{"id":54291,"date":"2026-11-16T14:49:14","date_gmt":"2026-11-16T09:49:14","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54291"},"modified":"2026-11-16T14:49:14","modified_gmt":"2026-11-16T09:49:14","slug":"tinclik-va-taraqqiyot-kafolati-bolgan-bagrikenglikning-tarix-va-bugungi-kundagi-uygunligi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54291&lang=oz","title":{"rendered":"TIN\u00c7LIK VA TARAQQIYOT KAFOLATI B\u00d6LGAN BA\u011eRIKENGLIKNING TARIX VA BUGUNGI KUNDAGI UY\u011eUNLIGI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Insoniyat tarixiga nazar solganda, tin\u00e7lik va taraqqiyotga eri\u015fi\u015f y\u00f6lidagi eng muhim omillardan biri ba\u011frikenglik ekani yaqqol k\u00f6zga ta\u015flanadi. Turli millat, din, til, madaniyat va dunyoqara\u015f vakillari \u00f6zaro hurmat va hamjihatlik asosida ya\u015fagan jamiyatdagina barqarorlik, ijtimoiy i\u015fon\u00e7 va bunyodkorlik u\u00e7un mustahkam zamin yaratiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cBa\u011frikenglik\u201d tu\u015fun\u00e7asi insonning \u00f6z e\u02bctiqodi va qadriyatlarini saqlagan holda bo\u015fqalarning ham qadr-qimmati, huquqlari, erkinliklari va tanlovini hurmat qili\u015fini anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dini insoniyatga asl muruvvatni, dindo\u015flar va bo\u015fqa e\u02bctiqod vakillariga hurmat-ehtirom va ba\u011frikenglik bilan munosabatda b\u00f6li\u015fni \u00f6rgatadi. Pay\u011fambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu borada butun ba\u015fariyatga ibrat-namuna b\u00f6lganlar. Madinaga hijrat qilganlarida, u yerdagi ahli kitobdan b\u00f6lgan q\u00f6\u015fnilari bilan yax\u015fi munosabat \u00f6rnatganlar. Ularga hadya berib, \u00f6zlari ham qabul qilganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarixiy manbalar tin\u00e7lik va barqarorlik hukm surgan musulmon jamiyatlarida musulmon b\u00f6lmaganlarning huquqlari ta\u02bcminlanganiga guvohlik beradi. Bunga juda k\u00f6p misollar bor. Deylik, Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Baytul Maqdisda ya\u015faydiganlarga omonlik bergan va ularning huquqlari saqlani\u015figa kafil b\u00f6lgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu haqdagi ibratli misollardan yana biri m\u00f6minlar amiri Abdulloh ibn Umarning Iliyo ahlini tin\u00e7-omon qoldirganidir. Ularning joni va moliga, ibodatxonalariga, kasal va so\u011flom odamlariga, xullas, bar\u00e7aga omonlik bergan. Ibodatxonalar buzilmagan va zarar k\u00f6rmagan. Mol-mulkdan biror narsaga teginilmagan. He\u00e7 kim \u00f6z dinidan qayti\u015fga majburlanmagan va zulm k\u00f6rmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islomning ba\u011frikenglik dini ekani ayniqsa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning \u015faxsiy namunalari orqali yax\u015fi anglanadi. Zero, pay\u011fambarning asosiy vazifasi odamlarning bu dunyodagi hayotini yengilla\u015ftirib, oxiratda esa abadiy rohat makonidan \u00f6rin oli\u015figa yordam beri\u015fdir. \u015eu bois dinimiz asosi \u2013 Qur\u02bconi karim va hadisi \u015fariflarda ba\u011frikenglik tar\u011fib qilingan. Pay\u011fambarimiz sollallohu alayhi vasallam k\u00f6plab hadislarida \u00f6zga din vakillariga ham insoniylik yuzasidan yax\u015fi muomalada b\u00f6li\u015fga da\u02bcvat etganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yodingizda b\u00f6lsa, hijratning t\u00f6qqizin\u00e7i yili Najron vakillari Abulhoris bo\u015f\u00e7iligida Madinaga el\u00e7i b\u00f6lib borgan va Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kirgan. Bu ta\u015frif davomida \u00f6z rasmiy diniy libosini kiyib, Pay\u011fambar alayhissalom bilan masjidda u\u00e7ra\u015fgan. Muloqot yakunlanganidan s\u00f6ng, u zotdan \u00f6z ibodatini ado eti\u015f u\u00e7un ruxsat s\u00f6ragan. Nabiy sollallohu alayhi vasallam ularga Madina masjidida buning u\u00e7un \u015faroit yaratib berganlar. \u015eunday qilib, ular musulmonlar masjidida Baytul Maqdisga yuzlangan holda ibodatini ado etgan. Bu tarixiy voqeani har bir musulmon bili\u015fi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oi\u015fa roziyallohu anhodan rivoyat qilinadiki, Pay\u011fambarimiz sollallohu alayhi vasallam vafot eti\u015flaridan oldin bir yahudiyga \u00f6z sovutlarini garovga berib, evaziga 30 so\u02bc arpa sotib olganlar. Oi\u015fa onamiz roziyallohu anho bu voqeani u zotning ba\u011frikenglik borasida ummatga k\u00f6rsatgan eng katta ta\u02bclimi deb baholagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jamiyatda tin\u00e7lik va ba\u011frikenglikning asosiy natijalaridan biri odamlar tasavvuri va e\u02bctiqodi turli\u00e7a b\u00f6li\u015figa qaramasdan tin\u00e7-totuv ya\u015fa\u015fidir. Ular turli fitnalardan uzoq b\u00f6lgan holda \u00f6zaro i\u015fon\u00e7 va xotirjamlikda hayot ke\u00e7iradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhojir va ansorlarni bir-biriga birodar qilib q\u00f6ygan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam islom ummati u\u00e7un namuna b\u00f6ladigan katta meros qoldirganlar. Madina yahudiylariga tin\u00e7-totuv ya\u015fa\u015fi u\u00e7un kafolat b\u00f6ladigan maktub yozdirib berganlar. Hudaybiya kuni muqarrar jang arafasida musulmonlar bilan quray\u015fliklar orasida adovat olovini \u00f6\u00e7irib, uru\u015fning oldini olganlar. \u00d6\u015fanda quray\u015fliklar bilan sulh tuzilgan. Tarix zarvaraqlarida bunday voqealar, yuqorida aytganimizdek, juda k\u00f6p.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yana bir ibrat voqeani esga olaylik. Movarounnahrlik alloma Abdulloh ibn Muborakning yahudiy q\u00f6\u015fnisi b\u00f6lardi. Abdulloh \u00f6z bolalarini ovqatlantiri\u015fdan oldin \u00f6\u015fa kamba\u011fal q\u00f6\u015fnisinikiga taom \u00e7iqarar, \u00f6z farzandlarini kiyintiri\u015fdan oldin \u00f6\u015fa yahudiyning bolalariga kiyim-ke\u00e7ak olib berardi. Odamlar yahudiyning oldiga borib: \u201cHovlingni bizga sotgin\u201d, deganda, u: \u201cIkki ming dinorga sotaman. Aslida uning narxi ming dinor. Keyingi mingi esa Ibn Muborakka q\u00f6\u015fni b\u00f6lganim u\u00e7undir\u201d, deydi. Keyin\u00e7alik \u00f6\u015fa yahudiy Abdullohning duosi \u015farofatidan islomga kirgan. Demak, k\u00f6nglida adovat b\u00f6lmagan, birovga zarari tegmaydigan ki\u015filar bilan yax\u015fi muomalada b\u00f6lib, ular bilan dunyoviy i\u015flarda hamkorlik qili\u015fning zarari y\u00f6q ekan. Aksin\u00e7a, foydasi katta b\u00f6larkan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Mansur Moturidiy, Abul Muin Nasafiy, Burhonuddin Mar\u011finoniy kabi yuzlab allomalar musulmonlar orasidagi \u011foyaviy tarafka\u015flikka (tafriqaga) barham beri\u015f va odamlarga islom dinining asl mohiyatini yetkazi\u015fdek o\u011fir va ma\u015faqqatli i\u015fga ulkan hissa q\u00f6\u015fgan. Ular islomiy ba\u011frikenglik ruhini yoyi\u015f borasida ham katta xizmat k\u00f6rsatgan \u2013 diyorimizdan yeti\u015fib \u00e7iqqan allomalar asarlarida diniy ba\u011frikenglik bilan bo\u011fliq qadriyatlar tar\u011fib qilingan \u011foyalarni k\u00f6p u\u00e7ratamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Masalan, buyuk alloma, moturidiya aqidaviy y\u00f6nali\u015fi asos\u00e7isi Abu Mansur Moturidiy \u00f6zining \u201cTa\u02bcvilotul Qur\u02bcon\u201d asarida Haj surasining 40-oyati tafsirini bayon qilar ekan, \u201c\u00c7erkov va sinagogalarni (\u00e7erkov \u2013 nasroniylar ibodatxonasi, sinagoga \u2013 yahudiylarniki) vayron qili\u015f man etiladi. Bu masalada ilm ahli orasida ixtilof y\u00f6qdir\u201d, deydi. \u015euning u\u00e7un ham musulmonlar hukmron b\u00f6lib ya\u015fagan yurtlarda, \u00f6n t\u00f6rt asr \u00f6tgan b\u00f6lsa hamki, \u00e7erkov va sinagogalar bugungi kunga\u00e7a saqlanib qolgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqandlik ulu\u011f faqih, buyuk mufassir Abu Lays Samarqandiy \u201cBahrul ulum\u201d deb nomlangan tafsir kitobida Mumtahana surasining 8-9-oyatlarini \u015farhlab, bunday yozgan: \u201cSiz bilan din borasida uru\u015f qilmagan \u00f6zga din vakillari bilan bordi-keldi qilavering, \u00e7unki Alloh taolo: <strong>\u201cSizlar bilan din borasida uru\u015fmaganlarga yax\u015filik qili\u015fingizga, ularga nisbatan adolatli b\u00f6li\u015fingizga he\u00e7 qanday mone\u02bclik y\u00f6q\u201d<\/strong>, deb marhamat qilgan\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Movarounnahrlik yana bir ma\u015fhur faqih, mufassir Abul Barakot Nasafiy \u201cMadorikut tanzil\u201d deb nomlangan tafsirida mazkur oyatga: \u201c\u00d6zga din vakillariga ehtirom k\u00f6rsating, ularga s\u00f6zda ham, amalda ham yax\u015filik qiling\u201d, deb \u015farh bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Burhonuddin Mar\u011finoniy \u201cHidoya\u201d asarida musulmonlar diyorida \u00e7erkov va ibodatxonalar buzilib ketgan b\u00f6lsa, ularni qaytadan tikla\u015f joizligini alohida aytib \u00f6tgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yurtimizda qadimdan bo\u015fqa din vakillari musulmonlar bilan yonma-yon ya\u015fab, jamiyatning ma\u02bcnaviy yuksali\u015figa muayyan hissa q\u00f6\u015fib kelgan. Diniy ba\u011frikenglik namunalarini yurtimizda ya\u015fab \u00f6tgan buyuk ajdodlarimiz hayotida ham k\u00f6ri\u015fimiz mumkin. Buyuk sarkarda Amir Temurning q\u00f6\u015fini tarkibida yahudiylar va bo\u015fqa dinga mansub b\u00f6lgan askarlar ham xizmat qilgan. Sohibqironning \u00f6\u011fli Miron\u015foh \u00f6\u015fa paytda Fransiya, Ispaniya va Angliya kabi davlatlar bilan diplomatik aloqalar u\u00e7un mas\u02bcul etib tayinlangan. Hindiston xalqi hozirga\u00e7a Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlarini hurmat bilan tilga oladi. \u00c7unki boburiylar davlatni diniy ba\u011frikenglik asosida bo\u015fqargan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 16\u00a0ta konfessiyaga mansub b\u00f6lgan 2300\u00a0dan ortiq diniy ta\u015fkilot erkin faoliyat yuritmoqda, 130\u00a0dan ziyod millat va elat vakillari istiqomat qilmoqda. Davlat tomonidan 7\u00a0tilda ta\u02bclim oli\u015f imkoniyati yaratilgani, 12\u00a0tilda teleradio dasturlar efirga uzatilayotgani, 14\u00a0tilda gazeta va jurnallar \u00e7op etilayotgani, 157\u00a0ta milliy-madaniy markaz, 38\u00a0ta d\u00f6stlik jamiyati erkin faoliyat yuritayotgani millatlararo totuvlik, dinlararo ba\u011frikenglik va hamjihatlikning amaldagi namunasi hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ba\u011frikenglikning ahamiyati juda katta va k\u00f6p qirrali b\u00f6lib, u jamiyatda tin\u00e7lik, hamjihatlik va \u00f6zaro hurmatni ta\u02bcminlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida keltirilgan ma\u02bclumotlardan quyidagi\u00e7a xulosa qili\u015fimiz mumkin:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211;\u00a0Tarixiy manbalar tin\u00e7lik va barqarorlik hukm surgan musulmon jamiyatlarida \u00f6zga din vakillarining huquqlari ta\u02bcminlanganiga guvohlik beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211;\u00a0Islom ba\u011frikenglik dini ekanini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning \u015faxsiy namunalari orqali t\u00f6liq anglaymiz. Dinimiz asosi b\u00f6lmi\u015f Qur\u02bconi karim va hadisi \u015fariflarda ba\u011frikenglik tar\u011fib qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211;\u00a0Hadislarda Pay\u011fambarimiz sollallohu alayhi vasallam musulmon b\u00f6lmaganlar bilan insoniylik yuzasidan yax\u015fi muomalada b\u00f6li\u015fni tar\u011fib qilganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211;\u00a0Pay\u011fambarimiz sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan oldin bir yahudiyga \u00f6z sovutlarini garovga berib, evaziga 30\u00a0so\u02bc arpa sotib olganlar. U\u015fbu voqea u zotning ba\u011frikenglik borasida ummatga k\u00f6rsatgan eng katta namunalaridan biridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211;\u00a0Yurtimiz zaminidan yeti\u015fib \u00e7iqqan allomalar musulmonlar orasidagi \u011foyaviy tarafka\u015flikka barham beri\u015f va odamlarga islom dinining asl mohiyatini yetkazi\u015fga ulkan hissa q\u00f6\u015fgan. Ulamolarimiz islomiy ba\u011frikenglik ruhini yoyi\u015f y\u00f6lida ham katta xizmat k\u00f6rsatgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211;\u00a0Yurtimizda qadimdan bo\u015fqa din vakillari musulmonlar bilan tin\u00e7-totuv ya\u015fab kelgan. Buyuk ajdodlarimiz hayotida ham diniy ba\u011frikenglik namunalarini k\u00f6ri\u015fimiz mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211;\u00a0Bugungi kunda mamlakatimizda 16\u00a0ta diniy konfessiya erkin faoliyat yuritmoqda hamda 130\u00a0dan ziyod millat va elat vakillari \u00f6zaro tin\u00e7-totuv va hamjihatlikda hayot ke\u00e7irmoqda.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abduvosi \u015eONAZAROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Insoniyat tarixiga nazar solganda, tin\u00e7lik va taraqqiyotga eri\u015fi\u015f y\u00f6lidagi eng muhim omillardan biri ba\u011frikenglik ekani yaqqol k\u00f6zga ta\u015flanadi. Turli millat, din, til, madaniyat va dunyoqara\u015f vakillari \u00f6zaro hurmat va hamjihatlik asosida ya\u015fagan jamiyatdagina barqarorlik, ijtimoiy i\u015fon\u00e7 va bunyodkorlik u\u00e7un mustahkam zamin yaratiladi. \u201cBa\u011frikenglik\u201d tu\u015fun\u00e7asi insonning \u00f6z e\u02bctiqodi va qadriyatlarini saqlagan holda bo\u015fqalarning ham qadr-qimmati, huquqlari, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":54307,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54291"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=54291"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54291\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":54308,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54291\/revisions\/54308"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/54307"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=54291"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=54291"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=54291"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}