{"id":54388,"date":"2026-11-19T15:01:31","date_gmt":"2026-11-19T10:01:31","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54388"},"modified":"2026-11-17T15:52:37","modified_gmt":"2026-11-17T10:52:37","slug":"54388","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54388&lang=oz","title":{"rendered":"ABUL BARAKOT NASAFIYNING \u201cAL-E\u02bcTIMOD FIL E\u02bcTIQOD\u201d ASARI TAVSIFI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abul Barakot Nasafiy (vaf. 710\/1310-y.) tafsir, fiqh, aqida va usulul fiqh kabi sohalarda sermahsul ijod qilib, islomiy ilmlar rivojiga katta hissa q\u00f6\u015fgan buyuk olimlardan biridir. Alloma aqidaga oid \u201cUmdat aqidati ahli sunna val jamoa\u201d (\u201cAhli sunna val jamoa aqidasi asosi\u201d), \u201cBahrul kalom\u201d (\u201cKalom ilmi dengizi\u201d), \u201cUmdatul aqoid\u201d (\u201cAqidalar asosi\u201d), \u201cAl-E\u02bctimod fil e\u02bctiqod\u201d (\u201cE\u02bctiqoddagi tayan\u00e7\u201d) nomli asarlarni ta\u02bclif etgan [5:61]. Bularning bar\u00e7asi moturidiya ta\u02bclimoti asosidagi sunniylar aqidasiga ba\u011fi\u015flangan asarlardir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cUmdatul aqoid\u201d muxtasar asar b\u00f6lib, kalom ilmiga oid muhim masalalarni \u00f6z i\u00e7iga olgan. Asarning Jamoliddin Mahmud ibn Ahmad Quvnaviy (vaf. 770\/1368-69 y.)ga tegi\u015fli \u201cAz-Zubda\u201d, XIV asrda ya\u015fagan Ahmad ibn A\u02bcvaz Doni\u015fmand Aq\u015fihariy Hanafiyning \u201cAl-Inqod fiy \u015farhi umdatil e\u02bctiqod\u201d nomli \u00f6nga yaqin \u015farhi mavjud [5:13]. E\u02bctiborli jihati \u015fundaki, \u201cAl-Umda fiy aqidati ahli sunna val jamoa\u201d asariga muallifning \u00f6zi ham \u015farh yozgan va uni \u201cAl-E\u02bctimod\u201d deb nomlagan [12:1168].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hoji Xalifa \u201cKa\u015ffuz zunun\u201dda: \u201cE\u02bctimodul e\u02bctiqod\u201d asari \u015fayx, imom Hofiziddin Abdulloh ibn Ahmad Nasafiy Hanafiyga tegi\u015flidir\u201d, deb keltiradi [11:119]. \u201cAl-E\u02bctimod fil e\u02bctiqod\u201d allomaning ilohiyotga oid ikkin\u00e7i fundamental asari b\u00f6lib, bar\u00e7a manbalarda kitobning unga tegi\u015fli ekani aytilgan. \u015euning u\u00e7un uning nomi va Nasafiyga mansubligi haqida ixtilof y\u00f6q [12:1168; 3:228; 4:102; 2:969].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-E\u02bctimod fil e\u02bctiqod\u201d asari uzoq yillardan buyon nodir q\u00f6lyozmalar orasida saqlab kelingan. XX asrdan bo\u015flab ba\u02bczi arab va turk tadqiqot\u00e7ilari tomonidan \u00f6rganila bo\u015flangan. Asar mazmuni \u201cAl-Umda\u201d bilan soli\u015ftirganda an\u00e7a keng va tizimli b\u00f6lib, ilohiyotning deyarli bar\u00e7a mavzularini qamrab olgan. \u015eu jihati bilan asar \u015farh b\u00f6li\u015fi bilan birga, mustaqil i\u015f ham hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U\u015fbu kitob Abu Mansur Moturidiy (vaf. 333\/944 y.) va Abul Hasan A\u015f\u02bcariy (vaf. 324\/936 y.) aqida maktablarining orasini muvofiqla\u015ftirgan asar hisoblanadi. Umumiy qilib aytganda, u ahli sunna val jamoa aqidasini jamlagan asardir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-E\u02bctimod fil e\u02bctiqod\u201d asari moturidiylik maktabidagi b\u00f6\u015fliqlarni t\u00f6ldiradi. \u00c7unki kitobni yozi\u015f hijriy VII asrda (XIII asr oxiri) nihoyasiga yetgan. Bu davrda esa, moturidiya maktabi kitoblari kam sonli b\u00f6lgan. \u015eu sababli, bu kitob moturidiylik maktabi tarixini bo\u011flov\u00e7i muhim halqa sifatida namoyon b\u00f6ladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu asar muallifning \u201cUmdatul aqoid\u201d nomli kitobiga \u015farh \u00f6laroq yozilgan. Yuqorida ta\u02bckidlanganidek, \u201cUmdatul aqoid\u201dning \u015farhlari k\u00f6p. Bu esa uning olimlar e\u02bctiborini tortganini, \u00f6zi va muallifi qadri ne\u00e7o\u011flik baland ekanini anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015euni ta\u02bckidla\u015f kerakki, muallifning \u00f6z kitobiga \u015farh yozi\u015fi uning bo\u015fqa asarlar orasida yuqori \u00f6rinda ekanidan darak beradi. \u00c7unki muallifning \u00f6zi bo\u015fqalardan k\u00f6ra oldiga q\u00f6yilgan maqsadni yax\u015fi biladigan va kitobdagi nozik iboralarni kengroq o\u00e7ib beradigan \u015faxsdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asar mazmun jihatdan \u201cAl-Umda\u201dga \u00f6x\u015faydi. \u015eunday b\u00f6lsa-da, kitob k\u00f6plab mavzularni \u00f6z i\u00e7iga olgani, har bir mavzuda turli aqidaviy y\u00f6nali\u015f qara\u015flari qamrab olingan holda batafsil muhokama qilingani va tek\u015firilgani bilan ajralib turadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abul Barakot Nasafiy u\u015fbu asarni ta\u02bclif eti\u015f sababini kitobning kiri\u015f qismida, Allohga hamd va Pay\u011fambarga salavot va salomlar aytgandan keyin quyidagi\u00e7a keltiradi: \u201cAhli sunna val jamoa aqidasini bayon qili\u015f borasida tasnif etgan \u201cAl-Umda\u201d asarimga qiziqi\u015f katta ekanini k\u00f6rdim. Gar\u00e7i, u diroyatdan xoli b\u00f6lmagan, rivoyatlar bilan t\u00f6ldirilgan b\u00f6lsa ham, mu\u015fkulotlarni izohlaydigan, qiyin masalalarni o\u00e7iqlaydigan \u015farhga muhtoj edi. \u015eunda men bandalar Xoliqining tavfiqi bilan masalalari \u015farhlangan, dalillari mufassal bayon qilingan, \u201cAl-E\u02bctimod fil e\u02bctiqod\u201d deb nomlangan bir kitobni jamla\u015fni xohladim. Alloh \u00d6ziga tavakkal qiluv\u00e7i ki\u015figa kifoya qiluv\u00e7i va i\u015flarini Unga top\u015firuv\u00e7i ki\u015figa yordam beruv\u00e7idir. Menga Uning \u00d6zi yetarli va U qanday ham yax\u015fi yordam beruv\u00e7idir\u201d [1:106-107].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muallif asarida moturidiylik va a\u015f\u02bcariylik aqidasi orasidagi lafziy ixtiloflarni keltirmaslikka uringan b\u00f6lsa ham, ayrim \u00f6rinlarda ikki maktab orasidagi ixtiloflarni muvofiqla\u015ftiri\u015fga harakat qilgan. Masalan, \u201cAlloh taolo kofirga kufrni iroda qili\u015fi\u201d masalasida Imom A\u015f\u02bcariy ixtiyor etgan s\u00f6zni zikr etib, bu \u00f6z \u015fayxi Abu Mansur bildirgan fikrga yaqin ekanini ta\u02bckidlaydi. Imonning haqiqati borasida a\u015f\u02bcariy mazhabining fikrini bayon qilib, undan moturidiylik mazhabiga muvofiq keladigan fikrni oladi. \u201cMuqallidning imoni\u201d masalasida esa \u201cBunda moturidiya va a\u015f\u02bcariya mazhablari orasida ixtilof y\u00f6q. Ixtilof faqat m\u00f6\u02bctazilalar bilandir\u201d, deb zikr qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muallifning moturidiylik va a\u015f\u02bcariylik maktablari orasini yaqinla\u015ftiri\u015fga harakat qilgani ham kitobning ne\u00e7o\u011flik ahamiyatli ekanini k\u00f6rsatadi. U u\u015fbu sa\u02bcy-harakatiga t\u00f6liq eri\u015fdi deb aytmoq\u00e7i emasmiz. \u00c7unki hali k\u00f6p masalalar muallaq b\u00f6lib, ular orasidagi lafziy ixtiloflar davom etmoqda. Lekin olimning qilgan i\u015flari muhim ahamiyatga egadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Asarning tarkibiy tuzili\u015fi.<\/strong> \u201cAl-E\u02bctimod fil e\u02bctiqod\u201d asarining tarkibiy tuzili\u015fi haqida aytadigan b\u00f6lsak, u muqaddimadan ta\u015fqari 55 ta mavzuni \u00f6z i\u00e7iga olgan [1:535-538].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Lekin turk olimi Muhammad Yazi\u00e7i asarning tarkibiy tuzili\u015fi haqida: \u201cUmumiy ma\u02bclumotlar, ilohiylik, pay\u011fambarlik, vasiyat, qazo va taqdir, imon, sem\u02bciyot, turli masalalar va imomat masalalaridan iborat 8 qismdan iborat b\u00f6lgan asarda jami 54 bob mavjud\u201d [6:63], deb boblar sonini 54 ta deb keltirgan. \u00c7unki u \u201cHaqiqatlarni isbotla\u015f\u201d deb nomlangan dastlabki mavzuni bob sifatida keltirmagan b\u00f6li\u015fi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ammo Azhar universiteti \u201cUsuli din\u201d fakulteti ustozi doktor Abdulloh Muhammad Abdulloh Ismoil \u201cHaqiqatlarni isbotla\u015f\u201d bobini ham alohida keltirib bunday deydi: \u201c\u015euni k\u00f6ri\u015fimiz mumkinki, muallif (ya\u02bcni Nasafiy) \u00f6z kitobini u\u015fbu masala bilan bo\u015fladi. U bu borada Abul Muin Nasafiy, Najmiddin Nasafiy va bo\u015fqa moturidiya maktabining yetuk olimlaridan b\u00f6lgan \u00f6z salaflariga erga\u015fgan. Buning sababi \u015fuki, islomiy aqida kitoblarini u\u015fbu masala bilan bo\u015fla\u015f juda ahamiyatlidir. \u00c7unki \u201cHaqiqatlarni isbotla\u015f\u201d masalasi b\u00f6lmasa, Allohning mavjudligi va undan bo\u015fqa haqiqatlar kabi tavhid ilmining haqiqatlarini isbot qili\u015f mumkin emas. \u015euning u\u00e7un olimlar u\u015fbu masalani asos qilib olgan\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Ishoq Saffor Buxoriy (vaf. 534\/1139-y.) ham \u201cTalxiysul adillati li qavoidit tavhid\u201d asarini \u201cHaq va botil haqidagi b\u00f6lim\u201d degan mavzu bilan bo\u015flagan. Demak, \u201cHaqiqatlarni isbotla\u015f\u201d mavzusi ham alohida bob hisoblanar ekan. \u015eu sababli, \u201cAl-E\u02bctimod fil e\u02bctiqod\u201d asari 55 bobni \u00f6z i\u00e7iga olgan, deb xulosa qili\u015f mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asarda dastlab bo\u015fqa islomiy aqida kitoblari singari asosiy masala, hukmlarning \u015farh va tahlili bayon etilgan. Masalan, Alloh taoloning zotiga taalluqli vojib b\u00f6lgan sifatlarni Unga isbot qili\u015f, U zotning mavjudligi, olamning yaratuv\u00e7isi ekani va yakka-yu yagona, qadim, mutakallim, bar\u00e7a komillik sifatlari bilan sifatlangani bayon qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015euningdek, dastlabki mavzular Alloh taolo zotiga loyiq b\u00f6lmagan narsalarni inkor eti\u015fni \u00f6z i\u00e7iga olgan. Masalan, Uning zoti araz, javhar va jism emasligi hamda Alloh taolo zotiga loyiq b\u00f6lmagan nuqsonli salbiy sifatlar bilan sifatlanmasligi bayon etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015eundan s\u00f6ng nubuvvat, risolat masalalari, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam risolatini tasdiq eti\u015f, nubuvvat \u015fartlari, imon masalasi, uning mohiyati, ziyoda yo kam b\u00f6lmasligi haqidagi aqidaga oid turli mavzular bayon etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan ta\u015fqari, asarda isbot qili\u015fda faqat Qur\u02bcon va sunnatga tayaniladigan masalalar ham qamrab olingan. Masalan, oxiratdagi hisob-kitob, sirot k\u00f6prigi kabi masalalar, tarozi, jannat, d\u00f6zax va bo\u015fqa misollarni keltiri\u015f mumkin [9:221-235].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asardagi mavzularning umumiy jihatiga e\u02bctibor beradigan b\u00f6lsak, Abul Barakot Nasafiy har bir mavzuda m\u00f6\u02bctazila, mu\u015fabbiha, xavorij, karromiya, qadariya, murjia kabi ada\u015fgan toifalar \u011foyalarini keltirib, ularga naqliy va aqliy dalillar bilan raddiya bergan. Nasafiy u\u015fbu asarni umrining oxirlarida ta\u02bclif etgan\u201d [6:63]. Asarning yozili\u015fi 698 yili 26 jumadul avval (1299-yil 1-mart) oyida yakunlangan [7:82].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-E\u02bctimod fil e\u02bctiqod\u201dning asosiy manbalari Abul Muin Nasafiyning \u201cTabsiratul adilla\u201d va Nuriddin Sobuniyning \u201cAl-kifoyatu fil hidoya\u201d nomli asarlaridir. Bu jihatdan asar rejasi va iboralarining \u201cTabsiratul adilla\u201dning \u015farhi b\u00f6lgan \u201cKitobut tamhid\u201d bilan \u00f6x\u015fa\u015fligi ham e\u02bctibordan \u00e7etda qolmaydi [6:67].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bo\u015fqa tomondan, asarda Imom \u011eazzoliy va Faxriddin Roziy kabi a\u015f\u02bcariy olimlariga ham i\u015fora qilingan. Bu \u015funi k\u00f6rsatadiki, muallif \u00f6zidan oldingi Abul Muin Nasafiy yonda\u015fuvidan farqli \u00f6laroq, moturidiya va a\u015f\u02bcariyaning bir-biriga xilof qilgan tomonlariga ur\u011fu bermaydi, balki ikki mazhabning mu\u015ftarak tomonlarini k\u00f6rsati\u015fga harakat qiladi [8:82].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-E\u02bctimod fil e\u02bctiqod\u201d asarining bugungi kunga\u00e7a yetib kelgan turli q\u00f6lyozmalari orasida Sulaymoniya kutubxonasi, Fotih, 721 yil sanasi bilan 3085-raqami ostida r\u00f6yxatga olingan nusxasi xattotlikdagi ravonligi bilan ham, muallif vafot etgan 710 yilga yaqinligi bilan ham e\u02bctiborni tortadi. Turkiyaning bo\u015fqa kutubxonalarida ham asarning turli davrga oid\u00a0 q\u00f6lyozma nusxalari saqlanmoqda [10].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Umda\u201d va \u201cAl-E\u02bctimod fil e\u02bctiqod\u201d asarlaridan ulamolar \u00f6z kitoblarida manba sifatida foydalangan. Jumladan, bu asarlar orasida Ibn Humomning \u201cAl-musayara\u201d, Taftazoniyning \u201c\u015earhul maqosid\u201d asarlarini keltiri\u015f mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yana Taftazoniyning \u201cAqoidi Nasafiy\u201d asari bilan \u201cAl-Umda\u201d va \u201cAl-E\u02bctimod\u201d asarlari soli\u015ftiriladigan b\u00f6lsa, matnlarining qan\u00e7alik yaqin ekani yaqqol k\u00f6zga ta\u015flanadi. Muhammad Yazi\u00e7i asar haqida: \u201cXuddi \u015funday \u201c\u015earhi fiqhul akbar\u201dning muallifi Mulla Ali Qori ham \u201cAl-E\u02bctimod\u201ddan manba sifatida foydalangan, degan fikrdamiz. \u00c7unki \u201c\u015earhi fiqhul akbar\u201dga nazar ta\u015flaydigan b\u00f6lsak, ayniqsa, imomat bahsi unga juda ham \u00f6x\u015fa\u015fdir\u201d [6:63], deydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-E\u02bctimod\u201d Nasafiydan keyingi olimlar tomonidan \u00f6rganilgan. Unga \u015farh va izohlar yozilib, yillar davomida madrasalarda \u00f6qitilgan. Bundan ta\u015fqari, asar nusxalari k\u00f6paytirilib, turli joylarga yetkazilgan. Keyingi davr olimlarining ana \u015funday sa\u02bcy-harakati bilan asar \u00f6ziga munosib mavqega ega b\u00f6lgan va \u015fuhrat qozongan [6:62-92; 7:57].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1991-yilda Muhammad Yazi\u00e7i tomonidan kitob matni tahqiqi amalga o\u015firilgan. Ammo u na\u015fr etilmagan. Asarning \u201c\u015earhul umda fiy aqidati ahli sunna val jamoa\u201d nomli tadqiqot na\u015fri esa Dr.Abdulloh Muhammad Abdulloh Ismoil tomonidan 2012-yil Qohirada na\u015fr etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa \u00f6rnida \u015funi ayti\u015f mumkinki, Abul Barakot Nasafiyning \u201cAl-E\u02bctimod fil e\u02bctiqod\u201d asari moturidiya ta\u02bclimotini keng \u015farhlab bergan, ada\u015fgan toifalar \u011foyalariga asosli raddiyalar bergan hamda ahli sunna val jamoa aqidasini jamlagan asar hisoblanadi. U\u015fbu asardan hozirgi kundagi ada\u015fgan oqimlarning imon va takfir kabi turli aqidaviy masalalardagi hamda kalom ilmi borasidagi botil e\u02bctiqodiga raddiya sifatida foydalani\u015f mumkin.<\/span><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR<\/strong><strong>:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abul Barakot Nasafiy. Al-E\u02bctimod fil e\u02bctiqod. Dr.Abdulloh Muhammad Ismoil tadqiqi. \u2013 Qohira: Maktabatul azhariyya lit turos, 2011.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Heffening W. Al-Nasaf\u00ee. The encyclopaedia of islam. Vol. 7<em>.<\/em> <em>\u2013<\/em> Leiden-Newyork: J.Brill, 1993.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">M\u00f6\u02bcjamul muallifin. J.II. \u2013 Bayrut: Muassatur risola, 1993.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Al-Favoidul bahiyya. M.Na\u02bcsani na\u015fri. \u2013 Bayrut: Dorul kitob, 1906.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Maxsudov D. Buyuk ajdodlarimiz \u201cAbul Barakot Nasafiy hayoti va ilmiy ijodi\u201d. \u2013 T.: To\u015fkent islom universiteti, 2013.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammed Yaz\u0131c\u0131. Eb\u00fc\u02bcl-Berek\u00e2t en-Nesef\u00ee, Hayat\u0131, \u015eahsiyeti, Eserleri ve el-\u0130\u02bctim\u00e2d fi\u02bcl-i\u02bctik\u00e2d Adl\u0131 Eseri (Yay\u0131mlanmam\u0131\u015f Y\u00fcksek Lisans Tezi, Atat\u00fcrk \u00dcSBE). \u2013 Erzurum, 1992.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Temel Ye\u015filyurt, Eb\u00fc\u02bcl-Berek\u00e2t en-Nesef\u00ee ve \u0130sl\u00e2m D\u00fc\u015f\u00fcncesindeki Yeri. \u2013 Malatya: Kubbealt\u0131 Yay\u0131nc\u0131l\u0131k, 2000.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Uluda\u011f universiteti teologiya fakulteti jurnali: K\u0131l\u0131\u00e7 Aslan MAV\u0130L. Bir Hanef\u00ee-M\u00e2t\u00fcr\u00eed\u00ee \u00c2limi Eb\u00fc\u02bcl-Berek\u00e2t en-Nesef\u00ee. Cilt: 22, Say\u0131: 1, 2013.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Vergl Rudolph Ulri\u00e7. Al-Maturidi und Sunnitis\u00e7e Theologie in Samarkand.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Q\u00f6lyozma nusxalar: Boyazid davlat kutubxonasi, \u2116 2801; \u00c7orum viloyat xalq kutubxonasi, \u2116 4078; Sulaymoniya kutubxonasi., Laleli, \u2116 2317-2365. Ra\u015fid afandi, \u2116 323.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Hoji Xalifa. Ka\u015ffuz zunun. Muhammad \u015earafiddin Yoltqoya tahqiqi. J.I. \u2013 Bayrut: Dor ihyo\u02bcut turosil arabiy, 1941.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Hoji Xalifa. Ka\u015ffuz zunun. Muhammad \u015earafiddin Yoltqoya tahqiqi. J.II. \u2013 Bayrut: Dor ihyo\u02bcut turosil arabiy, 1941.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Rav\u015fan ELMURODOV, <\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi <\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00abMOVAROUNNAHR VA ISLOM SIVILIZATSIYASINING \u015eAKLLANI\u015eI\u00bb MAVZUSIDA \u00d6TKAZILGAN XALQARO KONFERENSIYA T\u00d6PLAMIDAN OLINDI.<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Abul Barakot Nasafiy (vaf. 710\/1310-y.) tafsir, fiqh, aqida va usulul fiqh kabi sohalarda sermahsul ijod qilib, islomiy ilmlar rivojiga katta hissa q\u00f6\u015fgan buyuk olimlardan biridir. Alloma aqidaga oid \u201cUmdat aqidati ahli sunna val jamoa\u201d (\u201cAhli sunna val jamoa aqidasi asosi\u201d), \u201cBahrul kalom\u201d (\u201cKalom ilmi dengizi\u201d), \u201cUmdatul aqoid\u201d (\u201cAqidalar asosi\u201d), \u201cAl-E\u02bctimod fil e\u02bctiqod\u201d (\u201cE\u02bctiqoddagi tayan\u00e7\u201d) nomli &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":54389,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54388"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=54388"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54388\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":54391,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54388\/revisions\/54391"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/54389"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=54388"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=54388"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=54388"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}