{"id":54067,"date":"2026-11-06T14:06:14","date_gmt":"2026-11-06T09:06:14","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54067"},"modified":"2026-11-04T15:12:13","modified_gmt":"2026-11-04T10:12:13","slug":"islomda-sayohatning-orni-va-ahamiyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54067&lang=oz","title":{"rendered":"ISLOMDA SAYOHATNING \u00d6RNI VA AHAMIYATI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sayohat Islom dinining ikki asosiy manbai b\u00f6lgan Qur\u02bconi karim va Sunnatda k\u00f6p bora tar\u011fib etilgan, ahamiyati alohida ta\u02bckidlangan amallardan biri sifatida namoyon b\u00f6ladi. Hatto ayrim tadqiqot\u00e7ilar Islomda sayohatning ildizlari \u00abdinning \u00f6zi kabi qadimiy\u00bb ekanini ta\u02bckidlab, bu hodisa Islom an\u02bcanalariga keyin\u00e7alik kirib kelmaganini, balki dinning paydo b\u00f6li\u015fi bilan birga islomiy hayot tarzining ajralmas qismiga aylanganini qayd etadilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, Qur\u02bconi karimning olti alohida oyatida insonlar yer yuzi b\u00f6ylab sayohat qili\u015fga, ayniqsa, \u00f6tmi\u015fda ya\u015fab \u00f6tgan xalqlarning turmu\u015f tarzi, tarixi va bo\u015flaridan ke\u00e7irgan voqealarini \u00f6rganib, ulardan ibrat oli\u015fga da\u02bcvat etiladi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00ab<\/strong> Sizlardan ilgari k\u00f6p (ibratli) voqealar b\u00f6lib \u00f6tgan. Yer yuzi b\u00f6ylab sayr qilinglar va (haqni) yol\u011fonga \u00e7iqarganlarning oqibati qanday b\u00f6lganini k\u00f6ringlar!<strong>\u00bb<\/strong> (Oli Imron, 137-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015euningdek, Qur\u02bconi karimning yana oltita oyatida yer yuzida sayohat qilgan b\u00f6lsalar-da, undan tegi\u015fli xulosa va ibrat \u00e7iqarmagan qavmlar tanqid ostiga olinadi. Bu borada quyidagi\u00e7a marhamat qilinadi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00ab<\/strong>Axir, (odamlar) yer yuzida sayohat qilib, \u00f6zlaridan avvalgi (imonsiz) kimsalarning oqibatlari qanday b\u00f6lganini k\u00f6rsalar b\u00f6lmaydimi?<strong>\u00bb<\/strong> (Yusuf, 109-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har ikki guruh oyatlarda ham insonning amalga o\u015firgan yoki o\u015firadigan sayohatlari orqali tarixiy ong va tafakkurga ega b\u00f6li\u015fi, bu angla\u015f jarayoni esa uning iymonini mustahkamlab, Allohga b\u00f6lgan itoatini yanada ku\u00e7aytiri\u015fi maqsad qilingan. Biroq bundan ham e\u02bctiborli jihati \u015fundaki, Qur\u02bconi karimda insonning muayyan idrok darajasiga, so\u011flom tafakkur va ongli dunyoqara\u015fga eri\u015fi\u015fida ham sayohatning muhim ahamiyat kasb eti\u015figa i\u015fora qilinadi. Jumladan, quyidagi oyatda \u015funday deyiladi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00ab<\/strong>Axir, ular (Makka mu\u015friklari) yer yuzida sayr qilmaydilarmi, (ana \u00f6\u015fanda) ular u\u00e7un ongli dillar, tinglaydigan quloqlar b\u00f6lur edi<strong>\u00bb.<\/strong> (Haj, 46-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qur\u02bconi karim insonning ong va idrok darajasini yuksaltiri\u015f, binobarin, iymon va itoatini mustahkamla\u015fda sayohatning ahamiyatini alohida ta\u02bckidlagan b\u00f6lsa, <strong><em>\u00abSayohat qilinglar, salomat b\u00f6linglar\u00bb<\/em><\/strong> mazmunidagi hadis ham sayohatning inson salomatligiga ijobiy ta\u02bcsir k\u00f6rsati\u015fini ifoda etadi. \u015eu tariqa mazkur hadis bir tomondan Qur\u02bconda ilgari surilgan u\u015fbu qara\u015fni q\u00f6llab-quvvatlasa, ikkin\u00e7i tomondan sayohatning inson ruhiyatiga k\u00f6rsatadigan ma\u02bcnaviy ta\u02bcsiri bilan bir qatorda, uning jismoniy va biologik jihatdan ham foydali ekaniga e\u02bctibor qaratadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 \u015euningdek, Tavba surasining <strong>\u00ab<\/strong>(Ular) tavba qiluv\u00e7ilar, ibodat qiluv\u00e7ilar, hamd (\u015fukrona) aytuv\u00e7ilar, r\u00f6za tutuv\u00e7ilar, ruku\u02bc etuv\u00e7ilar, sajda qiluv\u00e7ilar, yax\u015filikka buyuruv\u00e7ilar, yomonlikdan qaytaruv\u00e7ilar va Allohning hududi (buyruqlari)ni rioya qiluv\u00e7ilardir. M\u00f6minlarga xu\u015fxabar bering!<strong>\u00bb<\/strong> mazmunidagi 112-oyatda ham sayohat tu\u015fun\u00e7asi tavba, ibodat, hamd, ruku\u02bc va sajda kabi diniy amallar bilan bir qatorda zikr etilib, yuksak maqomga k\u00f6tariladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bo\u015fqa tomondan, Islom fiqhida safar va musofirlikka oid i\u015flab \u00e7iqilgan hukmlar ham sayohatning ra\u011fbatlantirilganini yaqqol namoyon etadi. Xususan, musofirlarga namoz va r\u00f6za kabi dinning asosiy ibodatlarini ado eti\u015fda muayyan yengilliklarning berili\u015fi bu qara\u015fning eng muhim dalillaridan hisoblanadi. Mazkur omillarning bar\u00e7asi sayohat Islomning ilk davrlaridanoq musulmonlar hayotida muhim \u00f6rin egallaganini k\u00f6rsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, bir tarix\u00e7i \u00f6rta asr musulmon olimlari hayotida sayohatning tutgan \u00f6rnini quyidagi\u00e7a tasvirlaydi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u00ab\u00d6rta asrlarda ya\u015fagan Islom olimlari sayohatga juda i\u015fqiboz edilar. Ular sayohat madaniyatini ham katta i\u015ftiyoq bilan rivojlantirganlar. Ularning k\u00f6p\u00e7iligi u\u00e7un sayohat hayotlaridagi eng muhim sinov edi. \u00c7ekkan ma\u015faqqatlari ularni olimlik martabasiga yetkazgani bois, sayohat qiyin\u00e7ilik va azob-uqubatlarga sabr qili\u015f tajribasi bilan uy\u011funla\u015fgan ma\u02bcnaviy \u00f6zgari\u015f jarayoni sifatida qabul qilingan. Ular sayohatni samarali ilmiy faoliyatga t\u00f6sqinlik qiluv\u00e7i yuk yoki ma\u015faqqatli majburiyat sifatida bahola\u015fga aslo xayrixoh b\u00f6lmaganlar\u00bb.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aslida, sayohat \u00f6z mohiyatiga k\u00f6ra har doim muayyan qiyin\u00e7ilik va ma\u015faqqatlarni keltirib \u00e7iqargan. Hatto Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ham: <strong><em>\u00abSafar azobning bir b\u00f6lagidir\u00bb<\/em><\/strong>, deya marhamat qilib, sayohat davomida yuzaga keladigan qiyin\u00e7iliklarga e\u02bctibor qaratganlar. \u015eunga qaramay, musulmonlar hayotida safar tufayli yuzaga keladigan ma\u015faqqatlar vaqt \u00f6ti\u015fi bilan g\u00f6yo ma\u02bcnaviy zavq va kamolot vositasiga aylangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zero, Islomda eng fazilatli amallar qatorida e\u02bctirof etilgan haj, jihod va hijrat kabi ibodat hamda faoliyatlarni amalga o\u015firi\u015f faqat safar orqali mumkin b\u00f6lgan. Bularga q\u00f6\u015fim\u00e7a ravi\u015fda, ayniqsa, ilm tahsil qili\u015f ham tarix davomida sayohatni taqozo etuv\u00e7i eng muhim omillardan biri b\u00f6lib kelgan. U\u015fbu sabablarning bar\u00e7asi musulmonlarni sayohatni ibodat va ma\u02bcnaviy mas\u02bculiyat sifatida qabul qili\u015fga undagan. Xususan, ilm oli\u015f maqsadida safarga \u00e7iqi\u015f musulmon olimlari u\u00e7un zarurat, hatto ilm \u00f6rgani\u015fning ajralmas va uzviy \u015farti sifatida e\u02bctirof etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilm sohalari orasida, ayniqsa, hadis ilmi k\u00f6plab va uzoq davom etadigan safarlarni taqozo qiluv\u00e7i fanlardan biri sifatida ajralib turgan. \u015eu bois hadis olimlari ilm y\u00f6lida amalga o\u015firgan sayohatlari bilan ma\u015fhur b\u00f6lganlar. Mazkur safarlar hadis ilmining rivojlani\u015fi, turli hududlarda ya\u015fagan roviylardan hadislarni bevosita \u00f6rgani\u015f, rivoyat matnlarini \u00f6zaro qiyosla\u015f hamda sanad zanjirlarini sin\u00e7kovlik bilan tadqiq eti\u015fda nihoyatda muhim ahamiyat kasb etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Gar\u00e7i ilm va din y\u00f6lida amalga o\u015firilgan bunday safarlar k\u00f6proq erkak olimlar faoliyati bilan bo\u011flab talqin qilingan b\u00f6lsa-da, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) davrlaridan bo\u015flab ayollar ham diniy va ilmiy maqsadlardagi safarlarda faol i\u015ftirok etganlari kuzatiladi. Bu holat Islom ilmiy an\u02bcanalarida sayohat faqat erkak olimlarga xos faoliyat b\u00f6lmaganini, balki ayollar ham diniy bilimlarni \u00f6zla\u015ftiri\u015f, ularni rivoyat qili\u015f va keyingi avlodlarga yetkazi\u015f jarayonida muhim \u00f6rin tutganlarini yaqqol namoyon etadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Otabek MUHAMMADIYEV<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi <\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>katta ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sayohat Islom dinining ikki asosiy manbai b\u00f6lgan Qur\u02bconi karim va Sunnatda k\u00f6p bora tar\u011fib etilgan, ahamiyati alohida ta\u02bckidlangan amallardan biri sifatida namoyon b\u00f6ladi. Hatto ayrim tadqiqot\u00e7ilar Islomda sayohatning ildizlari \u00abdinning \u00f6zi kabi qadimiy\u00bb ekanini ta\u02bckidlab, bu hodisa Islom an\u02bcanalariga keyin\u00e7alik kirib kelmaganini, balki dinning paydo b\u00f6li\u015fi bilan birga islomiy hayot tarzining ajralmas qismiga aylanganini qayd &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":54069,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54067"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=54067"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54067\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":54068,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54067\/revisions\/54068"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/54069"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=54067"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=54067"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=54067"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}