{"id":54325,"date":"2026-11-19T10:42:42","date_gmt":"2026-11-19T05:42:42","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54325"},"modified":"2026-11-16T16:55:27","modified_gmt":"2026-11-16T11:55:27","slug":"muhammad-obid-sindiyningal-mavohibul-latifa-asarida-hadislarni-sarhlasdagi-metodi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54325&lang=oz","title":{"rendered":"MUHAMMAD OBID SINDIYNING\u201cAL-MAVOHIBUL LATIFA\u201d ASARIDA HADISLARNI \u015eARHLA\u015eDAGI METODI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Kiri\u015f.<\/strong> Hanafiy mazhabiga har xil ada\u015fgan firqalar tomonidan tanqidiy munosabat bildirilib, uning asos\u00e7isi Abu Hanifa (r.a.) \u201cahli ra\u02bcy\u201d ya\u02bcni, hadislarga asoslanmay, faqat \u00f6z ra\u02bcyiga k\u00f6ra fatvo \u00e7iqaradi, deb ayblangan. Lekin hanafiy ulamolar \u00f6z asarlarida bu mujtahid allomaning fatvolar masalasida hadislardan keng k\u00f6lamda foydalangani, \u00f6zi esa yirik muhaddislardan b\u00f6lganini yorqin misollar vositasida k\u00f6rsatib bergan. \u015eu munosabat bilan Imom A\u02bczamning \u201cMusnad\u201d asarining mukammal \u015farhi hisoblangan \u201cAl-Mavohibul latifa\u201d kitobini \u00e7uqurroq \u00f6rgani\u015f hamda hanafiy mazhabida har bir hukm Qur\u02bcon va sunnatga asoslanganini k\u00f6rsatib beri\u015f hozirgi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Mavzuga oid adabiyotlar tahlili<\/strong>. \u00d6zbekiston hududida Abu Hanifa (r.a.)ning hayoti va ijodi, hadis ilmidagi tutgan \u00f6rni hamda fatvo beri\u015fda hadislarga suyanganini \u00f6rgani\u015fga oldindan qiziqib kelingan. Mustaqillikdan keyin esa bu mavzular ustida alohida tadqiqotlar olib bori\u015fga yanada imkoniyatlar ortdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u011earb tadqiqot\u00e7ilaridan X.Motski, J.Braun,\u00a0 V.V.Bartold, I.P.Petru\u015fevskiy, K.Brokkelman, F.Sezgin\u00a0 kabi taniqli olimlar \u00f6z asarlarida Abu Hanifa (r.a.)ning faoliyati, hanafiy mazhabining ahamiyati haqida qisqa va umumiy tarzdagi ma\u02bclumotlarni keltiri\u015f bilan \u00e7egaralangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Arab tadqiqot\u00e7i olimlaridan Muhammad Solihiy, Muhammad Abdurra\u015fid N\u00f6\u02bcmoniy, Vahbiy Sulaymon \u011eovjiy, Habib Ahmad Kiyronaviy, Muhammad Qosim Abduh Sayyid Afifiy va bo\u015fqalarni keltiri\u015f mumkin. Mazkur olimlar hanafiy mazhabining bo\u015fqa mazhablardan farqli jihatlari, \u00f6ziga xos tomonlari va mazhabdagi fatvo \u00e7iqari\u015f usullari va Abu Hanifa (r.a.)ning fiqh sohasida qilgan i\u015flariga keng t\u00f6xtalgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hind olimlaridan Zafar Ahmad Usmoniy, A\u015fraf Ali Tahonaviy, Habib Rahmon A\u02bczamiy, Muhammad Obid Sindiy va bo\u015fqalar asosan Abu Hanifa (r.a.)ning \u015faxsiyati, hanafiy mazhabidagi masalalar ra\u02bcyga emas, hadislarga suyanganini yoritib bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00d6zbekistonlik tadqiqot\u00e7ilardan U.Uvatov, A.\u015e.Juzjoniy, B.E\u015fonjonov, D.Rahimjonov, D.Murodov, R.Matiboyeva,\u00a0 M.Komilov\u00a0 R.Obidov, S.Oqilov\u00a0 va bo\u015fqalarni sanab \u00f6ti\u015f mumkin. Bular orasida U.Uvatov, B.E\u015fonjonov, D.Rahimjonov R.Obidov va S.Oqilovlar \u00f6z tadqiqotlarida asosan hadis ilmi va hanafiy mazhabiga t\u00f6xtalib \u00f6tgan. A.\u015e.Juzjoniy, D.Muratov, R.Matiboyeva tomonidan amalga o\u015firilgan tadqiqotlarda Abu Hanifa (r.a.)ning fazilati va u ki\u015fining manoqiblari haqida ma\u02bclumot berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015euningdek, Abu Hanifa (r.a.)ning ibratli hayoti, ilmiy-ma\u02bcnaviy merosi, asarlari va ta\u02bclimotiga ba\u011fi\u015flangan qator maqola va risolalar ham na\u015fr etilgan. Jumladan, \u201cMovarounnahr\u201d na\u015friyotida \u00e7op etilgan \u201cImomi A\u02bczam asarlari\u201d nomli risolada asosan olimning asarlari xususida fikr yuritilgan .<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Lekin zikr etilganidek, hanafiy mazhabi va uning asos\u00e7isiga oid qator ilmiy tadqiqot va izlani\u015flar amalga o\u015firilgan b\u00f6lsa-da, Abu Hanifa (r.a.)ning muhaddis ekanini tasdiqlov\u00e7i yetti tomdan iborat b\u00f6lgan \u201cMusnad\u201d asarining \u015farhi \u201cAl-Mavohibul latifa\u201d kitobi borasida tadqiqot olib borilmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Tadqiqot metodologiyasi<\/strong>. U\u015fbu maqolani yozi\u015fda tarixiy-tahliliy, ilmiy-tanqidiy, mantiqiy, qiyosiy-tahliliy va empirik usullardan foydalanildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Tahlil va natijalar<\/strong>. \u00d6zbekiston hududida azaldan amal qilib kelinayotgan hanafiy mazhabi sohibi Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayh hadis ilmi borasida ham yetuk muhaddis olimlaridan biri b\u00f6lgan. \u015eunday ekan, u ki\u015fining hadisni jamlagan asarlarini \u00f6rgani\u015f ham zaruriy masalalardan biri hisoblanadi. Bunga alloma Muhammad Obid Sindiyning hadis ilmi borasida yozilgan \u201cAl-Mavohibul latifa\u201d asari zaruriy manba b\u00f6la oladi. Muhammad Obid Sindiy rahmatullohi alayh u\u015fbu kitobni 1235\/1819-yildan oldin yozib bitirgan. \u00c7unki \u015eayx Orif Hikmat degan \u015fogirdiga 1235\/1819 sanada ijoza yozayotganda quyidagi s\u00f6zlarni yozgan: \u201c&#8230; Orif Hikmatga \u201cSahih Muslim\u201d kitobining bo\u015fidan Namoz kitobiga\u00e7a va \u201cMusnad Abu Hanifa\u201d kitobiga yozgan birin\u00e7i \u015farhimni e\u015fiti\u015f nasib qildi\u201d [5:298].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muallif \u015fayx Muhammad Obid Sindiyning hadis ilmida hofiz sanali\u015fi va buyuk muhaddisligi, \u015funingdek, fiqhda imomligi inobatga olinsa, hadisdan istinbot qilib olinadigan fiqhiy masalalarni yoriti\u015fda Sindiy bo\u015fqa kitoblarda u\u00e7ramaydigan manfaatli ma\u02bclumotlarni keltirganiga guvoh b\u00f6li\u015f mumkin [3:321].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Mavzularni sinflarga ajrati\u015f.<\/em> Ma\u02bclumki Abu Hanifa (rohimahulloh)ning u\u015fub asari musnad y\u00f6nali\u015fida yozilgan. Musnad y\u00f6nali\u015fida yozilgan asarlarning bo\u015fqa hadis kitoblardan farqi \u015fundaki, unda muallif hadislarni ma\u02bclum mavzular asosida tartib bilan keltirmaydi. Bitta ustozidan ne\u00e7ta hadis e\u015fitgan b\u00f6lsa, \u00f6\u015fa hadislarning bar\u00e7asini zikr qilib, keyin bo\u015fqa ustoziga \u00f6tadi va \u015fu tartibda har bir ustozidan e\u015fitgan hadislarni keltiradi. \u015euning u\u00e7un \u201cMusnad\u201d asarida muayyan mavzu ostidagi hadislarni topib b\u00f6lmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Obid Sindiy Abu Hanifaning u\u015fbu \u201cMusnad\u201d asarini qayta tartiblab, hadislarni mavzularga b\u00f6lib, har bir hadisni \u00f6\u015fa mavzu ostida tartiblab \u00e7iqdi. Sindiy \u201cMusnad\u201dda kelgan 526 ta hadisni 33 ta kitob ostida \u015farhladi. Asar \u201cImon\u201d kitobidan bo\u015flanib, \u201cQiyomat va jannat vasfi\u201d kitobi bilan yakunlangan [1:901].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Sanad haqida gapiri\u015f. <\/em>Muhammad Obid Sindiyning alohida ajralib turadigan tomoni, u har bir hadisning sanadi haqida albatta t\u00f6xtalib \u00f6tadi. U sanaddagi roviylarni, sanadning oltin silsilaga kiri\u015fi yoki kirmasligini, \u00f6\u015fa sanad bilan rivoyat qilingan hadis yagona yoki bir ne\u00e7taligini, sanadning bo\u015fidan oxiriga\u00e7a uzili\u015f bor yoki y\u00f6qligini, \u00f6\u015fa sanad bilan yana qaysi muhaddislar hadis rivoyat qilganini, sanaddagi illatni, sanad roviylari ikki, \u015fayx ya\u02bcni Buxoriy yoki Muslimning \u015fartiga t\u00f6\u011fri keli\u015fi yoki kelmasligini va sanadga oid bo\u015fqa narsalarga t\u00f6xtalib \u00f6tadi. \u015euningdek, Sindiy \u201cMusnad\u201d asarida kelgan hadisning sanadidan tu\u015fib qolgan roviyni zikr qilib, aslida \u00f6\u015fa y\u00f6nali\u015fda rivoyat qilgan sanadda roviylar silsilasi qanday b\u00f6lganini bayon qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Hadisni sahihga \u00e7iqari\u015f:<\/em> Ma\u02bclumki, hadisni sahih yoki zaifga \u00e7iqari\u015fda muhaddislar ikki y\u00f6nali\u015fni batafsil \u00f6rganib \u00e7iqadi. Ular: hadis sanadi va matni. Hadisni sahihga \u00e7iqari\u015f u\u00e7un olimdan juda k\u00f6p narsa talab qilinadi. U sanad borasida jarh va ta\u02bcdil ilmiga tegi\u015fli b\u00f6lgan bar\u00e7a ilmni \u00f6zla\u015ftirgan b\u00f6li\u015fi kerak. Roviylar ahvoli, ular ya\u015fagan asr, rivoyat qilgan hadislar, ular haqida muhaddislar bildirgan fikrlar, roviylar ismi, kunyasi, ma\u015fhur b\u00f6lgan ikkin\u00e7i nomi, roviylarning bir-biri bilan u\u00e7ra\u015fgani, roviyning kam yoki k\u00f6p hadis rivoyat qiluv\u00e7ilar turiga kiri\u015f yoki kirmasligi, roviylarning hadisini qabul qili\u015f u\u00e7un ularda topili\u015fi kerak b\u00f6lgan sifatlar, roviy hayoti davomida yol\u011fon gapirganmi, roviy Pay\u011fambar sollallohu alayhi vasallam bilan birga k\u00f6p b\u00f6lganmi yoki ma\u02bclum muddat b\u00f6lib, keyin \u00f6z yurtiga qaytib ketganmi, roviy fiqhi va \u015funga \u00f6x\u015fa\u015f roviyga taalluqli bar\u00e7a ilmlarni \u00f6zida mujassam etgan b\u00f6li\u015fi kerak [5:441].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015euningdek, hadis sahihligini isbotla\u015f u\u00e7un uning matniga tegi\u015fli ilmni ham bili\u015f kerak. \u00c7unki sanadi sahih talablariga javob berib, matni javob bermasa, sahihga kiritilmaydi. Matnga tegi\u015fli ilmni sohili y\u00f6q dengizga \u00f6x\u015fati\u015f mumkin. \u00c7unki hadis matnining \u015fariat umumiy maqsadlariga muvofiq yoki xilofligini bili\u015f u\u00e7un muhaddis fiqh, aqida, tarix ilmlarini ham bili\u015fi kerak. \u015euningdek, arab tili grammatikasini, ya\u02bcni sarf, nahv va lu\u011fat ilmidan ham xabardor b\u00f6li\u015fi kerak. Muhammad Obid Sindiy mana \u015fu ilmlarni \u00f6zla\u015ftirgan buyuk muhaddis edi. \u015euning u\u00e7un hadisni sahihligini isbotla\u015fdek ulkan mas\u02bculiyatli i\u015fga q\u00f6l urgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Hadisning mutavotirligini k\u00f6rsatib beri\u015f.<\/em> Hadis sanad jihatidan sahih, hasan, zaifga b\u00f6linsa, turuq, ya\u02bcni hadis rivoyat qilingan sanadlarining bir ne\u00e7a y\u00f6lga egaligi jihatidan, mutavotir, ma\u015fhur va ohodga b\u00f6linadi. Bir hadisni mutavotir (Mutavotir \u2013 u k\u00f6p\u00e7ilik tomonidan rivoyat qilingan xabar b\u00f6lib, odatda mazkur roviylarning yol\u011fonga keli\u015fib oli\u015fi mumkin emas), ya\u02bcni ma\u015fhur qili\u015f u\u00e7un muhaddis bar\u00e7a hadis t\u00f6plamlarini \u00f6qib \u00e7iqqan b\u00f6li\u015fi kerak. \u015eu nuqtai nazardan bir hadisni ma\u015fhur darajasiga olib \u00e7iqi\u015f u\u00e7un inson bar\u00e7a hadis t\u00f6plamlarni \u00f6qigan b\u00f6li\u015fi kerak. Sindiy mazhabdagi mast qiluv\u00e7i narsaning ozi ham harom degan masala borasida faqihlar \u00f6rtasidagi ixtilofni bayon qilib, Imom Muhammadning \u201cK\u00f6pi mast qiluv\u00e7i narsaning ozi ham harom\u201d, degan s\u00f6zini quvvatla\u015f maqsadida yigirma oltita hadisni sanadi va sahihlik darajasi bilan keltiradi. Bu bilan Sindiy \u00f6\u015fa masala borasida vorid b\u00f6lgan hadisni mutavotirligini isbotlab bergan [4:305-308].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Hadisning bo\u015fqa y\u00f6llarini sanab \u00e7iqi\u015f. <\/em>Imom A\u02bczamning \u201cMusnad\u201d asarlarida kelgan 526 ta hadisning ikki yuzdan orti\u011figa Sindiy hadisning bo\u015fqa isnod y\u00f6llari bilan rivoyat qilingan k\u00f6rini\u015fini keltirgan. U bu bilan \u00f6zi aytganidek, hadisni dalil oli\u015fga yaroqli darajaga olib \u00e7iqqan. Gohida bitta hadisni quvvatla\u015f maqsadida uning bo\u015fqa y\u00f6l bilan rivoyat qilingan (Misol u\u00e7un tahorat borasidagi \u201cBismillah\u201dni ayti\u015f masalasida) \u00f6n u\u00e7ta k\u00f6rini\u015fini zikr qilgan. Aslida Sindiy kitobni yozi\u015fdan k\u00f6zlagan maqsadini bayon qilib: \u201cBor ku\u00e7imni \u201cMusnad\u201dda kelgan hadislarning \u015favohid va mutobe\u02bclarini zikr qili\u015fga sarfladim\u201d, degan. \u015eundan ma\u02bclum b\u00f6ladiki, alloma deyarli bar\u00e7a hadislar ostida uning bo\u015fqa y\u00f6l bilan rivoyat qilingan sanadini keltirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Jarh va ta\u02bcdil. <\/em>Bu ilmda olimlar hadis rivoyat qilgan roviylarning i\u015fon\u00e7li, omonatdor, zehni \u00f6tkir yoki yol\u011fon\u00e7i, unutuv\u00e7an, fosiq va \u015funga \u00f6x\u015fa\u015f bo\u015fqa sifatlarini aniqlab, rivoyat qilgan hadisi sahih yoki zaifligini aniqlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Roviylarning nomini aniqla\u015f.<\/em> Muhammad Obid Sindiy deyarli har bir hadis ostida \u00f6\u015fa hadis roviylari ismi, otasining ismi, kunyasi (agar b\u00f6lsa), tanilgan ikkin\u00e7i nomini albatta zikr qiladi. Gohida roviy ismi borasida uzoq t\u00f6xtalib, uning asl ismini bayon qiladi. Bu bilan u hadis roviylarini jarh va ta\u02bcdil qiluv\u00e7ilarga yengillik yaratadi. \u00c7unki roviyning asl nomi aniq b\u00f6lga\u00e7, uni sahih yoki zaif roviylar sarasiga ajrati\u015f oson b\u00f6ladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Roviylar kunyasini aniqla\u015f.<\/em> Muhaddislarda u\u00e7rab turadigan eng k\u00f6p tarqalgan xato bu roviylar kunyasida ada\u015fi\u015f. Sindiy hadis rivoyat qilgan roviyning kunyasi b\u00f6lsa, albatta uni zikr qilib \u00f6tadi. Nafaqat kunyasi, hatto tanilgan ikkin\u00e7i nomi, qayerdan ekani va gohida e\u02bctiqodiy y\u00f6nali\u015fini ham bayon qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Rivoyatning mavsulligini bayon qili\u015f.<\/em> Ba\u02bczi muhaddislar Abu Hanifaning \u201cMusnad\u201d asarida kelgan aksar hadislar mavsul emas, deb da\u02bcvo qilgan. Lekin Muhammad Obid Sindiy bu da\u02bcvolar not\u00f6\u011friligini u\u015fbu asarida isbotlab bergan [6:234].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Rivoyatning maqtu\u02bcligini k\u00f6rsati\u015f.<\/em> \u015euningdek, alloma Sindiy u\u015fbu asarida hadis sanadidagi inqito\u02bc, ya\u02bcni uzili\u015fni ham bayon qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Amal qilingan hadislarni bayon qili\u015f.<\/em> Sindiyning yana bir maqtovga sazovor jihati, u bir bobdagi bir ne\u00e7a hadisni keltirga\u00e7, \u00f6\u015fa hadislardan qaysiga amal qilinganini yoritib beradi. Jumladan, u bir mavzudagi turli rivoyatlarni keltirga\u00e7, \u201cmana \u015fu hadisga amal qilinadi\u201d, deb ta\u02bckidlab q\u00f6yadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Amali tark qilingan hadislarni bayon qili\u015f.<\/em> \u015euningdek, alloma Sindiy u\u015fbu asarida hadis sanadidagi uzili\u015fni ham bayon qilgan. U \u201cMusnad\u201ddagi ba\u02bczi hadislarning munqoti\u02bcligini va \u00f6\u015fa inqito\u02bc sanadning ne\u00e7an\u00e7i tabaqasida sodir b\u00f6lganini aytib \u00f6tga\u00e7, \u00f6\u015fa hadisni marfu\u02bc va mavsul hadislar bilan ku\u00e7aytirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Sahobiyning tobeindan rivoyat qili\u015fi.<\/em> Gar\u00e7i bunday hol kamdan-kam u\u00e7rab tursa-da, tarixda sodir b\u00f6lgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Kattalarning ki\u00e7iklardan qilgan rivoyatini bayon qili\u015f.<\/em> Bu borada t\u00f6rtta Abdullohdan, ya\u02bcni Abdulloh ibn Umar, Abdulloh ibn Abbos, Abdulloh ibn Amr, Abudulloh ibn Zubayrlardan katta sahobalarning qilgan rivoyatini misol qili\u015f mumkin. \u015euni ham aytib \u00f6ti\u015f kerakki, Xatib Ba\u011fdodiy bu borada kitob yozib, uni \u201cRivoyatul akobir an a-s-sa\u011foir\u201d, deb nomlagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Roviylar tarixini bayon qili\u015f.<\/em> Roviylarning tu\u011filgan sanasi va tu\u011filib \u00f6sgan joyini bili\u015f hadis ilmi bilan \u015fu\u011fullanuv\u00e7ilar u\u00e7un nihoyatda zarur ma\u02bclumotlardir. Muhaddis va muarrix sifatida Sindiy bu borada ham yax\u015fi ilmga ega b\u00f6lgan. U roviylar ya\u015fagan asrni bayon qili\u015f orqali ba\u02bczi hadislar mursal, mavquf yoki munqoti\u02bcligini aytib \u00f6tgan [2:56].\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida sanab \u00f6tilgan ilmlarning har biri u\u00e7un alohida kitoblar yozilgan. Allomaning hadisni \u015farhla\u015fda hadis ilmiga oid masalalarga t\u00f6xtalib, keng qamrovli va batafsil \u015farhla\u015fi asarning hadis ilmidagi mavqeyini yanada k\u00f6taradi. U\u015fbu asarda kelgan hadis ilmiga oid fan va masalalardan \u015fu narsa ma\u02bclum b\u00f6ladiki, \u201cAl-Mavohibul latifa\u201d hadis ilmida juda noyob va kerakli manbadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilib aytganda, u\u015fbu asarda alloma hadis matni, sanadi, tarixi va fiqhiga oid ilmlar haqida batafsil va keng ma\u02bclumot bergan.<\/span><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR<\/strong><strong>:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abdulhay ibn Abdulkarim Kattoniy. Fihrisul fahoris. \u2013 Bayrut: Ihyou turosul arabiy, 2003.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Imom \u015eavkoniy. Badrut toli\u02bc. \u2013 Bayrut: Dorus salom, 2006.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammad Obid Sindiy. Al-Mavohibul latifa. 5-juz. \u2013 Bayrut: Dorun navodir, 2013.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammad Obid Sindiy. Al-Mavohibul latifa. 3-juz. \u2013 Bayrut: Dorun navodir, 2013.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Said Bekto\u015f. Imom faqih muhaddis \u015fayx Muhammad Obid Sindiy. \u2013 Bayrut: Doru ba\u015foir al-islamiya, 1987.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sayyid Abdulmajid \u011eovriy. \u015eayx Muhammad Obid Sindiy va juhuduhu fi hadisin nabaviy. \u2013 Bayrut: Dorul irfon, 2015.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Taqiyuddin Nadaviy. Tarjimatu imom faqih muhaddis \u015fayx Muhammad Obid Sindiy. \u2013 Bayrut: Dorun navodir, 2012.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Elyorbek ANVAROV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy nomidagi To\u015fkent islom instituti<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTillar\u201d kafedrasi \u00f6qituv\u00e7isi, <\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00d6zbekiston xalqaro islom\u015funoslik akademiyasi tayan\u00e7 doktoranti<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cImom Buxoriy saboqlari\u201d jurnali 2025-yil 3-sonidan olindi.<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kiri\u015f. Hanafiy mazhabiga har xil ada\u015fgan firqalar tomonidan tanqidiy munosabat bildirilib, uning asos\u00e7isi Abu Hanifa (r.a.) \u201cahli ra\u02bcy\u201d ya\u02bcni, hadislarga asoslanmay, faqat \u00f6z ra\u02bcyiga k\u00f6ra fatvo \u00e7iqaradi, deb ayblangan. Lekin hanafiy ulamolar \u00f6z asarlarida bu mujtahid allomaning fatvolar masalasida hadislardan keng k\u00f6lamda foydalangani, \u00f6zi esa yirik muhaddislardan b\u00f6lganini yorqin misollar vositasida k\u00f6rsatib bergan. \u015eu munosabat &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":54326,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54325"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=54325"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54325\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":54327,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54325\/revisions\/54327"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/54326"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=54325"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=54325"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=54325"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}