{"id":54059,"date":"2026-11-12T10:31:22","date_gmt":"2026-11-12T05:31:22","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54059"},"modified":"2026-11-04T14:37:45","modified_gmt":"2026-11-04T09:37:45","slug":"sofiya-robiai-adaviya-haqida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54059&lang=oz","title":{"rendered":"S\u00d6FIYA ROBIAI ADAVIYA HAQIDA"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Kiri\u015f. <\/strong>Ayol zotining insoniyat tarixida ham, jamiyat taraqqiyotida ham \u00f6rni beqiyosdir. U be\u011faraz mehr sohibi \u2013 ona, insoniyat davom\u00e7isi, tarbiya\u00e7isi, erkak u\u00e7un \u2013 vatan, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy sohalarda ham \u00f6ziga xos \u00f6rnini topgan muhim \u015faxsdir. Yaratuv\u00e7ining nozik xilqati \u2013 ayol insoniyat oldidagi beminnat xizmati, fidokorona mehnati tahsinga loyiq muqaddas zotdir. Islom tarixi va madaniyati xazinasida, ya\u02bcni ijtimoiy, siyosiy va falsafiy sohalarda ulu\u011f mutafakkir ajdodlarimiz qatorida \u015funday buyuk ayollar borki, hayoti va faoliyati ibrat maktabi b\u00f6lib, hanuz faxr bilan \u00f6rganiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buyuk mutafakkir Ali\u015fer Navoiyning \u201cNasoyimul muhabbat min \u015famoyim ul-futuvvat\u201d asari \u00f6z ustozi, fors adabiyoti namoyandasi Abdurahmon Jomiyning \u201cNafahot ul-uns min hazarot il-quds\u201d tazkirasining erkin tarjimasidir. Mazkur asarda 770 nafar ma\u015foyix zikri qayd qilinadi, \u015fulardan 35 nafari ayollar b\u00f6lib, ular haqida asar s\u00f6ngida \u201cErkaklar martabasiga yetgan orif ayollar zikri\u201d sarlavhasi bilan ma\u02bclumot bergan. Mazkur maqolada tasavvuf ulamolari orasidan orifa Robiai Adaviya hazratlari t\u00f6\u011frisida s\u00f6z yuritmoq\u00e7imiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Robiai Adaviya (718-801, Iroqda ya\u015fab \u00f6tgan) \u2013 arab \u015foirasi, ma\u015fhur s\u00f6fiy, faylasuf, avliyo ayol, zohidlik davrining eng ma\u015fhur namoyandasi. Uning nomi manbalarda turli\u00e7a, jumladan, Robiya al-Adaviya al-Qaysiyya Basriya, Robiya al-Basriy, Hazrati Bibi Robiya Basriy kabi nomlar bilan atalgan. Hayoti, oilasi, ota-onasi, faoliyati t\u00f6\u011frisida yoki ijodi mahsuli haqida xabar beruv\u00e7i mufassal manba yetib kelmagan. U haqida manoqiblar va tazkira asarlarda turli-tuman rivoyat va naqllar yetib kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. <\/strong>\u201cHazrati Bibi Robiya hijriy 90-yilda Basra \u015fahrida kamba\u011fal oilada dunyoga kelgan va islomning yana bir taqvodor va solih mutasavvifi va avliyosi Hazrati Hasan Basriy davrida ya\u015fagan. Bibi Robiya Basriy VIII asrning eng buyuk avliyolaridan biri sifatida \u015fu kunga\u00e7a eslab kelinadi va u imoni, taqvosi va sabri u\u00e7un mehr bilan yodga olinadi [12:108-110].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Margaret Smit bergan ma\u02bclumotga k\u00f6ra, Qays ibn Adi qabilasining Al-Atik (yoki Otik\u00f6\u011fli) qavmidan b\u00f6lgan ozod ayol, uning Adaviya yoki Qaysiya, \u015funingdek, Basriya deya atali\u015fi qabilasi, tu\u011filgan joyi nomi bilan bo\u011fliq. U sunniy agiografiyaning eng yax\u015fi vakillaridan biri b\u00f6lgan [5].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Robiai Adaviya tu\u011filgan paytda oilasi no\u00e7or hayot ke\u00e7irayotgandi. Oilada t\u00f6rtin\u00e7i farzandligi u\u00e7un Robia (t\u00f6rtin\u00e7i) deb ism q\u00f6yilgan. Manbada keltirili\u015fi\u00e7a [8:145], onasining iltimosi bilan otasi q\u00f6\u015fnidan \u00e7aqaloqni \u00f6ra\u015fga mato va uyni yoriti\u015f u\u00e7un biroz moy olib keli\u015fga \u00e7iqadi, biroq bu hayotda birovdan biror nima s\u00f6ramaslikka ahd qilgan (islom odobiga k\u00f6ra ehtiyojlar bandasidan emas, faqat Yaratuv\u00e7idan s\u00f6raladi) ota borib, q\u00f6\u015fnining e\u015figi oldidan qaytadi, onasi yi\u011flab uyquga ketgan. \u015eu ke\u00e7a onasi tu\u015fida Pay\u011fambar(s.a.v)ni k\u00f6rgan, Pay\u011fambar(s.a.v) unga \u011famgin b\u00f6lmasligini, tu\u011filgan qiz ummatdan yetmi\u015f ming ki\u015fini \u015fafoat etadigan darajalarga eri\u015fajagini aytadi. Oilaga esa\u00a0 Basra amiri Iso Rodon, Pay\u011fambar (s.a.v)ga salovot ayti\u015fni unutgani evaziga\u00a0 yordam beri\u015fini, buning u\u00e7un Robianing otasi amir oldiga borib, bu holatni unga eslati\u015fini tayinlagan. Ota ertasiga amir oldiga borib, tu\u015f haqida aytganida amir yi\u011flaydi, \u00f6n baravar orti\u011fi bilan mabla\u011f berib bu oilaga doim yordam berib turi\u015fini aytadi. \u015eu voqeaning \u00f6ziyoq Robia Allohning xos ki\u015filaridan biri ekaniga dalolatdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ota-onasi (\u015fahar amiri ham) vafotidan keyin Basradagi qattiq o\u00e7ar\u00e7ilik va kasallik tarqalgan davrda Robia qul qilib sotib yuborilgan. Robianing taqvosi,\u00a0 sabri, ibodatda sobitligi zolim x\u00f6jayinining unga b\u00f6lgan munosabatini \u00f6zgartiradi va uni x\u00f6jayini ozod qiladi. \u015eundan keyin \u00e7\u00f6lu sahroda g\u00f6\u015fani\u015finlikda toatu ibodat bilan ya\u015fay bo\u015flaydi. Bir muddatdan keyin Basra \u015fahrida ulamolar majlislarida qatna\u015fgan holda, \u00f6zi ham odamlarga yordam berib, Yaratganning amrlarini bekamu k\u00f6st, bajarib, juda oddiy, sabr-qanoatda, rozi\u00e7ilikda yol\u011fiz \u00f6zi (k\u00f6p manbalarda keltirili\u015fi\u00e7a oila quri\u015fni rad etib) umrguzaronlik qilgan. Manbalarda uning dastlab, soz \u00e7alib q\u00f6\u015fiq aytgani va \u015fe\u02bcrlar yozgani qayd qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Zihniy: \u201cU ayol b\u00f6lsa-da, fe\u02bcl-atvori bilan qalbi ma\u02bcrifatli ediki, u insoniy kamolot masalasida k\u00f6p erkaklardan yaqqol ustun edi va \u015funing u\u00e7un uni \u201cErkaklar toji\u201d deb ata\u015fgan. Taqvo va zohidlikda \u015fu qadar ma\u015fhur ediki, uning maqtovi hammaning tilida b\u00f6lib, ulu\u011f nomi zohid erkak va ayollar u\u00e7un \u00f6ziga xos maqol b\u00f6lib qoldi\u201d (Ma\u015fohir an-Niso) [5]. Darhaqiqat, sayyida b\u00f6lib dunyoga kelgan, karomatli va karomatlarga boy\u00a0 b\u00f6lgan bu zotning hayoti\u00a0 vaqt \u00f6tga\u00e7 tildan-tilga k\u00f6\u00e7ib, afsonaga aylandi. K\u00f6ryapmizki, Robiai Adaviyadan biror yozma manba, ilmiy, badiiy kitob, risola yoki ma\u015fhur \u015fogird, solih farzand yoki moddiy meros qolmagan, saqlanmagan. Bunday narsalar unda y\u00f6q ham, biroq u ma\u015fhur avliyo ayol, hatto, ba\u02bczi ma\u015fhur erkak ulamolardan \u00f6z y\u00f6nali\u015fida avlo k\u00f6rilgan. Binobarin, Robiai Adaviya tasavvuf ta\u02bclimotiga asos solgan va amalda ya\u015fab bergan, birin\u00e7i zohid, birin\u00e7i s\u00f6fiy-orif, birin\u00e7i b\u00f6lib ilohiy i\u015fq tu\u015fun\u00e7asini muomalaga kiritgan, \u00f6z davri ulamolari e\u02bctirofiga sazovor b\u00f6lgan, allomalar masalalarini hal qila olgan orifa-avliyo ayol. Darhaqiqat, bu orifa ayol yuksak ilm-ma\u02bcrifati, sabr-qanoati, taqvosi, taqdirdagi har qanday holatlardan rizosi, qaytariqlardan qattiq tarki-parhezi, sodiq tavajjuhi va eng muhimi Yaratuv\u00e7isiga qalbi t\u00f6la i\u015fqi bilan\u00a0 asrlar o\u015fa insoniyatga ibrat-namuna\u00a0 b\u00f6lib kelmoqda. Taxminan 80 yillik hayotining \u00f6zi, turmu\u015f tarzi, odam, olam, tabiat va jamiyatga samimiy va haqqoniy munosabati orifaning inson umri mazmunini, yaratili\u015fidan maqsadini, Oliy Haqiqatni \u00e7uqur anglaganining dalili sifatida bebaho xazinadir. Bu kitob bugungi zamon ki\u015fisi u\u00e7un ham, ayniqsa, ayollar u\u00e7un amaliy q\u00f6llanma, dasturulamal b\u00f6la oladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdurahmon Sulamiy, Imom Yofi\u02bciy, Abu Bakr Kalobodiy, Ibn Xallikon, Muhammad Zihniy, Imom Abdulkarim Qu\u015fayriy, Abulhasan Hujviriy, Imom \u011eazzoliy, Fariduddin Attor\u00a0 kabi ulamolar asarlarida\u00a0 orifa Robiai Adaviya umr y\u00f6li, hayot tarzi tahlil qilingan, uning faoliyatining \u00f6zi bir ta\u02bclimot darajasida ekani ta\u02bckidlangan, bu orifa ayol qara\u015flariga yuksak baho berilgan hamda tasavvuf tarixidagi yuksak \u00f6rni, ahamiyati\u00a0 e\u02bctirof etilgan. Robiai Adaviya t\u00f6\u011frisida yozilgan bo\u015fqa bar\u00e7a asarlar yuqorida keltirilgan manbalar asosida yaratilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mustamliy Buxoriyning (vaf.1043) \u201c\u015earh at-Taarruf\u201d asarida VIII-XI asrlarda ya\u015fagan 134 nafar s\u00f6fiy t\u00f6\u011frisida agiografik ma\u02bclumot jamlangan. Robiai Adaviya zohidlik davrining Basra maktabi yirik vakillari Hasan Basriy, Ibrohim Adham, Molik ibn Dinor, Abdulvohid ibn Zayd qatorida tilga olingan. Uning zuhdida toat-ibodat, taqvodorlik va parhezkorlikdan ta\u015fqari, Allohga tavakkul va muhabbat, Allohdan q\u00f6rqi\u015f va rozilik singari tu\u015fun\u00e7alar mavjudligi ta\u02bckidlangan. Nazariy va amaliy asoslarga ega zohidlik davrining ikkin\u00e7i bosqi\u00e7iga mansub Robiai Adaviya faoliyatida tavba (qayti\u015f), tavakkul (\u00f6zini top\u015firi\u015f), rizo (rozilik), muhabbat (sevgi), huzn(qay\u011fu), xavf(q\u00f6rqi\u015f), rajo (umid) yetak\u00e7ilik qiladi. Mustamliy Buxoriy \u00f6n ikki maqom (tavba, zuhd, tavakkul, zikr, uns, qurb, fano, baqo, rizo, ittisol, tajrid, tafrid)ni talqin qilar ekan, rizo maqomini \u015funday \u015farhlaydi: \u201cRobia \u015funday bir maqomda ediki, Xudo uni azoblaganda ham, azoblamaganda ham, bularning har ikkalasini ravo deb bilardi. \u00c7unki Robia Haqning unga nisbatan qilgan i\u015flaridan rozi edi\u201d [6:160].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xoja Orif Revgariy \u201cOrifnoma\u201dda Robiai Adaviya hayotiga oid bir ne\u00e7a naqllarni keltiradi. Jumladan, Robiai Adaviyaning Hasan Basriy bilan asrdo\u015f ekanini, bu ulamoga u\u00e7 narsa, ya\u02bcni \u015fam, igna va so\u00e7 tolasi yuborganini hamda\u00a0 hikmat ahlining bu holatga \u015farhini bayon etadi: \u201cmum kabi muloyim b\u00f6l va \u00f6zing yonib olamni munavvar ayla!\u00a0 Va igna kabi \u00f6zing yalan\u011fo\u00e7 qolib b\u00f6lsa-da, \u00f6zgalarni kiyintir va bir-biroviga payvand et! Va Alloh taologa olib boruv\u00e7i y\u00f6l \u2013 xuddi so\u00e7 tolasidek nozik va ingi\u00e7kadurkim, toyib yiqili\u015fdan hu\u015fyor b\u00f6l!\u201d [9:8]. Bu naqldan \u015funday ibrat oli\u015f kerakki, muloyimlik \u2013 bu suhbat, munosabatlar va atrof-muhitga muloyimlikdir. Muloyimlik nimadan paydo b\u00f6ladi deyilsa, albatta mehrdan yaraladi, demak, mehr-muloyimlik bilan olamni yoru\u011f-munavvar qili\u015f mumkin. Igna kabi xizmat qili\u015f deganda beminnat, be\u011faraz yax\u015filik qili\u015f tu\u015funilsa, insonning asosiy maqsadi Allohga yaqinla\u015fi\u015f, Uni angla\u015f b\u00f6ladigan b\u00f6lsa, bu y\u00f6l juda nozik, ada\u015fmaslik u\u00e7un hu\u015fyor b\u00f6li\u015f kerakligi uqtirilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cRisolai aziza\u201d S\u00f6fi Olloyorning \u201cSabotul ojizin\u201d asarining \u015farhi b\u00f6lib, \u201cHikoyati Robia alayha rohmah\u201d sarlavhasi ostida Robianing xotinlar majlisida k\u00f6ngliga Alloh taolodan q\u00f6rquv tu\u015fib, yi\u011flagani, yetti yilda Ka\u02bcbaga piyoda borgani \u015farhlangan. Muallif, \u201cAytmi\u015flarki, Ka\u02bcbatulloh Robia xotun tomon yurdi, \u00f6zini tavof qildirdi\u201d deb yozadi [7:108]. Allohning Yerdagi uyi \u2013 Ka\u02bcba bir ojiza ayolga pe\u015fvoz \u00e7iqdi, bu zamonning biz kabi \u011faflatdagi bandalari bu holatni hazm qilolmay, uni afsona deyi\u015fimiz aniq, biroq Allohning muqarrab, yaqin d\u00f6sti, pay\u011fambarlardan keyin turguv\u00e7i avliyoulloh zotlari \u015fu martabaga eri\u015fa olganlar. \u201cRisolai aziza\u201dda yana \u011fofil bandalar hamma vaqtini tiriklik havaslari, \u00f6yin-kulgu bilan \u00f6tkazi\u015fi, tavba qilsa-da, tavbasida qat\u02bciylik y\u00f6qligini qoralab, \u201cErta bilan tavba qilsak, tu\u015f vaqtida uni buzib, avvalgi xatolarimizga qaytarmiz. Bizga Robia kabi kamolot topmoqqa y\u00f6l b\u00f6lsin!?\u201d, deb yakunlaydi \u015farhni.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom \u011eazzoliy \u201cMuko\u015fafatul qulub\u201d asarida yozi\u015fi\u00e7a, bu orifa ayolga qadar mutasavviflar ijodida Allohdan q\u00f6rquv mavzusi keng \u00f6rin olgan b\u00f6lsa, uning ijodida esa Allohga muhabbat bo\u015f \u011foyaga aylangan. Mazkur kitobda bu orifa ayolning quyidagi misralarini keltirib, \u00e7indan ham, sevgining alomati \u2013 suyganiga mosla\u015fmoq va sevgilisi yoqtirmagan xatti-harakatlardan tiyilmoq deb tu\u015funtiradi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSevaman!\u201d deysanu, etasan isyon,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu holing ajoyib, b\u00f6laman hayron.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Itoat qilgin-da, sevsang gar albat<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sevgan suyganiga etar itoat [1:20].\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Robiai Adaviya \u011earbda ilk islom s\u00f6fiysi sifatida XIII asrdayoq tanilgan va bemisl \u015fuhrat qozongan. Nemis olimasi Annamariye \u015eimmel Robiai Adaviyaga \u201cQirq s\u00f6fiy\u201d va \u201cJonon mening jonimda\u201d asarlarida yuksak baho beradi: \u201cRobiai Adaviya dunyoning bar\u00e7a lazzatlaridan voz ke\u00e7i\u015fga undaydigan tarkidunyo\u00e7ilikning \u00e7inakam i\u015fq, ya\u02bcni Allohning i\u015fqi bilan ya\u015fa\u015fga undaydigan tasavvufga aylani\u015fida asosiy hal etuv\u00e7i rol \u00f6ynaydigan ayoldir\u201d [3:44-45,18].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom\u015funos, rus tasavvuf\u015funos olimi Aleksandr Dmitriyevi\u00e7 Kni\u015f bu avliyo ayol haqida \u015funday yozadi: Robia al-Adaviyaning s\u00f6zlariga k\u00f6ra, diniy amrlarni va zohidlikni sin\u00e7kovlik bilan bajari\u015f, ruhni bar\u00e7a begona ta\u015fvi\u015f va ehtiroslardan tozala\u015f, uni ilohiy sevgini idrok eti\u015fga, \u201csevgili\u201d haqida fikr yuriti\u015fga va u bilan muloqot qili\u015fga tayyorla\u015f kerak [4:195-196].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Siddiq Ru\u015fdiyning (XVIII asr) \u201cTazkiratul avliyoi turkiy\u201d asarida: \u201cXususan, Robia \u00f6z vaqtida amalda va ma\u02bcrifatda, ya\u02bcni xudoni tanimoqda ham tengi y\u00f6q erdi. Va \u00f6z zamonidagi avliyolar oralarida (andin) m\u00f6\u02bctabari y\u00f6q erdi. Va aning ilmi \u00f6\u015fal zamonadaqa xaloyiqqa hujjati qote\u02bc (rad etib b\u00f6lmas) erdi, ya\u02bcni \u201cbu i\u015fni Robia qildi va bu s\u00f6zni Robia dedi\u201d desa, dalil lozim ermas erdi\u201d [10:76].\u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Tadqiqot metodologiyasi. <\/strong>Maqola falsafa tarixining bir ne\u00e7ta, jumladan, tarixiylik, taqqosla\u015f, germenevtik, mantiqiylik kabi\u00a0 metodlari \u00a0asosida tayyorlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Tahlil va natijalar. <\/strong>Robiai Adaviya tasavvuf tarixida \u00f6\u00e7mas iz qoldirgan Ibrohim Adham Hasan Basriy, Sufyon Savriy, Malik bin Dinor, Boyazid Bistomiy kabi buyuk zotlar bilan zamondo\u015f. U \u00f6ziga\u00e7a va zamonidagi s\u00f6fiylardan farqli ravi\u015fda mujohada y\u00f6li bilan \u00f6zni tani\u015f, zohiriy va botiniy (qalbni hasad, riyo, ujb, kibr va \u015fu kabi illatlardan pokla\u015f, \u015funingdek, tilni \u011fiybat, yol\u011fon va bekor\u00e7i s\u00f6zlardan tiyi\u015f) r\u00f6za vositasida poklani\u015f bilan Haqni tani\u015fdan b\u00f6lgan maqsad-muddaoga yangi\u00e7a ruh va mazmun ba\u011fi\u015fladi. U ya\u015fa\u015fdan, taqvodan maqsad yagona \u2013 Yor (Alloh) visoli, deb bildi va \u00f6zining ya\u015fa\u015f tarzi, xatti-harakati, gap-s\u00f6zi bilan buni amalda isbotladi. Alloh i\u015fqi xususida keng t\u00f6xtalgan ilk s\u00f6fiy ayol \u2013 Robiai Adaviya tasavvufda ilohiy i\u015fq timsoliga aylangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Robia doim zoriliq bilan b\u00f6zlar edi. Ayti\u015far ediki,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Ey oxirat ayoli! K\u00f6ryapmizki, zohir bir dard \u2013 kasaling y\u00f6q,\u00a0 ne\u00e7un bundoq b\u00f6zlaysan?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Zohir xastaligim y\u00f6q,\u00a0 ammo botinimda bir dard bor,\u00a0 tabiblar bu dardni he\u00e7 muolaja qila olmagay. Dardimning darmoni d\u00f6st visolidir!.. \u2013\u00a0 der edi [8:151-152].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Robia\u00a0 doim \u015funday munojot qilar edi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yo Xudovand-o, Pod\u015foh-o, Parvardigoro! Mening i\u015fim va orzuim dunyo saroyida Sening zikringdir, oxiratda liqoingdir! <em>(u\u00e7ra\u015fi\u015f, k\u00f6ri\u015fi\u015f, vosil b\u00f6li\u015f). <\/em>Men zaif holimni arz etdim. Bo\u015fqasini, ne istasang, Sen qil! [8:154].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fariduddin Attorning \u201cMantiqut tayr\u201d asarida \u00f6qiymiz:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Ul ayol ermasdi, yuz bir mard edi,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bor vujudi birla ayni dard edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u011earqi nuri Haq edi ul doimo,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Poku musta\u011fraq edi ul doimo [11:26].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fariduddin Attor Pay\u011fambarimiz (s.a.v.)ning \u201cAlloh y\u00f6lidagi ayol erdir\u201d degan hadislarini keltirib, \u201cRobia \u00f6z zamonida Xaq muomalasi va ma\u02bcrifati bobida benazir edi\u201d, deydi. Mazkur asarda ikkin\u00e7i Maryam deya Robiai Adaviyaga juda yuqori baho beradi: \u201cUl maxdumi mahzurai xos, ul masturai ixlos, ul s\u00f6xtai i\u015fqu i\u015ftiyoq, ul \u015fiftai qurbu ihtiroq, Maryami soniyi maqbuli \u2013 Robi\u02bcat ul-Adaviyya&#8230; rahmatullohi alayho&#8230;\u201d [8:145] (U xos xodim,\u00a0 ixlos bilan pardalangan, i\u015fq-i\u015ftiyoqda kuygan&#8230;)<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00d6zbek mutafakkiri Ali\u015fer Navoiyning \u201cNasoyimul muhabbat\u201d tazkirasida Robiai Adaviya haqida \u015funday keltirilgan: Sufyon andin s\u00f6rdiki, banda Tengri taolo\u011fa taqarrub tilar nimalardin yax\u015firo\u011fi qaysidur? Ul dedi, uldurki, bilgayki, dunyo va oxiratda andin \u00f6zgani sevmas [2:479]. Ya\u02bcni Allohga yaqin qiladigan amallarning qay biri afzal deb s\u00f6ralsa, Robia dedi: \u201cBu dunyoda ham, oxiratda ham Allohdan \u00f6zgani sevmaslik\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 <strong>Xulosa va takliflar.<\/strong> Xulosa qilib quyidagilarni ayti\u015f mumkin:<\/span><\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Robiai Adaviya VIII asrda Iroqning Basra \u015fahrida ya\u015fab, umrguzaronlik qilgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Robiai Adaviya islom tarixidagi eng ma\u015fhur ayol s\u00f6fiylardan biri b\u00f6lib, tasavvuf ta\u02bclimotining \u015fakllani\u015fi va rivojiga munosib hissa q\u00f6\u015fgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu orifa ayol tasavvufning ilk bosqi\u00e7i \u2013 zohidlik davrining taniqli namoyandasidir.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Robiai Adaviya tasavvufda ilohiy i\u015fq \u011foyasini ilgari surgan ilk s\u00f6fiylardandir.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U tasavvuf tarixida ilohiy i\u015fq timsoliga aylangan, Allohga b\u00f6lgan muhabbatni eng oliy darajada ifoda etgan orifadir.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uning hayoti va qara\u015flari Allohga b\u00f6lgan xolis muhabbatni tar\u011fib qiladi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu orifa ayol sunniy agiografiyaning eng yax\u015fi vakillaridan biri b\u00f6lgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Robia Haqni tanigan, Haqqa yeta olgan, ya\u02bcni tasavvufning ma\u02bcrifat, haqiqat bosqi\u00e7lariga eri\u015fa olgan avliyo \u2013 Allohning yaqin d\u00f6stidir.<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Binobarin, Yaratuv\u00e7i Zotning insoniyatni hidoyat y\u00f6liga y\u00f6llov\u00e7i xos bandalari orasida ayollarning ham ulu\u015fi borligi buyuk \u015farafdir. Robiai Adaviya va bo\u015fqa avliyo ayollarning ma\u02bcnaviy merosini \u00e7uqur \u00f6rgani\u015f, ularni qalban angla\u015f, ilgari surgan insonparvarlik \u011foyalarini hayotimizda tadbiq etib, \u015fular asosida inson hayoti va jamiyatni yanada yax\u015fila\u015fga harakat qili\u015f \u00f6zligimizni angla\u015fga va insoniy mohiyatimizni tu\u015funi\u015fga yordam beradi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Homid \u011eazzoliy. Muko\u015fafatul qulub. Miraziz A\u02bczam tarjimasi. \u2013 T.: Adolat,\u00a0<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ali\u015fer Nasoyimul muhabbat. Mukammal asarlar t\u00f6plami. 20 tomlik. 17-tom. \u2013 T.: Fan, 2001.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Annemariye \u015eimmel. Jonon mening jonimda. T.: \u015earq, 1999, 44-45-b.; Xorijda tasavvuf ta\u02bclimotining \u00f6rganili\u015fi. Talqin va tarjimalar muallifi Q.Ismoilov, mas\u02bcul muharrir H.Boltaboyev. \u2013 T.: Mumtoz s\u00f6z, \u00a0<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u0418\u0441\u043b\u0430\u043c: \u042d\u043d\u0446\u0438\u043a\u043b\u043e\u043f\u0435\u0434\u0438\u0447\u0435\u0441\u043a\u0438\u0439 \u0441\u043b\u043e\u0432\u0430\u0440\u044c. \u2013 \u041c.: \u041d\u0430\u0443\u043a\u0430, 1991.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Margaret Smith. Rabi\u2019a the mystic and her fellow-saints in Islam. Cambridge library collection \u2013 religion. 2010.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Rahimov K. Movarounnahr tasavvufi tarixi: ta\u02bclimotning \u015fakllani\u015fi va tizimla\u015ftirili\u015fi (VIII- XI asrlar). \u2013 T.: Akademna\u015fr, 2020.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Risolai aziza \u2013 Sabotul ojiziyn \u015farhi\/\/Tuzuv\u00e7i: B.Hasan\/. \u2013 T.: A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi na\u015fr., 2000.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Farididdin Attor. Tazkiratul avliyo. Mirzo Kenjabek tarjimasi. \u2013 T.: \u00d6z.ME, 1997.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Xoja Orif Revgariy. Orifnoma. Fors-tojik tilidan Sadriddin Salim Buxoriy, Isroil Subhoniy tarjimasi. \u2013 T.: Navr\u00f6z, 1994.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Homidov H., Ostonqulov I. Tazkiratul avliyoi turkiy. Maqola. Yo\u015flik jurnali. 1990-yil 8-(avgust) son.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u015eayx Fariduddin Attor Ni\u015fopuriy. Asrornoma. Fors tilidan Jamol Kamol tarjimasi. Mantiqut tayr. \u2013 T.: Tamaddun, 2012.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Hanif N. Biographical encyclopaedia of sufis Central Asia &amp; Middle East. \u2013 New Delhi, 2002.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Gavhar ISTAMOVA, <\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bahouddin Naq\u015fband ilmiy-tadqiqot markazi bo\u015f ilmiy xodimi, mustaqil tadqiqot\u00e7i<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cImom Buxoriy saboqlari\u201d jurnali 2025-yil 3-sonidan olindi.<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kiri\u015f. Ayol zotining insoniyat tarixida ham, jamiyat taraqqiyotida ham \u00f6rni beqiyosdir. U be\u011faraz mehr sohibi \u2013 ona, insoniyat davom\u00e7isi, tarbiya\u00e7isi, erkak u\u00e7un \u2013 vatan, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy sohalarda ham \u00f6ziga xos \u00f6rnini topgan muhim \u015faxsdir. Yaratuv\u00e7ining nozik xilqati \u2013 ayol insoniyat oldidagi beminnat xizmati, fidokorona mehnati tahsinga loyiq muqaddas zotdir. Islom tarixi va madaniyati &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":54060,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54059"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=54059"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54059\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":54061,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54059\/revisions\/54061"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/54060"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=54059"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=54059"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=54059"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}