{"id":54412,"date":"2026-11-20T16:35:12","date_gmt":"2026-11-20T11:35:12","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54412"},"modified":"2026-11-17T17:38:35","modified_gmt":"2026-11-17T12:38:35","slug":"tasavvuf-ma%ca%bcrifiy-ta%ca%bclimotining-zamonamizdagi-mavqei","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54412&lang=oz","title":{"rendered":"TASAVVUF MA\u02bcRIFIY TA\u02bcLIMOTINING ZAMONAMIZDAGI MAVQEI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Kiri\u015f. <\/strong>Tasavvuf \u2013 islom olamida keng tarqalgan, \u00d6rta va Yaqin \u015earq mamlakatlari madaniyati tarixida \u00e7uqur iz qoldirgan diniy-ma\u02bcrifiy oqimdir. Bu ta\u02bclimot asosida koinot, koinotdagi va undan ta\u015fqaridagi butun borliq \u2013 mavjudot \u2014 bitta va yagona, aql tu\u015funa olmas darajada azaliy va abadiy, k\u00f6rib va his qilib b\u00f6lmas darajada qudratli Zot tomonidan yaratilgan, yaratilmi\u015flarning eng a\u02bclosi \u2013 inson va ana \u015fu hamma maxluqot ba\u011foyat g\u00f6zal bir tarzda bir-biriga uy\u011funla\u015ftirilgan, mazmunidagi yangi tafakkur tarzi yotadi. Demak, Alloh taoloni tani\u015f butun olamning mohiyatini angla\u015fga harakat qili\u015f demakdir. Bunday intili\u015flar esa har bir \u015faxsning axloqiy va ma\u02bcrifiy kamolotiga ijobiy ta\u02bcsir k\u00f6rsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jamiyat ki\u015fisining so\u011flom ma\u02bcnaviy tafakkuri pokiza va samimiy muhitda \u015fakllanadi. Insoniyatga taqdim etilgan bar\u00e7a dinlar \u015fu maqsadnigina nazarda tutib yoyilgan. Bu jarayonda diniy-ma\u02bcrifiy, falsafiy-ma\u02bcnaviy ta\u02bclimotlar, y\u00f6nali\u015flar, uyu\u015fmalar yuzaga kelgan. Ana \u015fu mafkuraviy muhitning asosiy e\u02bctiborini inson omili ta\u015fkil etgan va asosiy ku\u00e7-qudrat \u015faxs tarbiyasi masalasiga qaratilgan. Biz \u201c\u015faxs ma\u02bcnaviy kamoloti masalasiga qaratilgan\u201d demadik, \u00e7unki k\u00f6pgina ta\u02bclimot va uyu\u015fmalar bu masalaning ijobiy natijasiga eri\u015fi\u015f u\u00e7un xizmat qila olmagan. Buning natijasida esa ba\u02bczan jamiyatlar hayotida islom dini tar\u011fib etgan pok e\u02bctiqod \u2013 ahli sunna val jamoa y\u00f6lidan \u00e7al\u011fib keti\u015f holatlari ham sodir b\u00f6lgan. Xususan, tasavvuf ma\u02bcrifiy oqimining ba\u02bczi y\u00f6nali\u015flari haqida ham \u015funday fikrlarni bildiri\u015f mumkin. \u00d6zining insoniyat tarixidagi evolyutsion taraqqiyotida katta bir davrni qamrab turgan bu ta\u02bclimotni bili\u015fga qiziqmaslikning ham imkoni y\u00f6q.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Tahlil VA natijalar.<\/strong> Milliy mafkuramizning asosiy maqsadlaridan biri b\u00f6lmi\u015f barkamol \u015faxs tarbiyasi u\u00e7un \u00e7uqur diniy-ma\u02bcrifiy ta\u02bclimotlar qay darajada zarur, degan tabiiy savol tu\u011filadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tasavvuf ta\u02bclimoti islom \u015fariati singari butun ba\u015fariyat \u2013 inson farzandlari tu\u015funib, amal qili\u015fi lozim b\u00f6lgan qonun-qoidalar majmuimi yoki u ilm ahlining maxsus dasturimi?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xullas, tasavvuf va uning jamiyatimizdagi \u00f6rni va ahamiyati xususida \u00e7uqurroq \u00f6ylab k\u00f6ri\u015f lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumki, tasavvuf islom dini kirib borgan bar\u00e7a \u015earq mamlakatlarida inson fikri \u2013 mu\u015fohadasi darajasida va jamiyat ma\u02bcnaviy taraqqiyotiga bo\u011fliq holda turli suluklar \u015faklida rivojlangan, ijtimoiy-siyosiy hayotga, ilm-fan taraqqiyotiga ta\u02bcsir k\u00f6rsatgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tasavvufning eng birin\u00e7i namoyandasi, ta\u02bcbir joiz b\u00f6lsa, piri \u2013 pay\u011fambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam b\u00f6lganlar. \u00c7unki ul zoti oliy insoniyatga \u201cG\u00f6zal xulqlarni kamolga yetkazi\u015f u\u00e7un\u201d yuborilganlar. \u015eu narsa muhimki, ba\u015fariyatga nozil etilgan bar\u00e7a dinlar, ularning eng oxirgisi va mukammali b\u00f6lmi\u015f islom ham \u015fariat vositasida insonda g\u00f6zal xulqni tarbiyalaydi. Tasavvuf esa tariqatlar vositasida ana \u015fu g\u00f6zal xulqni bosqi\u00e7ma-bosqi\u00e7 oliy kamolot darajasiga yetkazadi. Bar\u00e7a tariqatlar silsilalarining sarhalqasi Pay\u011fambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ekanliklarining ma\u02bcnosi \u015fundandir. \u015eu boisdan ham tasavvuf ta\u02bclimoti ijodkori b\u00f6lmi\u015f Pay\u011fambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) joriy etgan \u015fariat va sunnatga rioya qili\u015fda qusurli b\u00f6lgan tariqat yoki suluk, yoki \u015fayx \u2013 tasavvuf y\u00f6lida deb sanalmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015eariat va tariqat \u00f6rtasidagi munosabat inson jismi va ongli hayoti rivojidagi bo\u011fliqlikka \u00f6x\u015faydi. Imon kalimasi til va quloq vositasida insonda faqat idrok orqali fahmlanadigan k\u00f6ngil uyi borligi, uni b\u00f6m-b\u00f6\u015f qoldirmaslik lozimligidan ogoh etadi. Ibodat esa inson jismoniy va ruhiy salomatligining garovi sifatida unga k\u00f6rkamlik, poklik nurini bax\u015f etadi. Xuddi \u015funday islomning keyingi u\u00e7 rukni ham inson jismini illatlardan xalos etadi, qalbiga va ruhiga osoyi\u015ftalik bax\u015f etadi. Ana \u015fu darajaga yetga\u00e7gina, tasavvuf y\u00f6liga qadam q\u00f6yi\u015f u\u00e7un ehtiyoj paydo b\u00f6ladi, \u015fundagina tariqat \u201ce\u015figini qoqi\u015f\u201d mumkin b\u00f6ladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bo\u015fqa\u00e7aroq aytsak, tariqatga kirmayoq, islom \u015fariati talablarini sidqidildan t\u00f6kis bajarib yurgan inson \u2013 madaniyati va ma\u02bcnaviyati yetuk \u015faxs b\u00f6lib \u015fakllani\u015fi mumkin. Ammo yuksak insoniy sifatlarga ega b\u00f6lgan \u015fu musulmon \u00f6zining Yaratgu\u00e7i egasi sifatlarini \u00e7uqurroq idrok eti\u015fni, uning m\u00f6\u02bcjizalarini k\u00f6ri\u015fni, hikmatlarini tu\u015funi\u015fni istasa \u2013 tariqatga kiradi. \u015eu boisdan ham qadimda \u015fariat ommaviy ravi\u015fda majburiy ta\u02bclim turi sifatida \u00f6rgatilgan (inson bo\u015fqa maxluqotdan farq qili\u015fi lozimligi u\u00e7un), tariqat pe\u015fvolari esa \u00f6zlarini jamiyatdan \u00e7etga tortganlar. Ularni uzoq da\u015ft-\u00e7\u00f6llarga, \u011forlarga, \u00e7illaxonalarga \u015fariat vositasida kamolot pillapoyasiga qadam q\u00f6ygan xos tolibi ilmlargina izlab bori\u015fgan. \u015euning u\u00e7un ham ular \u201ce\u015fon\u201d, ya\u02bcni \u201cular\u201d, biz emas, bizdan, jamiyatdan uzoqdagilar, deb atalganlar. Tasavvufda kamolga yetgan \u015fayxlar ilmlarini pinhon tuti\u015fga uringan, murid tarbiyasidan k\u00f6ra k\u00f6proq \u00f6zlarining botiniy ahvollaridan muntazam xabardor b\u00f6li\u015fga intilganlar. \u015eayxi naq\u015fbandiy Xoja Ubaydulloh Ahrori Vali (q.s.) \u201cVolidiya\u201d asarida yozi\u015flari\u00e7a, tariqatning eng baland darajalariga, oriflikka yetgan \u015fayx ki\u00e7ik bir xato qilib q\u00f6ysa, \u00f6zining \u015fu baland maqomidan yana eng quyi \u2013 solih darajasiga tu\u015fib qoladi. \u015eu jihatdandir, ma\u015fhur sufiy Junayd Ba\u011fdodiy \u00f6ttiz yil davomida minbarga \u00e7iqib tasavvuf mavzusida ma\u02bcruza ayti\u015fdan bo\u015f tortgan. Umuman, bar\u00e7a tasavvuf \u015fayxlari odam yi\u011fib pe\u015fvolik qili\u015f niyatida b\u00f6lmay, aksin\u00e7a, sokin g\u00f6\u015falarda, xilvatda ahli dil bilan suhbatda b\u00f6lganlar, ularning tarbiya vositasi ham, ta\u02bclim vositasi ham asosan suhbat b\u00f6lgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015eariat odobini hamma \u00f6rgani\u015fi \u015fart, \u015fundan s\u00f6ng u tartib-intizom bilan ya\u015fayotgan inson b\u00f6ladi. Tariqat odobi esa hammaga ham t\u00f6\u011fri kelavermaydi. Buni bir misol vositasida angla\u015fga harakat qilaylik. \u015eariat qonunlariga k\u00f6ra, \u00f6\u011frilik qilib q\u00f6lga tu\u015fgan odamning q\u00f6li kesiladi va sazoyi qilinadi. U aslo jazosiz q\u00f6yib yuborilmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tariqatda esa bunday holga munosabat butunlay bo\u015fqa\u00e7a. Ali\u015fer Navoiy \u201cNasoyimul muhabbat\u201d asarida s\u00f6fiy \u015fayxlar \u015fariat yuzidan tariqat odobini mahkam tutadilar, deb yozadi. [3:18] U qanday odob ekan?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U \u015funday odobdirki, \u2013 deb yozadi Navoiy, \u2013 yax\u015fi-yomonga, katta va ki\u00e7ikka birday bajo keltiriladi. Bunday odobni \u00f6z tabiatlarida mujassam etganlar bar\u00e7a insonlardan \u00f6zlarini ki\u00e7ik, kamtar va xoksor tutadi. Ular k\u00f6p\u00e7ilikning xizmatini qili\u015f, k\u00f6p\u00e7ilikka foyda yetkazi\u015f u\u00e7un \u015fo\u015filadi. Ular, hattoki \u00f6z farzandlari va xizmatkorlariga ham nihoyatda \u00e7iroyli muomalada b\u00f6ladi. Bulardan biror adabsizlik yuz bersa, dillarini o\u011fritmaydi. \u015eu tariqa, tariqat y\u00f6lida b\u00f6lgan axloqi komil insonlar bar\u00e7aga, hatto \u00f6\u011friga ham nasihatni yum\u015foq va \u00e7u\u00e7uk til bilan qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015earq ma\u02bcnaviy olamining bebaho boyligi b\u00f6lmi\u015f buyuk ajdodlarimiz \u2013 mutafakkir doni\u015fmandlar asarlarida tariqat odobi bayon etilgan hikoyat va rivoyatlar, pand-\u00f6gitlar nihoyatda k\u00f6p. Xususan, birovning uyiga \u00f6\u011frilikka kirib, he\u00e7 narsa topa olmayotgan \u00f6\u011fridan \u015fu yerda kitob mutolaasi bilan band b\u00f6lib \u00f6tirgan \u015fayx \u00f6rnidan turib, xijolatlik bilan ke\u00e7irim s\u00f6raydi va \u00f6zi \u00f6tirgan gilam\u00e7ani yi\u011fib, unga tutqizadi. Bunday ba\u011frikenglikni k\u00f6rib, \u00f6\u011frining \u201ck\u00f6ngli buzilib ketadi\u201d va qilmi\u015fidan pu\u015faymon b\u00f6lib, \u015fayx oldida tavba qiladi, t\u00f6\u011fri y\u00f6lga kiradi. Xorazmlik \u015eayx Abul Vafoi Xorazmiy dastorining \u011foyatda eski va yirtiqligi bois uni \u00f6\u011frilab, y\u00f6lda ta\u015flab ketgan \u00f6\u011fri oldida xijolatini bayon etadi. Ulu\u011f diniy rahnamomiz \u2013 buyuk muhaddis olim Imom Buxoriy hazratlari (q.s.) Makkai mukarrama safariga yol\u011fiz ketayotganlari holda, begona va sinalmagan hamrohlarining \u201cyoningda nimang bor\u201d, degan savoliga yol\u011fondan hazar qilganlari sababli \u201cming dinor tangam bor\u201d, deb haqiqatni aytadi va tuhmat balosiga giriftor b\u00f6ladi. Ul zoti \u015farifni bu balodan Haq taolo \u00f6z inoyati ila xalos etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keltirilgan misollardan k\u00f6rinadiki, tariqat odobini hamma ham \u00f6zida mujassam eta olmaydi. \u00c7unki insonlar yaratili\u015fdan turli \u2013 tumandirlar. Ular tabiati va fe\u02bclining namoyon b\u00f6li\u015fida inson vujudini ta\u015fkil etgan t\u00f6rt unsurning \u00f6zaro mutanosib yoki nomutanosibligi katta ahamiyatga ega. Inson jismi tuproq, suv, havo va olov kabi tabiati \u00f6zaro bir-biriga zid unsurlardan ta\u015fkil topgan ekan, bu unsurlar hamma insonlar jismida ham bir xil mutanosiblikda b\u00f6lmaydi. Bir insonning yaratili\u015fida tuproq va suv kabi sabr, himmat, \u015fafqat, saxovat, poklik xislatlari k\u00f6proq jamlangan b\u00f6lsa, bo\u015fqa bir inson tabiatida \u015famoldek beqarorlik, olovdek be\u015fafqatlik xususiyatlari namoyon b\u00f6ladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tabiatda mis b\u00f6lib yaratilgan modda oltin vazifasini bajara olmasligi hammaga ma\u02bclum. Hamma insonlar ham \u00f6z tabiatini \u00e7uqurroq \u00f6rganib, jism va ruhida a\u02bclo darajadagi mutanosiblik hosil b\u00f6lmo\u011figa eri\u015fi\u015fi nihoyatda mu\u015fkul. Buning u\u00e7un insondan juda katta mehnat, sabr, iroda va ku\u00e7li e\u02bctiqod talab qilinadi. \u015eu jihatdan, t\u00f6\u011fri hayot tarzini tutgan, jamiyatning solih fuqarosi b\u00f6lmi\u015f oddiy m\u00f6min inson s\u00f6fiylar tabiati va amallarini tu\u015funmay, hayron b\u00f6li\u015fi mumkin. Tasavvuf axloqida b\u00f6lmagan \u015faxslar jinoyatning albatta jazolani\u015fini, yax\u015fi amalning esa albatta mukofotlani\u015fini kutadilar va buni adolatdan deb biladilar. S\u00f6fiylar esa jinoyatga jismoniy jazo bera olmaydilar, buni ularning tabiati qabul qila olmaydi. Yax\u015filik evaziga mukofotni esa jamiyatdan emas, faqat Yaratgandan kutadilar. Bu xulqlari bilan ular jamiyatning \u015far\u02bciy axloqidan yuksaladilar. Agar jamiyat a\u02bczolarining hammasi komil va g\u00f6zal axloq \u2013 tasavvuf axloqiga rioya eta olsalar, u holda Forobiy aytmi\u015f \u201cfozil \u015fahar\u201d \u015fakllanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muqaddas Qur\u02bconi karimda jinoyatlarni qanday jazola\u015f haqida insoniyatga aniq-rav\u015fan k\u00f6rsatmalar berilgan. Hadisi \u015fariflarda bu k\u00f6rsatmalarga aniqlik kiritilib, marhamat qilinadi. Xususan, yuqorida s\u00f6z yuritganimiz \u00f6\u011frilik masalasida Imom Muslim (r.a.)ning \u201cSahih al-Muslim\u201d asarida \u015funday ma\u02bclumot keltiriladi: Oy\u015fa (r.a.)dan xabar beri\u015flari\u00e7a, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201c\u00c7orak dinordan kam miqdorda \u00f6\u011frilik qilgan ki\u015fininggina q\u00f6li kesilmaydi\u201d<\/em><\/strong>, deganlar. Bu k\u00f6rsatmalarga har bir jamiyat islom \u015fariati asosida rioya etmo\u011fi lozim. \u00d6rta asrlar \u015farq mamlakatlarida bunday k\u00f6rsatmalarning t\u00f6\u011fri bajarili\u015fini nazorat qiladigan maxsus lavozim egalari ham b\u00f6lgan. \u015eunday \u015faxslardan biri Hazrat Navoiy \u2013 Nizomiddin edilar. Ul zotning akalari \u015eayx Bahlulbek ham Nizomiddin, ya\u02bcni din nizomi bajarili\u015fini kuzatib turuv\u00e7i b\u00f6lganlar. Fiqh olimlari ham har qanday masalaga \u015fariat qonun-qoidalari yuzasidan fatvo berganlar. \u015eariat va sunnatdan ta\u015fqari \u00e7iqmaganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Ammo, muqaddas Kitobimizning muayyan oyati karimalarida yomonlikka qay tariqa javob beri\u015f haqida xos insonlar \u2013 ahli tariqatga ham maxsus k\u00f6rsatmalar berilgan. Ular \u201cRahmonning suyukli bandalari\u201d sifatida e\u02bctirof etiladilar. \u00c7unon\u00e7i, ularga yer yuzida, insonlar jamiyatida tavozu\u02bc va viqor bilan yuri\u015f, johil va nodon kimsalar bema\u02bcni gap-s\u00f6zlar, nojoiz harakatlar qilgan taqdirda ham ularga \u00e7iroyli muomala qilib, nodonlarning \u00f6zlarini xijolatga soli\u015fgina tavsiya etiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xayru saxovat bobida ham \u015far\u02bciy va tariqiy madaniyat, etika bir-biridan farq qiladi. Zakot, fidya, fitr sadaqa, ehsoni hasananing miqdori \u015fariatda belgilab q\u00f6yilgan. Tariqatga kirgan solikka esa: \u201c\u00d6zingda boridan xalos b\u00f6lmo\u011fing \u2013 tasavvuf\u201d, \u2013 deb ta\u02bclim beriladi. XVI asr bo\u015flarida Samarqandning \u011eazira tumanida ya\u015fab faoliyat k\u00f6rsatgan yassaviya tariqatining yirik rahnamolaridan biri \u015eayx Bobo Xudoydodi Vali (q.s.)ga ba\u011fi\u015flab yozilgan qator manbalar, jumladan, \u201cUlu\u011f avliyo\u201d kitobida [25:78] keltirili\u015fi\u00e7a, Hazrat \u015eayx bir kuni k\u00f6\u00e7ada ketayotganlarida oldilaridan nihoyatda \u011famgin bir ki\u015fi \u00e7iqibdi. U muhtojligini, qarzga botganligini, qarz berganlar qaytari\u015fini s\u00f6rab holini tang qilayotganliklarini aytib, dard-hasrat qilibdi. \u015eayx hazratlari u kimsadan qarzining qan\u00e7aligini aniqlabdilar-da, q\u00f6llaridagi bor aq\u00e7alarini beribdilar. Yetmaganiga uylaridagi idi\u015f-tovoqqa\u00e7a, bolalarining kiyim-ke\u00e7aklariga\u00e7a qarz berganlarga \u00e7iqarib berib, bir be\u00e7orani \u011famdan ozod b\u00f6li\u015figa sabab b\u00f6libdilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qissadan hissa \u015fuki, tariqatga tar\u011fib qilinmaydi, \u015fariat esa joriy va tar\u011fib etiladi. \u015eariat nazorat qilinadi, piri tariqat esa har bir muridining botiniy ahvolidan xabardor, uning va \u00f6zining ma\u02bcnaviy tarbiyasi bilan muttasil ma\u015f\u011ful b\u00f6ladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Naq\u015fbandiya tariqatining XIX asr nihoyasi XX asr bo\u015flarida Samarqandning Urgut mavzeida ya\u015fab faoliyat yuritgan yirik pe\u015fvosi \u015eayx Xoja Muhyiddinxon Urgutiy (q.s.) \u00f6zlarining \u201cMaktubot\u201d asarlarida \u015funday satrlarni keltiradilar: \u201cBandalik odobini aslo tark qilmang. Hayotingizni \u011fanimat bilib, q\u00f6lingiz bilan, tilingiz bilan, qadamingiz bilan, qalamingiz bilan, molingiz va joningiz bilan muslimlar ommasiga rohat keltiri\u015fga harakat qiling\u201d [26:56]. \u015eayxning \u00f6git beri\u015flari\u00e7a, tariqat ahlining dili kuyuk, k\u00f6zi mudom yo\u015fli, tani iztirob i\u00e7ida b\u00f6lmo\u011fi lozim. Ammo, naq\u015fbandiya tariqatining yirik rahnamolaridan b\u00f6lgan \u015eayxning bu y\u00f6l-y\u00f6riqlarini aslo tarkidunyo\u00e7ilik, zohidlik ma\u02bcnosida tu\u015funmaslik lozim. \u015eayx insonning botiniy dunyosi tarbiyasini tasarruflariga oladilar. Ya\u02bcni, zohiran jamiyat hayotining faol a\u02bczosi b\u00f6lgan solik \u00f6z qalbiga xotirjamlik, k\u00f6ngilt\u00f6qlik, loqaydlik va beparvolikni aslo kiritmasligi lozim. Yomonlikning zarra\u00e7asi ham s\u00f6fiydek nozik qalb egasini qattiq ranjitmo\u011fi, larzaga solmo\u011fi lozim. S\u00f6fiy yomonlikka qar\u015fi isyon qilsa ham xufyona qiladi: he\u00e7 kim bilan torti\u015fmaydi, \u015fikoyat qilmaydi, adolat talab qilib kura\u015fga otlanmaydi \u2013 u \u00f6zini jamiyatdan \u00e7etga oladi, yomonlik bor yerdan ketadi, yomonlarga insof tilab, Yaratganga ibodat qiladi. Tasavvuf ta\u02bclimoti va tariqatlari \u015fakllani\u015fining asosiy sababi ham aynan \u015fu \u2013 jamiyatda y\u00f6qolib borayotgan samimiyat, ixlos, poklikka qar\u015fi holatlarga nisbatan xufyona isyon edi. \u015eu ilm nuktadoni Hamidxon Islomiy buning ma\u02bcnosini aniqroq tu\u015funtiradilar: \u201cTasavvuf u olam, bu olamdagi paydo b\u00f6li\u015f va y\u00f6q b\u00f6li\u015f jarayonini ifodalov\u00e7i oliy ta\u02bclimot edi. Bu ma\u02bcnaviyat olamining, qolaversa, inson tafakkur olamining inson irodasini o\u015firmoq bilan ki\u015fini donolikka \u00e7orlov\u00e7i, \u00f6z-\u00f6zini tarbiyala\u015f, bar\u00e7a i\u015flarda ilmga asoslani\u015f, aql-idrokni yuksaltiri\u015f, nafs-xohi\u015fdan uzoq b\u00f6li\u015f kabi fazilatlarga yetaklov\u00e7i buyuk ta\u02bclimot edi\u201d [3:13] Mutasavvif olimlar inson va jamiyatning tasavvufdan bexabarlik bilan \u00f6tayotgan hayotini \u201cnoqis hayot\u201d, ya\u02bcni \u201c\u00f6zining a\u02bclo darajasiga yetmagan\u201d hayot, deydilar. G\u00f6yoki, i\u015flov berilmagan b\u00f6lsa-da, oltinning qiymati, albatta, baland b\u00f6ladi, ammo tajribali usta q\u00f6lida qimmatbaho san\u02bcat asariga aylangan oltin buyum endi faqat oltin b\u00f6lganligi u\u00e7ungina qadrlanmaydi, u inson taqdiriga, millat taqdiriga, mamlakat taqdiriga aylanadi. \u015eu mazmunda, xususan, naq\u015fbandiy olimlar ham \u00f6z fikr-mulohazalarini bayon etadilar: [20;17,39,40]<\/span><\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tasavvuf b\u00f6lmagun\u00e7a islomiy yuksali\u015f b\u00f6lmas, noqisdan komil i\u015f \u00e7iqmas;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">.. jamiyat munosabatlarini eng t\u00f6\u011fri, eng yax\u015fi, eng fidoyi, eng qanoatli, manfaat tuy\u011fusidan yiroq b\u00f6lgan holda tartibga solgani, ta\u02bclim bergani u\u00e7un ham seviladi. Bugun ham hayot bilan bo\u011fliq b\u00f6lgan bu ta\u02bclimotni amalda q\u00f6lla\u015fga majburmiz;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Axloq tarbiyasini Amerika ta\u02bclim tizimidan, Ovrupo ta\u02bclim tizimidan, Yali universitetidan, Kembrij universitetidan emas, balki faqatgina TASAVVUF ta\u02bclimotidan \u00f6rgani\u015f mumkin;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tariqat jamiyatga qanday munosib b\u00f6lmasin?! Axir, tariqatda ajoyib bir tarbiya tizimi y\u00f6lga q\u00f6yilgan! Jamiyatning komil insonga ehtiyoji bormi, demak, tariqatga ham ehtiyoji bor. Agar ehtiyoji b\u00f6lmasa, u holda bu jamiyat \u00f6zgarmo\u011fi lozim&#8230;<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015eu \u00f6rinda muhim bir narsani qayd etmoq, ta\u02bckidlamoq kerakki, u ham b\u00f6lsa tasavvufni faqatgina halimlik, ke\u00e7irimlilik, sabru qanoatdan iborat beozor bir oqim, sufiylar he\u00e7 kimga zarar yetkaza olmaydigan bir guruh, ularga e\u02bctibor qilmasa ham b\u00f6ladi, deb tu\u015funi\u015f not\u00f6\u011fri. S\u00f6fiylar imonsizlikka, Vatanga xiyonatga, muqaddas ma\u02bcnaviyatimizga hurmatsizlikka, bir beozor inson dilining ranji\u015figa, umuman jamiki adolatsizlikka murosasiz zotlardir. Ular bir o\u011fiz s\u00f6z yoki bir q\u00f6l harakati bilan yomonlarga qattiq jazo beri\u015f qudratiga ega b\u00f6lganlar, yirik amaldor \u015faxslar, jamiyatlar, davlatlar taqdirida, tarixida iz qoldirganlar. Manbalarda, xususan, \u015eayx Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Ahrori Vali, Mavlono Nizomiddin Xomu\u015f (r.a.) dillarini o\u011fritib, taqdirdan qattiq jafolar k\u00f6rgan qabilalar, amaldorlar, tanazzulga u\u00e7ragan saltanatlar haqida ma\u02bclumotlar keltiriladi. \u201cAmir Temur haqida hikoya qiladigan \u201cTemurnoma\u201d degan kitobning debo\u00e7asida keltirili\u015fi\u00e7a, Buxoro xoni Malik\u015fohning raiyatga jabru zulmi haddan o\u015fib ketdi. \u015eunda \u015eayx Sayfiddin Boxarziy uning huzuriga borib, zulmingni t\u00f6xtat, b\u00f6lmasa \u00f6zing ham halok b\u00f6lasan, deb quyidagi ruboyini \u00f6qiydi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">To \u00e7and buvad zulmu jafo kardani tu,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payvasta dili xaloyiq ozurdani tu,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Gar tu nakuni tarki jafo, ey zolim,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Guftam turo: xuni tu dar gardani tu!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">(Mazmuni: Qa\u00e7onga\u00e7a zulmu jafo qilasan, xaloyiq k\u00f6nglini ranjitganing ranjitgan. Ey zolim, agar jafo qili\u015fni tark etmasang, senga \u015funi aytib q\u00f6yay: sening xuning \u00f6z b\u00f6yningda!). Sayfiddin Boxarziyning bu s\u00f6zi ba\u015forat b\u00f6lib \u00e7iqadi: Malik\u015foh \u00f6z odamlari tomonidan \u00f6ldiriladi va el uning zulmidan xalos b\u00f6ladi\u201d [19:77].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">S\u00f6fiylar \u00f6zlariga emas, elga jafo qilinsa faryod uradilar, \u00f6zlarining bo\u015flariga to\u015f yo\u011filsa sabr qilib, elga qarata gul yapro\u011fi otilsa, toqat qilolmay, du\u015fmandan murosasiz \u00f6\u00e7 oladilar, Ali\u015fer Navoiy:\u00a0<\/span><\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuz jafo qilsa manga bir qatla faryod aylamon,<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Elga qilsa bir jafo yuz qatla faryod aylaram;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tiy\u011fi bedodi agar k\u00f6nglumni nokor etdi, lek,<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Elga ur\u011fon tiy\u011fi behad k\u00f6ngluma kor ayladi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015eikva qilmon gar jafodin bo\u015fima yo\u011fdursa to\u015f,<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Toqatim y\u00f6q elga qilsa bargi gul urmoq havas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cNasoyimul muhabbat\u201dda Navoiy bunday insonlarni qimmatbaho gavhardek viqorli, \u015fifobax\u015f ma\u02bcdandek halim, deb ataydi. \u201cViqor gavhariyu hilm ma\u02bcdani\u201d b\u00f6lmi\u015f \u015fayxlar xalqni tabiiy ofatlardan, dardlardan fori\u011f qili\u015fga qan\u00e7alik sidqidildan harakat qilsalar, \u00f6zlariga kelganda har qanday dardu balolarni k\u00f6tarar, sabr qilar edilar. Asarda \u015funday voqea hikoya qilinadi: Ul jumladin, \u015eayx Sahl Tustariydin manquldurkim, alar yillar bavosir marazi\u011fa mubtalo erdilar. Va hol ulkim, alar ul zamonning ma\u015foyixi arosida musta\u02bcjob ud-duo erdilar. Har ki\u015fi\u011fa bir su\u02bcubat va baloye voqe\u02bc b\u00f6lsa, alardin duo istid\u02bco qilur erdilar. Duo qil\u011fo\u00e7, mustajob b\u00f6lib, ul ta\u015fvi\u015fdin qutular erdi. Yillar ul sa\u02bcb maraz\u011fa sabr qilib, duo qilmadilarkim, har ne tangridin kelsa, xu\u015fdur, biz oni ne\u00e7uk rad qilali?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0 Naq\u015fbandiya ta\u02bclimotiga k\u00f6ra, bu dunyo, tabiat insonga uni obod qili\u015f, ya\u015fnati\u015f u\u00e7un berilgan. \u015eunday ekan, \u00f6tgan tasavvuf allomalari hayotlaridan \u00f6rnak olib, ta\u02bclimotlarini ibrat maqsadida \u00e7uqurroq \u00f6rganmoq lozim. Tariqatlar esa Yaratganning hikmati bilan biz kutmagan va tasavvur qilmagan tarzda davom etaveradi. Ayniqsa, hadisi \u015farifda keltirili\u015fi\u00e7a, naq\u015fbandiya daraxtining soyasi to qiyomatga\u00e7a yetadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Ali\u015fer Navoiy botini munavvar, poktiynat va poksiyrat s\u00f6fiy \u015fayxlarning sobirlik, hilm, vatanparvarlik bobidagi ibratli holatlarini \u00f6z asarlarida madh etgan. Biz u\u00e7un bu \u00f6rnak emasmi?! Tasavvuf hayotimiz u\u00e7un hikmat va ibrat dasturi b\u00f6li\u015fi mumkin-ku! \u015eunday qilsak, ma\u015fhur xorazmlik avliyo \u015eayx Najmiddin Kubro (q.s.) yo\u015flar ongida tasavvuf namoyandasi va vatanparvarlik timsoli sifatida muhrlanib qoladi. \u015eayx Fariduddin Attor (q.s.) \u00f6zini m\u00f6\u011ful navkaridan yuz tilloga sotib olmoq\u00e7i b\u00f6lgan ixlosmand ki\u015figa sottirmay, m\u00f6\u011fulga: \u201cmen bundan qimmat turaman, sotma\u201d, deydi. Bir muddatdan keyin m\u00f6\u011fulning oti u\u00e7un bir \u00e7elak somon berib, \u015fayxni sotib olmoq\u00e7i b\u00f6lgan xaridorni k\u00f6rga\u00e7: \u201cmeni \u015funga sot, men bundan ortiq turmayman\u201d, deydi. Qahr va alam i\u00e7ida qolgan m\u00f6\u011ful \u015fayxni \u015fahid qiladi. Xokisor \u015fayx bir m\u00f6minning mehnat bilan topgan yuz tillosi du\u015fman q\u00f6liga \u00f6ti\u015fini, bir m\u00f6minning yuz tillosi \u00f6zi u\u00e7un sarf b\u00f6li\u015fini, qolaversa, \u00f6zining dunyo hayotini yuz tilloga baholani\u015fini istamaydi. Ana \u015fu tafakkurga \u00e7orlaydigan mardlik namunasi har bir davr, har bir jamiyatning \u015fakllanib kelayotgan yo\u015f avlodi u\u00e7un nihoyatda zarur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Xulosa.<\/strong> Islom eng xalqparvar, eng baynalmilal din. \u015euning u\u00e7un jahoniy \u015fuhratga ega ijodkorlar \u00f6z musannifotlari u\u00e7un uni \u00e7in yurakdan \u011foyaviy tayan\u00e7 qilib olganlar. Tasavvuf ta\u02bclimoti esa ana \u015fu g\u00f6zal dinning javharini, pinhona xazinasini ta\u015fkil etadi. Bizga ikki dunyo saodatiga eri\u015fi\u015f u\u00e7un mukammal dasturilamal \u2013 \u015fariat taqdim etilgan, javhar haqida esa javhar\u015funos \u2013 olim, mutafakkir s\u00f6zlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tasavvuf milliy madaniyatimiz tarixida eng nodir meros \u2013 antikvar sifatida qoli\u015fi ham mumkin. Ammo uni jamiyatimiz u\u00e7un ziyo manbaiga, y\u00f6l k\u00f6rsatuv\u00e7i mayoqqa aylantiri\u015fimiz ham mumkin. Qalb k\u00f6zi o\u00e7iq inson unga \u00f6zi y\u00f6l topib oladi. Pir ham k\u00f6ngil uyining pokligiga qarab buyuk Yaratgu\u00e7i tomonidan tanlanadi. \u00c7unki qalbimizdagi bor narsani yol\u011fiz uning egasigina aniq-rav\u015fan k\u00f6ra oladi.\u00a0\u00a0<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Al-Jome\u02bc as-sahih. 4 tomlik. \u2013 T.: Qomuslar Bo\u015f tahririyati, 1992-1997.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ali\u015fer Navoiy. MAT. 20 tomlik. \u2013 T.: Fan, 1991-1997.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ali\u015fer Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat min-\u015famoyim ul-futuvvat. \u2013 T.: Movarounnahr, 2011.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Al-Hakim at-Termiziy. Inson odobi. \u2013 T.: \u201cNo\u015fir\u201d na\u015friyoti, 2015.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Kulliyot. \u2013 Du\u015fanbe: Irfon, 1974.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Bertels E.E. Sufizm i sufiyskaya literatura. \u2013 M.: Nauka, 1965.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Boltaboyev H. Islom tasavvufi manbalari. Tasavvuf nazariyasi va tarixi. \u2013 T.: \u00d6qituv\u00e7i, 2005.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Valix\u00f6jayev B. Buyuk ma\u02bcnaviy mur\u015fid. \u2013 T.: Fan, 2004.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Valix\u00f6jayev B. Sufiya va tasavvuf. \/\/ \u201cZaraf\u015fon\u201d. 1997-yil, 4-avgust. \u2013 B.4.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Vohidov R. Ali\u015fer Navoiy va ilohiyot. \u2013 Buxoro: \u201cBuxoro\u201d na\u015friyoti, 1994.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Zarrinkub Abulhusayny. \u00c7ustu\u00e7u dar tasavvufi Eron. \u2013 Du\u015fanbe: Irfon, 1992.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Zahiriddin Muhammad Bobur. Volidiyya. \u2013 T., 2000.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ensiklopedi\u00e7eskiy slovar. Glavnaya redaksiya vosto\u00e7noy literatur\u044b. \u2013 Moskva: Nauka, 1991.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ensiklopediya kultur\u044b i iskusstva. Klassi\u00e7eskoye izdaniye. \u2013 Moskva: EKSMO, 2010.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ensiklopediya. \u2013 T.: \u201c\u00d6zbekiston milliy ensiklopediyasi\u201d Davlat ilmiy na\u015friyoti, 2017.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ishoqov Yo. Naq\u015fbandiya ta\u02bclimoti va \u00f6zbek adabiyoti. \u2013 T.: Abdulla Kodiriy, 2002.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Komil inson haqida t\u00f6rt risola. Fors\u00e7adan N.Komilov tarjimasi. \u2013 T.: Ma\u02bcnaviyat, 1997.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Komilov N. Tasavvuf yoki komil inson axloqi. 1-kitob. \u2013 T.: Yozuv\u00e7i, 1996.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Komilov N. Tasavvuf va badiiy ijod. \/\/ \u201cYo\u015flik\u201d jurnali, 1991. \u2013 \u2116 8.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mur\u015fidi komil hikmatlari. Doktor, professor, \u015eayx Mahmud As\u02bcad J\u00f6\u015fon (r.a.) hikmatlaridan saylanma. \u2013 T.: Yangi asr avlodi, 2004.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammad Anvar Badax\u015foniy. Aqiydatut tahoviya \u015farhining talxiysi. \u015eayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tarjimasi. \u2013 T.: \u201cHilol na\u015fr\u201d na\u015friyoti, 2015.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammad Nurulloh Saydo al-Jazariy. Tasavvuf sirlari. \u2013 T.: Movarounnahr, 2000.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhiddinov M. Komil inson \u2013 adabiyot ideali. \u2013 T.: Ma\u02bcnaviyat, 2005.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Odilov N. \u00c7ahonbinii \u00c7aloliddini Rumy. \u2013 Du\u015fanbe: Na\u015friyoti Davlatii To\u00e7ikiston, 1964.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ulu\u011f avliyo. \u015eayx Bobo Xudoydodi Vali. \u2013 T.: \u00d6zbekiston, 2017.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u015eayx Muhyiddin Urgutiy. Maktubot. \u2013 T.: Movarounnahr, 2006.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dilorom SALOHIY,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">filologiya fanlari doktori, professor<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqand davlat \u00e7et tillar instituti \u201cYaqin \u015earq tillari\u201d kafedrasi<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00abMOVAROUNNAHR VA ISLOM SIVILIZATSIYASINING \u015eAKLLANI\u015eI\u00bb MAVZUSIDA \u00d6TKAZILGAN XALQARO KONFERENSIYA T\u00d6PLAMIDAN OLINDI.<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kiri\u015f. Tasavvuf \u2013 islom olamida keng tarqalgan, \u00d6rta va Yaqin \u015earq mamlakatlari madaniyati tarixida \u00e7uqur iz qoldirgan diniy-ma\u02bcrifiy oqimdir. Bu ta\u02bclimot asosida koinot, koinotdagi va undan ta\u015fqaridagi butun borliq \u2013 mavjudot \u2014 bitta va yagona, aql tu\u015funa olmas darajada azaliy va abadiy, k\u00f6rib va his qilib b\u00f6lmas darajada qudratli Zot tomonidan yaratilgan, yaratilmi\u015flarning eng a\u02bclosi &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":54413,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54412"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=54412"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54412\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":54414,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54412\/revisions\/54414"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/54413"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=54412"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=54412"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=54412"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}