqur iz qoldirgan k\u00f6p qirrali olimdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hakim Termiziyning ilmiy merosini \u00f6rgani\u015f bugungi kunda jahon \u015farq\u015funosligi va islom\u015funosligining dolzarb vazifalaridan biri b\u00f6lib qolmoqda. Allomaning asarlari nafaqat \u00f6z davri ijtimoiy-ma\u02bcnaviy muhitini aks ettiradi, balki islomiy ilmlarning tasnifa\u015f hamda tasavvuf ta\u02bclimotining \u015fakllani\u015f bosqi\u00e7larini yoriti\u015fda muhim manba hisoblanadi. U\u015fbu maqolaning maqsadi Hakim Termiziyning mavjud q\u00f6lyozma va bosma manbalari, xususan, manba\u015funoslik nuqtai nazaridan asosiy hisoblangan asarlarini tahlil qili\u015f va ularning ilmiy qiymatini belgila\u015fdan iborat.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hakim Termiziy taxminan IX asrning birin\u00e7i yarmida Termiz \u015fahrida tavallud topgan. Tarixiy manbalarda u &#8220;al-Muhaddis&#8221; va &#8220;al-Hakim&#8221; unvonlari bilan tilga olinadi. Abu Abdurrahmon as-Sulamiy \u00f6zining &#8220;Tabaqot as-sufiyya&#8221; nomli asarida Termiziyning s\u00f6fiylik va muhaddislik maktabidagi \u00f6rnini alohida ta\u02bckidlab, uni \u00f6z davrining eng yetuk oriflaridan biri sifatida ta\u02bcriflaydi [4:175-178].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloma haqidagi ma\u02bclumotlar Xayriddin az-Zirikliyning &#8220;Al-A\u02bclom&#8221; qomusida ham batafsil keltirilgan. Az-Zirikliy u ki\u015fining t\u00f6liq ismi Muhammad ibn Ali ibn al-Hasan ibn Bi\u015fr ekanligini ta\u02bckidlab, Termiziyning irfoniy va ilmiy salohiyatiga yuqori baho beradi [2:272]. Allomaning &#8220;Hakim&#8221; (doni\u015fmand) deb atali\u015figa sabab, u \u015fariat va tariqat ilmlarini, zohiriy va botiniy bilimlarni \u00f6zida mujassam etganligidadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hakim Termiziy qalamiga mansub boy ilmiy meros saqlanib qolgan b\u00f6lib, ular orasida hadis\u015funoslik, tasavvuf va axloqqa oid asarlar ustuvorlik qiladi. Klassik asarlar, q\u00f6lyozma va nodir asarlar ustida manba\u015funoslik va matn\u015funoslik tadqiqotlari rivojlangan hozirgi davrda alloma asarlarining \u00f6rgani\u015f imkoniyati yanada kengaydi. \u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Quyida Hakim Termiziy asarlarning eng muhimlarini tahlil qilimiz:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0&#8220;Navodir al-usul fi ma\u02bcrifat axbor ar-Rasul&#8221; . <\/strong>U\u015fbu asar Hakim Termiziyning eng ma\u015fhur va hajman eng yirik asarlaridan biridir. Asarda Pay\u011fambarimiz Muhammad (s.a.v.) hadislarining ruhiy va ma\u02bcnaviy ma\u02bcnolari, ularning zohiriy va botiniy hikmatlari tahlil qilinadi [8].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Termiziy bu asarda bo\u015fqa muhaddislardan farqli \u00f6laroq, hadislarning faqat isnod va matnini keltiri\u015f bilan \u00e7eklanmay, ularning botiniy va falsafiy mohiyatini o\u00e7ib beri\u015fga harakat qilgan. Odil Nuveyhid \u00f6zining &#8220;M\u00f6\u02bcjam al-mufassirin&#8221; asarida Termiziyning bu yonda\u015fuvi keyingi davr tafsir va hadis \u015farhlov\u00e7ilari u\u00e7un metodologik zamin yaratganini ta\u02bckidlaydi[3:2\/576] .<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>&#8220;Al-Manhiyyot va kullu ma ja\u02bca min hadisin bin-nahy&#8221; . <\/strong>&#8220;Al-Manhiyyot&#8221; asari islom huquqi (fiqh) va axloq tizimida taqiqlangan (nahiy qilingan) amallar hamda ularning sabablari va oqibatlariga ba\u011fi\u015flangan. Termiziy u\u015fbu asarda Pay\u011fambarimiz (s.a.v.) taqiqlagan har bir amalning zamirida inson ruhiyati va jamiyat ma\u02bcnaviyatini muhofaza qili\u015f hikmati yotganini ilmiy-ruhiy nuqtai nazardan asoslab beradi. Asar fiqh va tasavvuf kesi\u015fuvida yozilgan nodir manba hisoblanadi [6].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>&#8220;Al-Hidoyatu ila ma\u02bcrifat arbob al-viloyat&#8221;. <\/strong>U\u015fbu risola tasavvuf ta\u02bclimotining markaziy tu\u015fun\u00e7alaridan biri b\u00f6lgan &#8220;Valoyat&#8221; (valiylik) va &#8220;Valiy&#8221; darajalariga ba\u011fi\u015flangan. Hakim Termiziy islom tafakkuri tarixida birin\u00e7ilardan b\u00f6lib &#8220;Xatm al-avliyo&#8221; (Valiylar muhrlov\u00e7isi) konsepsiyasini nazariy jihatdan i\u015flab \u00e7iqqan mutafakkirdir. &#8220;Al-Hidoyatu&#8221; asari ayni \u015fu konsepsiyaning mohiyatini tu\u015funi\u015fda, valiylarning tabaqalani\u015fi va ma\u02bcnaviy maqomlarini tahlil qili\u015fda muhim manba vazifasini \u00f6taydi [7].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hakim Termiziy davrining yetuk ilmiy va tasavvufiy muhiti bilan \u00e7ambar\u00e7as bo\u011fliq b\u00f6lgan. Manbalarda ta\u02bckidlani\u015fi\u00e7a, u \u00f6z davrining k\u00f6plab k\u00f6zga k\u00f6ringan olimlari bilan ilmiy muloqotda b\u00f6lgan. \u015eunday siymolardan biri \u2013 Abu Bakr al-Varroq Termiziydir. Abu Bakr al-Varroq al-Balxiy Hakim Termiziyning yaqin ma\u02bcnaviy maslakdo\u015fi b\u00f6lib, uning asarlari va \u011foyalari keng tarqali\u015figa xizmat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Ibrohim al-Juyu\u015fiy \u00f6zining &#8220;Al-Hakim Termiziy: dirosa li-asarihi va afkorihi&#8221; nomli tadqiqotida Termiziy va uning zamondo\u015flari \u00f6rtasidagi ilmiy va irfoniy muloqotlarni \u00e7uqur \u00f6rganib, allomaning Xuroson va Movarounnahr tasavvuf maktabi \u015fakllani\u015figa q\u00f6\u015fgan hissasini yuqori baholagan [1:54].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hakim Termiziyning boy ilmiy merosi, xususan, uning \u201c<strong>Navodir al-usul\u201d<\/strong>, <strong>\u201cXatm al-avliyo\u201d<\/strong>[5] va bo\u015fqa asarlari hikmatlarga, qalb va nafs tarbiyasiga oid \u00e7uqur falsafiy fikrlarga juda boy. Quyida ularning eng ta\u02bcsirli va mazmunli namunalarini keltiramiz:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Qalb va nafs haqida<\/strong><em>.\u00a0 \u201cQalb k\u00f6zguga \u00f6x\u015faydi. Agar unga gunoh va havoyi nafs \u00e7anglari yuqsa, u xirala\u015fadi va haqiqatni k\u00f6ra olmay qoladi. Uni faqat tavba, zikr va solih amallargina tozalaydi.\u201d<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u201cNafsning istaklariga qar\u015fi kura\u015fi\u015f \u2014 eng buyuk jihoddir. Kim \u00f6z nafsini jilovlay olsa, u dunyo va oxiratda aziz b\u00f6ladi.\u201d<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0Ilm va aql haqida. \u201c<\/strong><em>Ilm k\u00f6paygani sari insonning tavozesi (kamtarligi) ham orti\u015fi kerak. Ilm kibr keltirsa, u haqiqiy ilm emas, balki jaholatning bir turi hisoblanadi.\u201d<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u201cHaqiqiy olim \u2014 ilmiga amal qilgan va odamlarga manfaati tekkan ki\u015fidir. Ilm faqat yodla\u015f u\u00e7un emas, balki axloqni g\u00f6zal qili\u015f u\u00e7un beriladi.\u201d<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Vaqt va hayot qadri haqida<\/strong>. \u201c<em>Umr \u2014 bu senga berilgan eng qimmatli sarmoyadir. Uni bekor\u00e7i narsalarga sarfla\u015f eng katta ziyon hisoblanadi.\u201d<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u201cKim bugungi kunini \u011fanimat bilib, ezgu i\u015flar qilmasa, ertaga pu\u015faymon \u00e7ekadi, lekin u paytda pu\u015faymonlik foyda bermaydi.\u201d <\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0<strong>Axloq va odamiylik haqida<\/strong>. \u201c<em>Insonlarning eng yax\u015fisi \u2014 bo\u015fqalarga foydasi tegadigani va tilidan birov ozor k\u00f6rmaganidir.\u201d<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u201cG\u00f6zal xulq \u2014 dinning ustuni va bandani Allohga eng yaqin qiladigan eng qisqa y\u00f6ldir\u201d <\/em>[9]<em>.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hakim Termiziyning ilmiy-ma\u02bcnaviy merosi islom tafakkuri va tasavvuf ta\u02bclimotida alohida \u00f6rin tutadi. Allomaning &#8220;Navodir al-usul&#8221;, &#8220;Al-Manhiyyot&#8221; va &#8220;Al-Hidoyatu&#8221; kabi asarlari \u015fariat va tariqat, zohiriy va botiniy ilmlarning uy\u011funligini k\u00f6rsatuv\u00e7i yorqin misollardir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zamonaviy manba\u015funoslik va raqamli gumanitar fanlar rivojlanayotgan bir davrda Hakim Termiziy asarlarining yangi q\u00f6lyozma nusxalarini aniqla\u015f, ularning tanqidiy matnlarini tayyorla\u015f hamda jahon tillariga tarjima qili\u015f dolzarb vazifa b\u00f6lib qolmoqda. Alloma merosini \u00e7uqur \u00f6rgani\u015f nafaqat mintaqamizning boy tarixiy-ma\u02bcnaviy \u00f6tmi\u015fini angla\u015fga, balki umuminsoniy va ma\u02bcnaviy qadriyatlarni tar\u011fib eti\u015fga ham keng xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA MANBALAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Juyu\u015fiy, Muhammad Ibrohim. Al-Hakim Termiziy Muhammad ibn Ali Termiziy \u2013 dirosa li-asarihi va afkorihi. Qohira: Dor an-Nahda al-Arabiyya, 54-bet.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Zirikliy, Xayriddin. (2002). Al-A\u02bclom. Bayrut: Dor al-Ilm lil-Malayin, 6-jild, 272-bet.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Nuvayhid, Odil. (1988). M\u00f6\u02bcjam al-mufassirin: min sadr al-Islom hatta al-asr al-hadiyr. Bayrut: Muassasat Nuveyhid as-Saqofiyya, 2-jild, 576-bet.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sulamiy, Abu Abdurrahmon. (2003). Tabaqot as-sufiyya. Bayrut: Dor al-Kutub al-Ilmiyya, 2-na\u015fr, 175\u2013178-betlar.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Hakiim Termiziy. Xatm al-avliyo. (Usmon Ismoil Yahyo tahriri). Bayrut. Dor al-kutub al-ilmiyya,\u00a0 1988<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Hakiim Termiziy. Al-Manhiyyot va kullu ma ja\u02bca min hadisin bin-nahy. Qohira: Dor al-i\u02bctiso, 1986.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Hakiim Termiziy. Al-Hidoyatu ila ma\u02bcrifat arbob al-viloyat. Bayrut. Dor al-kutub al-ilmiyya,<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Hakiim Termiziy. Navodir al-usul fi ma\u02bcrifat axbor ar-Rasul. Beyrut, Dor al-kutub al-ilmiyya,\u00a0<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Hakim Termiziy. Al-Amsol min kitob va sunna. Bayrut: Dor al-kitob, 2003.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015eukurillo UMAROV, <\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoro xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi <\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">b\u00f6lim bo\u015fli\u011fi <\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarix fanlari b\u00f6yi\u00e7a falsafa doktori (PhD),<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0katta ilmiy xodim,<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Markaziy Osiyo, xususan, hozirgi \u00d6zbekiston hududi IX\u2013XII asrlarda \u015earq uy\u011foni\u015f davrining yirik markazlaridan biri sifatida dunyo ilm-fani va islom tafakkuri rivojiga beqiyos hissa q\u00f6\u015fdi. U\u015fbu davrda yeti\u015fib \u00e7iqqan buyuk siymolar orasida Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn al-Hasan ibn Bi\u015fr al-Hakim Termiziy alohida \u00f6rin tutadi. Termiziy nafaqat tasavvuf va irfon sohasida, balki hadis\u015funoslik, fiqh, kalom &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":54431,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54430"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=54430"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54430\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":54432,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54430\/revisions\/54432"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/54431"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=54430"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=54430"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=54430"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}