{"id":54211,"date":"2026-11-13T14:24:29","date_gmt":"2026-11-13T09:24:29","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54211"},"modified":"2026-11-10T14:29:51","modified_gmt":"2026-11-10T09:29:51","slug":"ota-onaga-yaxsilik-qilis-saodat-kalitidir","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54211&lang=oz","title":{"rendered":"Ota-onaga yax\u015filik qili\u015f saodat kalitidir"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vahb ibn Munabbihdan naql qilini\u015fi\u00e7a, Alloh taolo Muso alayhissalomga \u015funday vahiy qilgan ekan: \u201cEy Muso! Ota-onangni ulu\u011flagin. Kimki ota-onasini ulu\u011flasa, uning umrini uzun qilib, unga ham uni ulu\u011flaydigan farzandni beraman. Kim ota-onasiga oq b\u00f6lsa, umridan qisqartirib, unga ham oq b\u00f6ladigan farzand beraman\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, har bir insonni \u00f6sib, kamolga yeti\u015fida ota-onaning xizmati beqiyosdir. Ota-ona farzandiga dunyodagi bor yax\u015filiklarni istaydi. Farzandini kelajakda komil inson b\u00f6lib voyaga yeti\u015fi u\u00e7un q\u00f6lidan kelgan bar\u00e7a imkoniyatlarni muhayyo qiladi. Pay\u011fambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam muborak hadislarida ham ota-onaga, xossatan onaga k\u00f6proq yax\u015filik qili\u015fga buyuradilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Bir odam Rasululloh\u00a0 sollallohu alayhi va sallam huzuriga kelib: \u201cEy Rasululloh! Yax\u015fi muomala qili\u015fimga odamlarni eng haqliro\u011fi kim?\u201d deb s\u00f6radi. Janob Rasululloh: <strong><em>\u201cOnang!\u201d<\/em><\/strong> deb javob berdilar. U: \u201cUndan s\u00f6ng kim?\u201d deb s\u00f6radi.\u00a0 Janob Rasululloh<strong><em>: \u201cOnang!\u201d<\/em><\/strong> deb javob berdilar. U: \u201cUndan s\u00f6ng kim?\u201d deb s\u00f6radi.\u00a0 Janob Rasululloh yana: <strong><em>\u201cOnang!\u201d<\/em><\/strong> deb javob berdilar. U t\u00f6rtin\u00e7i bor: \u201cUndan s\u00f6ng kim?\u201d deb s\u00f6radi.\u00a0 Janob Rasululloh bu safar: <strong><em>\u201cOtang!\u201d<\/em><\/strong> deb javob qildilar. <em>Muttafaqun alayh.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur hadisdan\u00a0 onaning farzand zimmasidagi haqqi otaning haqqidan bir ne\u00e7a bor katta ekanligi, agar har ikkalasi barobar holda\u00a0 farzandni \u00e7orlasalar, avval onaning \u00e7aqiri\u011figa javob beri\u015f lozimligi ma\u02bclum b\u00f6ladi. \u00c7unki onaning\u00a0 farzandini voyaga yeti\u015fida hissasi k\u00f6proqdir. U homilalik vaqtida t\u00f6qqiz oy farzandini qornida k\u00f6tarib yuradi. S\u00f6ng uning g\u00f6daklik vaqtida ikki yil emizib, qan\u00e7a-qan\u00e7a tunlarni bedor \u00f6tkazadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulloh ibn Umar ibn Xattob (Alloh ikkalasidan ham rozi b\u00f6lsin) bir ki\u015fi onasini k\u00f6tarib, Ka\u02bcbani tavof qilayotganini k\u00f6rdi. \u015eunda u ki\u015fi: Ey ibn Umar! Nima\u00a0 deysiz, men onamning haqqini bajardimmi!? deb s\u00f6radi. Abdulloh ibn Umar u ki\u015figa: Tu\u011fruq vaqtidagi bir daqiqasining haqqini ham ado qila olmading, lekin sen yax\u015fi i\u015f qilding. Alloh taolo sening bu ozgina yax\u015fi amaling u\u00e7un k\u00f6p savoblar bergusidir, dedi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Alloh taolo \u00f6zining kalomi \u015farifida \u015funday deydi:\u00a0<strong>\u201cRobbingiz, Uning \u00d6zigagina ibodat qili\u015fingizni hamda ota-onaga yax\u015filik qili\u015fni amr etdi. (Ey inson!) Agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yo\u015figa yetsalar, ularga \u201cUf!&#8230;.\u201d dema va ularni jerkima! Ularga (doimo) yoqimli s\u00f6z ayt! Ularga mehribonlik bilan xorlik qanotini past tut va (duoda): \u201cEy Robbim! Meni (ular) g\u00f6daklik \u00e7o\u011fimda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin!\u201d- deb ayt!\u201d<\/strong><a href=\"..\/..\/..\/Maqolalar\/\u00d2\u00b2\u00d0\u00b0\u00d0\u00b4\u00d0\u00b8\u00d1\u0081\u00d1\u0088\u00d1\u0083\u00d0\u00bd\u00d0\u00be\u00d1\u0081\u00d0\u00bb\u00d0\u00b8\u00d0\u00ba\/00.\u00d0\u009e\u00d0\u00a2\u00d0\u0090-\u00d0\u009e\u00d0\u009d\u00d0\u0090\u00d0\u0093\u00d0\u0090%20\u00d0\u00af\u00d0\u00a5\u00d0\u00a8\u00d0\u0098\u00d0\u009b\u00d0\u0098\u00d0\u009a%20\u00d2\u009a\u00d0\u0098\u00d0\u009b\u00d0\u0098\u00d0\u00a8%20\u00d0\u00a1\u00d0\u0090\u00d0\u009e\u00d0\u0094\u00d0\u0090\u00d0\u00a2%20\u00d0\u009a\u00d0\u0090\u00d0\u009b\u00d0\u0098\u00d0\u00a2\u00d0\u0098\u00d0\u0094\u00d0\u0098\u00d0\u00a0..doc#_ftn1\">[1]<\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Alloh taolo bandalariga qat\u02bciy qilib faqat \u00f6zigagina ibodat qilmoqlikka va ota-onaga yax\u015filik qili\u015fga buyurdi. Ularga yax\u015filik qili\u015fni ibodat darajasiga k\u00f6tardi, hatto ota-onaga yax\u015filik qili\u015f ba\u02bczi ibodatlardan ham afzalroqdir. Ota-onaning\u00a0 hurmatini joyiga q\u00f6yib, mudom ularning holidan xabar olib xizmatida b\u00f6li\u015f, ular yoqtirmagan narsalardan yiroq b\u00f6li\u015f, ular vafotidan keyin d\u00f6stlari holidan xabar olib turi\u015f ham ularga nisbatan yax\u015filik qili\u015f hisoblanadi. Alloh taolo bandalarini ota-onasiga hatto \u201cUf\u201d degan s\u00f6zni aytmaslikka buyuradi. \u201cUf\u201d kalimasi biror narsadan bezor b\u00f6lganda aytiladigan s\u00f6z b\u00f6lib, aslida inson \u00f6ziga yetgan \u00e7ang-\u011fubor va \u015funga \u00f6x\u015fa\u015f yoqimsiz narsalarni \u00f6zidan daf qili\u015f u\u00e7un aytiladigan s\u00f6zdir. \u015euningdek oyatda ota-onaga baqirmaslikka buyurilgan b\u00f6lib, ular huzurida bo\u015fqaga baqiri\u015f ham ota-onaga nisbatan hurmatsizlik hisoblanadi. Jumladan, ularga dunyodagi\u00a0 eng yax\u015fi \u2013 \u00e7iroyli s\u00f6zlarni topib s\u00f6zla\u015fga hamda ular xizmati u\u00e7un \u00f6zni xoru-hokisor tuti\u015fga \u00a0buyuriladiki, bu ota-onaning farzandi oldida ne\u00e7o\u011flik ulu\u011f martabada ekanligini \u00a0anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Darhaqiqat, ota-onalarimizning uzoq umr k\u00f6rib, piru badavlat b\u00f6lib uyimiz t\u00f6rida \u00f6tiri\u015flari he\u00e7 narsa bilan qiyoslab, b\u00f6lmaydigan katta baxtdir. Xalqimiz: \u201cQarisi bor uyning fari\u015ftasi bor\u201d, \u201cQari bilganini pari bilmas\u201d, deb bejiz aytmagan. \u00c7indan ham, ilmli, ma\u02bcrifatli, ziyoli, nuroniy ota-onalarimiz xonadonimiz ziynatidir.\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Ammo, biz ya\u015fab turgan dunyoda he\u00e7 narsa abadiy b\u00f6lmaganidek, ota-onalarimiz ham bizga omonat ekanligini unutmasligimiz lozim. Muqaddas dinimiz ta\u02bclimotlarida ota-onalarimiz hatto vafot etganlarida ham ularga nisbatan hurmat-ehtirom izhori davom eti\u015fi kerakligi uqtiriladi. Bir ki\u015fi hazrati Pay\u011fambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cOta-onam vafotlaridan keyin ham ularga biron-bir yax\u015filik qili\u015fga imkoniyatim bormi?\u201d deb s\u00f6radi. U janob javob berib aytdilar: <strong><em>\u201cHa, ularning haqlariga yax\u015fi duolar qili\u015f, ahdu-paymonlarini bajari\u015f, d\u00f6stlarini hurmat qili\u015f\u201d.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Ota-onalarni munosib ravi\u015fda izzat-ikrom qili\u015f, boy hayotiy tajribalardan unumli foydalani\u015f, dono pandu nasihatlariga quloq tuti\u015f va xayrli i\u015flarni amalga o\u015firi\u015fda ularga itoat eti\u015f har bir imonli va e\u02bctiqodli \u00f6\u011fil-qizning farzandlik bur\u00e7i hisoblanadi. Yo\u015fi ulu\u011f ota-onalarimiz biz u\u00e7un oilalarimizda nafaqat baraka garovi, baxtli hayot omilidir, balki oxirat saodatiga eltuv\u00e7idirlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Abbosdan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cBir m\u00f6min ki\u015fining musulmon ota-onasi b\u00f6lsa, ularga yax\u015filik qilib, uning savobini kutgan holda tong ottirgan b\u00f6lsa, Alloh subhanahu va taolo unga jannatning ikki e\u015figini o\u00e7adi. Agar faqat biri b\u00f6lsa, bitta e\u015fik o\u00e7adi. Agar farzand ota-onadan birining \u011fazabini \u00e7iqargan b\u00f6lsa, undan \u00f6\u015fa \u015faxs rozi b\u00f6lmaguni\u00e7a, Alloh rozi b\u00f6lmaydi\u201d,<\/em><\/strong> deganlar.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu hadisda ota-onamiz vositasida biz u\u00e7un jannatdan ikki e\u015fik o\u00e7ili\u015fi ta\u02bckidlanmoqda.\u00a0 Afsuski, bugungi kunda \u00f6zining farzandlik bur\u00e7iga e\u02bctibor qilmaydigan,\u00a0 \u00f6ziga berilgan bunday saodat kalitini \u011fanimat bilmaydigan kimsalar ham bor. Ayniqsa, ayrim yo\u015flarimiz dunyoning arzimagan muammolarini sabab qilib birga ya\u015fab turgan ota-onasiga befarq munosabatda b\u00f6li\u015fmoqda, hatto ota-onalariga nisbatan hurmatsizlik qilib q\u00f6yi\u015fmoqdaki, bu kabi i\u015flarni he\u00e7 narsa bilan oqlab b\u00f6lmaydi. Aslini olganda, farzand agar mulohaza qilib k\u00f6rsa, uning ota-onasi farzandi u\u00e7un ya\u015faganligini anglab yetadi. \u00d6z vaqtida ular bolalarining \u00f6sib-ul\u011fayib, hayotda \u00f6z \u00f6rinlarini topi\u015flari u\u00e7un bor imkoniyat va ku\u00e7-\u011fayratlarini sarfla\u015fganlar. \u015euningdek,\u00a0 ular bizlarni hayotga keli\u015fimizdagi eng ulu\u011f fazilat egalaridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\u015euning u\u00e7un ularning bu xizmatlarini bili\u015f, qadriga yeti\u015f va ularga itoatda b\u00f6li\u015f farzandlarning bur\u00e7idir. Bu esa farzanddan k\u00f6p narsa talab qilmaydi. Farzandlari mehrini so\u011fingan ota-onalarni bir y\u00f6qlab q\u00f6ysak yoki \u015firin s\u00f6zimizni ayamasak, \u015funing \u00f6zi kifoya.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Muborak islom dinimizda\u00a0 ota-onaga oq b\u00f6li\u015f eng katta gunohlardan biri\u00a0 hisoblanib, uning darajasi Allohdan bo\u015fqaga si\u011finadigan ki\u015fining gunohi bilan tengla\u015ftirilgan. Afsuski, ota-onaning xizmatini qilmaslik, ularning haqqi \u2013 martabasini bilmaslik sababli ularning noroziliga olib boradigan narsalar keyingi avlodlarni nazaridan birmun\u00e7a \u00e7etda qolib, bu odatiy holga aylanib bormoqdaki, buning oqibati inson u\u00e7un salbiy holatlar bilan tuga\u015fligi k\u00f6p\u00e7ilikka ma\u02bclum narsadir.\u00a0 Ana \u015fu salbiy oqibatlardan biri ota-onaga oq b\u00f6li\u015fdir. \u201cOq b\u00f6li\u015f\u201dning lu\u011faviy ma\u02bcnosi \u2013 gapga kirmaydigan, bo\u015fqalarni hurmat qilmaydigan, degan ma\u02bcnolari mavjud b\u00f6lib, asl iste\u02bcmolda \u201c\u00f6zidan yiroq qili\u015f, begona qili\u015f\u201d\u00a0 ma\u02bcnolarini anglatadi. Xossatan, ota-onaga oq b\u00f6li\u015f \u2013 ularga begona b\u00f6li\u015f ma\u02bcnosida q\u00f6llanilib, ota-ona va farzand munosabatlariga xos iboradir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Pay\u011fambarimiz sollallohu alayhi vasallam ota-onasiga oq b\u00f6lganlar haqida \u015funday deydilar: <strong><em>\u201cEng katta gunohlar haqida sizlarga xabar berayinmi? Ular; Allohga \u015firk keltiri\u015f va ota-onaga oq b\u00f6li\u015fdir\u201d.\u00a0 \u201cT\u00f6rt toifa insonlar (qilgan i\u015flaridan) tavba qilmagan b\u00f6lsalar jannatga kirmaydilar va jannat ne\u02bcmatlarini tatib ham k\u00f6rmaydilar. Ular; mast qiluv\u00e7i i\u00e7imliklarni k\u00f6p iste\u02bcmol qilgan ki\u015fi, (rizqini) sudx\u00f6rlikdan yeydigan ki\u015fi,\u00a0 yetimning molini yeydigan ki\u015fi va ota-onasiga oq b\u00f6lgan ki\u015filardir\u201d.\u00a0<\/em><\/strong> Ota-onasiga oq b\u00f6lib, holi hayotlarida\u00a0 ota-onasining roziligini olmasdan vafot etgan ki\u015filar har qan\u00e7a yax\u015fi amal qilgan b\u00f6lsalar ham xoh tavba qilgan b\u00f6lsinlar, xoh tavba qilmagan b\u00f6lsinlar ular jannatga kirmaydilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Farzandning ota-onasiga oq b\u00f6li\u015fi u\u00e7un uni ota-onasi \u201coq qildim\u201d deyi\u015fi \u015fart emas. \u00d6zi t\u00f6q b\u00f6lib, ota-onasini o\u00e7 \u00f6tiri\u015fi, yoki ularning dilini o\u011fritadigan i\u015flarni mudom qili\u015fi, yoki ularni norozi qili\u015f amallari farzandni \u00f6zi bilmagan holda ota-onasiga oq b\u00f6li\u015figa olib keladi. \u00c7unki <em>Pay\u011fambarimiz sollallohu alayhi vasallam u\u00e7 bora: <strong>\u201cBurni yerga i\u015fqalsin<\/strong> (xor b\u00f6lsin)!\u201d dedilar. Sahobalar: Ey Rasululloh! Kimning burni yerga i\u015fqalsin? deb s\u00f6raganlarida, u zot: <strong>\u201cOta-onasi yoki ulardan biri uning huzurida keksalik yo\u015figa yetsayu, ularning\u00a0 xizmatini qila olmagan farzandning burni yerga i\u015fqalsin!\u201d<\/strong> dedilar.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, diniy va milliy qadriyatlarimiz ta\u02bclimotlarimizda k\u00f6rsatilganidek, ota-onalarimiz xizmatini qilib, ularning xayrli, barokotli duolarini oli\u015f u\u00e7un harakat qilmo\u011fimiz, ularga itoatda b\u00f6li\u015f farzandlik bur\u00e7larimizdan sanalib, bu xizmat biz u\u00e7un ikki dunyo saodatiga eri\u015fmo\u011fimiz omilidir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"..\/..\/..\/Maqolalar\/\u00d2\u00b2\u00d0\u00b0\u00d0\u00b4\u00d0\u00b8\u00d1\u0081\u00d1\u0088\u00d1\u0083\u00d0\u00bd\u00d0\u00be\u00d1\u0081\u00d0\u00bb\u00d0\u00b8\u00d0\u00ba\/00.\u00d0\u009e\u00d0\u00a2\u00d0\u0090-\u00d0\u009e\u00d0\u009d\u00d0\u0090\u00d0\u0093\u00d0\u0090%20\u00d0\u00af\u00d0\u00a5\u00d0\u00a8\u00d0\u0098\u00d0\u009b\u00d0\u0098\u00d0\u009a%20\u00d2\u009a\u00d0\u0098\u00d0\u009b\u00d0\u0098\u00d0\u00a8%20\u00d0\u00a1\u00d0\u0090\u00d0\u009e\u00d0\u0094\u00d0\u0090\u00d0\u00a2%20\u00d0\u009a\u00d0\u0090\u00d0\u009b\u00d0\u0098\u00d0\u00a2\u00d0\u0098\u00d0\u0094\u00d0\u0098\u00d0\u00a0..doc#_ftnref1\">[1]<\/a>\u00a0\u0418\u0441\u0440\u043e \u0441\u0443\u0440\u0430\u0441\u0438. 23-24-\u043e\u044f\u0442\u043b\u0430\u0440.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Nodir QOBILOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Vahb ibn Munabbihdan naql qilini\u015fi\u00e7a, Alloh taolo Muso alayhissalomga \u015funday vahiy qilgan ekan: \u201cEy Muso! Ota-onangni ulu\u011flagin. Kimki ota-onasini ulu\u011flasa, uning umrini uzun qilib, unga ham uni ulu\u011flaydigan farzandni beraman. Kim ota-onasiga oq b\u00f6lsa, umridan qisqartirib, unga ham oq b\u00f6ladigan farzand beraman\u201d. Darhaqiqat, har bir insonni \u00f6sib, kamolga yeti\u015fida ota-onaning xizmati beqiyosdir. Ota-ona farzandiga dunyodagi &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":54212,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[659,639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54211"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=54211"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54211\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":54213,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54211\/revisions\/54213"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/54212"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=54211"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=54211"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=54211"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}