{"id":54266,"date":"2026-11-12T12:38:47","date_gmt":"2026-11-12T07:38:47","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54266"},"modified":"2026-11-12T12:38:47","modified_gmt":"2026-11-12T07:38:47","slug":"qadriyatdan-davlat-siyosatigaca","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54266&lang=oz","title":{"rendered":"QADRIYATDAN DAVLAT SIYOSATIGA\u00c7A"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson u\u00e7un e\u02bctiqod \u2014 qalbga daxldor masala. \u015euning u\u00e7un turli e\u02bctiqod vakillarining bir jamiyatda tin\u00e7-totuv ya\u015fa\u015fi faqat qonun yoki siyosat masalasi emas. Bu, avvalo, odamlarning bir-birini tu\u015funi\u015fi, hurmat qili\u015fi va \u00f6zga\u00e7a qara\u015fga ega insonni du\u015fman emas, jamiyatning bir a\u02bczosi sifatida qabul qila oli\u015fi bilan bo\u011fliq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarixga nazar ta\u015flasak, bunday munosabat xalqimiz u\u00e7un mutlaqo yangi qadriyat emasligini k\u00f6ramiz. Movarounnahr asrlar davomida turli madaniyatlar, ilm-fan maktablari va diniy qara\u015flar u\u00e7ra\u015fgan hududlardan biri b\u00f6lgan. Bu zaminda savdo y\u00f6llari bilan birga \u011foyalar, bilimlar va madaniyatlar ham tuta\u015fgan. Turli qara\u015flarning yonma-yon mavjudligi esa jamiyat hayotida \u00f6zaro muloqot va ba\u011frikenglik madaniyatining \u015fakllani\u015figa ta\u02bcsir k\u00f6rsatgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015eu bois diniy ba\u011frikenglikni faqat bugungi kunning siyosiy atamasi sifatida qabul qili\u015f t\u00f6\u011fri emas. Uning ildizlari xalqimizning tarixiy tajribasi, ma\u02bcnaviy qara\u015flari va jamiyatdagi \u00f6zaro munosabatlar madaniyati bilan \u00e7ambar\u00e7as bo\u011fliq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biroq tarixiy an\u02bcananing \u00f6zi yetarli emas. Har bir davr uni yangi mazmun bilan boyiti\u015fi kerak. Mustaqillik yillarida \u00d6zbekistonda aynan \u015fu jarayon yuz berdi: diniy ba\u011frikenglik va vijdon erkinligi umumiy ma\u02bcnaviy qadriyat darajasidan zamonaviy davlat siyosati va huquqiy kafolatlar tizimiga k\u00f6tarildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buning ahamiyatini oddiy bir misolda ham k\u00f6ri\u015f mumkin. Bir jamiyatda turli e\u02bctiqod vakillari ya\u015far ekan, ularning har biri \u00f6z diniga amal qili\u015f, e\u02bctiqodiga k\u00f6ra ya\u015fa\u015f va bo\u015fqalarning huquqlariga hurmat bilan munosabatda b\u00f6li\u015f imkoniyatiga ega b\u00f6li\u015fi kerak. Ana \u015fu muvozanat ta\u02bcminlangan joydagina ijtimoiy totuvlik barqaror b\u00f6ladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vijdon erkinligi ham aynan \u015fu nuqtada muhim ahamiyat kasb etadi. Insonning e\u02bctiqodi uning \u015faxsiy hayotiga daxldor b\u00f6lgani kabi, bo\u015fqa insonning e\u02bctiqodiga hurmat bilan qara\u015f ham jamiyat madaniyatining muhim k\u00f6rsatki\u00e7idir. Demak, ba\u011frikenglik \u2014 \u201chamma bir xil fikrla\u015fi\u201d degani emas. Aksin\u00e7a, turli\u00e7a fikr va e\u02bctiqodlarga ega insonlarning tin\u00e7 va \u00f6zaro hurmat asosida ya\u015fay oli\u015fidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asl mohiyatni soxta da\u02bcvolardan ajrata bili\u015f esa bugungi axborot muhitida ayniqsa muhim. Zero, bugun inson diniy ma\u02bclumotni faqat masjid, kitob yoki ustozdan emas, internetdan ham olyapti. Bir qara\u015fda oddiy k\u00f6ringan videolavha, qisqa audio yoki ijtimoiy tarmoqdagi post ortida qanday maqsad turganini har doim ham anglab b\u00f6lmaydi. Ayniqsa, diniy bilimi hali \u015fakllanib ulgurmagan yo\u015flar u\u00e7un bu muhitda t\u00f6\u011fri manbani tanla\u015f oson emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Masalaning yana bir nozik tomoni \u015fundaki, radikal \u011foyalar k\u00f6pin\u00e7a \u00f6zini o\u00e7iqdan-o\u00e7iq xavf sifatida namoyon qilmaydi. Ular ba\u02bczan \u201chaqiqat\u201d, \u201cadolat\u201d, \u201csof din\u201d kabi jozibali tu\u015fun\u00e7alar niqobi ostida tarqali\u015fi mumkin. \u015euning u\u00e7un ularga qar\u015fi kura\u015fning eng samarali y\u00f6llaridan biri \u2014 insonga t\u00f6\u011fri fikrla\u015f, manbani tek\u015firi\u015f va axborotni tahlil qili\u015f k\u00f6nikmasini \u015fakllantiri\u015fdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015eu ma\u02bcnoda, \u201cJaholatga qar\u015fi \u2014 ma\u02bcrifat\u201d tamoyilining ahamiyati tobora ortib boryapti. \u00c7unki ilm va ma\u02bcrifat bor joyda inson har qanday da\u02bcvoni k\u00f6r-k\u00f6rona qabul qilmaydi. Savol beradi, manba qidiradi, soli\u015ftiradi va xulosa \u00e7iqaradi. Bu masala faqat yo\u015flar bilan bo\u011fliq emas. Axborot tezligi ortib borayotgan bugungi davrda har bir insonning diniy va axborot savodxonligi jamiyat barqarorligiga ta\u02bcsir k\u00f6rsatadi. Not\u00f6\u011fri ma\u02bclumot bir ki\u015fining qara\u015fini \u00f6zgartiri\u015fi mumkin, ammo u ommaviy tus olsa, butun jamiyatda turli tu\u015funmov\u00e7ilik va qarama-qar\u015filiklarni keltirib \u00e7iqari\u015fi ehtimoldan xoli emas. \u015eu sababli diniy ba\u011frikenglikni faqat turli konfessiyalar vakillarining bir-biriga munosabati bilan \u00e7eklab q\u00f6yi\u015f ham t\u00f6\u011fri emas. U axborot madaniyati, ta\u02bclim, oila tarbiyasi, yo\u015flar bilan i\u015fla\u015f va jamiyatda muloqot madaniyatini \u015fakllantiri\u015f bilan ham bevosita bo\u011fliq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00d6zbekistonning bu boradagi yonda\u015fuvi ham tobora kengayib, faqat i\u00e7ki hayot bilan \u00e7eklanib qolmayapti. Mamlakatimiz xalqaro maydonda ham diniy ba\u011frikenglik, tin\u00e7lik va ma\u02bcrifat \u011foyalarini ilgari suri\u015fga harakat qilmoqda. Samarqand, Buxoro, To\u015fkent kabi tarixiy \u015faharlarda \u00f6tkazilayotgan xalqaro anjumanlar, ilmiy muloqotlar va ma\u02bcrifiy tadbirlar ham bu jarayonning muhim k\u00f6rini\u015flaridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu ta\u015fabbuslarning ahamiyati \u015fundaki, \u00d6zbekistonning tarixiy tajribasi bugungi dunyo ehtiyojlari bilan bo\u011fliq ekani ayon b\u00f6lib boryapti. Ya\u02bcni gap faqat \u201cbizning tariximizda ba\u011frikenglik b\u00f6lgan\u201d deb xitob qili\u015f bilan \u00e7eklanmasdan, \u015fu tarixiy tajribadan bugungi dunyo u\u00e7un zarur b\u00f6lgan tin\u00e7lik, \u00f6zaro hurmat va madaniyatlararo muloqot \u011foyalarini ilgari suri\u015fda foydalani\u015f istiqbollarini o\u00e7ib beri\u015f haqida ketyapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayniqsa, globalla\u015fuv \u015faroitida bu masalaning ahamiyati yanada o\u015fadi. \u00c7unki bugun dunyoning bir bur\u00e7agida sodir b\u00f6lgan voqea bir ne\u00e7a daqiqa i\u00e7ida bo\u015fqa qit\u02bcadagi insonning qara\u015flariga ta\u02bcsir qili\u015fi mumkin. Axborot \u00e7egara bilmay q\u00f6ygan bir paytda ba\u011frikenglik ham faqat bir davlatning i\u00e7ki qadriyati b\u00f6lib qola olmaydi. U xalqaro muloqotning muhim asosiga aylanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bunday \u015faroitda \u00d6zbekistonning tarixiy-madaniy merosi ham katta imkoniyat beradi. Zero, bu zaminda ilm-fan, madaniyat va ma\u02bcnaviyat rivoji k\u00f6p asrlar davomida turli hududlar va xalqlar \u00f6rtasidagi muloqot bilan uy\u011fun ke\u00e7gan. Demak, bugungi tin\u00e7lik va ba\u011frikenglik \u011foyalarini ilgari suri\u015fda biz faqat zamonaviy siyosiy tajribaga emas, balki \u00e7uqur tarixiy xotiraga ham tayana olamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi vazifa ham ana \u015fu muvozanatni asra\u015fdan iborat. Diniy ba\u011frikenglikni qonun himoya qiladi, ammo uning hayotda qaror topi\u015fi insonlarning kundalik madaniyatiga bo\u011fliq. Qonun tartib \u00f6rnati\u015fi mumkin, ammo \u00f6zaro hurmatni insonning \u00f6zi \u015fakllantiradi. \u015euning u\u00e7un bu masalada davlat siyosati bilan bir qatorda oila, ta\u02bclim muassasasi, mahalla va jamoat\u00e7ilikning ham mas\u02bculiyati katta.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Eng muhimi, biz yo\u015f avlodga ba\u011frikenglikni faqat tu\u015fun\u00e7a sifatida \u00f6rgatmasligimiz kerak. Uni hayot tarzi sifatida k\u00f6rsati\u015fimiz lozim. Bo\u015fqa\u00e7a fikrlagan insonni e\u015fita bili\u015f, \u00f6zga e\u02bctiqod vakiliga hurmat bilan munosabatda b\u00f6li\u015f, haqiqatni \u015fov-\u015fuvli da\u02bcvolardan ajrata oli\u015f \u2014 bugungi yo\u015f u\u00e7un zarur fazilatlardir. Mustaqillik yillarida eri\u015filgan eng muhim natijalardan biri ham \u015funda: diniy ba\u011frikenglik jamiyat hayotida \u00f6z-\u00f6zidan \u015fakllanadigan oddiy munosabat emas, balki inson huquqlari, vijdon erkinligi, ijtimoiy totuvlik va davlat siyosatining muhim y\u00f6nali\u015flaridan biri sifatida qaralmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ammo har qanday qadriyatning kelajagi uni keyingi avlodga qanday yetkazi\u015fimizga bo\u011fliq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015eu bois bugungi maqsad faqat tin\u00e7likni asra\u015f emas, balki tin\u00e7likning qadrini anglaydigan, turlilikdan xavf emas, xayr k\u00f6ra oladigan, dinni adovat emas, ezgulik va ma\u02bcrifat manbai sifatida anglaydigan avlodni tarbiyala\u015fdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zero, diniy ba\u011frikenglik \u2014 bir-birimizning farqlarimizni y\u00f6qoti\u015f emas, \u015fu farqlar bilan birga tin\u00e7 va munosib ya\u015fa\u015f madaniyatini \u015fakllantiri\u015fdir. Mustaqillik esa bizga ana \u015fu madaniyatni tarixiy qadriyatdan zamonaviy davlat siyosati va jamiyat taraqqiyotining muhim omiliga aylantiri\u015f u\u00e7un keng imkoniyat berdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Endi bu imkoniyatni asra\u015f, uning mazmunini \u00e7uqur angla\u015f va yo\u015f avlodga yetkazi\u015f \u2014 bar\u00e7amizning umumiy vazifamizdir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jonibek JUMAYEV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi <\/span><\/strong><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">katta ilmiy xodimi, PhD<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manba: \u00abJamiyat\u00bb gazetasi 2026-yil 12-noyabr, \u211645(1011)<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Inson u\u00e7un e\u02bctiqod \u2014 qalbga daxldor masala. \u015euning u\u00e7un turli e\u02bctiqod vakillarining bir jamiyatda tin\u00e7-totuv ya\u015fa\u015fi faqat qonun yoki siyosat masalasi emas. Bu, avvalo, odamlarning bir-birini tu\u015funi\u015fi, hurmat qili\u015fi va \u00f6zga\u00e7a qara\u015fga ega insonni du\u015fman emas, jamiyatning bir a\u02bczosi sifatida qabul qila oli\u015fi bilan bo\u011fliq. Tarixga nazar ta\u015flasak, bunday munosabat xalqimiz u\u00e7un mutlaqo yangi qadriyat &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":54265,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54266"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=54266"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54266\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":54267,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54266\/revisions\/54267"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/54265"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=54266"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=54266"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=54266"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}