{"id":54129,"date":"2026-11-13T16:23:02","date_gmt":"2026-11-13T11:23:02","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54129"},"modified":"2026-11-05T11:45:51","modified_gmt":"2026-11-05T06:45:51","slug":"movarounnahrda-islom-sivilizatsiyasi-sakllanisida-hadislarning-ahamiyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54129&lang=oz","title":{"rendered":"MOVAROUNNAHRDA ISLOM SIVILIZATSIYASI \u015eAKLLANI\u015eIDA HADISLARNING AHAMIYATI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Movarounnahr \u2013 Sirdaryo va Amudaryo orali\u011fida joyla\u015fgan tarixiy-geografik hudud b\u00f6lib, hozirgi \u00d6zbekiston, Tojikiston, Qir\u011fiziston, Turkmaniston va Qozo\u011fistonning janubiy qismini \u00f6z i\u00e7iga oladi. Bu mintaqa islom sivilizatsiyasining \u015fakllani\u015fida muhim \u00f6rin tutgan. Islom dini bu yerga VII asr oxiri \u2013 VIII asr bo\u015flarida, arab q\u00f6\u015finlarining harbiy yuri\u015flari natijasida kirib kelgan. Qutayba ibn Muslim (669-715) bo\u015f\u00e7iligidagi arab q\u00f6\u015finlari 705-715 yillar orali\u011fida Poykand, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Far\u011fona, \u015eo\u015f (To\u015fkent) kabi \u015faharlarni islom hukmronligiga b\u00f6ysundirdi<a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Movarounnahr mintaqasi islom sivilizatsiyasining eng yirik ilm-ma\u02bcrifat markazlaridan biri sifatida tarixda muhim \u00f6rin tutadi. Biroq islom dinining Movarounnahrda t\u00f6laqonli sivilizatsiyaga aylani\u015fi ayrimlar \u00f6ylaganidek, faqat harbiy istilo bilan bo\u011fliq emas. Bu haqda quyida batafsil t\u00f6xtalamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumki, islom dini \u00f6zining mazmun-mohiyati jihatidan faqat ibodatlar majmuasidan iborat diniy tizim emas, balki keng qamrovli madaniy, axloqiy va ilmiy tizimga asoslangan dindir. Diniy va dunyoviy ilmlar taraqqiyotida Qur\u02bconi karim bilan bir qatorda hadis ilmi ham hal qiluv\u00e7i ahamiyat kasb etgan. Hadislar Pay\u011fambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning s\u00f6zlari, amallari, sifatlari va iqrorlarini \u00f6z i\u00e7iga olib, islom aqidasi, fiqhi, axloqi, ijtimoiy munosabatlari va hatto huquq tizimining asosiy manbalaridan biridir. Hadislar musulmon jamiyatida nafaqat diniy ibodatlarni, balki ijtimoiy munosabatlar, axloqiy me\u02bcyorlar va huquqiy normalarni belgilab beruv\u00e7i muhim manba hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015eu sababli islom sivilizatsiyaning asosiy manbalari Qur\u02bconi karim va Pay\u011fambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hadislari hisoblanadi. Ayniqsa, hadislar nafaqat diniy hayotni, balki ijtimoiy, ma\u02bcnaviy va huquqiy munosabatlarni tartibga soli\u015fda muhim manba b\u00f6lib xizmat qilgan. \u015eu sababli hadis va sunnat ilmi islom huquq\u015funosligi, aqidasi va turmu\u015f tarzining \u015fakllani\u015fi bilan bir qatorda, uning ilmiy-madaniy sivilizatsiyasida ham hal qiluv\u00e7i ahamiyatga ega b\u00f6lgan. Jumladan, savdo-sotiq, oilaviy munosabatlar, q\u00f6\u015fni\u00e7ilik odoblari va jamoat hayotini tartibga soli\u015fda ham hadislar asosiy me\u02bcyor sifatida xizmat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadislar insonni jaholatdan qutqarib, t\u00f6\u011fri y\u00f6lni k\u00f6rsatadi va uning fikrla\u015f doirasini kengaytirib, Qur\u02bconi karim oyatlarini, islom dinining mohiyatini teranroq angla\u015fga xizmat qiladi. Hadislar insonni doimiy ravi\u015fda ilm izla\u015f, \u00f6qi\u015f va \u00f6z ustida i\u015fla\u015fga undaydi. \u00c7unki ilm nafaqat dunyoviy muvaffaqiyat, balki ma\u02bcnaviy kamolotga ham olib boradi. Hadislarni \u00e7uqur anglagan inson hayotdagi muammolarni ongli ravi\u015fda hal qiladi, not\u00f6\u011fri qarorlardan saqlanadi va \u00f6z hayotini ma\u02bcnoli y\u00f6lga sola oladi. Hadis va sunnatni t\u00f6\u011fri angla\u015f orqali inson \u00f6zini, jamiyatni va hayotni \u00e7uqurroq anglaydi, \u015fu bilan haqiqiy najotga eri\u015fadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Turmu\u015f tarzi \u00f6troq hayotga odatlangan, ilm-ma\u02bcrifatga ra\u011fbatli\u00a0 Movarounnahr xalqi islom dini zamiridagi bunday ulkan haqiqatni bo\u015fqa xalqlardan oldinroq anglab yetgan. Natijada, Movarounnahrda islom sivilizatsiyasining ham ilmga, ham axloqqa suyangan mustahkam poydevori yaratildi. Bu esa, jamiyatda barqarorlik va hamjihatlikni ta\u02bcminla\u015fda, ilm-ma\u02bcrifatni rivojlani\u015fida muhim omil b\u00f6lib xizmat qilgan. Hadislar orqali diniy ibodatlar tartibi mustahkamlandi, ijtimoiy munosabatlar tartibga solindi va axloqiy me\u02bcyorlar jamiyatda har bir \u015faxsning insoniy bur\u00e7iga aylangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islomning ilk asrlarida hadis ilmi asosan Arabiston yarim oroli, \u015eom (Suriya), Iroq (Kufa, Basra) va Misrda rivojlandi. VIII asrdan (705-715 yillardan) bo\u015flab Movarounnahr hududi islom dini ta\u02bcsiriga kirib, bu yerda yangi ma\u02bcnaviy muhit \u015fakllana bo\u015flagan davrdanoq hadislar mahalliy aholi hayotida muhim ahamiyat kasb etgan. \u00c7unki ular musulmon jamiyatida hayot tarzini belgilab beruv\u00e7i asosiy manbalardan biri edi. VIII asrning ikkin\u00e7i yarmidan bo\u015flab Movarounnahr ham bu ilmning muhim markazlaridan biriga aylandi. Bunga sabablar quyidagilardan iborat:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mintaqada islom dinining keng yoyili\u015fi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mahalliy aholining islom madaniyati va ilmlariga b\u00f6lgan qiziqi\u015fi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Movarounnahrdan \u00e7iqqan talabalarning hadis ilmini \u00f6rgani\u015f u\u00e7un islomning yirik ilm markazlariga safar qili\u015fi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadis t\u00f6pla\u015f, sanad va matn tanqidi (jarh va ta\u02bcdil) ilmining yuqori darajada rivojlani\u015fi.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadis ilmining rivojlani\u015fida ilm talabida safar qili\u015f (ar-rihla fi talabil-hadis) ham juda muhim hisoblangan. Movarounnahrlik muhaddis ulamolar uzoq masofalarni bosib \u00f6tib, Ba\u011fdod, Kufa, Basra, Makka, Madina, Ray, Ni\u015fopur, Marv, Dama\u015fq, Misr kabi \u015faharlarga borib, ma\u015fhur muhaddislardan hadis e\u015fitgan<a href=\"#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>. Keyin\u00e7alik bu hadislarni \u00f6zlarining yurtlarida rivoyat qili\u015fgan va talabalarga \u00f6rgati\u015fgan. \u015eu tariqa Movarounnahrda ilk hadis maktablari paydo b\u00f6ldi. Keyin\u00e7alik, bu maktablarda Abd ibn Humayd Ke\u015fiy, I\u015foq ibn Rohavayh Marvaziy va Abdulloh ibn Muborak Marvaziy kabi yetuk allomalar buyuk muhaddislarni tarbiyalab yeti\u015ftirdi<a href=\"#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alaloqibat, hadislar Movarounnahrda islom sivilizatsiyasini taraqqiy eti\u015fida harakatga keltiruv\u00e7i omilga aylandi. \u00a0IX\u2013XII asrlarga kelib bu zamin islom sivilizatsiyasining eng rivojlangan markazlaridan biriga aylandi. Hadis ilmi yuksak darajada taraqqiy eti\u015fi ilmiy muhitning \u015fakllani\u015figa, ulamolar avlodining yeti\u015fib \u00e7iqi\u015figa, islom dini sivilizatsiyasi \u015fakllani\u015fida va islom madaniyatining keng tarqali\u015fida muhim omil b\u00f6lib xizmat qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Movarounnahrdan \u00f6\u015fa vaqtda mavjud b\u00f6lgan bar\u00e7a ilmlar b\u00f6yi\u00e7a yetuk allomalar \u00e7iqibgina qolmasdan, balki bir qan\u00e7a yangi ilmlarga asos solgan ulu\u011f zotlar ham yeti\u015fib \u00e7iqdi. U\u015fbu holatning \u00f6zi Movarounnahr aholisining insoniyat tarixiga, ilm-fan va madaniyat rivoji tarixiga kiri\u015figa islom dini sabab b\u00f6lganining yorqin dalilidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aslida ilm-ma\u02bcrifatni \u00f6zla\u015ftiri\u015fda yuqori qobiliyatga ega b\u00f6lgan Movarounnahr diyori aholisi islom dinini nafaqat ibodatlar majmuasidan iborat samoviy din, balki ilm dini ekanini ham anglab yetdi va Qur\u02bconi karim oyatlari va nabaviy hadislarni \u00f6z hayotiga tatbiq etdi. Agar tarixga diqqat bilan nazar soladigan b\u00f6lsak, bar\u00e7a sohalarda k\u00f6zga k\u00f6ringan arboblar, dunyoga don\u011fi ketgan buyuk \u015faxslarning aksari islomiy hayot soyasida voyaga yetgan. Butun olamga fan, madaniyat, hazorat (sivilizatsiya) markazlari sifatida tanilgan \u015faharlarimiz ham \u00f6\u015fa vaqtda tilga tu\u015fgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dunyo tarixidagi oddiy haqiqatlarning biri \u015fulki, ilmu-fansiz he\u00e7 bir yurt, he\u00e7 bir xalq, he\u00e7 qanday jamiyat taraqqiyotga eri\u015fa olmaydi. Qur\u02bconi karim oyatlari\u00a0 va nabaviy hadislarda esa ilm-ma\u02bcrifatga juda k\u00f6plab \u00f6rinlarda tar\u011fib qilinadi. Islom \u2013 ilm-ma\u02bcrifat dini desak ayni haqiqatdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida ta\u02bckidlanganidek, Movarounnahrda hadis ilmi tafsir ilmi bilan parallel ravi\u015fda rivojlandi va islom sivilizatsiyasining \u015fakllani\u015fida hal qiluv\u00e7i omillardan biri b\u00f6lib xizmat qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Movarounnahrda islom sivilizatsiyasining \u015fakllani\u015fida hadislar faqatgina diniy-ilmiy meros sifatida qolmasdan, balki hayotning bar\u00e7a sohalari \u2013 fiqh, aqida, tasavvuf, axloq, ta\u02bclim, ilm-fan rivojiga va hatto ijtimoiy munosabatlar hamda siyosatga ham \u00e7uqur ta\u02bcsir k\u00f6rsatdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadis ilmi Movarounnahrda ta\u02bclim tizimining asosiy qismi b\u00f6lgan. Kuttob (bo\u015flan\u011fi\u00e7 maktab) va madrasalarda hadis ilmi ta\u02bclimiga juda katta e\u02bctibor qaratilib, alohida fan sifatida \u00f6qitilgan. Mir Arab, Baroqxon, K\u00f6kaldo\u015f, \u015eerdor, Tillakori, Hazrati Imom \u00a0madrasalarida turli usulda yozilgan (masalan: musnad, ajz\u00f6, arbain va h.k.z.) hadis kitoblari\u00a0 darslik sifatida \u00f6qitilgan. Bu yerda islom dini kirib kelgan vaqtdanoq hadis roviylarini \u00f6rgani\u015f (ilm ar-rijol); hadislarning i\u015fon\u00e7liligini tek\u015firi\u015f (jarh va ta\u02bcdil ilmi); matn tahlili (diroya) kabi y\u00f6nali\u015flar rivojlangan. Talabalar hadislarni yod oli\u015f bilan birga, ularning sanad va matn tanqidini, fiqhiy hukmlarni keltirib \u00e7iqari\u015f usullarini ham \u00f6rgangan. Bu esa, nafaqat diniy ilmlar, balki umumiy ilmiy tafakkur rivojiga ham turtki bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadislar yo\u015f avlodni ma\u02bcnaviy jihatdan tarbiyala\u015f, ularda axloqiy fazilatlarni \u015fakllantiri\u015fda muhim rol \u00f6ynagan. \u015eu bilan birga, hadis ilmini \u00f6rgani\u015f mantiqiy fikrla\u015f, tahlil qili\u015f va ilmiy yonda\u015fuvni rivojlantirgan<a href=\"#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">IX\u2013XII asrlarda Movarounnahr islom olamida Ba\u011fdoddan keyingi eng yirik hadis ilmi markaziga aylandi. Movarounnahr hadis ilmining \u00f6ziga xos xususiyatlaridan biri \u2013 bu ilm ma\u02bclum bir tizimga asoslangan fan sifatida\u00a0 \u015fakllantirilganidir. Bu hududda hadis t\u00f6pla\u015f, tasnifla\u015f, sanad tanqidi va rivoyat qili\u015f i\u015flari \u015fu qadar yuqori darajada rivojlandiki, k\u00f6plab musulmon tarix\u00e7ilari Movarounnahrni \u201cHadis yurti\u201d (\u201cDiyor ul-hadis\u201d) deb atagan. Movarounnahrlik muhaddislar tomonidan i\u015flab \u00e7iqilgan metodologiya hadis ilmining asosiy tamoyillarini belgilab berdi. Bu esa, hadis ilmini mustaqil fan sifatida \u015fakllani\u015figa xizmat qildi<a href=\"#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Movarounnahr muhaddislarining bo\u015fqa mintaqalar muhaddislaridan ajralib turadigan jihatlari quyidagilardan iborat:<\/span><\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sanadga alohida e\u02bctibor: Movarounnahr ulamolari hadis sanadidagi roviylar ismi, tu\u011filgan va vafot etgan yili, ustozlari, \u015fogirdlari, biografiyalari, i\u015fon\u00e7liligi, odilligi, yod saqla\u015f qobiliyati, bo\u015fqa muhaddislar tomonidan madh yoki mazammat qilingani, sanadning muttasilligi kabi k\u00f6pgina jihatlarni atrofli\u00e7a \u00f6rgangan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadis t\u00f6pla\u015f usuli: Movarounnahr muhaddislari hadislarni t\u00f6pla\u015fda \u201cas-sunan\u201d (fiqhiy boblar b\u00f6yi\u00e7a), \u201cal-jome\u02bc\u201d (aqida, siyra, fiqh, odob va bo\u015fqa bar\u00e7a boblarni qamragan) va \u201cal-musnad\u201d (sahobalar nomi bilan) usullarini q\u00f6llagan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kitobat va rivoyat: Movarounnahrda hadislarni yozi\u015f (kitobat) va rivoyat qili\u015f u\u00e7un maxsus izn (ijoza) tizimi mavjud b\u00f6lgan. Talabalar ustozdan hadis e\u015fitib, uni yozib olgan, keyin \u00f6zlari rivoyat qili\u015f u\u00e7un izn olgan.<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015eu sababli bu \u00f6lkadan dunyo ulamolari e\u02bctirof etgan muhaddislar yeti\u015fib \u00e7iqdi. Bu hududdan \u00e7iqqan muhaddislar, xususan, Imom Buxoriy va Imom Termiziy tomonidan i\u015flab \u00e7iqilgan hadis qabul qili\u015fdagi uslub va \u015fartlari, hadislarning sahihligini tek\u015firi\u015f, roviylar zanjirini tahlil qili\u015f va hadislarni mavzular b\u00f6yi\u00e7a tasnifla\u015f kabi ilmiy uslublarni takomilla\u015ftirdilar. Bu esa hadislarning i\u015fon\u00e7li manba sifatida saqlanib qoli\u015fini ta\u02bcminladi<a href=\"#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu yerdan yeti\u015fib \u00e7iqqan buyuk muhaddislar nafaqat mintaqa, balki butun islom olamida katta nufuzga ega b\u00f6ldi. Aynan \u015fu yerda islom olamidagi eng i\u015fon\u00e7li hadis t\u00f6plami \u2013 Imom Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (810-870) nomi bilan tanilgan allomaning \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d asari yozildi. \u015euningdek, Imom Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziy (824-892)ning \u201cSunani Termiziy\u201d asari ham mana \u015fu mintaqada yozilib, k\u00f6p asrlar davomida musulmon olamining asosiy hadis manbalaridan biri b\u00f6lib keldi. Jumladan, Imom Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurahmon ibn Fazl Samarqandiy Dorimiy (789-869)ning \u201cSunan\u201d hadis t\u00f6plami, ilk muhaddislardan Abd ibn Humaydning \u201cMusnad\u201d asari ham \u015fu zaminda islom sivilizatsiyasiga munosib hissa q\u00f6\u015fgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ularning asarlari nafaqat Movarounnahrda, balki butun islom olamida asosiy manba sifatida qabul qilindi. Imom Buxoriyning \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d asari islom dinida Qur\u02bcondan keyingi eng i\u015fon\u00e7li manba sifatida, \u201cSunani Termiziy\u201d esa olti sahihning biri, \u201cSunani Dorimiy\u201d asari esa olti sahih orasida oltin\u00e7i \u00f6ringa da\u02bcvogar asar deb e\u02bctirof etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Movarounnahrda quyidagi \u015faharlar alohida hadis markazlariga aylangan:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buxoro \u2013 hadis va fiqh ilmi markazlaridan b\u00f6lib, bu yerda Muhammad ibn Salom Poykandiy, Abu Muhammad Iso ibn Muso \u011eunjoriy (Imom Molik \u015fogirdi), Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, Ho\u015fid ibn Ismoil \u011eazzol, Muhammad ibn Nasr Buxoriy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Buxoriy, Abu Ahmad Xalil ibn Ahmad Buxoriy kabi k\u00f6plab muhaddislar yeti\u015fib \u00e7iqqan<a href=\"#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Termiz \u2013 Imom Termiziyning vatani. Bu yerda hadis va sunnat ilmi keng rivojlangan. Imom Termiziydan keyin Abu Bakr Ahmad ibn Mansur Termiziy, Abu Ali Hasan ibn Qasir Termiziy kabi muhaddislar termiziylik hadis maktabini davom ettirgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqand \u2013 Imom Buxoriyning keyingi ya\u015fagan \u015fahri. Samarqandda Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazid Samarqandiy, Abu Hafs Ahmad ibn Ibrohim Samarqandiy, Abu Abdulloh Husayn ibn Ali Samarqandiy, Muhammad ibn Hibbon kabi muhaddislar faoliyat k\u00f6rsatgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nasaf (Qar\u015fi) \u2013 Abd ibn Humayd Ke\u015fiy, Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Nasafiy, Abu Hafs Ahmad ibn Ali Nasafiy kabi hadis olimlari yeti\u015fib \u00e7iqqan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Balx \u2013 Xurosonning \u015fimolida joyla\u015fgan b\u00f6lib, bu yerda ham ku\u00e7li hadis maktabi b\u00f6lgan. Abu Zayd Ahmad ibn Sayl Balxiy, Abu Bakr Abdulloh ibn Abiy Dovud Balxiy kabi muhaddislar \u015fu yerdan \u00e7iqqan.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Movarounnahr muhaddislarining asarlari nafaqat islom olamida, balki \u011earbda ham katta e\u02bctiborga sazovor b\u00f6lgan. Yevropa \u015farq\u015funoslari XVIII asrdan bo\u015flab Imom Buxoriyning \u201cSahih\u201di va Imom Termiziyning \u201cSunan\u201dini \u00f6rganib, ularni lotin, ingliz, fransuz, nemis tillariga tarjima qilgan. Nemis \u015farq\u015funosi Ignas Goldsiher (1850-1921) hadis ilmi haqida \u011earbda eng k\u00f6p tan olingan asarlardan birini yozgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom olamida oyat va hadislarni not\u00f6\u011fri talqini oqibatida e\u02bctiqod masalasida zalolatga yuz tutgan firqalar xuruj qila bo\u015fladi. VIII-IX asrlarga kelib Movarounnahrda, xossatan uning markaziy \u015faharlari b\u00f6lgan \u00a0Samarqand, Nasaf va Buxoro kabi \u015faharlarda kalom ilmiga alohida fan sifatida qarala bo\u015flandi. Botil aqidaga ega bid\u02bcat\u00e7i firqalar k\u00f6payga\u00e7, kalom ilmi fiqh ilmidan ajralib \u00e7iqib, tafsir va hadis kabi asosiy ilmlardan biriga aylandi. Bu ilmning asos\u00e7isi samarqandlik Imom Abu Mansur Moturidiy va Imom Abul Hasan A\u015f\u02bcariy islom olamining osmonida yorqin yulduzlar kabi porladi. Imom Moturidiy ya\u015fagan davrda islom olamida e\u02bctiqod masalalari b\u00f6yi\u00e7a bir-biriga qarama-qar\u015fi firqalar \u00f6rtasida munozaralar ku\u00e7ayib, ba\u02bczan qonli mojarolar bilan yakunlanar edi. Ana \u015funday ziddiyatli davrda Imom Moturidiy hazratlari qili\u00e7 hal eta olmagan, musulmonlarni tarqoqlikka olib borayotgan e\u02bctiqodiy oqimlarga qar\u015fi \u00f6z aqlu zakovati, oyatu hadislardan olingan, har qanday aqlni taslim qiladigan dalillar asosida \u00f6ta muhim muammolarni hal etdilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqand ilohiyot maktabi Abu Mansur Moturidiy nomi bilan \u00e7ambar\u00e7as bo\u011fliqdir. Kalom ilmi bilan birgalikda hadis va fiqh ilmi ravnaqiga ulkan hissa q\u00f6\u015fgan alloma Abu Mansur Moturidiy hanafiya mazhabi fiqhini mukammal \u00f6rganib, \u00f6z aqidaviy ta\u02bclimotlarida imom Abu Hanifaning \u201cAl-Fiqhul akbar\u201d kitobiga asoslandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Moturidiy ijodining asosini kalom ilmining turli masalalari va t\u00f6\u011fri y\u00f6ldan ada\u015fgan har xil oqimlarga raddiyalar bildiri\u015fga ba\u011fi\u015flangan asarlar ta\u015fkil qiladi. Ulardan \u201cKitob at-tavhid\u201d, \u201cTa\u02bcvilot ahli as-sunna\u201d (yoki \u201cTa\u02bcvilot al-Qur\u02bcon\u201d), \u201cKitob al-maqolot\u201d, \u201cKitob radd a\u02bclo-l-karomita\u201d, \u201cKitob bayon vahm al-m\u00f6\u02bctazila\u201d, \u201cKitob radd usul al-xamsa li Abi Muhammad al-Bohiliy\u201d, \u201cKitob radd avoil al-adillat li-l-Ka\u02bcbiy\u201d, \u201cKitob va\u02bcid al-fussoq li-l-Ka\u02bcbiy\u201d, \u201cKitob radd tahziyb al-jadal li-l-Ka\u02bcbiy , \u201cKitob radd al-imomat li-ba\u02bcz ravofiz\u201d kabilarni k\u00f6rsati\u015f mumkin. U\u015fbu asarlardan \u201cKitob at-tavhid\u201d kalom ilmiga oid eng dastlabki asar hisoblanib, unda m\u00f6\u02bctazila va bo\u015fqa oqimlarning not\u00f6\u011fri nuqtai nazarlari tanqid ostiga olingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Moturidiya ta\u02bclimotining taraqqiy eti\u015figa hissalarini q\u00f6\u015fgan Imom Moturidiy \u015fogirdlarining eng taniqlilaridan biri Abu Muin Maymun ibn Muhammad Makhul Nasafiy (1027-1114) b\u00f6lib, uning \u201cTabsirat al-adilla fiy usulid din\u201d (\u201cUsulid din y\u00f6nali\u015fida dalillar tilga kirganda\u201d) va \u201cAt-Tamhid li qavoidi at-tavhid\u201d\u00a0 nomli asari ahli sunna val jamoa aqoidi moturidiya y\u00f6nali\u015fida \u201cAt-Tavhid\u201d asaridan keyin ikkin\u00e7i manba hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Mu\u02bcte\u02bc Makhul ibn Fazl Nasafiy (vaf. 930 y.) Imom Moturidiy \u015fogirdlarining eng taniqlilaridan biri b\u00f6lib, \u201cKitob fi-t-tasavvuf\u201d (\u201cTasavvuf haqida kitob\u201d), \u201cKitobul lu\u02bcliyot fil mav\u00f6iz\u201d (\u201cMav\u02bcizalar b\u00f6yi\u00e7a javohirlar\u201d) asarlari muallifidir. Uning \u201cKitabu radd ala ahli-l-bida\u02bci va-l-ahva\u201d (\u201cBid\u02bcat ahli va havoyilarga raddiya kitobi\u201d) nomli risolasi bevosita kalom ilmiga aloqador manba sifatida katta \u015fuhrat <\/span><a name=\"_ftnref4\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">qozongan<a href=\"#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu I\u015foq Ibrohim ibn Ismoil Saffor Buxoriy Hanafiy (vafoti 1151-y.)ning \u201cTalxisu-l-adillati-l-qavoidi-t-tavhid\u201d (\u201cTavhid ilmi qoidalari haqidagi dalillarning qisqa\u00e7a bayoni\u201d) asari kalom ilmida m\u00f6\u02bctamad asarlardan sanaladi<a href=\"#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">IX asrda Nasafda hadis\u015funoslik va fiqh\u015funoslik maktablari vujudga kelgan. X asrda Ahmad ibn Muhammad Tadyoniy, Hammod ibn \u015eokir an-Nasafiy, Abdulmu\u02bcmin ibn Xalaf Nasafiy, Lays ibn Nasr Kojariy\u201d \u201cNasafiy\u201d taxallusi bilan bir ne\u00e7a \u00f6nlab ulamolar nomlari ma\u02bclum. Moturidiya kalom maktabining atoqli namoyandalaridan biri Abu Muin Nasafiy, muhaddis va hanafiya mazhabining taniqli faqihi Abul Hasan Bazdaviy Nasafiy va bir qan\u00e7a nasafiylar ya\u015fab ijod etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu muazzam \u015faharda \u00f6z sohasining juda k\u00f6p zukko bilimdonlari kamol topgan. Amir Temur va temuriy \u015fahzodalar saltanati davrida Nasafda ilm-fan, madaniyat va san\u02bcat ayniqsa rivojlangan. Abu Sa\u02bcd Abu Karim Sam\u02bconiyning \u201cKitob al-ansob\u201d asarida VIII-XII asrlarda ya\u015fab \u00f6tgan 180 ga yaqin Nasaflik olimlar nomlari qayd etilgan. \u015eu boisdan nasaflik allomalarning jahon madaniyatiga ulkan hissa q\u00f6\u015fgani bizda faxr va \u011furur uy\u011fotadi. Jumladan, Nasafdan Abbos Musta\u011ffiriy, Abu Turob Nax\u015fabiy, Ziyovuddin Nax\u015fabiy, Muyiddin Nasafiy, Najmiddin Nasafiy, Ali Nasafiy, Olim Nasafiy kabi ulamolar yeti\u015fib \u00e7iqdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qur\u02bconi karimdan keyin hadislar \u015fariat hukmlarini belgila\u015fda muhim ahamiyat kasb etgan. Hanafiylar Qur\u02bcon, s\u00f6ngra sahih va ma\u015fhur hadislar, keyin sahobalar qavllari, qiyos va istihsobga tayangan. Fiqh ulamolari hadislarga tayanadigan holda huquqiy qarorlar \u00e7iqargan. Bu esa, sud i\u015flarida adolatni ta\u02bcminla\u015fga xizmat qilgan. \u015euningdek, hadislar orqali ijtimoiy munosabatlar tartibga solingan<a href=\"#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a>. Nabiy sollallohu alayhi vasallam hadislari ta\u02bcsirida Movarounnahrda ayniqsa hanafiy mazhabiga asoslangan fiqh ilmi juda ku\u00e7li rivojlandi. Movarounnahr hanafiy mazhabining qalbiga aylandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Movarounnahrlik faqihlar hadislarni fiqhiy hukmlar \u00e7iqari\u015fda asos qilib olgan. Masalan, nikoh, taloq, tijorat, vaqf, jinoyat, meros va bo\u015fqa muomalot masalalarida hanafiy faqihlar avvalo Qur\u02bconi karimga, keyin sahih hadislarga tayangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bunga Abu Hafs Kabir Buxoriy, Sadru\u015f\u015farialar, Burhoniddin Mar\u011finoniy, Najmiddin Umar Nasafiy kabilarni misol qilib keltiri\u015f mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Burhoniddin Ali ibn Abu Bakr Mar\u011finoniyning (1123-1197) \u201cAl-Hidoya\u201d asari \u00f6zida ibodat va muomalot masalalariga oid inson huquqlari va majburiyatlarini bayon qilgan<a href=\"#_ftn11\" name=\"_ftnref11\">[11]<\/a>. Mahbubiylar oilasi vakili, faqih Burhonu\u015f\u015faria Mahmud ibn Ahmad Mahbubiy Hanafiy qalamiga mansub \u201cViqoya\u201d asari hanafiy mazhabi m\u00f6\u02bctabar matnlari qatoridan joy olgan asar hisoblanadi<a href=\"#_ftn12\" name=\"_ftnref12\">[12]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sadru\u015f\u015faria Ubaydulloh ibn Mas\u02bcud Buxoriyning \u201cMuxtasarul Viqoya\u201d\u00a0asari ham hozirga\u00e7a keng istifoda etilib kelinmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Movarounnahrlik faqihlarning ta\u02bcsiri faqat bu diyor bilan \u00e7eklanib qolmay, hind diyorlaridan to Afrika qit\u02bcasiga\u00e7a yetib bordi. Movarounnahr faqihlarining asarlari nafaqat islom olamida, balki \u011earbda ham katta e\u02bctiborga sazovor b\u00f6lgan. Yevropa huquq\u015funoslari XVIII asrdan bo\u015flab Burhoniddin Mar\u011finoniyning \u201cHidoya\u201d asari asosida \u00f6z huquq tizimlari va qonun\u015funosligini i\u015flab \u00e7iqqan. \u00a0Allomaning islom huquq\u015funosligiga oid bu asari tadqiq qilinib, \u00a0ingliz, fransuz, nemis tillariga tarjima qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nabiy sollallohu alayhi vasallam hadislar ta\u02bcsirida Movarounnahrdan muallimus soniy \u2013 Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino kabi faylasuf allomalar yeti\u015fib \u00e7iqdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015earqning buyuk islom faylasufi Abu Nasr Forobiy (259-339 h.\/873-950 m.) \u201cMa qablal falsafa\u201d, \u201cArou ahl al-madina al-fozila\u201d va bo\u015fqa \u00f6nlab kitob va risolalarida odob-axloq mavzusi, ayniqsa, talaba va \u00f6quv\u00e7ilarga qilingan pand-nasihat va k\u00f6rsatmalar \u00f6rin olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\u015earqning buyuk allomalaridan yana biri, vatando\u015fimiz Abu Ali ibn Sino (370- 428 h.\/980-1037 m.) \u201cAs-Siyosat\u201d va bo\u015fqa asarlarida ham odob-axloq mavzusi, talaba va \u00f6quv\u00e7ilarga qilingan pand-nasihat va k\u00f6rsatmalar \u00f6rin olgan, deyi\u015f mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Ali ibn Sino bundan ta\u015fqari kalom, tib, j\u00f6\u011frofiya bilan ham ma\u015f\u011ful b\u00f6lgan. Qur\u02bconi karimning ba\u02bczi juzlariga tafsir yozgan. U ki\u015fi qoldirgan asarlar r\u00f6yxatiga nazar solgan odam buni darhol sezadi. Lekin asosiy vaqtini tib ilmi bilan ham ma\u015f\u011ful b\u00f6lib \u00f6tkazgan<a href=\"#_ftn13\" name=\"_ftnref13\">[13]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadislar yo\u015f avlodni ma\u02bcnaviy jihatdan tarbiyala\u015f, ularda axloqiy fazilatlarni \u015fakllantiri\u015fda muhim rol \u00f6ynagan. \u015eu bilan birga, hadis ilmini \u00f6rgani\u015f mantiqiy fikrla\u015f, tahlil qili\u015f va ilmiy yonda\u015fuvni rivojlantirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqand qozisi b\u00f6lgan, tarixda \u201cIbn Hibbon\u201d kunyasi bilan tanilgan muhaddis Abu Hotim Bustiy (vaf. 354 h.\/965 m.) tomonidan ham \u201cAl-Olim val mutaallim\u201d nomli asar bitilgan. Uning \u201cRavzat al-uqalo\u201d nomli asari ham odob-axloq mavzusiga ba\u011fi\u015flangan<a href=\"#_ftn14\" name=\"_ftnref14\">[14]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hanafiy olimlari orasida talaba va \u00f6quv\u00e7ilar odob-axloqi va ta\u02bclim-tarbiyasiga ba\u011fi\u015flangan eng ma\u015fhur asar, \u015fak-\u015fubhasiz, vatando\u015fimiz Burhoniddin az-Zarnujiy (XII asr oxiri \u2013 XIII asr bo\u015flari) qalamiga mansub \u201cTa\u02bclim al-mutaallim tariq at-taallum\u201d (\u201cIlm \u00f6rganuv\u00e7iga ilm oli\u015f y\u00f6lini \u00f6rgati\u015f\u201d) nomli risoladir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Movarounnahr tasavvuf maktabi (xojagon-naq\u015fbandiya) ham bevosita hadislarga tayangan. Naq\u015fbandiya tariqatining asos\u00e7isi Bahouddin Naq\u015fband (1318-1389) va undan oldingi Xoja Ahror Valiy (1404-1490), Hakim Termiziy kabi buyuk \u015fayxlar hadislarni tasavvufning amaliy asosi sifatida q\u00f6llagan. Tasavvuf y\u00f6nali\u015fida Xoja Ahror Valiy, Bahouddin Naq\u015fband hadislardagi \u201czikr\u201d, \u201cixlos\u201d, \u201csuhbat\u201d, \u201ctavba bilan poklani\u015f\u201d mavzularidagi k\u00f6rsatmalarga tayangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadislar bo\u015fqa xalqlar qatori Movarounnahr jamiyatida ham axloqiy tarbiyaning asosiy manbalaridan biri b\u00f6lgan. Ular orqali insonlar halollik, adolat, mehr-oqibat, sabr va kamtarlik kabi fazilatlarga da\u02bcvat etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Movarounnahrda ham hadislar jamiyatning axloqiy asoslarini \u015fakllantiri\u015fda muhim ahamiyat kasb etgan. Ular orqali halol va harom tu\u015fun\u00e7alari aniq belgilab berildi. Insonparvarlik, adolat, mehr-\u015fafqat kabi qadriyatlar keng tar\u011fib qilindi. Oila va jamiyat munosabatlari mustahkamlandi. Hadislar jamiyatda axloqiy barqarorlikni ta\u02bcminlab, hududda ijtimoiy sivilizatsiyaning ma\u02bcnaviy-axloqiy ustuniga aylandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyining \u201cBirrul volidayn\u201d va \u201cAl-Adab al-mufrad\u201d (\u201cOdoblar xazinasi\u201d) asari ilm ahli \u00f6rtasida juda ma\u015fhur va m\u00f6\u02bctabar kitob hisoblanadi. Aksariyat olimlarning qayd eti\u015fi\u00e7a, \u201cBirrul volidayn\u201d asarida ota-ona xizmati va haqlariga, qarindo\u015flik ri\u015ftalarini bo\u011fla\u015fga va turli ijtimoiy munosabatlarga\u00a0 oid 76 ta hadis keltirilgan<a href=\"#_ftn15\" name=\"_ftnref15\">[15]<\/a>. \u201cAl-Adab al-mufrad\u201d kitobi Rasululloh alayhissalomning odoblarini \u00f6zida jamlagan va islomiy, insoniy fazilatlarga oid tartib-qoidalarni tar\u011fib etadi. Imom Buxoriy bu kitobda 1322 ta odob-axloqqa doir hadisi \u015farifni 644 bobda rivoyat qilgan<a href=\"#_ftn16\" name=\"_ftnref16\">[16]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilib aytganda, Movarounnahrda islom sivilizatsiyasining \u015fakllani\u015fida hadislar hal qiluv\u00e7i ahamiyatga ega b\u00f6lgan. Ular nafaqat diniy manba, balki ijtimoiy, huquqiy, axloqiy va ilmiy taraqqiyotning asosiy omili sifatida namoyon b\u00f6lgan. Movarounnahr allomalari tomonidan yaratilgan hadis ilmi merosi bugungi kunda ham \u00f6z ahamiyatini y\u00f6qotmagan va insoniyat ma\u02bcnaviy taraqqiyotiga xizmat qilib kelmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Movarounnahr diyoridan yeti\u015fib \u00e7iqqan buyuk olimlarning ilmiy merosi haqida k\u00f6p jildlik kitoblar yozilganda ham kamlik qili\u015fini hammamiz yax\u015fi bilamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tasavvur qili\u015f u\u00e7un birgina misol keltiri\u015fimiz mumkin. Ulu\u011f vatando\u015flarimizdan biri Najmiddin Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiyning \u201cAl-Qand fii zikri ulamai Samarqand\u201d nomli kitobida faqat Samarqand \u015fahriga tegi\u015fli bir ming \u00f6nta olimning tarjimai holi keltirilgan<a href=\"#_ftn17\" name=\"_ftnref17\">[17]<\/a>. Albatta, mazkur kitobda uning muallifiga ma\u02bclum b\u00f6lgan va undan oldin ya\u015fab \u00f6tgan ulamolar haqida ma\u02bclumot berilgan, xolos. Movarounnahrning bo\u015fqa \u015faharlari haqida ham xuddi \u015fu s\u00f6zlarni takrorla\u015fimiz mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tadqiqot natijalari \u015funi k\u00f6rsatadiki, hadislar Movarounnahrda quyidagi sohalarda asosiy fundament vazifasini \u00f6tagan:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tafsir, kalom, fiqh, hadis ilmi sohasida.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tasavvuf va axloq sohasida \u2013 naq\u015fbandiya tariqatining hadislarga tayangan tarbiya tizimi, mahalliy aholining odob-axloq me\u02bcyorlarining islomla\u015fuvi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ta\u02bclim tizimida \u2013 madrasalarda hadis fanlarining alohida \u00f6rin egalla\u015fi, \u201cSahihul Buxoriy\u201d va bo\u015fqa hadis kitoblarining darslik sifatida \u00f6qitili\u015fi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilmiy merosda \u2013 movarounnahrlik muhaddislarning sanad va matn tanqidi ilmiga q\u00f6\u015fgan hissasi, bu sohadagi usullarining keyingi asrlardagi islom ulamolari va \u011farb \u015farq\u015funoslari tomonidan e\u02bctirof etili\u015fi.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Movarounnahrda islom sivilizatsiyasining \u015fakllani\u015fi va uning jahon tarixida tutgan \u00f6rnini t\u00f6liq tu\u015funi\u015f u\u00e7un hadis ilmiga alohida e\u02bctibor qarati\u015f zarur. Bu ilm mintaqadagi islom madaniyatining \u00f6zagi b\u00f6lib, uning ta\u02bcsiri hozirgi \u00d6zbekiston, Tojikiston, Qir\u011fiziston, Turkmaniston va Qozo\u011fiston musulmonlari hayotida hanuz sezilib turadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\"><\/a><span style=\"font-size: 12pt;\">1] Ko\u00e7yi\u011fit. Hadis usul\u00fc. \u2013 B. 233.; Ko\u00e7yi\u011fit. Hadis\u00e7ilerle kelamcilar arasindaki m\u00fcnaka\u015falar. \u2013 B. 98.; Mustafa el-Azami. Buhari. Turkiya Diyonat i\u015flari vazirligi. Islom ensiklopediyasi. VII. \u2013B. 368-372.;\u00a0 Salahaddin Polat. Kelabazi. Turkiya Diyonat i\u015flari vazirligi. Islom ensiklopediyasi. XXV, 191.<\/span><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a> Ismoil Hoji Rayhon \u00f6\u011fli. Abdulloh ibn al-Muborak al-Marvaziy. \u2013 B. 10.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a> Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va hayot. \u2013 T.: \u015earq, 2008.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a> Xodjayev A. Islom sivilizatsiyasi tarixi. \u2013 T.: \u00d6zbekiston, 2017.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a> <strong>Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon<\/strong><strong>\u00a0<\/strong>Zahabiy. Tazkirat al-huffoz. \u2013 Qohira: Dar al-kutub, 1998.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a> Najmiddin Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiy. Aqoid an-Nasafiya. \u2013 Samarqand na\u015friyoti, 2005.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a> Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. \u2013 Buxoro: \u201cDurdona\u201d na\u015friyoti, 2012. \u2013 B. 43.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a> Abdulloh Abdulhamid Saad. \u00d6rta Osiyo olimlari qomusi. \u2013T.: \u201cImom Buxoriy respublika ilmiy-ma\u02bcrifiy markazi\u201d na\u015friyot uyi, 2008. \u2013 B.95.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a> Abu I\u015foq Ibrohim ibn Ismoil Saffor Buxoriy Hanafiy. Talxisu-l-adillati-l-qavoidi-t-tavhid. \u2013 Bayrut: Ma\u02bchadul Almoniy, 2011.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref10\" name=\"_ftn10\">[10]<\/a> Abu Hanifa. Al-Fiqh al-akbar. \u2013 Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 1995.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref11\" name=\"_ftn11\">[11]<\/a> <a href=\"https:\/\/cyberleninka.ru\/article\/n\/bur-oniddin-mar-inoniyning-al-idoya-asarida-shahsiy-u-u-va-erkinliklarning-mazmuni\/viewer\">https:\/\/cyberleninka.ru\/article\/n\/bur-oniddin-mar-inoniyning-al-idoya-asarida-shahsiy-u-u-va-erkinliklarning-mazmuni\/viewer<\/a><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/ziyouz.uz\/ilm-va-fan\/tarix\/manaviyat-yulduzlari\/burhonuddin-al-marginoniy-1\">https:\/\/ziyouz.uz\/ilm-va-fan\/tarix\/manaviyat-yulduzlari\/burhonuddin-al-marginoniy-1<\/a><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref12\" name=\"_ftn12\">[12]<\/a> Mahmud ibn Sulaymon Kafaviy. Katoib a\u02bclomil axyor. \u2013 Bayrut: Dorul kutubil ilmiya, 2018. \u2013B. 265.; Hoji Xalifa. Ka\u015ffuz zunun. J. 2. \u2013 Bayrut: Doru ihyout turosil arabiy.; Abdulhay Laknaviy. Favoidul bahiya. \u2013 Qohira: Dorul kitob islomiya. \u2013B. 338, 339.; Abdulhay Laknaviy. Umdatur ri\u02bcoya. J.1. \u2013 Bayrut: Dorul kutubil ilmiya, 2009. \u2013 B. 18-20.; Umar Kuhola. M\u00f6\u02bcjamul muallifin. J. 3. \u2013 Bayrut: Muassasatur risala, 1414 h. \u2013 B. 818.; Ismoil Bo\u011fdodiy. Hadiyatul orifin. J. 1. \u2013 Dorul fikr, 1402 h. \u2013 B. 787.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref13\" name=\"_ftn13\">[13]<\/a> Irisov A. Abu Ali ibn Sino. \u2013 T.: Fan, 1980; \u2013 T.: \u201c\u00d6zbekiston milliy ensiklopediyasi\u201d Davlat ilmiy na\u015friyoti, 2002. 4-tom. \u2013 B. 48.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref14\" name=\"_ftn14\">[14]<\/a> \u00a0Xayriddin az-Zirikliy. Al-A\u02bclom. 6-jild. \u2013 Bayrut: Dor al-ilm, 2002. \u2013 B. 78.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref15\" name=\"_ftn15\">[15]<\/a> Imom Buxoriy. Birrul volidayn. \u2013 Misr: Maktabatul Imom al-Buxoriy, 2014.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref16\" name=\"_ftn16\">[16]<\/a> Imom Buxoriy. Al-adab al-mufrad. \u2013 T., 1970.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref17\" name=\"_ftn17\">[17]<\/a> Qarang: Najmiddin Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiy. Al-Qand fi zikri ulamoi Samarqand. Nazar Muhammad Foryobiy tahqiqi. \u2013 Saudiya Arabistoni: Maktabatul Kavsar, 1991.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nodir QOBILOV, <\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00abMOVAROUNNAHR VA ISLOM SIVILIZATSIYASINING \u015eAKLLANI\u015eI\u00bb MAVZUSIDA \u00d6TKAZILGAN XALQARO KONFERENSIYA T\u00d6PLAMIDAN OLINDI.<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Movarounnahr \u2013 Sirdaryo va Amudaryo orali\u011fida joyla\u015fgan tarixiy-geografik hudud b\u00f6lib, hozirgi \u00d6zbekiston, Tojikiston, Qir\u011fiziston, Turkmaniston va Qozo\u011fistonning janubiy qismini \u00f6z i\u00e7iga oladi. Bu mintaqa islom sivilizatsiyasining \u015fakllani\u015fida muhim \u00f6rin tutgan. Islom dini bu yerga VII asr oxiri \u2013 VIII asr bo\u015flarida, arab q\u00f6\u015finlarining harbiy yuri\u015flari natijasida kirib kelgan. Qutayba ibn Muslim (669-715) bo\u015f\u00e7iligidagi arab q\u00f6\u015finlari &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":54131,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54129"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=54129"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54129\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":54130,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54129\/revisions\/54130"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/54131"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=54129"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=54129"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=54129"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}