{"id":54407,"date":"2026-11-19T14:37:38","date_gmt":"2026-11-19T09:37:38","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54407"},"modified":"2026-11-17T16:55:39","modified_gmt":"2026-11-17T11:55:39","slug":"uyali-aloqa-vositasi-telefondan-foydalanis-mas%ca%bculiyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54407&lang=oz","title":{"rendered":"UYALI ALOQA VOSITASI \u2013 TELEFONDAN FOYDALANI\u015e MAS\u02bcULIYATI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi kunda telefon va zamonaviy aloqa vositalari inson hayotining ajralmas qismiga aylandi. Telefon orqali yaqinlarimiz bilan hol-ahvol s\u00f6ra\u015famiz, uzoqdagi qarindo\u015flarimiz bilan bo\u011flanamiz, ilm \u00f6rganamiz, yangiliklardan xabardor b\u00f6lamiz, turli masalalarni hal qilamiz. Ayniqsa, internetga ulangan smartfonlar ta\u02bclim, ilm-fan, tibbiyot, tadbirkorlik va bo\u015fqa k\u00f6plab sohalarda katta imkoniyatlar yaratmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biroq har qanday ne\u02bcmatdan t\u00f6\u011fri foydalani\u015f, uning odob va qoidalariga rioya qili\u015f lozim. Telefon orqali muloqot qili\u015fning ham \u00f6ziga xos odob-axloq qoidalari mavjud. U\u015fbu qoidalarga rioya qili\u015f insonning ma\u02bcnaviyati, muomala madaniyati va bo\u015fqalarga b\u00f6lgan hurmatini namoyon etadi. Telefondan \u00f6rinli foydalani\u015f insonning vaqtini tejaydi, odamlar \u00f6rtasidagi munosabatlarni mustahkamlaydi. Aksin\u00e7a, undan not\u00f6\u011fri foydalani\u015f vaqtning behuda sarflani\u015figa, oilaviy munosabatlarning susayi\u015figa, yol\u011fon va \u011fiybatning tarqali\u015figa, insonlarning haq-huquqlari poymol b\u00f6li\u015figa sabab b\u00f6li\u015fi mumkin.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dini inson hayotining bar\u00e7a jabhalarida g\u00f6zal axloq, odob, mas\u02bculiyat va \u00f6zaro hurmatni tar\u011fib etadi. Qur\u02bconi karim va Pay\u011fambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislaridagi k\u00f6plab k\u00f6rsatmalar bugungi kunda telefondan foydalani\u015f madaniyati u\u00e7un ham muhim mezon b\u00f6lib xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015eunday ekan, telefondan foydalani\u015fdagi odoblar haqida s\u00f6z yuritar ekanmiz, masala faqat q\u00f6n\u011firoq qili\u015f yoki xabar yozi\u015f qoidalari bilan \u00e7eklanmasligini angla\u015fimiz zarur. Bu, avvalo, insonning tilini, vaqtini, axloqini va bo\u015fqalarning haqqini asra\u015f madaniyatidir.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Telefon \u2013 ne\u02bcmat, undan foydalani\u015f esa mas\u02bculiyatdir.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo insonga aql, til, vaqt va imkoniyatlar ato etgan. Ularni ezgu i\u015flarga sarfla\u015f, odamlarga manfaat yetkazi\u015f va yax\u015filikni k\u00f6paytiri\u015f har bir m\u00f6minning vazifasidir. Telefon ham ana \u015fu imkoniyatlardan biri hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"2\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Telefondan foydalanib, ota-onadan xabar oli\u015f, qarindo\u015flar bilan silai rahmni mustahkamla\u015f, bemorlar holidan xabar oli\u015f, muhtojlarga yordam uyu\u015ftiri\u015f, ilm \u00f6rgani\u015f va diniy-ma\u02bcrifiy bilimlarni tarqati\u015f kabi savobli i\u015flarga vosita b\u00f6li\u015fi mumkin.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biroq telefonning \u00f6zi emas, balki undan qanday maqsadda va qay tarzda foydalani\u015f muhimdir. Agar inson telefon orqali yax\u015filik qilsa, haqiqatni tarqatsa va bo\u015fqalarga manfaat yetkazsa, bu ezgu maqsadga xizmat qiladi.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Agar u yol\u011fon xabar, \u011fiybat, tuhmat, haqorat va behuda ma\u015f\u011fulotlarga berilib ketsa, mazkur vosita zarar manbaiga aylanadi. Alloh taolo Qur\u02bconi karimda marhamat qiladi: <strong>\u201c<\/strong><strong>Ey, m\u00f6minlar! Agar sizlarga biror fosiq kimsa xabar keltirsa, sizlar <\/strong>(haqiqiy ahvolni)<strong> bilmagan holingizda biror qavmga\u00a0aziyat yetkazib\u00a0q\u00f6yib, <\/strong>(keyin)<strong> qilgan i\u015flaringizga pu\u015faymon b\u00f6lmasligingiz u\u00e7un <\/strong>(u\u00a0xabarni rost-yol\u011fonligini)<strong> aniqlab <\/strong>(tek\u015firib)<strong> k\u00f6ringiz!\u201d<\/strong> (Hujurot surasi, 6-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bir xabarni e\u015fiti\u015fi bilanoq, uni t\u00f6\u011fri yo not\u00f6\u011fri ekanini suri\u015ftirmay, unga i\u015fonib biror i\u015f qilinsa, yo \u00f6\u015fa xabar tarqatilsa, keyin xabarning yol\u011fonligi yoki xatoligi ayon b\u00f6lsa, haqiqatdan afsus-nadomatga sabab b\u00f6ladi. \u015euning u\u00e7un ham, Alloh taolo \u201cbir qavmga bilmasdan musibat yetkazib q\u00f6yib, qilganingizga nadomat \u00e7ekuv\u00e7i b\u00f6lmanglar\u201d, demoqda. U\u015fbu oyat axborotni tek\u015firi\u015f, uning i\u015fon\u00e7liligiga e\u02bctibor beri\u015f va \u015fo\u015fma-\u015fo\u015farlik bilan hukm \u00e7iqarmaslik kerakligini bildiradi. Bugungi kunda bu k\u00f6rsatma telefon va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan xabarlarga nisbatan ham katta ahamiyatga ega.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har bir xabarni \u00f6qiboq bo\u015fqalarga yubori\u015f t\u00f6\u011fri emas. Ayniqsa, biror insonni ayblov\u00e7i, jamiyatda vahima uy\u011fotuv\u00e7i yoki odamlarni bir-biriga qar\u015fi q\u00f6yuv\u00e7i ma\u02bclumotlarning haqqoniyligi aniqlani\u015fi \u015fart. \u00c7unki yol\u011fon xabarni tarqatgan ki\u015fi uni \u00f6zi t\u00f6qimagan b\u00f6lsa ham, uning zarariga sabab\u00e7i b\u00f6lib qoli\u015fi mumkin. \u015euning u\u00e7un telefondan foydalani\u015fdagi birin\u00e7i qoida \u2013 ne\u02bcmatni qadrla\u015f, uni ezgu maqsadga y\u00f6naltiri\u015f va har bir harakat u\u00e7un mas\u02bculiyatni his eti\u015fdir. Biror xabarni tarqati\u015fda xalqimiz orasida ma\u015fhur b\u00f6lgan \u201cU\u00e7 elak\u201d haqidagi rivoyatga amal qili\u015f maqsadga muvofiqdir:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u201cBir ki\u015fi doni\u015fmanddan s\u00f6radi:<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u2013 D\u00f6stingiz siz haqingizda nima deganini aytaymi?<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u2013 \u015eo\u015fma, \u2013 dedi doni\u015fmand, \u2013 avval aytmoq\u00e7i b\u00f6lgan gapingni u\u00e7ta elakdan \u00f6tkaz&#8230;<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u2013 U\u00e7ta elak?<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u2013 Biror gapni ayti\u015fdan oldin, uni u\u00e7ta elakdan \u00f6tkazi\u015f lozim. Avval HAQIQAT elagidan. Aytmoq\u00e7i b\u00f6lgan gaping haqiqat ekanligiga i\u015fon\u00e7ing komilmi?<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u2013 Y\u00f6q, men uni \u015fun\u00e7aki e\u015fitdim, xolos.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u2013 Demak, sen uning rost yoki yol\u011fonligini bilmaysan. Endi ikkin\u00e7i \u2013 YAX\u015eILIK elagidan \u00f6tkazamiz. Sen menga d\u00f6stim haqida biror yax\u015fi gapni aytmoq\u00e7imisan?<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u2013 Y\u00f6q, aksin\u00e7a.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u2013 Demak, \u2013 davom etdi doni\u015fmand, \u2013 sen menga haqiqatligini bilmay turib yomon xabarni yetkazmoq\u00e7isan. Endi u\u00e7in\u00e7i elakdan \u00f6tkazamiz \u2013 FOYDA elagi. Sening gapingni e\u015fiti\u015fim \u015fartmi, u menga biror foyda keltiradimi? <\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u2013 Y\u00f6q, foyda keltirmaydi.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u2013 Demak, \u2013 xulosa qildi doni\u015fmand, \u2013 sen yetkazmoq\u00e7i b\u00f6lgan xabarda haqiqat ham, yax\u015filik ham, foyda ham y\u00f6q ekan. Unda uni menga aytib nima qilasan!?\u201d<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu rivoyat insonning s\u00f6zla\u015f madaniyati, axloqiy tarbiyasi, d\u00f6stlik munosabatlari va jamiyatda \u00f6zaro hurmat muhitini \u015fakllantiri\u015f borasida juda muhim hayotiy saboqlarni \u00f6z i\u00e7iga oladi. U\u015fbu rivoyatga k\u00f6ra:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har bir e\u015fitgan gapimizni haqiqat deb qabul qilmasligimiz kerak.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson biror xabarni e\u015fitganda, uni bo\u015fqalarga yetkazi\u015fga \u015fo\u015filmasligi lozim. \u00c7unki har qanday ma\u02bclumot ham haqiqat b\u00f6lavermaydi. Asossiz gap-s\u00f6zlar insonlar \u00f6rtasida i\u015fon\u00e7sizlik, keli\u015fmov\u00e7ilik va adovat keltirib \u00e7iqari\u015fi mumkin.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"2\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bo\u015fqalar haqida yomon gap tarqati\u015fdan saqlani\u015f zarur.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Insonning obr\u00f6si, \u015fa\u02bcni va qadr-qimmati uning u\u00e7un muhim boylikdir. Birovning aybini qidiri\u015f, uning ortidan gapiri\u015f va salbiy xabarlarni tarqati\u015f yax\u015fi xulq belgisi emas. Aksin\u00e7a, inson bo\u015fqalarning kam\u00e7iligini o\u015fkor qili\u015fdan k\u00f6ra, ularning yax\u015fi fazilatlarini k\u00f6ri\u015fga harakat qili\u015fi kerak.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"3\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har bir s\u00f6zning insonga foydasi bor-y\u00f6qligini \u00f6yla\u015f lozim.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aytiladigan gap insonga qandaydir manfaat yetkazi\u015fi, unga t\u00f6\u011fri y\u00f6l k\u00f6rsati\u015fi yoki biror muammoni hal qili\u015fga yordam beri\u015fi kerak. Agar biror xabarni yetkazi\u015f he\u00e7 qanday foyda keltirmasa, aksin\u00e7a, ki\u015filarning k\u00f6nglini o\u011fritsa, uni aytmagan ma\u02bcqul.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"4\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tilni tiyi\u015f \u2013 yuksak axloqiy fazilat.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Insonning odobi uning faqat qilgan i\u015flarida emas, balki aytayotgan s\u00f6zlarida ham namoyon b\u00f6ladi. Ba\u02bczan \u00f6ylamasdan aytilgan bir o\u011fiz s\u00f6z yillar davomida \u015fakllangan d\u00f6stlikka putur yetkazi\u015fi mumkin. \u015euning u\u00e7un gapiri\u015fdan oldin fikrla\u015f, har bir s\u00f6zning oqibatini hisobga oli\u015f zarur.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"5\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u011eiybat, \u00e7aqim\u00e7ilik va tuhmatdan uzoq b\u00f6li\u015f kerak.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bir insonning gapini ikkin\u00e7isiga yetkazib, ular \u00f6rtasida nizo keltirib \u00e7iqari\u015f \u00e7aqim\u00e7ilik hisoblanadi. Bunday illat oilada, mahallada, mehnat jamoasida va jamiyatda \u00f6zaro i\u015fon\u00e7ni y\u00f6qotadi. \u015eu sababli insonlar \u00f6rtasida inoqlik va birodarlikni mustahkamla\u015f u\u00e7un bunday odatlardan saqlani\u015f lozim.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"6\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har bir inson \u00f6z s\u00f6zi u\u00e7un mas\u02bcul ekanini unutmasligi kerak.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aytilgan s\u00f6zning oqibati b\u00f6ladi. Bir o\u011fiz yax\u015fi s\u00f6z insonga umid, quvon\u00e7 va i\u015fon\u00e7 ba\u011fi\u015fla\u015fi mumkin. Aksin\u00e7a, \u00f6ylamasdan aytilgan yomon s\u00f6z qalbni jarohatla\u015fi, oilalar va d\u00f6stlar \u00f6rtasiga sovuq\u00e7ilik soli\u015fi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uyali aloqa vositasidan foydalani\u015fda qili\u015fda yuqorida bayon qilingan fikrlarni kundalik hayotimizda q\u00f6lla\u015f u\u00e7un quyidagi qoidalarni yodda tuti\u015fimiz lozim:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Telefondan foydali va ezgu maqsadlarda foydalaning.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Q\u00f6n\u011firoqni salom bilan bo\u015flang, suhbatdo\u015fingizga hurmat k\u00f6rsating.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bo\u015fqalar vaqtini qadrlang va ularni zaruratsiz bezovta qilmang.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Telefon orqali yol\u011fon, \u011fiybat, tuhmat va haqoratli s\u00f6zlarni tarqatmang.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har qanday xabarni bo\u015fqalarga yubori\u015fdan oldin uning haqqoniyligini tek\u015firing.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015eaxsiy ma\u02bclumot, surat va yozi\u015fmalar daxlsizligini hurmat qiling.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Masjid, dars, majlis va jamoat joylarida telefon odoblariga rioya qiling.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oila a\u02bczolari, ayniqsa, ota-ona va farzandlar bilan yuzma-yuz muloqotga vaqt ajrating.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Telefonga ortiq\u00e7a bo\u011flanib qolmang, vaqtingizni ilm, mehnat, ibodat va oilaga ham sarflang.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har bir s\u00f6z va harakatingiz u\u00e7un Alloh taolo oldida mas\u02bcul ekaningizni unutmang.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biroq telefondan not\u00f6\u011fri foydalani\u015f insonni behuda ma\u015f\u011fulotlar, \u011fiybat, tuhmatga va bo\u015fqalar haq-huquqlarini buzi\u015fga olib keli\u015fi mumkin. \u015euning u\u00e7un telefon odoblariga amal qili\u015fni har birimiz \u00f6zimizdan bo\u015fla\u015fimiz lozim. Islom ta\u02bclimoti bizni yax\u015fi s\u00f6zla\u015f, bo\u015fqalarga ozor bermaslik, vaqtni qadrla\u015f, xabarlarni tek\u015firi\u015f va insonlar \u015fa\u02bcnini hurmat qili\u015fga \u00e7aqiradi. Bu tamoyillar telefondan foydalani\u015f madaniyatining ham asosini ta\u015fkil etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har birimiz \u00f6zimizga quyidagi savollarni beri\u015fimiz kerak:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Telefondan foydalani\u015fim men va atrofdagilarga qanday foyda keltirmoqda? Men tarqatayotgan xabarlar haqiqatga mosmi? Yubormoq\u00e7i b\u00f6lgan xabarimning u odam u\u00e7un manfaati bormi? Yozgan s\u00f6zlarim birovning qalbiga ozor bermaydimi? Telefonga ajratayotgan vaqtim oilam, mehnatim va ibodatimga xalaqit bermayaptimi?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Agar u\u015fbu savollarga vijdonan javob bersak, telefondan foydalani\u015fdagi k\u00f6plab xatolarning oldini oli\u015fimiz mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilganda, uyali aloqa vositasi \u2013 telefon inson u\u00e7un katta imkoniyat va ayni paytda mas\u02bculiyat hamdir. Undan oqilona foydalani\u015f bilim va ma\u02bcrifatni o\u015firadi, insonlar \u00f6rtasidagi aloqalarni mustahkamlaydi. Not\u00f6\u011fri foydalani\u015f esa vaqtning zoye keti\u015figa, odob-axloqning susayi\u015figa va turli nizolarga sabab b\u00f6li\u015fi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015euning u\u00e7un har bir inson telefondan foydalani\u015fda vaqtni qadrla\u015fi, suhbatdo\u015fini hurmat qili\u015fi, axborotni tek\u015firmasdan tarqatmasligi, \u015faxsiy hayot daxlsizligiga rioya eti\u015fi va oilaviy munosabatlarga e\u02bctiborli b\u00f6li\u015fi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Eng muhimi, telefon insonni ezgulik, ilm, qarindo\u015flik aloqalarini mustahkamla\u015f va jamiyatga foyda keltiri\u015fga xizmat qilsin. Zero, odobli insonning fazilati uning faqat yuzma-yuz muloqotida emas, balki telefon va internet orqali qiladigan muomalasida ham namoyon b\u00f6ladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">S\u00f6zimiz s\u00f6ngida Imom Buxoriy tomonidan rivoyat qilingan Nabiy sollallohu alayhi vasallamning: <strong><em>\u201cHar biringiz bo\u015fqaruv\u00e7isiz! Har biringiz q\u00f6l ostingizdagidan mas\u02bculsiz (s\u00f6ralasiz)!\u201d<\/em><\/strong> hadisini eslatib \u00f6ti\u015fni maqsadga muvofiq deb topdik. Telefon ham inson tasarrufidagi ne\u02bcmat b\u00f6lib, undan foydalangan har bir inson bu narsaga mas\u02bculdir. \u015eu sababli undan ezgu maqsadlarda oqilona foydalani\u015f uning sohibiga ham, atrofidagilarga ham foyda keltiri\u015fi mumkin.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Nodir QOBILOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi kunda telefon va zamonaviy aloqa vositalari inson hayotining ajralmas qismiga aylandi. Telefon orqali yaqinlarimiz bilan hol-ahvol s\u00f6ra\u015famiz, uzoqdagi qarindo\u015flarimiz bilan bo\u011flanamiz, ilm \u00f6rganamiz, yangiliklardan xabardor b\u00f6lamiz, turli masalalarni hal qilamiz. Ayniqsa, internetga ulangan smartfonlar ta\u02bclim, ilm-fan, tibbiyot, tadbirkorlik va bo\u015fqa k\u00f6plab sohalarda katta imkoniyatlar yaratmoqda. Biroq har qanday ne\u02bcmatdan t\u00f6\u011fri foydalani\u015f, uning odob va &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":54408,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54407"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=54407"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54407\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":54409,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54407\/revisions\/54409"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/54408"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=54407"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=54407"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=54407"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}