{"id":54316,"date":"2026-11-18T10:20:54","date_gmt":"2026-11-18T05:20:54","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54316"},"modified":"2026-11-16T16:39:35","modified_gmt":"2026-11-16T11:39:35","slug":"husayn-voiz-kosifiy-asarlarida-saxs-erkinligi-va-mas%ca%bculiyatining-diniy-axloqiy-asoslari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54316&lang=oz","title":{"rendered":"HUSAYN VOIZ KO\u015eIFIY ASARLARIDA \u015eAXS ERKINLIGI VA MAS\u02bcULIYATINING DINIY-AXLOQIY ASOSLARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Kiri\u015f.<\/strong> Jahonning k\u00f6plab rivojlangan mamlakatlarida amalga o\u015firilayotgan yetak\u00e7i ilmiy-falsafiy tadqiqotlar obyekti aynan Markaziy Osiyo mintaqasida mujassam b\u00f6lib, eng qadimiy, rang-barang o\u011fzaki hamda yozma madaniyatning ilmiy jihatlariga oid tadqiqotlarni amalga o\u015firmoqda. XXI asr madaniy muloqot tendensiyasi \u011earb va \u015earqdagi bir-birini t\u00f6ldiruv\u00e7i umuminsoniy qadriyatlar b\u00f6li\u015fi qatorida, ma\u02bclum millat va elatning buyuk ilmiy merosini e\u02bctirof etadi. Jahon ilm-faniga munosib hissa q\u00f6\u015fgan buyuk allomalarimiz Husayn Voiz Ko\u015fifiy va Jaloliddin Davoniylar ilmiy, diniy-falsafiy qara\u015flarini \u00f6rgani\u015f,\u00a0\u00a0 islom ta\u02bclimotining nafis va \u00e7uqur falsafiy mohiyatidan oqilona foydalani\u015f zaruriyati mavjudligi tadqiqot markaziga aylanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.<\/strong> Husayn Voiz Ko\u015fifiy diniy-falsafiy qara\u015flari \u00f6rta asrlarda \u015earq mintaqalarida futuvvatga ba\u011fi\u015flangan k\u00f6plab risolalar paydo b\u00f6lgan davrda paydo b\u00f6lgan. U\u015fbu asarlar orasida Ko\u015fifiyning \u201cFutuvvatnomai Sultoniy yoxud javonmardlik tariqati\u201d, \u201cMuxtasar al-javohir\u201d, \u201cJome\u02bc as-sittiyn yo tafsiri surai Yusuf\u201d risolalari diniy-axloqiy mavzularda alohida ahamiyat kasb etadi.\u00a0 Asar \u015fu jihati bilan e\u02bctiborliki, unda futuvvatni ijtimoiy muvozanat sifatida emas, balki tasavvufning bir b\u00f6lagi sifatida e\u02bctirof etadi. Gar\u00e7i, futuvvat va tariqat oqimlari XIII asrga kelib bir\u2013biri bilan q\u00f6\u015filib ketgan b\u00f6lsa-da, aslida jarayon X\u2013XI asrlarda bo\u015flangan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015eu davrlarda ya\u015fagan Xuroson, Eron va Movarounnahr \u015fayxlari \u00f6z muridlarini mardlik va fidoyilik, saxovat va qanoat ruhida tarbiyala\u015f, javonmardlikni tariqat \u015fioriga aylantiri\u015fga intilgan. Tasavvuf va futuvvat bir-birini t\u00f6ldirgan va bir-biriga madad bergan. Futuvvat va tasavvuf ta\u02bclimotlari orasidagi \u00f6x\u015fa\u015fliklar, xususan, Islom dini qonun-qoidalariga b\u00f6ysuni\u015fi, futuvvat ahli yoki muridning piru ustozga ega b\u00f6li\u015fi, insoning poklani\u015fi, xulq-odob qoidalari, saxovat, oliyhimmatlilik, fidoyilik, mehr-\u015fafqat, mardlik, halollik, mehnatsevarlik kabi \u011foyalarning uy\u011funligi bilan asoslangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirgi kunda, \u00d6zRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi \u015earq\u015funoslik instituti q\u00f6lyozmalar fondida Ko\u015fifiyning 18 ta nomdagi asari, ularning 212 ta q\u00f6lyozma va 75 ta to\u015fbosma nusxalari\u00a0 saqlanadi. Q\u00f6lyozmalar fondida Ko\u015fifiyning \u00abRisola dar ilmi adod\u00bb (\u00abHisob ilmi haqidagi risola\u00bb), \u00abOynayi Iskandariy\u00bb (\u00abIskandar oynasi\u00bb), \u00abRavzati \u015euhado\u00bb (\u00ab\u015eahidlar bo\u011fi\u00bb) axloqqa va komil insonni tarbiyala\u015fga oid \u00abAxloqi Muhsiniy\u00bb, \u00abAnvari Suhayli\u00bb, \u00abRisolati Xotamiya\u00bb, \u00abFutuvvatnomai Sultoniy\u00bb kabi asarlari saqlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u015fifiyning \u00abAxloqi Muhsiniy\u00bb kitobi fors tilida yozilgan, odob-axloqqa doir asardir.\u00a0 Sulton Husayn Boyqaro va \u00f6\u011fli Muhsinga ba\u011fi\u015flangan. Ko\u015fifiyning ijtimoiy-axloqiy qara\u015flari b\u00f6yi\u00e7a yirik tadqiqot\u00e7ilardan biri X.Aliqulov ta\u02bckidlaganidek: \u00abKo\u015fifiyning turli manbalarda qayd etilgan asarlarining ayrimlari Moskva, Leningrad, To\u015fkent kutubxonalarida, Abu Rayhon Beruniy nomidagi \u015earq\u015funoslik instituti q\u00f6lyozmalar fondida hamda bir qan\u00e7a \u00e7et el kutubxona va muzeylarida saqlanmoqda\u00bb [1:55].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Husayn Voiz Ko\u015fifiyning \u00abRisolayi Xotamiya\u00bb asari 1883-yilda Parijda \u015earl \u015eefer tomonidan na\u015fr qilingan, asar keyin\u00e7alik Eronda ham \u00e7op etilgan. Risola kiri\u015f qismi, ikki bob va xulosadan iborat b\u00f6lib, unda \u015fe\u02bcriy tu\u015fun\u00e7a, nazmning turli janrlari haqida s\u00f6z boradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Tadqiqot metodologiyasi.<\/strong> Ko\u015fifiyning qator ilmiy, adabiy, diniy, falsafiy asarlari qatorida \u015earq xalqlari orasida ma\u015fhur b\u00f6lgan kitobi \u00abAnvari Suhayli\u00bbdir. U\u015fbu kitob Eron va Hindiston va qator mamlakatlarda \u00e7op etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00abKitobning kiri\u015f qismida aytili\u015fi\u00e7a, Ko\u015fifiy A.Nasrulloning \u00abKalila va Dimna\u00bb asarini qayta i\u015flab, unga k\u00f6pgina hikoyalar, maqol va matallar, \u00f6z zamonasi \u015foirlarining \u015fe\u02bcrlaridan kiritgan\u00bb [1:56]. Asarda insoniylik yuksak fazilat sifatida ta\u02bcriflanadi hamda saxiylik, mehr\u2013muruvvat, xalq \u011fami bilan ya\u015fa\u015f, kamtarlik kabi fazilatlar ulu\u011flanadi. Allomaning u\u015fbu asari Eron oliygohlarida axloq ilmi b\u00f6yi\u00e7a talabalarga darslik sifatida q\u00f6llanilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayniqsa, Tehronda tahsil olayotgan talabalar kitobdan asosiy q\u00f6llanma sifatida foydalangan. Hindistonda esa Ko\u015fifiyning \u00abAnvari Suhayli\u00bb kitobi davlat muassasalariga i\u015fga kiruv\u00e7ilarga darslik sifatida tavsiya etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Professor X.Aliqulov Ko\u015fifiyning asarlari b\u00f6yi\u00e7a juda k\u00f6p tojik olimlari izlani\u015f qilganini qayd etadi. Xususan, \u00f6zi \u00abAnvari Suhayli\u00bb asarining 8-bobidagi\u00a0\u00a0 voqealar mazmunini o\u00e7ib beri\u015fga harakat qiladi. Muallif, Ko\u015fifiyning \u00abAnvari Suhayli\u00bb kitobidagi\u00a0 fikrlarni nafaqat \u00f6zi ya\u015fagan davr u\u00e7un,\u00a0 balki bugungi kunimiz u\u00e7un ham naqadar katta ahamiyatga ega ekani haqida fikr bildiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Quyida Ko\u015fifiy asarlaridan ba\u02bczilari haqida, ularni fan sohalariga ajratgan holda, qisqa\u00e7a ma\u02bclumot beri\u015fni lozim topdik:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>1.Qur\u02bcon ilmiga doir:<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u015fifiyning bu sohadagi asarlarini ikki turga b\u00f6li\u015f mumkin:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tafsirlar:<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00abJavohir at-tafsir li tuhfat al-Amir\u00bb; 2. \u00abMuxtasar al-javohir\u00bb; 3. \u00abJome as-sittiyn yo tafsiri surai Yusuf\u00bb; 4. \u00abMavohibi Aliyya\u00bb; 5. \u00abTafsiri oyati faroiz\u00bb.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">b) Qur\u02bcon \u00f6qi\u015f qoidalariga doir risola (tajvid).<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00abNaqovat fi odob at-tilovat\u00bb \u2014 Ko\u015fifiyning u\u015fbu asari tilovat qoidalariga ba\u011fi\u015flangan, tarkibiy jihatdan muqaddima va u\u00e7ta maqoladan iborat, yagona q\u00f6lyozmasi Qohirada saqlanadi.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>2.Hadis ilmiga doir:<\/em><\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00abRisolat al-oliyya fil ahodis an-nabaviyya\u00bb \u2014 Muhammad pay\u011fambar (s.a.v.) ning diniy marosimlarga tegi\u015fli hadislardan 40 tasini\u00a0 \u00f6z i\u00e7iga olgan \u00a0\u00a0\u00a0risola (fors tilidagi).<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>3.Tasavvufga doir:<\/em><\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00abFutuvvatnomai sultoniy\u00bb \u2013 javonmardlik (saxovatpe\u015falik)ka oid risola (fors tilidagi).<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Tahlil va natijalar.<\/strong> Jamiyatni erkinla\u015ftiri\u015f jarayonining jamiyat va har bir inson hayotiga ta\u02bcsiri nuqtai nazaridan tahlil qilar ekanmiz, ta\u02bckidla\u015f lozimki, u\u015fbu jarayon ziddiyatli tarzda namoyon b\u00f6ladi. Gap \u015fundaki, erkinlik inson hayotiga turli\u00e7a ta\u02bcsir k\u00f6rsatadi. Erkinlik ham jamiyat, ham inson hayotida tartibotdan tartibsizlikni keltirib \u00e7iqari\u015fi mumkin. Erkinlikni jamiyat a\u02bczolari tomonidan turli\u00e7a qabul qilini\u015fini tahlil qilar ekan, Karl Popper \u00abErkinlikning miqyosini o\u015fi\u015fi, ku\u00e7li insonni ku\u00e7siz inson ustidan z\u00f6ravonlik \u00f6rnati\u015figa olib keladi\u00bb, [2: 84] deb ta\u02bckidlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">X\u00f6\u015f, erkinlik aslida nima? Insonning \u00f6z istagi b\u00f6yi\u00e7a i\u015f tuti\u015fi erkinlikdir. Bu tu\u015fun\u00e7a huquq\u015funoslik, siyosat\u015funoslik, etika, estetika kabi ijtimoiy bilim sohalarida keng i\u015flatiladi. Vijdon erkinligi, s\u00f6z erkinligi, matbuot erkinligi va hokazo. Erkinlik \u2013 bo\u015fbo\u015fdoqlikni emas, jamiyatdagi muayyan tartibni ifodalaydi. U insonning jamiyat oldidagi vazifani bajari\u015fni ixtiyoriy tanla\u015fidir. Erkinlik insonning siyosiy, ma\u02bcnaviy ta\u02bcqibdan, z\u00f6ravonlikdan himoyalanganini bildiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Akademik M.Xayrullayev ta\u02bcbiri bilan aytganda: \u201cAql mavzusi \u00f6rta asr falsafasi u\u00e7un xos b\u00f6lgan spetsifik masala \u2013 haqiqatning ikki tomoni yoki ikki xil haqiqat masalasi bilan uzviy bo\u011fliqdir. Bu mavzuga \u015fu qadar e\u02bctibor berili\u015fi dunyoviy madaniyat taraqqiyotining ana \u015fu masalani hal eti\u015fga ehtiyoji ku\u00e7li, \u015fu bilan birga, \u00f6\u015fa davrdagi tabiiy-ilmiy bilimlar rivoji aql temasidek murakkab falsafiy masalani hal eti\u015f bilan bo\u011fliq ekanini k\u00f6rsatadi\u00bb [7:22].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Erkinlikdan \u00f6z \u00f6rnida, ijobiy foydalani\u015f hammada ham bir xil amalga o\u015fmasligi mumkin. Inson erkinligi obyektiv \u015fart-\u015faroit va vaziyatga bo\u011fliqdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U mavhum emas, u doimo konkretdir. \u015eaxs muayyan \u015faroit va vaziyatda tayin imkoniyatga tayanib, aniq maqsadga eri\u015fadi. Ammo \u015faroit, vaziyat va imkoniyatlarga hamma ham bir xil ega b\u00f6lmasligi mumkin. Maqsadga eri\u015fi\u015fda kimgadir \u015fart-\u015faroit, kimgadir maqsadga eri\u015fi\u015f vositasi, kimgadir imkoniyat yeti\u015fmay qoladi. Muayyan vaziyatda va \u015fart-\u015faroitda kimdir maqsadga eri\u015fi\u015f u\u00e7un yerkinlikka ega b\u00f6li\u015fi, kimdir undan mahrum b\u00f6li\u015fi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015eaxs erkinligini o\u015firuv\u00e7i omillarga u egallagan bilim va tajriba kiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom ta\u02bclimotida insonga erkin b\u00f6li\u015fi u\u00e7un aql-idrok berilgan deb aytiladi. Husayn Voiz Ko\u015fifiy islomdagi iroda erkinligini \u015farhlab, insonga berilgan aql-idrok unga \u00f6z xatti-harakatida yax\u015filik va yomonlikni, halol va haromni, savob va gunohni, t\u00f6\u011fri yoki egri y\u00f6lni tanla\u015f erkinligini berdi, bizning kelajagimiz \u015fu y\u00f6llardan qay birini tanlay oli\u015fimizga bo\u011fliq, deb uqtirgan. Inson erkin ongli faoliyati bilan hayvondan farq qiladi. Hayvonlar \u015fart-\u015faroit va vaziyatga qaramdir. Inson esa ongli ravi\u015fda maqsadga eri\u015fi\u015f y\u00f6lini izlaydi. Jamiyat va undagi\u00a0 me\u02bcyorlar, insonning i\u00e7ki dunyosi va ma\u02bcnaviy borli\u011figa qanday ta\u02bcsir \u00f6tkazi\u015fi ham k\u00f6p jihatdan insonning \u00f6ziga bo\u011fliq. Masalan, quldorlik tuzumida ya\u015fab ham inson ruhan, ma\u02bcnan ozod b\u00f6li\u015fi yoki erkin demokratik jamiyatda ya\u015fab ham erkinlikni his qilolmasligi, undan t\u00f6\u011fri foydalana olmasligi mumkin. Bugungi kunda dunyoning ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy va siyosiy manzarasiga e\u02bctibor qaratadigan b\u00f6lsak, u\u015fbu sohalarning bar\u00e7asida beqarorlik, xaos ku\u00e7ayib borayotganini kuzati\u015fimiz mumkin. Fikrimiz\u00e7a, yuqorida sanab \u00f6tilgan sohalarda kuzatilayotgan tartibsizlik va beqarorliklar bar\u00e7asining asosida inson erkinligi, insonning erkin tanlovi turibdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00ab\u00d6rta asr \u015earq mutafakkirlarining falsafiy ta\u02bclimotida ijtimoiy-axloqiy paradigma (Husayn Voiz Ko\u015fifiy, Jaloliddin Davoniy asarlari misolida)\u00bb\u00a0 mavzusida jami 572 nafar respondent i\u015ftirokida sotsiologik s\u00f6rovnoma \u00f6tkazildi (sotsiologik tadqiqot dasturi va s\u00f6rovnoma savollari \u00d6zMU \u201cSotsiologiya\u201d kafedrasining 2023-yil 19-apreldagi 18-sonli yi\u011fili\u015f bayonnomasi bilan tasdiqlangan). \u00d6tkazilgan sotsiologik tadqiqot natijalari maxsus dasturlar orqali tahlil etildi. Tadqiqot natijalarini tahlil etgan holda, quyidagi diagramma va gistogramma holatlarining natijalarini\u00a0 k\u00f6ri\u015fimiz mumkin:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>1-rasm.<\/strong> \u201cHusayn Voiz Ko\u015fifiyning qaysi asari keyingi davrlarda yozilgan tafsirlarga ta\u02bcsiri ustuvor deb \u00f6ylaysiz?\u201d Mazmunidagi savol bilan s\u00f6rovnomamiz i\u015ftirok\u00e7ilariga yuzlandik. S\u00f6rovnoma i\u015ftirok\u00e7ilarining 34,8 foizi\u00a0 \u00abJavohir at-tafsir\u00bb degan variantni tanla\u015fgan. 29,4 foiz i\u015ftirok\u00e7i \u00abMuhokamatul lu\u011fatayn\u00bb, respondentlarning 24,5 foizi \u00abAxloqi Muhsiniy\u00bb, 11,4 foizi esa \u00abMavohibi Aliyya\u00bb\u00a0 degan javoblarni belgila\u015fgan. \u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>2-rasm.<\/strong> Respondentlarga sotsiologik s\u00f6rovnoma \u00f6tkazi\u015f mobaynida quyidagi \u00abSizning\u00e7a, axloqning paydo b\u00f6li\u015fida nima muhim rol \u00f6ynaydi?\u00bb degan \u00a0savol bilan yuzlandik. Respondentlarning eng k\u00f6pi 37,8% \u00abSubyektiv iroda\u00bb, 25,5% \u00abSubyektning ehtiyojlari\u00bb, \u00a020,8% esa \u00abI\u015ftiyoq\u00bb, 15,9% esa subyektning xohi\u015f-istaklari degan javob variantlarini belgila\u015fganini k\u00f6ri\u015fimiz mumkin. \u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00abInsoniyatning nimaga qodirligi, uning kelajak taqdirini oldindan aniqlab, ba\u015forat qilib b\u00f6lmaydi, \u00e7unki oxir-oqibat bar\u00e7asi uning erkin tanloviga bo\u011fliq b\u00f6lib qoladi\u00bb [3:14]. Inson har doim tanla\u015f erkinligiga egaligidan uning ma\u02bcnaviy, axloqiy kamoloti yuzaga \u00e7iqadi. \u00abJamiyatni erkinla\u015ftiri\u015f jarayoni \u2013bu birin\u00e7i navbatda inson va jamiyat \u00f6rtasidagi munosabatlarni takomilla\u015ftiri\u015fga intili\u015fdir\u00bb [4:11], deb ta\u02bckidlagan edi, siyosat\u015funos olim I. Ramazanov. \u00c7unki erkinla\u015ftiri\u015f jarayonida jamiyatda inson va davlat \u00f6rtasidagi munosabatlar muvofiqla\u015ftirib boriladi. Erkin jamiyat insoniyatning orzusidagi jamiyatdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u015fifiy d\u00f6st va ustoz bilgan Davoniy haqida M.Abidovaning nomzodlik dissertatsiyasida qayd etilgan\u00bb [6:22]. XV asrning yirik allomasi Davoniyning hayoti va ijodi haqidagi ma\u02bclumotlar uning zamondo\u015fi, alloma haqidagi k\u00f6plab ma\u02bclumotlar muallifi, ma\u015fhur tarix\u00e7i Xondamirning \u00abHabib as-siyar\u00bb [7:22] kitobida berilgan. Davoniyning yuksaklikka eri\u015fi\u015fida Samarqand, Hirot ilmiy muhitining ham ta\u02bcsiri katta b\u00f6lgan.\u00a0 Xususan, Abu Toxir X\u00f6janing \u00abAxloqi Muzaffariy\u00bb nomli, \u015eamsiddin Somiyning \u00abQomus ul-allom\u00bb [9:1604] nomli tazkirasida Davoniyning ma\u015fhur alloma ekanligiga i\u015fora qiluv\u00e7i fikrlar va uning risolalari tahlil etilgan. \u00abMuhammad Ali Tabriziy \u00abRayhonat ul-adab\u00bb tazkirasida\u00a0 Davoniy haqida batafsil ma\u02bclumot berib, uning yirik olim, faylasuf, mantiq\u015funos, taniqli \u015foir, ilm-fanda \u00e7uqur bilimga ega b\u00f6lgan \u015faxs ekanini qayd etadi\u00bb [1:56].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jamiyatni erkinla\u015ftiri\u015f jarayoni natijasida inson va jamiyat \u00f6rtasida uzilmas munosabat paydo b\u00f6ladi. \u00c7unki erkinlik inson ma\u02bcnaviy borli\u011fining mohiyatli, ajralmas qismidir. Erkinlik insonning tafakkuriga, ruhiyatiga, irodasiga, axloqiga, butun bir ma\u02bcnaviy olamiga xosdir. Erkin b\u00f6lgan inson erkin b\u00f6lmagan jamiyatda ya\u015far ekan, uning jamiyat bilan b\u00f6ladigan munosabatlarida ziddiyatlar kelib \u00e7iqadi. Jamiyat inson mohiyatini inkor etsa, inson ham unday jamiyatni inkor etadi. \u00c7unki u jamiyatda inson baxt-saodatga eri\u015fa olmaydi. \u015eu sababdan ham davlatimiz intilayotgan fuqarolik jamiyatini \u015fakllantiri\u015f jarayoni bevosita jamiyatni erkinla\u015ftiri\u015f jarayoni bilan birgalikda olib borilmoqda.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ehtiyojlarni qondiri\u015f, yaratuv\u00e7ilik bilan \u015fu\u011fullani\u015f u\u00e7un insonga bilim, amaliy tajriba kerak. \u015eu sababdan unda dunyo sirlarini o\u00e7i\u015fga qiziqi\u015f, intili\u015f bor. U jamiyatda \u00f6z \u00f6rnini faqat tarbiyalanuv\u00e7i, passiv \u015faxs sifatida topolmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U doimo izlani\u015fda, ya\u02bcni amaliy-aqliy va zarur hollarda ilmiy izlani\u015fda b\u00f6li\u015fi, amaliy faoliyat bilan \u015fu\u011fullani\u015fi kerak. Tabiat ne\u02bcmatlaridan qanday b\u00f6lsa \u015fundayligi\u00e7a emas, ularni \u00f6ziga kerakli tarzda qayta i\u015flab, yangidan yaratib foydalanadi. Inson \u015fu xislati bilan hayvondan farqlanadi. Insonning yaratuv\u00e7anlik xislati ma\u02bclum bir bilimga tayanadi. U butun umri davomida bilimni hayot amaliyotidan va ta\u02bclimdan oladi. Bilimi va tajribasi \u00f6sgani sayin insonning muloqot va faoliyat doirasi kengayib boradi. Bu esa \u00f6z navbatida insonning erkinlik darajasini yuksaltiradi, faoliyat doirasini kengaytiradi, yaratuv\u00e7ilik salohiyatini ku\u00e7aytiradi. Bilim va tajriba birin\u00e7i navbatda insonning tabiatga va qisman mai\u015fiy, kasbiy jihatdan muhitga bevosita qaramligini kamaytiradi, jamoadagi mavqeyini k\u00f6taradi. Bundan ta\u015fqari, jamiyat rivojlani\u015fi jarayonida u insonga yangi imkoniyatlar yaratadi, jumladan, uning erkinlik darajasini o\u015firib boradi. Bilim va tajribasi yuqori ki\u015fi jamiyat bergan imkoniyatlardan t\u00f6laroq foydalana oladi, bilimi, saviyasi past ki\u015fi hatto \u00f6z haq-huquqidan ham foydalana olmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U\u015fbu holatni alohida \u015faxsga nisbatan emas, butun jamiyatga nisbatan q\u00f6llasak, muammo ijtimoiy ong va demokratik erkinliklar, inson huquqlari rivojlani\u015fining ma\u02bcnaviyat yuksali\u015figa ta\u02bcsiri sifatida namoyon b\u00f6ladi. Ijtimoiy ong rivojlani\u015fi, bir tomondan, jamiyatning moddiy-iqtisodiy, ikkin\u00e7i tomondan, ta\u02bclim-tarbiya tizimi rivojlani\u015fi bilan bo\u011fliq. Ta\u02bclim va tarbiya bir-birini t\u00f6ldiruv\u00e7i tu\u015fun\u00e7alardir. \u00ab\u015eu \u00f6rinda Abdulla Avloniyning tarbiya biz u\u00e7un yo hayot \u2013 yo mamot, yo najot \u2013 yo halokat, yo saodat \u2013 yo falokat masalasidur, degan s\u00f6zlarini yana bir bor esla\u015f lozim\u00bb [5:233].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Insonning qalbi va ongiga jo b\u00f6lgan milliy ma\u02bcnaviy-axloqiy me\u02bcyorlar, qara\u015flar uni butun umri davomida halol, pok, bilimli, xalq xizmatida b\u00f6li\u015fga, Vatan ravnaqi hamda taraqqiyotiga hissa q\u00f6\u015fi\u015fga, \u00f6zining ongli va erkin mu\u015fohada qiluv\u00e7i \u015faxs sifatida kamol topi\u015figa muttasil unda\u015fi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015euning u\u00e7un ham \u00abBiz \u00f6z oldimizga mamlakatimizda U\u00e7in\u00e7i Renessans poydevorini barpo eti\u015fdek ulu\u011f maqsadni q\u00f6ygan ekanmiz, buning u\u00e7un yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulu\u011fbeklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va \u015faroitlarni yarati\u015fimiz kerak\u00bb [9] \u2014 degan ulkan maqsadlarni belgilab oldik. Bunda, avvalo, ta\u02bclim va tarbiyani rivojlantiri\u015f, so\u011flom turmu\u015f tarzini qaror toptiri\u015f, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettiri\u015f milliy \u011foyamizning asosiy ustunlari b\u00f6lib xizmat qili\u015fi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vatanimiz kelajagi b\u00f6lgan yo\u015flarga hozirgi zamon talablari darajasida bilim va tarbiya beri\u015f, ularni yuksak ma\u02bcnaviyatli, mustaqil fikrlaydigan, har qanday salbiy ta\u02bcsirlarga nisbatan bardo\u015fli qilib voyaga yetkazi\u015f \u2013 bugungi kun ta\u02bclim muassasalarining asosiy vazifasidir, \u00e7unki faqat ana \u015funday insonlargina kelajakda yuksak ma\u02bcnaviyatli, erkin jamiyat poydevorini yarata oladi. Milliy ma\u02bcnaviyatimiz an\u02bcanalarida \u015faxs ma\u02bcnaviyatining asosiy jihatlari \u2013 axloq, iymon-e\u02bctiqod, jamoaviylik, ilm, mas\u02bculiyat, mehr-oqibat \u00f6zaro uy\u011funligi masalasi ustuvor y\u00f6nali\u015f ekanligi ma\u02bclum. Muayyan tarixiy sabablarga k\u00f6ra \u011earb ta\u02bclim-tarbiya tizimida ayni \u015fu \u00f6zaro mutanosiblikka yetarli e\u02bctibor qaratilmadi. Natijada, bugungi kunga kelib, u\u015fbu mintaqada ma\u02bcnaviy-axloqiy sohada juda o\u011fir muammolar kelib \u00e7iqmoqda: individualizm odamlarni bir-biridan va jamiyatdan begonala\u015fib borayotgani, \u015faxs hayotida virtualla\u015fi\u015fning ku\u00e7ayi\u015fi, boylik orttiri\u015f hirsi, iste\u02bcmol\u00e7ilik psixologiyasi \u00f6sib borayotganligi turli jinslar \u00f6rtasidagi munosabatlarda an\u02bcanaviy qadriyatlar, me\u02bcyorlar deformatsiyaga olib kelmoqda.\u00a0 Takror ayti\u015fga t\u00f6\u011fri keladi \u2013 ota-onalar, ustoz-murabbiylar bu masalada hu\u015fyorlikni y\u00f6qotmaslik, yo\u015flar tarbiyasida aslo beparvo b\u00f6lmaslik zarur. Dunyo tajribasi \u015funi k\u00f6rsatadiki, yo\u015flarni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazi\u015f u\u00e7un sarflangan sarmoya jamiyatga \u00f6n, yuz barobar k\u00f6p foyda keltiradi.\u00a0 \u201cXalq boy b\u00f6lsa, davlat ham boy b\u00f6ladi\u201d \u015fiori ostida tadbirkorlik subyektlari u\u00e7un ham keng imkoniyatlar yaratib berildi. Insonlar huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltiri\u015f, so\u011flom turmu\u015f tarzini joriy eti\u015f, ularning mai\u015fiy turmu\u015fini yax\u015fila\u015f u\u00e7un bir qan\u00e7a amaliy i\u015flar qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Xulosa va takliflar. <\/strong>Xulosa \u00f6rnida \u015funi ayti\u015f joizki, inson erkinligi va huquqlarining \u00f6si\u015fi uning tafakkuri, ta\u015fabbuskorligi, yaratuv\u00e7anligi yuksali\u015figa hamda dunyoqara\u015fining kengayi\u015figa, keng imkoniyatlarning yaratili\u015fi jamiyatimizdagi ma\u02bcnaviy muhitning yax\u015filani\u015figa, ijodkorlik, yaratuv\u00e7anlik qobiliyatining \u00f6si\u015figa zamin b\u00f6lmoqda. Demak, bularning ta\u02bcsirida jamiyat ma\u02bcnaviy hayoti\u00a0 g\u00f6zalla\u015fib, boyib boraveradi. Bu esa ma\u02bcnaviyatning tizim sifatida yanada barqarorla\u015fi\u015fini hamda rivojlani\u015fini ta\u02bcminlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Husayn Voiz Ko\u015fifiy ma\u02bcnaviy merosida diniy tasavvurlarning milliy qadriyatlariga sinkretla\u015fuv xususiyatlarini falsafiy jihatdan tadqiq eti\u015f maqsadida,\u00a0 \u015earq falsafiy tafakkur taraqqiyotida voqelik va inson konsepsiyasining genezisi hamda \u015fakllani\u015f jarayonining umumiy va alohida jihatlari eramizdan avvalgi \u015fakllangan ilk diniy-falsafiy ta\u02bclimotlar mifologik tafakkurdan bo\u015flab, tizimla\u015fgan zardu\u015ftiylik, buddaviylik, nasroniylik, moniylik, yahudiylik va islom kabi e\u02bctiqodlar mamlakatimiz hududlarida mavjud tarixiy \u015faroitlarda k\u00f6pgina xalqlar, millatlar va elatlarning ijtimoiy-falsafiy ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy, diniy-e\u02bctiqodiy dunyoqara\u015flarini belgilab bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markaziy Osiyoning islom ma\u02bcnaviyati bilan boyigan, yangi madaniyat \u015fakllana bo\u015flagan davri IX-XII asrlarga t\u00f6\u011fri keladi. Bu davr axloqiy paradigmasi \u015fariat, tasavvuf, diniy ta\u02bclimotlar, xususan, \u011foyalarida yetak\u00e7i mavzuga aylani\u015fi, i\u00e7ki ma\u02bcnaviy-ruhiy k\u00f6tarili\u015f, yuksali\u015f yordamida eri\u015fuv va uning sifatlariga muyassar b\u00f6li\u015figa qaratilgan faoliyat evolyutsiyasi sifatida \u00f6z takomilini islom diniy-falsafiy \u011foyalarida namoyon etdi. Husayn Voiz Ko\u015fifiy XV asr Xuroson va Movarounnahr diniy-axloqiy qara\u015flari bilan nafaqat bir tarmoqqa xizmat qilgan, balki allomaning asarlari \u00f6\u015fa davr u\u00e7un k\u00f6p fanlarga \u00f6quv q\u00f6llanma vazifasini bajargan. Ko\u015fifiyning ilmiy merosi tarmoq va fanlar kesimida \u00f6rganilmagan b\u00f6lsa-da, qator sohalarning rivojlani\u015figa katta hissa q\u00f6\u015fgan.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR R\u00d6YXATI:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Aliqulov X. Falsafiy meros va ma\u02bcnaviy-axloqiy fikr rivoji. Falsafa va huquq instituti. \u2013 To\u015fkent. 2009-y. B. 55\u201356.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Karl Popper. Otkr\u044btoye ob\u0449yestvo i yego vragi. \u2013 M., Kulturnaya Initsiativa, 1992. S.84<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Kiselov G. Svoboda i evolyutsiya \/\/ Vopros\u044b filosofii, 2005, \u2013 \u211610. \u2013 S. 14.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ramazonov I., M\u00f6minov E. \u201cPolitologiya\u201d \u2013 To\u015fkent: Adolat, 1997. B. 11.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">T\u00f6rayev B., Erga\u015feva M. va bo\u015fqalar. Sinergetika. \u2013 To\u015fkent: Navr\u00f6z,<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u2013 B. 233.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Usmanova O. Axlaki Muxsini Vaiza Ka\u015fifi. Vvedeniye v izu\u00e7eniye pamyatnika XV v., perevod, istoriko-filologi\u00e7eskiy kommentariy: Avtoref. dis&#8230; kand. filol. nauk. \u2013 T., 1984. \u2013 22 s.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Xamru\u015f A.A. U\u00e7eniye o gosudarstve i prave v srednevekovoy arab-musulmanskoy kulture i filosofskoy traditsii. Avtoreferat dissertatsii na soiskaniye stepeni kandidata filosofskix nauk. MGU-1981 g. 22 s.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u015eamsuddin Somiy. Qomus al-a\u02bclom. \u2013 Istanbul: Mehron matbaasi, 1891. \u2013 B. 1604.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><em>9<\/em><em>. <\/em><a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/4057\">https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/4057<\/a>.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sarvar NI\u015eONOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0To\u015fkent Kimyo xalqaro universiteti dotsent v.b.,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">falsafa fanlari b\u00f6yi\u00e7a falsafa doktori (PhD)<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong>\u201cImom Buxoriy saboqlari\u201d jurnali 2025-yil 3-sonidan olindi.<\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kiri\u015f. Jahonning k\u00f6plab rivojlangan mamlakatlarida amalga o\u015firilayotgan yetak\u00e7i ilmiy-falsafiy tadqiqotlar obyekti aynan Markaziy Osiyo mintaqasida mujassam b\u00f6lib, eng qadimiy, rang-barang o\u011fzaki hamda yozma madaniyatning ilmiy jihatlariga oid tadqiqotlarni amalga o\u015firmoqda. XXI asr madaniy muloqot tendensiyasi \u011earb va \u015earqdagi bir-birini t\u00f6ldiruv\u00e7i umuminsoniy qadriyatlar b\u00f6li\u015fi qatorida, ma\u02bclum millat va elatning buyuk ilmiy merosini e\u02bctirof etadi. Jahon ilm-faniga &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":54320,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54316"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=54316"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54316\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":54321,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54316\/revisions\/54321"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/54320"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=54316"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=54316"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=54316"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}