{"id":54330,"date":"2026-11-20T10:01:01","date_gmt":"2026-11-20T05:01:01","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54330"},"modified":"2026-11-16T17:12:52","modified_gmt":"2026-11-16T12:12:52","slug":"xix-asr-oxiri-va-xx-asr-boslarida-turkiston-olkasidagi-ijtimoiy-siyosiy-vaziyat-va-jadidcilik-harakatining-yuzaga-kelisi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54330&lang=oz","title":{"rendered":"XIX ASR OXIRI VA XX ASR BO\u015eLARIDA TURKISTON \u00d6LKASIDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY VAZIYAT VA JADID\u00c7ILIK HARAKATINING YUZAGA KELI\u015eI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><strong>\u201cUmuman, biz jadid\u00e7ilik harakati, ma\u02bcrifatparvar bobolarimiz merosini \u00e7uqur \u00f6rgani\u015fimiz kerak. Bu ma\u02bcnaviy xazinani qan\u00e7a k\u00f6p \u00f6rgansak, bugungi kunda ham bizni ta\u015fvi\u015fga solayotgan juda k\u00f6p savollarga t\u00f6\u011fri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qan\u00e7a faol tar\u011fib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yo\u015flarimiz bugungi tin\u00e7 va erkin hayotning qadrini anglab etadi\u201d. <\/strong><strong>\u00d6zbekiston Respublikasi Prezidenti \u015e.M. Mirziyoyev<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><strong>Kiri\u015f.<\/strong> Bugungi kunda jadid harakatini \u00e7uqur \u00f6rgani\u015f, \u00f6\u015fa davrda ijod qilgan va faoliyat yuritgan ziyolilar, taraqqiyparvarlarning ezgu maqsadlarini keng tar\u011fib qili\u015f davlatimizning doimiy diqqat e\u02bctiborida b\u00f6lib kelmoqda. Yurtbo\u015fimiz tomonidan 2020-yil 30-sentyabrda imzolangan \u201cMa\u02bcrifatparvar jadid\u00e7ilik harakati namoyandalarini mukofotla\u015f t\u00f6\u011frisida\u201dgi Farmonda ham jadidlar faoliyati yana bir bor e\u02bctirof etilgan edi. XX asr bo\u015flarida \u00f6zining ma\u02bcrifatparvarlik faoliyati va fidokorona xizmatlari bilan milliy ta\u02bclim-tarbiya tizimini yarati\u015f hamda yurtimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning obod va farovon hayotini ta\u02bcminla\u015fga q\u00f6\u015fgan beqiyos hissasi u\u00e7un Abdulla Avloniy, Mahmudx\u00f6ja Behbudiy, Munavvar qori Abdura\u015fidxonovlar \u201cBuyuk xizmatlari u\u00e7un\u201d ordeni bilan mukofotlangan. \u015eu asosda \u00d6zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-apreldagi 206-sonli Qarori bilan Samarqand davlat muzey-q\u00f6riqxonasi filiali sifatida Samarqand \u015fahridagi Mir Said Baraka k\u00f6\u00e7asi 47-uyda Mahmudx\u00f6ja Behbudiy uy-muzeyi 2021-yil 18-okytabrdan rasman \u00f6z faoliyatini bo\u015fladi [1].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00d6zbekiston Respublikasi Prezidenti \u015eavkat Mirziyoyevning 2025-yil 3-yanvarda e\u02bclon qilingan \u201cTurkistonda jadid\u00e7ilik harakatining asos\u00e7isi, atoqli adib va jamoat arbobi, no\u015fir va pedagog Mahmudx\u00f6ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng ni\u015fonla\u015f t\u00f6\u011frisida\u201d gi qarori ham jadid namoyondalariga b\u00f6lgan e\u02bctiborining davomidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">K\u00f6rinib turibdiki, jadid\u00e7ilik harakati va uning mohiyati bugungi kun u\u00e7un ham dolzarb va ahamiyatlidir. Turkiston XIX asr oxirida Rossiya imperiyasi mustamlakasiga aylantirilib, mustamlaka zulmini bo\u015fidan \u00f6tkazayotgan mintaqa edi. \u015eunday \u015faroitda jadid\u00e7ilik milliy harakatining vujudga keli\u015fi muhim tarixiy hodisa b\u00f6ldi. Bu harakat, birin\u00e7i navbatda, ijtimoiy va siyosiy: Vatan ozodligi, demokratik tartibni \u00f6rnati\u015f, mamlakatga bar\u00e7a sohalarda zamonaviylikni olib kiri\u015f kabilarni \u00f6zining asosiy vazifasi deb bilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. <\/strong>Jadid\u00e7ilik harakati va Mahmudx\u00f6ja Behbudiyga oid dastlabki tadqiqotlar uning vafoti munosabati bilan Hoji Muin, Fitrat, \u00c7\u00f6lpon, Sadriddin Ayniy, Vadud Mahmud va Rojiylar tomonidan e\u02bclon qilingan maqola, \u015fe\u02bcr va marsiyalar hisoblanadi. Sovet davrida xalqning iftixor tuy\u011fusini uy\u011fotuv\u00e7i milliy qahramonlar, adiblar, olimlar, xususan, Behbudiyning nomi majburiy unuttirildi. Ayrim tadqiqotlarda Behbudiyning i\u015flari qoralab k\u00f6rsatildi, xolos. \u015euningdek, \u201c\u00d6zbek sovet ensiklopediyasi\u201d na\u015fr etili\u015fi munosabati bilan Behbudiy haqida maqola beri\u015f masalasi k\u00f6tarilgan. Ensiklopediya u\u00e7un S.Qosimov, H.Vohidov, A.Valiyev va bo\u015fqalar tomonidan maqolalar tayyorlangan b\u00f6lsa-da, faqat S.Qosimov tomonidan yozilgan \u201cMahmudx\u00f6ja Behbudiy\u201d maqolasi qisqartiri\u015flar bilan \u00e7op etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keyingi yillarda tarix\u00e7i, adabiyot\u015funos va faylasuf olimlar N.Karimov, Q.Rajabov, S.Ahmedov, H.Saidov, D.Alimova, D.Ra\u015fidova, D.Jamolova,\u00a0 J.Yax\u015filikov, Z.Abdira\u015fidov, N.Egamqulova, X.A\u015furova va bo\u015fqalar Turkiston jadidlari otasining faoliyatiga tarixiy nuqtai nazardan baho berdi. Bundan ta\u015fqari, Samarqand jadid\u00e7iligi va Mahmudx\u00f6ja Behbudiy faoliyatiga ba\u011fi\u015flangan q\u00f6\u015fni Tojikistonda amalga o\u015firilgan i\u015flarni qayd etib \u00f6ti\u015f joiz. Tojikistonlik tarix\u00e7ilar N.Xotamov, I.Usmonov, M.Boqiyev, K.Rasulov, N.\u011eafforovlarning tadqiqotlarida Turkistonda taraqqiyparvarlik harakatining vujudga keli\u015fi, y\u00f6nali\u015flari va uning tarixiy jihatlari tahlil qilingan b\u00f6lsa, adabiyot\u015funos olimlar M.\u015eukurov (\u015eakuriy), R.Hodizoda, S.Tabarov, M.Rajabiy, M.Imomov, A.Maxmadaminov, M.Abdullayev, A.Azimov, A.Nabaviy, P.Gulmurodzoda, O.Salimzoda, A.A.\u015eexov asarlarida buxorolik ma\u015fhur jadidlar hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati tadqiq qilingan. Tojikistonlik faylasuflar G.A\u015furov, B.Samiyev, Z.Ibrohimov tadqiqotlarida ham Turkiston jadid\u00e7iligining, xususan, Samarqand va Buxoro jadid\u00e7iligining\u00a0 falsafiy jihatlari \u00f6rganilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Amerika, Yevropa va Osiyo davlatlarida Turkistonda jadid\u00e7ilik harakatining vujudga keli\u015fi, jadid namoyandalari, xususan, Mahmudx\u00f6ja Behbudiy faoliyatiga ba\u011fi\u015flangan tadqiqotlar amalga o\u015firilib, unga Boymirza Hayit, A.Zenkovskiy, Dj.Uiller, E.Bekon, H.Kare d\u02bcEnkauz, E.Ollvort, H.d\u02bcEkkos, S.Beker, L.Jeyms, Adib Xolid, I.Baldauf, \u015eimado \u015eizuo, Xisao Komatsularning monografiya va risolalarini kiriti\u015f mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Tadqiqod metodologiyasi. <\/strong>U\u015fbu maqolani tayyorla\u015fda tarixiy tadqiqot metodlarining tarixiylik, muammoviy-xronologik va statistik tahlil, qiyosiy tahlil, mantiqiy iz\u00e7illik, tizimla\u015ftiri\u015f kabi usullaridan foydalanildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Tahlil va natijalar. <\/strong>Turkistonda bosqin\u00e7i hukumat \u00f6lkani bo\u015fqari\u015f u\u00e7un \u00f6z oldiga quyidagi maqsadlarni q\u00f6ydi:<\/span><\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Turkistonda rusla\u015ftiri\u015f siyosatini amalga o\u015firi\u015f;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Turkistonni xom a\u015fyo manbaiga aylantiri\u015f;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Maorifini Rossiya manfaatlariga b\u00f6ysundiri\u015f.<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">General-gubernatorlik ma\u02bcmurlari mustamlaka\u00e7ilikning dastlabki yillaridayoq Turkistondagi maktab va madrasalar faoliyati bilan tani\u015fib, ularning \u00f6zi u\u00e7un \u011foyatda xavfli ekanini anglab yetdi. Rossiya imperiyasi rusla\u015ftiri\u015f siyosatini aynan maorif sohasidan bo\u015flab, \u00f6z dasturini i\u015flab \u00e7iqi\u015fga kiri\u015fdi. Ayniqsa, Turkistonning birin\u00e7i general-gubernatori K.P. fon Kaufman bu sohada jonbozlik k\u00f6rsatdi. 1880-yildagi Imperiya davlat kenga\u015fida fon Kaufman ruslar va mahalliy aholi bolalarini birgalikda tarbiyala\u015f masalasini k\u00f6tardi. \u015euningdek, musulmon va rus maktablarining ajralib turi\u015fini iqtisodiy hamda siyosiy jihatdan zararli deb hisobladi [7:32]<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imperiya iqtisodiy siyosatida Turkistonni xom a\u015fyo bazasiga aylantiri\u015f, uni Rossiya mollari sotiladigan bozor sifatida tutib turi\u015f va tabiiy boyliklarni markazga ta\u015fib keti\u015fni maqsad qilgan edi va u buni t\u00f6liq amalga o\u015firdi. 1869 \u2013\u00a0 1896-yillari imperiya xazinasi Turkistondan 158 million rubl daromad olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1880-1890-yillari aholidan olinadigan soliq ikki marta k\u00f6paygan. Soliq\u00e7ilikka oid qonunga k\u00f6ra, umumiy olinadigan daromaddan qat\u02bci nazar, savdogar savdo qili\u015f huquqi u\u00e7un, hunarmand mahsulot i\u015flab \u00e7iqari\u015f huquqi u\u00e7un soliq t\u00f6la\u015fga majbur b\u00f6lgan. Narx navoning k\u00f6tarilib tu\u015fi\u015fi, milliy savdogar va hunarmandlar daromadi kamayib bori\u015fi soliq yi\u011fi\u015fning yangi tartiblarida e\u02bctiborga olinmadi. Bu esa, 1890-yillarning bo\u015fi va \u00f6rtalarida k\u00f6plab norozilik \u00e7iqi\u015flariga sabab b\u00f6lgan [4:171].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tub aholidan olingan soliqning 27 foizi \u015faharni yangi qismini obodonla\u015ftiri\u015f u\u00e7un sarflangan. \u015eaharning eski qismi atayin xarob ahvolda qoldirilgan. \u015eahar egalari, yurt egalariga oxirgi darajadagi ki\u015filar sifatida qaralgan. 1907-yilning oxirida Turkistonda b\u00f6lgan Abdura\u015fid Ibrohim mustamlaka\u00e7ilikning a\u00e7\u00e7iq asoratlarini, Rossiya hukumati q\u00f6li ostidagi musulmonlarning o\u011fir ahvolini k\u00f6rib, afsuslangan. To\u015fkent, Samarqand, Q\u00f6qon, Mar\u011filon \u015faharlarining eski va yangi qismlarini taqqoslab, Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlaka\u00e7ilik siyosatini o\u00e7iq k\u00f6rsatib bergan. U ikki qismga ajratilgan \u015faharning Rossiya fuqarolari ya\u015faydigan qismini <em>rus To\u015fkenti<\/em> deb ataydi va: \u201c<em>Juda tartibli binolar va d\u00f6konlar, tartibli k\u00f6\u00e7alar, ozoda y\u00f6laklar, elektr \u00e7iroqlar va hokazolar bor. \u015eaharning bu qismi Yevropa namunasidir<\/em>\u201d, deb ta\u02bckidlaydi. <em>Musulmon To\u015fkenti<\/em> deb nomlagan To\u015fkentning Eski \u015fahar qismi haqida esa: \u201c<em>500 yil oldin qanday b\u00f6lsa hozir ham \u015fundaydir. Bahor oyining bo\u015fida va kuzda \u015faharda bir uydan ikkin\u00e7i uyga yuri\u015fning iloji y\u00f6q, \u015fu qadar loy b\u00f6lib ketadiki, hatto ba\u02bczi k\u00f6\u00e7alardan hayvonlar ham \u00f6ta olmaydi. Vaholanki, \u015fahar \u00f6\u015fa \u015fahar, To\u015fkentdir. Ma\u02bcmuriyati bitta, daromadi bitta, aholisining k\u00f6p\u00e7iligi musulmonlardir. Soliqlar musulmon uylaridan yi\u011filadi, lekin xarajatlar xristian k\u00f6\u00e7alariga sarflanadi<\/em>\u201d, deb tanqid qilgan. Abdura\u015fid Ibrohim bu holat faqatgina To\u015fkent u\u00e7un xos b\u00f6lmay, Rossiya imperiyasi Turkistonning bo\u015fqa markaziy \u015faharlarida, jumladan, Samarqand, Mar\u011filonda ham xuddi \u015fu tartibda y\u00f6l tutganini qayd etib \u00f6tgan. Abdura\u015fid Ibrohim: \u201c<em>Bunda haqiqiy masala k\u00f6\u00e7alar yoki y\u00f6laklarda emasligi, balki Rossiya imperiyasi atayin \u015funday y\u00f6l tutib, xorijlik sayyohlar, mehmonlar, tadqiqot\u00e7ilarga musulmonlarni yomonlab, ularni ojiz va ku\u00e7siz qilib k\u00f6rsati\u015f, \u011faflat uyqusida yotganini bildiri\u015f, bundan ta\u015fqari, musulmonlarning \u015fu holatda b\u00f6li\u015figa islom dinini aybdor qilib k\u00f6rsati\u015f edi<\/em>\u201d [3:42], deb ta\u02bckidlagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Turkiston general-gubernatorlarining \u00f6lkada yuritayotgan bunday siyosati esa mahalliy ziyolilar \u2013 jadidlar noroziligiga sabab b\u00f6ldi. Ular mustamlaka iskanjasida xarobaga aylanib borayotgan mamlakatining ozodligi u\u00e7un kura\u015f maydoniga \u00e7iqdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Amerikalik tarix\u00e7i Adib Xolid Turkistondagi jadid\u00e7ilikning paydo b\u00f6li\u015fini Markaziy Osiyo jamiyatining evrili\u015fi, rus bosqini hamda uning islom olami doxil butun dunyoni qayta taqsimla\u015fga b\u00f6lgan harakati natijasida zamonaviylikka zamonaviy \u201cjavob\u201d sifatida \u015fakllangan, deb hisoblaydi. Yangilik yoyi\u015f orqali \u201czamonaviy va \u015fu bilan bir qatorda, musulmon\u00e7ilikni mahkam u\u015flagan va Turkistonga sodiq b\u00f6lgan yangi elita\u201d yarati\u015fga va buning natijasida zamonaviy dunyoda mintaqaning manfaatlarini himoya qili\u015fga \u015fay b\u00f6lgan turkistonlik jadidlar va ularning izdo\u015flarini ajratib k\u00f6rsati\u015fga harakat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jadid\u00e7ilikning tu\u011fili\u015f, \u015fakllani\u015f va ma\u011flubiyatga u\u00e7ra\u015f davrlari b\u00f6lib, ularni \u015fartli ravi\u015fda t\u00f6rtga b\u00f6li\u015f mumkin. Turkiston, Buxoro va Xorazm hududida bu davrlar 1895-1905; 1906-1916; 1917-1920; 1921-1929-yillarni \u00f6z i\u00e7iga oladi [2:519].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00d6\u015fa davr ahvolini <em>Muhammadali xalfa Sobir \u00f6\u011fli<\/em> (Duk\u00e7i E\u015fon) xalqqa qarata \u00f6z \u201cXitobnoma\u201dsi (1898)da yax\u015fi bayon qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Millat istiqbolini \u00f6ylov\u00e7i taraqqiyparvar ku\u00e7lar hunarmandlar, dehqonlar, savdogarlar, mulkdorlar, ulamolar \u2013 xalqning deyarli bar\u00e7a tabaqalari orasida mavjud edi. Taraqqiyparvarlar dastlab Rossiya imperiyasiga qar\u015fi kura\u015fni xalqni asriy qoloqlikdan uy\u011foti\u015f \u2013 siyosiy-ma\u02bcrifiy jabhadan bo\u015fla\u015fga qaror qildi. Jadid\u00e7ilik harakati ana \u015funday tarixiy bir \u015faroitda Turkiston mintaqasida rivojlani\u015f u\u00e7un \u00f6ziga qulay zamin topdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jadidlar Turkistonning taraqqiy eti\u015fi u\u00e7un turli y\u00f6llarni ye\u00e7im sifatida k\u00f6rdi. Ular rivojlangan mamlakatlardagi taraqqiyotga nazar solgan holda Turkistondagi \u00f6zgari\u015flar bilan soli\u015ftirdi. Bu qiyosla\u015f millat ahvolini kengroq va \u00e7uqurroq bili\u015f, mulohaza qili\u015f va xulosa \u00e7iqari\u015f imkonini berdi. Mahmudx\u00f6ja Behbudiy \u201cEhtiyoji millat\u201d maqolasida maktabni taraqqiyotga eri\u015fi\u015fning eng birin\u00e7i ye\u00e7imi sifatida k\u00f6rgan: \u201cBo\u015fqa millatga qaralsa, k\u00f6rilur-ki\u201d, muntazam maktablari bor. Va u maktabda diniy ilm ustinda dunyoviy ilm va fanlar ham \u00f6qilur. \u00c7unki dunyoda turmak u\u00e7un dunyoviy fan va ilm lozimdur. Zamona ilm va fanidan bebahra millat bo\u015fqa millatlar\u011fa poymol b\u00f6lur&#8230;\u201d [5:384].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jadidlar Turkistonning juda boy mamlakat ekanini yax\u015fi bilgan. Bu boyliklarning harakatsiz yoti\u015fi, birovlar manfaati u\u00e7un i\u015flatili\u015fini millatning uquvsizligida deb k\u00f6rsatadilar. Ular \u00f6z millati buyukligini isbotla\u015f u\u00e7un tarixga murojaat qilgan. \u00d6tmi\u015fdan millatning faxrli, so\u011flom ildizlari mavjud ekanini k\u00f6rsatib bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jadidlarning Turkiston mustaqilligi u\u00e7un kura\u015fida asosan quyidagi y\u00f6nali\u015flar ustuvor edi: yangi usul maktablari tarmo\u011fini kengaytiri\u015f; qobiliyatli yo\u015flarni \u00e7et elga \u00f6qi\u015fga yubori\u015f; turli ma\u02bcrifiy jamiyat va teatr truppalari tuzi\u015f; gazeta va jurnallar \u00e7op qili\u015f, xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltiri\u015f bilan Turkistonda milliy demokratik davlat quri\u015f. Jadid ziyolilarining ku\u00e7li partiyasi ta\u015fkil qilingan taqdirdagina bu i\u015flarni amalga o\u015firi\u015f mumkin edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jadid\u00e7ilikning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat b\u00f6lgan:<\/span><\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Turkistonni \u00f6rta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod eti\u015f;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015fariatni isloh qili\u015f, xalqqa ma\u02bcrifat tarqati\u015f;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo eti\u015f u\u00e7un kura\u015f; Buxoro va Xivada konstitutsion monarxiya va parlament, keyin\u00e7alik demokratik respublika tuzumini \u00f6rnati\u015f orqali ozod va farovon jamiyat quri\u015f;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">barqaror milliy valyutani joriy qili\u015f;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">milliy q\u00f6\u015fin tuzi\u015f.<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">To\u015fkent, Far\u011fona, Buxoro, Samarqand va Xorazmda hur fikrli va taraqqiyparvar ki\u015filarning ayrim guruhlari tomonidan o\u00e7ilgan madaniy-ma\u02bcrifiy y\u00f6nali\u015fdagi jamiyat va uyu\u015fmalardan jadid\u00e7ilik harakati \u015fakllandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1906-yil 17-sentyabrda To\u015fkent \u015fahrining sarmoyadorlari va jadidlari K\u00f6kaldo\u015f madrasasida t\u00f6planib, xayriya jamiyati tuzi\u015fga qaror qilgan. Oradan u\u00e7 yil \u00f6tib, Munavvarqori Abdura\u015fidxonov va Abdulla Avloniy ta\u015fabbusi bilan To\u015fkentda 1909-yili \u201cJamiyati imdodiya\u201dga asos solingan. M\u00f6minjon Muhammadjon \u00f6\u011fli jamiyat va uning ta\u02bcsis\u00e7ilari haqida quyidagilarni yozgan: \u201cJamiyati imdodiya otliq bir k\u00f6mak jamiyati bor edi. Buni bo\u015flab o\u00e7uv\u00e7ilar: 1) Munavvarqori Abdura\u015fidxon \u00f6\u011fli, 2) Ba\u015firullaxon Asadullox\u00f6ja \u00f6\u011fli, 3) Mulla Abdulloh Avloniy, 4) Nizomqori mulla Husayn \u00f6\u011fli, 5) To\u015fx\u00f6jahoji Tuyoqboy \u00f6\u011fillari ekanlar\u201d [6:211].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cJamiyati imdodiya\u201dning maqsadi:<\/span><\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Beva, kamba\u011fal, nogironlarni tarbiyala\u015f;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">k\u00f6\u00e7a hamda bozorlarda gadoylik va bo\u015fqa behuda i\u015flar qilib yuruv\u00e7ilar u\u00e7un kamba\u011falxona, yetimxona, o\u015fxona, \u00e7oyxona, yotoqxonalar o\u00e7i\u015f;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">muhtojlarga lozim b\u00f6lganda pul, ovqat, kiyim berib turi\u015f;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">vaqfsizlikdan, tarbiya\u00e7i y\u00f6qligidan huvullab qolgan maktab va madrasalarni isloh qili\u015f, mudarris va \u015fogirdlarga pul tayin qilib, obodonla\u015ftiri\u015f;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">kamba\u011fal, muhtoj mudarris va \u00f6quv\u00e7ilarga yordam beri\u015f, \u00f6zi \u00f6qi\u015fga qodir b\u00f6la turib, moddiy yeti\u015fmov\u00e7ilikdan \u00f6qiy olmay qolgan talabalarning ilm oli\u015figa yordam beri\u015fdan iborat b\u00f6lgan.<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xayriya jamiyati ta\u015fkil topgan davrida asosiy mabla\u011fini iste\u02bcdodli yo\u015flarni xorijda \u00f6qiti\u015fga sarflagan b\u00f6lsa, 1911-yili kamba\u011falxona ta\u015fkil eti\u015fga 1100 s\u00f6m mabla\u011f ajratgan. Kamba\u011falxona 10 ki\u015figa m\u00f6ljallangan b\u00f6lib, unda ya\u015fov\u00e7i ki\u015filarning bir yillik xarajati, jumladan, har bir ki\u015fining ovqati, kiyim-ke\u00e7agi, \u00f6tin, idi\u015f-tovoq, xona jihozlari kabilar narxi hisoblab \u00e7iqilgan. \u015euningdek, jamiyat yetim va faqir bolalar ta\u02bclimi u\u00e7un 1344 s\u00f6m mabla\u011f ajratgan. To\u015fkent \u015fahrining t\u00f6rt dahasidan 40 nafardan 160 nafar bolaning bo\u015flan\u011fi\u00e7 ta\u02bclimi va \u00f6quv qurollari u\u00e7un i\u015flatilgan. 1911-yil bo\u015fida jamiyatga moddiy yordam s\u00f6rab ariza yozgan kamba\u011fallarga ham yillik 140 s\u00f6m berilgan. Bu mabla\u011f 1914-yili 194 s\u00f6mni, 1915-yili esa 500 s\u00f6mni ta\u015fkil qilgan [8:56].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xayriya jamiyati maktablarning moddiy ta\u02bcminotini yax\u015fila\u015f u\u00e7un ham mabla\u011f ajratgan. Jumladan, 1914-yili \u201cK\u00f6k masjid\u201d mahallasidagi Abdullaxon Ibrohimxon \u00f6\u011fli bo\u015f\u00e7ilik qilayotgan maktabga 120 s\u00f6m hamda \u201cKallaxona\u201d mahallasidagi Muhammadsayid Muhammadmuso \u00f6\u011fli maktabiga 80 s\u00f6m, \u201cDevonbegi\u201d mahallasidagi E\u015fonx\u00f6ja Honiy maktabiga 150 s\u00f6m, \u201cTaxtapul\u201d mahallasidagi Sobirjon va \u015eokirjon Rahimiylarning maktabiga 100 s\u00f6m hamda \u201cTarnovbo\u015fi\u201d mahallasidagi Munavvarqori maktabiga 350 s\u00f6m berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cJamiyati imdodiya\u201d boylar tomonidan beriladigan pulni xayriya i\u015flariga sarfla\u015f bilan \u00e7eklanmay, \u00f6zi ham turli tadbir, jumladan, teatr tomo\u015falari q\u00f6yi\u015f orqali ham pul jam\u011fargan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1913-yil oxirlarida \u201cJamiyati imdodiya\u201d negizida \u201cTuron\u201d jamiyati tuzilgan. Munavvarqori Abdura\u015fidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydulla Asadullax\u00f6jayev, To\u015fp\u00f6latbek Norb\u00f6tabekov, Komilbek Norbekov, Muhammadjon Pod\u015fox\u00f6jayev, Kattax\u00f6ja Bobox\u00f6jayev, Ba\u015frillaxon Asatillax\u00f6jayev, Nizomiddin Asomiddinx\u00f6jayev, Karimbek Norbekovlar uning ta\u02bcsis\u00e7ilari b\u00f6lgan [10:104].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jamiyat aholi \u00f6rtasida sahna i\u015flari va xayriyaga jiddiy munosabat hamda muhabbatni rivojlantiri\u015f; xalq u\u00e7un spektakl k\u00f6rsati\u015f, unga so\u011flom ruhdagi tomo\u015fa beri\u015f, ke\u00e7alar, konsertlar, spektakllar va bo\u015fqa ommaviy tomo\u015falarni \u00f6tkazi\u015f; Turkiston \u00f6lkasi hududida ya\u015fov\u00e7i muhtoj musulmonlarga moddiy yordam berib, ularning ahvolini moddiy va ma\u02bcnaviy jihatdan yax\u015fila\u015fni maqsad qilgan. \u201cTuron\u201d jamiyati \u00f6z binosiga va \u201cTo\u015fkent \u015fahridagi Turon nomli musulmonlar drama san\u02bcati havaskorlar jamiyati\u201d, deb yozilgan xususiy muhriga ega b\u00f6lgan [15:54].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Far\u011fona vodiysida ham jadidlarning k\u00f6plab ta\u015fkilotlari mavjud edi. Masalan, Andijonda \u201cTaraqqiyparvar\u201d va \u201cPadarku\u015f\u201d ya\u015firin ta\u015fkilotlari (Rossiya imperiyasi oxrankasi hujjatlarida ya\u015firin siyosiy partiyalar deb nomlangan) ham faoliyat k\u00f6rsatgan. Bu jihatdan olganda, taraqqiyparvar Mirza Abdulqodirbek Mirza Ahmad Qu\u015fbegiyevning \u201cTaraqqiyparvar\u201d jamiyati \u011foyalari o\u00e7erki\u201d (1916-yil 22-noyabrda yozilgan) deb nomlangan ma\u02bclumotnomasi diqqatga sazovordir. Unda k\u00f6rsatili\u015fi\u00e7a, \u201cTaraqqiyparvar\u201d jamiyatining bo\u015f \u011foyasi yo\u015f turklarning taraqqiyotiga taqlid qili\u015fdir. Ularning maqsadi xalqqa siyosiy va i\u00e7ki erkinliklar beri\u015fdan iborat. Ular aholi orasida siyosat va din sohasida harakat qili\u015fga katta e\u02bctibor qaratgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1909- yilda Sadriddin Ayniy, Abduvohid Munzim, Ahmadjon Hamdiy, Hamidx\u00f6ja Mehriy, Hoji Rofe, Mukammal Burhonovlar Buxoroda \u201cTarbiyai atfol\u201d (\u201cBolalar tarbiyasi\u201d) nomli ya\u015firin jamiyat tuzgan [11:271].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\u201cTarbiya atfol\u201d jamiyati \u00f6z faoliyati davrida quyidagi i\u015flarni amalga o\u015firgan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Birin\u00e7idan,<\/em> ilmga \u00e7anqoq yo\u015flarga har jihatdan: ham iqtisodiy, ham ma\u02bcnaviy yordam k\u00f6rsatgan. Jamiyat Turkiya hamda Rossiyaning Qozon, Ufa, Bo\u011f\u00e7asaroy \u015faharlariga \u00f6quv\u00e7ilar yubori\u015f masalasiga alohida e\u02bctibor bergan. Istanbul \u015fahrida ta\u02bclim olayotgan buxorolik talabalar soni 1911-yilda 15 ta, 1912- yilda esa 30 dan o\u015fgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Ikkin\u00e7idan<\/em>, jamiyat Turkiya va Eron hamda Rossiya musulmon \u015faharlarida na\u015fr qilinadigan matbuot namunalari bilan buxoroliklarni tani\u015ftirib bori\u015fga katta e\u02bctibor berdi. Buxorodagi Rossiya siyosiy agentligining har qanday ta\u02bcqib va t\u00f6siqlariga qaramay, jamiyatning sa\u02bcy-harakati bilan bunday na\u015frlar amirlikda ham keng tarqala bo\u015fladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>U\u00e7in\u00e7idan<\/em>, hamma jadid mutafakkirlari kabi \u201cTarbiyai atfol\u201d jamiyati a\u02bczolari \u00f6rinsiz sarf-xarajatlar (t\u00f6y va ma\u02bcrakalarga sarf qilinadigan katta-katta xarajatlar) va isrofgar\u00e7iliklarga qar\u015fi \u00e7iqdi. Bunday mabla\u011flarni farzandlar tarbiyasiga, ularni \u00e7et ellarda \u00f6qiti\u015f u\u00e7un sarf qili\u015fga da\u02bcvat etdi. U\u015fbu jamiyat 1914-yil martda \u201cMa\u02bcrifat\u201d \u015firkati tuzadi va 1915-yil 22-dekabrda amir Olimxon bu jamiyat ustavini tasdiqlab beradi. Bu \u015firkat kitob savdosi bilan \u015fu\u011fullangan. Usuli jadid maktablarini darslik va \u00f6quv q\u00f6llanmalari bilan ta\u02bcminla\u015f jamiyatning birlam\u00e7i vazifasi hisoblanar edi [14:29].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTarbiyai atfol\u201d jamiyati \u00f6z faoliyatining dastlabki yilidayoq bir guruh yo\u015flarni Istanbulga \u00f6qi\u015fga yubordi. Turkiyada ta\u02bclim oli\u015fdan maqsad \u00f6lkadagi \u201cusuli jadid\u201d maktablari faoliyatini yanada takomilla\u015ftiri\u015f, \u201cusuli tadris\u201dning ham amaliy, ham nazariy asoslarini i\u015flab \u00e7iqi\u015f, darsliklar, \u00f6qituv\u00e7ilar u\u00e7un uslubiy q\u00f6llanmalar yarati\u015f edi. Turklarning \u201cusuli savtiya\u201d metodida ilk bor yaratilgan Ahmad Midhatning \u201cXojai avval\u201d (1868-yil) alifbosi hamda Ismoilbek Gaspirinskiyning \u201cX\u00f6jai sibyon\u201d darslik-alifbosidan Buxoro jadid maktablarida dastlab darslik sifatida foydalanilgan b\u00f6lsa, keyin\u00e7alik \u015fular asosida mahalliy muallimlar \u00f6z darsliklarini yaratgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buxoro amirligidagi jadid\u00e7ilik harakatida faol i\u015ftirok etgan Usmonx\u00f6ja P\u00f6latx\u00f6jayev va Hamidx\u00f6ja Mehriylar 1908-yilda \u00f6qi\u015f u\u00e7un Eron hududi orqali Turkiya poytaxti Istanbulga borgan. Bu yerda ularni Buxorodan kelgan bir rasmiy hay\u02bcat kabi e\u02bczoz bilan kutib oladi. \u00d6\u015fa paytda Turkiyada Harbiy i\u015flar Noziri b\u00f6lgan Anvar po\u015fo ularni oliy darajada qabul qiladi. Bu hodisa Rossiyaning Turkiyadagi el\u00e7isini xavotirga solib, bu haqda rus imperatori Nikolay II ga xabar bergan. U Buxoro amiri Abdulahadxondan Usmonx\u00f6ja va Hamidx\u00f6ja haqida ma\u02bclumot s\u00f6raydi. Abdulahadxon rus hukmdoriga: \u201cUlar yo\u015f bolalardir, Turkiyaga tahsil oli\u015f u\u00e7un borgan\u201d, deb javob qaytargan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1913-yilning bahorida Istanbulda \u00f6qiyotgan bir guruh yo\u015flar \u2013 Usmonx\u00f6ja P\u00f6latx\u00f6ja \u00f6\u011fli, Atox\u00f6ja, Fitrat, Homidx\u00f6ja vataniga qaytib keldi va Buxoroda \u201cusuli jadid\u201d maktabi o\u00e7i\u015fga kiri\u015fdi.\u00a0 Bu maktablarni kitob va darsliklar bilan ta\u02bcminla\u015f maqsadida \u201cMa\u02bcrifat kutubxonasi\u201d va \u201cBarakat \u015firkati\u201dni o\u00e7adi. Turkiya, Tatariston, Qrim, Ozarbayjonda \u00e7iqadigan har bir yangi \u00e7iqqan kitob, darslik va na\u015frlar kutubxonaga kelib turadi. Rossiya imperiyasining Yangi Buxoro (Kogon)dagi xufiyasi Belman tomonidan y\u00f6llangan maxfiy maktub (1912-yil 24-fevralda yozilgan)da k\u00f6rsatili\u015fi\u00e7a, \u201cUsmon X\u00f6ja Istanbuldan k\u00f6plab siyosiy risolalar olib kelgan. U turk\u00e7ilik va islom\u00e7ilik \u011foyalarini tar\u011fib qili\u015f bilan \u015fu\u011fullangan, ya\u015firin siyosiy ta\u015fkilot hayotida faol qatna\u015fgan\u201d [12:42].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XX asr bo\u015flarida Xorazmda \u015fakllangan jadid\u00e7ilik bir qadar bo\u015fqa\u00e7aroq tarixiy \u015fart-\u015faroitda vujudga keldi. U bu yerda asosan ikkita oqimdan iborat edi. Uning \u00f6ng oqimi xonlikda rivojlanayotgan savdo-sanoat korxonalari egalari hamda yirik boylar vakillarini \u00f6zida birla\u015ftirgan edi. Bu oqimga Xiva xoni Asfandiyorxonning bo\u015f vaziri Islomx\u00f6ja bo\u015f\u00e7ilik qilgan. Jadid\u00e7ilikning \u00f6ng oqimi \u00f6z oldiga mamlakatda xon hokimiyatini saqlab qolgan holda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar \u00f6tkazi\u015f orqali erkin bozor munosabatlarining rivojlani\u015figa keng y\u00f6l o\u00e7ib beri\u015fni maqsad qilib q\u00f6ygan edi. Xivada jadid\u00e7ilikning s\u00f6l oqimi esa mayda sarmoyadorlar, hunarmandlar va xalqning turli tabaqa vakillarini birla\u015ftirgan b\u00f6lib, qozikalon Bobooxun Salimov uning rahbari edi. Ular Xiva xonligida yangi usul maktablari ta\u015fkil qili\u015f orqali xalq ommasining siyosiy faolligini \u00f6stiri\u015f maqsadini q\u00f6ygan edi. 1904-yil \u201cJamiyati xayriya\u201d tuzilib, uning k\u00f6magi bilan Xiva \u015fahrida dastlabki yangi usul maktabi o\u00e7ildi (1904-yil 10-noyabr). Xiva jadidlari ma\u02bcrifiy i\u015flar bilan kifoyalanib qolmasdan, xon tuzumiga qar\u015fi kura\u015f ham olib bordi. Birin\u00e7i jahon uru\u015figa\u00e7a Xiva jadidlarining yagona markazi va dasturiy hujjatlari b\u00f6lmagan. Biroq jadid\u00e7ilik harakati Xiva xonligida katta ijtimoiy-siyosiy ku\u00e7ga aylanib, 1914-yil avgustda <em>Yo\u015f xivaliklar <\/em>firqasi\u00a0 \u015faklini olgan[13:198].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1904-1905-yillardagi rus-yapon uru\u015fi, 1905-1907-yillarda b\u00f6lgan birin\u00e7i rus inqilobi, 1905-1911-yillardagi Eron inqilobi, 1908-yili Turkiyada b\u00f6lgan Yo\u015f turklar inqilobi jadidlar dunyoqara\u015figa ku\u00e7li ta\u02bcsir k\u00f6rsatdi. Jadid\u00e7ilik harakati davomida ularning \u00f6z matbuoti \u015fakllandi. \u015eu tarzda jadid\u00e7ilik harakati 1906-1916-yillarda \u00f6zining asosiy y\u00f6lini belgilab oldi. Jadid na\u015frlari xalqni yangi davr bo\u015flangani bilan tani\u015ftirar ekan, \u00f6zligini anglab, uyu\u015fi\u015fga \u00e7aqirdi. \u00d6lka moddiy va ma\u02bcnaviy boyliklari talanayotganini o\u015fkor qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1917-yil martda Turkistonda mustaqillik va milliy davlat\u00e7ilikni tikla\u015f harakatlari bo\u015flanib, uning bo\u015fida Turkiston jadid\u00e7iligining yirik namoyandalari Mahmudx\u00f6ja Behbudiy, Munavvarqori Abdura\u015fidxonov, Ubaydulla X\u00f6jayev va bo\u015fqalar turgan. 1917-yil 16-aprelda Umumturkiston musulmonlarining birin\u00e7i qurultoyi \u00f6z faoliyatini bo\u015flagan. Xabarlarga k\u00f6ra, qurultoy ta\u02bcsis\u00e7ilari 1917-yil 17-aprel kuni milliy davlat\u00e7ilik masalasini muhokama qilgan. Qurultoyda Mahmudx\u00f6ja Behbudiy nutq s\u00f6zlab, millatni \u00f6zaro ixtilofdan voz ke\u00e7i\u015f, buyuk maqsad y\u00f6lida birla\u015fi\u015f, ittifoq b\u00f6li\u015fga \u00e7aqiradi. \u201cIxtilofimiz sababli mustamlakot qoidasi ila bizni idora eturlar\u201d, deb o\u00e7iq aytadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1917-yil yozida Rossiya \u00f6z muammolari bilan ovora b\u00f6lib turgan davrda Mahmudx\u00f6ja Behbudiy Turkiston xalqlari kelajagini \u00f6ylab, \u201cBiz istaymizki, butun Rusiya musulmonlari muxtoriyat usuli yuzasidan tirik\u00e7ilik qilsunlar&#8230; Turkiston musulmonlari bundagi rusiy, yahudiy va bo\u015fqalar q\u00f6\u015filgan holda&#8230; Turkiston hukumati ta\u02bcsis etsak, \u00f6zimizni majlisi mu\u015fovaratimiz (parlamentarizm) b\u00f6lsun\u201d, deb yangi takliflar bergan. Bu taklifga birin\u00e7i b\u00f6lib \u00e7orizmdan qolgan \u201cburjua\u00e7ilar\u201d emas, \u201cmorozov\u00e7ilar\u201d, ya\u02bcni b\u00f6l\u011fusi bol\u015feviklar qar\u015fi \u00e7iqqan. Ular Mahmudx\u00f6ja Behbudiyning adolatli yonda\u015fuvlaridan xato topa olmagan. Biroq uning takliflarini \u201c\u015fo\u015fqaloqlar\u00e7a\u201d berilgan, deya e\u02bctiroz bildiradilar. \u015euningdek, \u00f6zlarining har jihatdan ustunligini k\u00f6rsatib, \u201cMusulmonlar \u00f6zini bo\u015fqari\u015fda hali ruslardan k\u00f6p \u00f6rgani\u015fi kerak. Dumada i\u015fbilarmon, uddaburon, mehnatsevar ki\u015filar \u00f6tirsa, unda turli jamiyat va siyosiy guruh talablarini yoqlaydigan ki\u015filar b\u00f6lsa, \u015faharda i\u015flar yax\u015fi ketadi. Bunday guruhlar ruslarda k\u00f6p b\u00f6ladi, musulmonlarda esa b\u00f6lmaydi&#8230; Fikrimiz\u00e7a, agar musulmonlar va mahalliy yahudiylar saylov\u00e7ilarning yarmini yuborib, ikkin\u00e7i qismini mahalliy b\u00f6lmaganlarga q\u00f6yib bersa, i\u015f ravnaqi u\u00e7un foyda va haqqoniylik buzilmagan b\u00f6ladi\u201d, deb xulosa yasaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Behbudiyning \u201cTurkiston madaniy muxtoriyati loyihasi\u201dda qozilik i\u015flarini tartibga soli\u015f, maorif masalalarini hal qili\u015fda muxtoriyat talab qilingan b\u00f6lsa, 1917-yil tayyorlangan \u201c\u015e\u00f6roi islomiya\u201dning Muvaqqat qonuni, \u015eoislom \u015eoahmedovning \u201cTurkiston federatsiyasi loyihasi\u201d, \u201cTurk adami markaziyat firqasining maromnomasi\u201dda milliy demokratik muxtor davlat bo\u015fqaruvining qonun-qoidalari t\u00f6la mujassamla\u015ftirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1917-yil 26-28-noyabrda Q\u00f6qonda b\u00f6lib \u00f6tgan Butunturkiston musulmonlarining favqulodda IV qurultoyida Turkiston Muxtoriyati hukumati ta\u015fkil qilingan. Qurultoy jarayonida Milliy Majlis tarkibiga Turkiston jadid\u00e7ilik harakatining k\u00f6zga k\u00f6ringan vakillari Ubaydulla X\u00f6jayev, Nosirxont\u00f6ra Kamolxont\u00f6ra \u00f6\u011fli, Obidjon Mahmudov, Mahmudx\u00f6ja Behbudiy va bo\u015fqalar kiritilgan. Xullas, milliy davlat\u00e7ilikning qaror topi\u015fi, birin\u00e7i navbatda, Mahmudx\u00f6ja Behbudiy bo\u015f\u00e7iligidagi jadidlarni quvontirgan va ular Vatani hamda xalqini Muxtoriyat bilan tabriklab, uni asrab-avayla\u015fga \u00e7aqirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Xulosa<\/strong> qilib aytganda, Turkistondagi jadid\u00e7ilik harakati mustamlaka\u00e7ilik tuzumiga qar\u015fi milliy-ozodlik \u011foyalarini xalq orasida tarqati\u015f, taraqqiyotga eri\u015fi\u015f, Vatanni bosqin\u00e7ilardan ozod qili\u015f maqsadida vujudga kelgan. Buning u\u00e7un ular jadid maktablari o\u00e7di, zamonaviy kutubxona va qiroatxonalar faoliyatini y\u00f6lga q\u00f6ydi \u015funingdek, milliy matbuot va milliy teatrga asos soldi. Natijada jadidilar ijtimoiy \u2013 siyosiy jarayonlarning faol i\u015ftirok\u00e7isiga aylandi. Sovet hukumati tomonidan qata\u011fon qilinguniga qadar ular \u00f6z maqsadidan qaytmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Taklif va tavsiyalar<\/strong>:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mahmudx\u00f6ja Behbudiyning 18 ta gazeta va jurnallardagi bar\u00e7a maqolalarining k\u00f6rsatki\u00e7ini tayyorla\u015f, tarjima qili\u015f, joriy imloga \u00f6giri\u015f hamda kitob holatida \u00e7op eti\u015f;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mahmudx\u00f6ja Behbudiyning turk po\u015folari bilan \u00f6zaro yozi\u015fmalari, ularning hamkorligini tasdiqlov\u00e7i maqola, risola va hujjatlardan nusxa oli\u015f hamda na\u015fr qili\u015f;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Behbudiy uy-muzeyida teatr i\u015fini y\u00f6lga q\u00f6yi\u015f hamda jadidlarning sahna asarlari namoyi\u015fini muntazamla\u015ftiri\u015f;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Behbudiy haqida hujjatli film va seriallar yarati\u015fdan iborat.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN<\/strong> <strong>ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u00d6zbekiston Respublikasi Prezidenti \u015eavkat Mirziyoyevning Parlamentga murojaatnomasi. \/\/ <a href=\"https:\/\/uza.uz\/uz\/posts\/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-25-01-2020\">https:\/\/uza.uz\/uz\/posts\/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-25-01-2020<\/a>.; <a href=\"https:\/\/president.uz\/uz\/lists\/view\/3860\">https:\/\/president.uz\/uz\/lists\/view\/3860<\/a><\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ahmedov S., Rajabov Q. Jadid\u00e7ilik \/\/ \u00d6zbekiston milliy ensiklopediyasi. Tom 3. To\u015fkent: \u00d6zME Davlat ilmiy na\u015friyoti, 2002.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abd\u00fcrre\u015fid \u0130brahim. Alem-i \u0130slam ve Japonya\u02bcda \u0130slamiyetin Yayilmasi.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Bartold V. Istoriya kulturnoy jizni Turkestana. Leningrad: 1927-g<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mahmudx\u00f6ja Behbudiy. Tanlangan asarlar. 1-jild. Na\u015frga tayyorlov\u00e7i va s\u00f6z bo\u015fi muallifi Sirojiddin Ahmad. \u2013 T.: Akademna\u015fr, 2018.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">M\u00f6minjon Muhammadjon \u00f6\u011fli. Turmu\u015f urini\u015flari. \u2013 T., 2015.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u00d6zbekiston Milliy arxivi, 47-jam\u011farma, 1-r\u00f6yxat, 1004-yi\u011fmajild, 32-varaq.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u00d6zbekiston Milliy arxivi. II-461-jam\u011farma, 1-r\u00f6yxat, 942-yi\u011fmajild, 56-<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u00d6zbekiston Milliy arxivi. II-461-jam\u011farma, 1-r\u00f6yxat, 942-yi\u011fmajild. 5-varaq<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Qosimov B. Milliy uy\u011foni\u015f: jasorat, ma\u02bcrifat, fidoyilik. To\u015fkent. 2002. B. 104.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Rajabov Q. Tarbiyai atfol. \u00d6zbekiston milliy ensiklopediyasi. 8-jild. \u2013 T.: \u00d6zME na\u015friyoti, 2004.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Rajabov Q. XX asr bo\u015flarida Turkiston yo\u015flari \/\/ \u201cHuquq va bur\u00e7\u201d jurnali. \u2116 1. 2008.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Rajabov Q. Yo\u015f xivaliklar \/\/ \u00d6zbekiston milliy ensiklopediyasi. 3-tom.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Tohir Qahhor. Hur Turkiston u\u00e7un. \u2013 T.: \u00c7\u00f6lpon, 1994.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Tursunov T. XX asr \u00f6zbek teatr tarixi. \u2013 T., 2010.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Gulmamat AXMEDOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mahmudxo \u02bcja Behbudiy uy-muzeyi mudiri<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cImom Buxoriy saboqlari\u201d jurnali 2025-yil 3-sonidan olindi.<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u00a0\u201cUmuman, biz jadid\u00e7ilik harakati, ma\u02bcrifatparvar bobolarimiz merosini \u00e7uqur \u00f6rgani\u015fimiz kerak. Bu ma\u02bcnaviy xazinani qan\u00e7a k\u00f6p \u00f6rgansak, bugungi kunda ham bizni ta\u015fvi\u015fga solayotgan juda k\u00f6p savollarga t\u00f6\u011fri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qan\u00e7a faol tar\u011fib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yo\u015flarimiz bugungi tin\u00e7 va erkin hayotning qadrini anglab etadi\u201d. \u00d6zbekiston Respublikasi Prezidenti \u015e.M. Mirziyoyev \u00a0Kiri\u015f. Bugungi kunda jadid &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":54331,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54330"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=54330"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54330\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":54332,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54330\/revisions\/54332"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/54331"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=54330"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=54330"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=54330"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}