{"id":54054,"date":"2026-11-11T10:51:49","date_gmt":"2026-11-11T05:51:49","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54054"},"modified":"2026-11-04T13:00:36","modified_gmt":"2026-11-04T08:00:36","slug":"al-jome%ca%bc-as-sahih-hadis-toplamining-asl-nusxasi-haqida-ulamolar-fikrlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54054&lang=oz","title":{"rendered":"\u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d HADIS T\u00d6PLAMINING ASL NUSXASI HAQIDA ULAMOLAR FIKRLARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Kiri\u015f<\/strong><strong>. <\/strong>Movarounnahr diyoridan jahon sivilizatsiyasi va islom tamadduni rivojiga katta hissa q\u00f6\u015fgan mufassir, muhaddis, mutakallim va faqih allomalar yeti\u015fib \u00e7iqqan. Manbalarda keltirili\u015fi\u00e7a, birgina hadis ilmi b\u00f6yi\u00e7a u\u00e7 mingdan ziyod muhaddis yurtimizda faoliyat olib borgan. Islom olamida hadis ilmi ustozlari sanalgan Imom Buxoriy, Imom Dorimiy, Imom Termiziy, Abdulhamid Ke\u015fiy, Haysam \u015eo\u015fiy va Muhammad ibn Hibbon kabi muhaddislarning buyuk xizmatlari tufayli bu \u00f6lka \u201cBuyuk muhaddislar yurti\u201d deb e\u02bctirof etilgan va ularning noyob asarlari keng \u00f6rganilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu zamindan yeti\u015fib \u00e7iqqan buyuk ulamolardan hadis ilmi sohasida eng ma\u015fhurlaridan biri, \u015fubhasiz, Imom Buxoriydir. Alloma \u00f6zining nodir zehni, ijtihodi, aql bovar qilmas xotirasi, noyob iste\u02bcdodi bilan \u00f6z zamonasida ham, keyingi davrlarda ham katta hurmatga sazovor b\u00f6lgan. Islom dunyosida muhaddislar sultoni deya \u015fuhrat topgan Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy merosi davrlar o\u015fa \u00f6z qadru qiymatini y\u00f6qotmay, katta qiziqi\u015f bilan mutolaa qilinib, tadqiq etib kelinmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumki, Muhammad ibn Ismoil Buxoriy rahimahulloh (194-256\/810-870) qirq yil mobaynida ilmiy safarda b\u00f6lib, ijodiy faoliyati davomida yigirmadan ziyod asar yozgan. Uning ilmiy merosi hajmi, zamonasining ijtimoiy-ma\u02bcnaviy ilmlarini t\u00f6la-t\u00f6kis qamrab olgani bilan ki\u015fini hayratga soladi. Imom Buxoriyning juda yo\u015f paytidayoq kitob yozi\u015fni bo\u015flagani va ilmning bir ne\u00e7a y\u00f6nali\u015flarida k\u00f6plab kitob yozgani ma\u02bclum.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d (\u201cI\u015fon\u00e7li t\u00f6plam\u201d) Imom Buxoriyning \u015foh asari\u00a0 hisoblanib, u \u00f6n olti yil mobaynida yozilgan. Asarning q\u00f6lyozma nusxalari bugungi kunda dunyoning ma\u015fhur kutubxonalarida saqlanmoqda. Qolaversa, bu t\u00f6plamning asl nusxasi haqida ba\u02bczi ulamo va tadqiqot\u00e7ilar izlani\u015f olib borib, \u00f6z fikr-mulohazalarini bayon etgan. Bugungi kunda bu t\u00f6plam \u00f6zbek\u00e7aga tarjima qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d t\u00f6plamining q\u00f6lyozma nusxalari dunyoning k\u00f6plab ma\u015fhur kutubxonalarida saqlani\u015fidan ham asarning qiymati ne\u00e7o\u011flik yuksak ekanini anglab oli\u015f mumkin. Imom Buxoriyning bu asari Qur\u02bconi karimdan keyingi eng i\u015fon\u00e7li manba sanaladi. \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d t\u00f6plami xorijlik olimlar tomonidan mukammal \u00f6rganilgan va bu haqda kitob, risola va bahslar yozilgan. Asar yurtimizda ham \u00f6rganilgan, ammo uni mukammal deb b\u00f6lmaydi. Bu t\u00f6plamni \u00f6rgani\u015f, tadqiq qili\u015f, u haqidagi qiziqarli ma\u02bclumotlarni xalqimizga yetkazi\u015f oldimizda turgan muhim vazifalardan biri sanaladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. <\/strong>Manbalarda \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dga oid ma\u02bclumotlar turli\u00e7a keltirilgan. Ba\u02bczi manbalarda t\u00f6plamning q\u00f6lyozma nusxalari va dunyodagi ma\u015fhur kutubxonalarda saqlani\u015fi bayon etilgan b\u00f6lsa, bo\u015fqalarida \u015farh, ho\u015fiya va tarjimalariga ur\u011fu berilgan. Hoji Xalifa (vaf. 1068\/1657)ning \u201cKa\u015ffuz zunnun\u201d asarida \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d t\u00f6plamiga ba\u011fi\u015flab yozilgan \u015farhlar bayon etilgan. \u015eamsiddin Zahabiy (vaf. 748\/1347) \u201cTarixul islom\u201dda \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d asari Qur\u02bconi karimdan keyingi eng i\u015fon\u00e7li manba ekaniga e\u02bctibor qaratgan. Turkiyalik olim doktor Fuad Sezgin (1342-1439\/1964-2018) \u201cTarixi turosil arabiy\u201d (\u201cArabiy meroslar tarixi\u201d) asarida \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dga ba\u011fi\u015flab yozilgan \u015farh, muxtasar hamda q\u00f6lyozma nusxalari va ular saqlanayotgan kutubxonalar haqida ma\u02bclumot bergan. K\u00f6plab ulamo va tadqiqot\u00e7ilar bu t\u00f6plamning asl nusxasi haqida izlani\u015f olib borib, \u00f6z fikr-mulohazalarini bayon etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Tadqiqot metodologiyasi. <\/strong>U\u015fbu maqola umum qabul qilingan metodlar, qiyosiy-mantiqiy tahlil, ketma-ketlik, xolislik tamoyillari asosida yoritilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Tahlil va natijalar. <\/strong>Imom Buxoriy \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d t\u00f6plamini yozib, uni hadis \u00f6rganuv\u00e7i k\u00f6plab \u015fogirdlariga \u00f6qib va rivoyat qilib bergan. \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni Imom Buxoriyning \u00f6zidan juda k\u00f6p tolibi ilm e\u015fitgan. Bu haqda Imom Buxoriyning eng ma\u015fhur \u015fogirdlaridan biri Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Firabriy (231-320\/846-932): \u201cMuhammad ibn Ismoil Buxoriyning \u201cSahihul Buxoriy\u201d kitobini muallifning \u00f6zidan men bilan birga t\u00f6qson mingga yaqin ki\u015fi e\u015fitgan. Bu kitobni Imom Buxoriyning \u00f6zidan rivoyat qiladigan mendan bo\u015fqa biror ki\u015fi qolmadi\u201d, deb aytadi [6:28]. Haqiqatan, \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d nusxalari orasida Imom Firabriy rivoyati juda ma\u015fhur b\u00f6lib ketgan. Buning sababi uning uzoq umr k\u00f6rgani va kitobining nusxasi t\u00f6liq b\u00f6lganidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobini e\u015fitadigan tolibi ilmlarning ba\u02bczilari e\u015fiti\u015f va o\u011fzaki naql bilan kifoyalanib qolmasdi, balki ustozidan e\u015fitgan hadislarni yozib borardi. \u015eu bois, ularning q\u00f6lida Imom Buxoriy huzurida yodlagan o\u011fzaki nusxalariga muvofiq keladigan \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning q\u00f6lyozma nusxalari ham paydo b\u00f6lardi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ular Imom Buxoriydan e\u015fitib yozib olgan narsalari bilan kifoyalanib qolmasdan, \u00f6zlari yozib olgan nusxalarini \u00f6ta diqqat bilan ustozining nusxasiga soli\u015ftirib k\u00f6rardi hamda u\u00e7ragan xato va kam\u00e7iliklarni t\u00f6\u011frilab olardi. Imom Buxoriyning q\u00f6lidagi asl nusxaga muvofiq b\u00f6lgan nusxalar tugaganidan keyin, \u00f6zlarining nusxalariga tugagan vaqtini va ustozining nusxasi bilan soli\u015ftirilganini yozib q\u00f6yardi. \u015eu sababli, bizning q\u00f6limizda \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning asl nusxasiga muvofiq keladigan bir ne\u00e7ta nusxalar paydo b\u00f6lgan. Bu esa Imom Buxoriyning hayotlik \u00e7o\u011fidayoq r\u00f6y bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy \u015fogirdlaridan bugungi kunimizga\u00e7a ismi va nusxalari ma\u015fhur b\u00f6lganlari \u2013 Muhammad ibn Yusuf Firabriy, Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiy, Hammod ibn \u015eokir Nasafiy, Abu Talha Mansur ibn Muhammad Pazdaviy va Abu Abdulloh Muhomiliydir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qolaversa, ulardan \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni e\u015fitgan va ta\u02bclim olgan, son-sanoqsiz tolibi ilmlar paydo b\u00f6ldi. Ular ham q\u00f6lidagi nusxalarni oldingi talabalar nusxalariga soli\u015ftirib k\u00f6rardi. Hatto, nusxalar k\u00f6pligi va rivoyatlarning aniq sanad bilan bo\u011flangani u\u00e7un \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni Imom Buxoriyga nisbat beri\u015f mutavotir darajasiga yetdi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning rivoyati va tadvini dastlab yozilgan kunidan bo\u015flab bugungi kunimizga\u00e7a odamlar orasida mutavotir \u015fakl bilan naql qilingan. Ulamolar va oddiy odamlar bu kitobni rivoyat qili\u015f, \u00f6rgani\u015f, ta\u02bclim oli\u015f va tu\u015funi\u015fga harakat qilgan. \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning asl nusxasidan k\u00f6\u00e7irilgan nusxalarning k\u00f6pligi ham buni isbotlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning asl nusxasi Imom Buxoriy vafotidan keyin \u015fogirdi Abu Abdulloh Firabriy q\u00f6lida qolgan. \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning rivoyati Abu Abdulloh Firabriy orqali ma\u015fhur b\u00f6lgan. Undan \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni juda k\u00f6p sonli \u015fogirdlari ta\u02bclim olgan. Ulardan yetti yoki t\u00f6qqiztasi ma\u015fhur b\u00f6lgan. Firabriydan ta\u02bclim olgan \u015fogirdlari\u00a0 \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d matnini ustozining q\u00f6lidagi asl nusxadan k\u00f6\u00e7irib olgan. Ular Abu Ishoq Mustamliy, Abu Muhammad Hammuvayh, Abu Haysam Ku\u015fmihaniy, Abu Zayd Marvaziy va bo\u015fqalar [5:287]. Birorta tahqiq\u00e7i va ahli ilm ular yozgan nusxalarga \u015fak-\u015fubha qilmagan va e\u02bctiroz bildirmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har qanday aqlli odam bu ummat sanadi muallifiga bo\u011flanmagan birorta kitobni qabul qilmasligini biladi. Ummat ijmosi ku\u00e7li \u015far\u02bciy dalillardan sanaladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbalarda bu asarning yozili\u015figa Imom Buxoriyning ustozi Ishoq ibn Rohavayhning s\u00f6zlari sabab b\u00f6lgan, deb k\u00f6rsatilgan. Xususan, Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiy (vaf.854\/1450)dan bunday rivoyat qilinadi: \u201cImom Buxoriy: \u201cIshoq ibn Rohavayh bir kuni: \u201cQaniydi sizlardan biringiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan sahihlarini t\u00f6plab, bir asar ta\u02bclif etsangiz\u201d, dedi. Mana \u015fu s\u00f6z mening qalbimga qattiq \u00f6rna\u015fib qoldi. Natijada \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni jamla\u015fga kiri\u015fdim\u201d, deb aytadi\u201d [4:7].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Turkiyalik olim doktor Fuad Sezgin ba\u02bczi rivoyatlardan \u201cTarixi turosil arabiy\u201d kitobida Imom Buxoriy rahimahulloh \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d asarini vafotidan 23 yil oldin yozib tugatganini aytadi. Imom Buxoriy \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d asarini 16 yil davomida yozganini zikr qilgan. Uni taxminan 217\/832 yili bo\u015flab, 233\/848 yilda tugatgan [2:16-17].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015eamsiddin Zahabiy (vaf. 748\/1347) \u201cTarixul islom\u201d kitobida: \u201cImom Buxoriyning \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d asari Qur\u02bconi karimdan keyingi eng ulu\u011f va afzal kitob b\u00f6lib, hozirgi kunda odamlar u\u00e7un eng oliy sanaddir\u201d, deb yozgan [8:274].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Ru\u015fayd Sabtiy aytadi: \u201cBugun ma\u015friq va ma\u011fribda \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobini e\u015fiti\u015fda sanadi Imom Buxoriyga bo\u011flangan y\u00f6l Abu Abdulloh Firabriy y\u00f6lidir. Uning rivoyati komilligi, muallifga yaqinligi va roviylarining ma\u015fhurligi u\u00e7un insonlar unga suyanadi. Uning q\u00f6lida \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobining asl nusxasi b\u00f6lgan va undan Abu Abdulloh Firabriy \u015fogirdlari k\u00f6\u00e7irib olgan. Bu esa Abu Abdulloh Firabriyni q\u00f6llab-quvvatlaydigan hujjat va uning t\u00f6\u011friligiga guvohdir. S\u00f6ng \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobi Abu Abdulloh Firabriydan mutavotir y\u00f6l bilan naql qilingan. Musulmonlar buni mahkam u\u015flagan va unga ijmo bo\u011flangan. Natijada hujjat aniq b\u00f6lgan\u201d [1:18-19].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu haqda Ibn Hajar Asqaloniy (vaf.852\/1448): \u201cBu asrda va bundan oldingi asrlarda \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobini e\u015fiti\u015fda sanadi bo\u011flangan rivoyat Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Firabriyning rivoyatidir\u201d, degan [7:491-492].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyning ma\u015fhur \u015fogirdi Abu Abdulloh Firabriy nusxasining turli xil \u015faharlarda \u015fogirdlari tomonidan k\u00f6\u00e7irib yozilgan \u00f6n t\u00f6rtta nusxasi bor. Bu nusxalar ustozi Abu Abdulloh Firabriy nusxasiga muvofiq. Firabriy nusxasi esa ustozi Imom Buxoriy nusxasiga muvofiq. Abu Abdulloh Firabriy \u015fogirdlarining har biridan juda k\u00f6plab odam rivoyat qilgan. \u015eu darajada k\u00f6pki, rivoyat qili\u015fda ularning yol\u011fonga t\u00f6plani\u015fi va keli\u015fib oli\u015fi mumkin emas. Abu Abdulloh Firabriyning \u00f6zida ham xuddi \u015funday holat. \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning Firabriydan bo\u015fqa roviylari haqida ham xuddi b\u00f6lgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni Imom Firabriydan juda k\u00f6plab siqa (i\u015fon\u00e7li) roviylar jamoasi rivoyat qilgan. Ularning eng ma\u015fhurlari quyidagilar: Abu Ishoq Ibrohim ibn Ahmad Mustamliy (vaf.376\/986), Saraxsning xatibi Abdulloh ibn Ahmad Hammuvayh (vaf.381\/991), Abu Haysam Muhammad ibn Makkiy Ku\u015fmihaniy (vaf.389\/999), Abu Ali Muhammad ibn Umar \u015eabbaviy, Ibn Sakan Said ibn Usmon Bazzoz (vaf.353\/964), Abu Zayd Muhammad ibn Ahmad Marvaziy (301-371\/913-981) va Abu Ahmad Muhammad ibn Muhammad Jurjoniy (vaf.373\/983)dir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Valid Bojiy aytadi: Hofiz Abu Zar Abdurahmon ibn Ahmad Haraviy bizga Abu Ishoq Ibrohim ibn Ahmad Mustamliydan rivoyat qiladi. Abu Ishoq Mustamliy: \u201cMen \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobini Muhammad ibn Yusuf Firabriyning oldidagi asl nusxadan k\u00f6\u00e7irib oldim. \u015eunda uni hali t\u00f6liq b\u00f6lmaganini k\u00f6rdim. Kitobda k\u00f6plab yozilmagan b\u00f6\u015f joylar bor edi. Orqasida biror narsa yozilmagan tarjimai hollar va tarjimai hollari yozilmagan hadislar bor edi. \u015eunda ba\u02bczisini ba\u02bczisiga q\u00f6\u015fib q\u00f6ydik\u201d, degan [5:287].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Ru\u015fayd ham \u00f6zining \u201cIfodatun nosih fit-ta\u02bcrif bi-sanad al-Jome\u02bc as-sahih\u201d nomli kitobida: \u201cAbu Ishoq \u00f6zining kitobini \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobining asl nusxasidan naql qilgan\u201d, deb aytadi [1: 25]. Abu Zar Haraviy \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobini Abu Ishoq Ibrohim ibn Ahmad Mustamliy, Abu Haysam Muhammad ibn Makkiy Ku\u015fmihaniy va Saraxsning xatibi Abdulloh ibn Ahmad Hammuvayhdan rivoyat qilgan. Uning rivoyati rivoyatlar orasida eng ku\u00e7lisiga aylangan. Bunga Abu Zar Haraviy \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni rivoyat qilgan ustozlari orasida Abu Ishoq Mustamliyning borligi kifoya qiladi. Haqiqatda, Abu Ishoq Mustamliy \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni \u00f6zi u\u00e7un \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning asl nusxasidan k\u00f6\u00e7irib olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning asl nusxasi oradagi muddat uzoq b\u00f6lib ketgani u\u00e7un\u00a0 bugungi kunimizga\u00e7a yetib kelmagan. Ulamolar ta\u02bclim olgan ba\u02bczi kitoblarning asl nusxasi bugungi kunga\u00e7a yetib kelmagan. Bu esa he\u00e7 narsani \u00f6zgartirmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qadimgi kitoblarning k\u00f6p\u00e7iligida \u015funga \u00f6x\u015fa\u015f holat mavjud. Ibn Ishoq (vaf.151\/768)ning \u201cAs-siyra an-Nabaviya\u201d kitobi va Imom Sibavayh (vaf.180\/796)ning \u201cNahv\u201d kitobi bunga misol b\u00f6la oladi. K\u00f6p\u00e7ilik insonlar ulamolar qadimgi kitoblarni bugungi kunga\u00e7a e\u015fiti\u015f va ijoza orqali rivoyat qilganini bilmaydi. Tolibi ilmlar bu kitoblarni muallifiga bo\u011flangan sanadlar bilan rivoyat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015euningdek, oradagi muddat juda uzoq b\u00f6lgani u\u00e7un \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning Imom Buxoriy \u00f6z q\u00f6li bilan yozgan asl nusxasining y\u00f6qligi he\u00e7 narsani \u00f6zgartirmaydi. \u00c7unki u ki\u015fining \u015fogirdlari \u00f6\u015fa asl nusxadan k\u00f6plab nusxalarni k\u00f6\u00e7irib olgan. S\u00f6ng ulardan keyingi \u015fogirdlari ham asl nusxaga muvofiq b\u00f6lgan k\u00f6plab nusxalarni k\u00f6\u00e7irib olgan. \u015eu sababli, \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d nusxalari Yer yuziga keng tarqalib ketgan. \u00c7unki har bir asrda ya\u015fagan roviylar \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni yozib olib, uni sahih nusxalari bilan soli\u015ftirib k\u00f6rardi. S\u00f6ng ustozlaridan Imom Buxoriyning \u00f6ziga bo\u011flangan sanad bilan rivoyat qilardi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015euning u\u00e7un \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning Imom Buxoriy \u00f6z q\u00f6li bilan yozgan asl nusxasi y\u00f6qolib ketgan b\u00f6lsa ham, \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning hozirgi nusxalari \u00f6z ahamiyatini y\u00f6qotmaydi. \u00c7unki \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobi Imom Buxoriy \u015fogirdlari orasida tarqalib ketgan va har birining sanadi Imom Buxoriyga bo\u011flangan nusxalari k\u00f6payib ketgan. Unga bir ne\u00e7a \u015farhlar yozilgan. Allohning fazli va karami bilan bar\u00e7a nusxalari bir xil b\u00f6lgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu \u015farhlardan va \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning e\u02bctibor qili\u015f lozim b\u00f6lgan nusxalaridan biri Imom Xattobiy (319\/931-388\/998)ning \u201cA\u02bclomul hadis\u201d deb nomlangan \u015farhidir. Bu kitob Imom Buxoriy zamoniga eng yaqin b\u00f6lgan \u015farhdir. Imom Buxoriyning 256\/870 yilda vafot etganini bilamiz. Demak, Imom Xattobiy \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni ustozlari orqali Imom Buxoriydan rivoyat qilgan roviylarni k\u00f6rgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyning ma\u015fhur \u015fogirdi Firabriy nusxasi ma\u015fhur b\u00f6lib, undan naql qili\u015f keng tarqalgan. Faqat \u015fu nusxadan naql qili\u015f bilan \u00e7eklanib qolmagan. \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobi bundan bo\u015fqa y\u00f6ldan ham naql qilingan. Bu Imom Xattobiy y\u00f6lidir. U \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dga yozilgan \u201cA\u02bclomul hadis\u201d nomli \u015farhida: \u201cMen kitobning k\u00f6proq qismini Xalf ibn Muhammad Xiyomdan, u Imom Buxoriyning \u00f6zidan \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobini e\u015fitgan \u015fogirdi Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiy (vaf.295\/907)dan, ya\u02bcni Firabriy y\u00f6lidan bo\u015fqa y\u00f6l bilan e\u015fitdim\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning eng qadimgi q\u00f6lyozmasi hijriy IV asrlarga borib taqaladi. Ya\u02bcni Imom Buxoriy vafotidan bir ne\u00e7a \u00f6n yillar keyin. Bu Imom Abu Zayd Muhammad ibn Ahmad Marvaziy nusxasidir. U \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni 318\/930 yilda ustozi Abu Abdulloh Firabriydan e\u015fitgan. Abu Abdulloh Firabriy esa \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni 252\/866 yilda Imom Buxoriyning \u00f6zidan e\u015fitgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har bir avlod va har bir tabaqaning q\u00f6lida \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni naql qilingan nusxalari b\u00f6lgan. Roviylarning bar\u00e7asi bu kitobni \u00f6zidan oldingi ustozlaridan, ularning q\u00f6lidagi nusxalarga muvofiq holda rivoyat qilgan. Imom Abu Zar Haraviy (vaf.434\/1042) va Karima Marvaziya (vaf.463\/1070)ning nusxasi sanadi Abu Abdulloh Firabriyga bo\u011flangan ma\u015fhur rivoyatlardan hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Doktor Fuad Sezgin \u201cTarixi turosil arabiy\u201d asarining \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d asari q\u00f6lyozma nusxalari b\u00f6limida quyidagilarni keltiradi: \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d asari q\u00f6lyozma nusxalari arab olamidagi deyarli bar\u00e7a kutubxonalarda u\u00e7raydi. Nusxalar orasida biz bilgan eng qadimiy q\u00f6lyozma \u2013 370-390\/980-999 yillarda Marvaziy rivoyatiga k\u00f6ra k\u00f6\u00e7irilgan \u201cMinjana\u201d nusxasi ham bor. Mazkur nusxa 1936-yil Kembrij universitetiga olib ketilgan\u201d [3:228].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobi bizning zamonamizga\u00e7a sahih holda yetib kelganiga aqliy dalillardan biri, buz\u011fun\u00e7i va yol\u011fon ahllari \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dga biror narsani ziyoda qili\u015fdan noumid b\u00f6lganidir. Agar \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobi \u00f6zining muallifiga yol\u011fondan nisbat berilganda, albatta, sahih b\u00f6lmagan hadislarni unga kirgizi\u015f mumkin b\u00f6lardi. Bunday holat aslo u\u00e7ramagan. Bu esa \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni Imom Buxoriyga nisbat beri\u015f t\u00f6\u011friligini isbotlaydi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hadis rivoyat qili\u015fda \u00f6zidan bo\u015fqa hadis imomlaridan yol\u011fizlanib qolmagan. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadislar \u00f6nlab Sunan, M\u00f6\u02bcjam, Musnad kitoblarida va hadis juzlarida mavjud. \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201ddagi har bir hadisning turli hadis kitoblarida \u00f6nlab rivoyatlari bor. Bu esa \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201ddagi hadislar haqida \u015fak-\u015fubha qiluv\u00e7i ki\u015fining \u015fak-\u015fubhasini ketkazadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Fuad Abdulboqi \u201cAl-lu\u02bclu\u02bc val-marjon fiy-ma ittafaqo alayhi a\u015f-\u015eayxon\u201d kitobida bunday degan: \u201cImom Muslim \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobida rivoyat qilingan 1906 ta hadisda Imom Buxoriy bilan ittifoq b\u00f6lgan\u201d. Har bir odam Musnad, Jome\u02bc, Sunan va bo\u015fqa hadis kitoblarini k\u00f6zdan ke\u00e7iradigan b\u00f6lsa, u yerda \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dda kelgan k\u00f6plab hadislarni k\u00f6radi. \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobidagi hadislar bulardan bo\u015fqa hadis kitoblarida ham u\u00e7raydi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201ddagi hadislarni \u201cMustaxraj\u201d nomli bo\u015fqa hadis kitoblarida ham topamiz. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadislar \u201cMustaxraj\u201d nomli kitoblarda Imom Buxoriyning nomi zikr qilinmagan sanadlar bilan keltirilgan. Bu hadislar Imom Buxoriyning ustozlaridan yoki ustozlarining ustozlaridan rivoyat qilingan. Bu esa Imom Buxoriyning \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobidagi hadislarni quvvatlaydi. \u00c7unki bu hadislar Imom Buxoriyning y\u00f6lidan bo\u015fqa y\u00f6ldagi turli sanadlar bilan ham rivoyat qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Xulosa va takliflar. <\/strong>Yuqorida keltirilgan ma\u02bclumotlardan quyidagi\u00e7a xulosa qili\u015f mumkin:<\/span><\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy hadis ilmida m\u00f6minlar amiri b\u00f6li\u015fi bilan birga, bo\u015fqa ilmlarni ham mukammal egallagan. U islom ilmlarining deyarli har bir sohasiga oid kitob yozgan. Afsuski, ayrim asarlari bizga\u00e7a yetib kelmagan. Hozirgi kunga qadar yetib kelgan asarlarining q\u00f6lyozma nusxalari jahonning k\u00f6plab kutubxonalarida saqlanmoqda;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning asl nusxasi oradagi muddat uzoq b\u00f6lib ketgani u\u00e7un bugungi kunimizga\u00e7a yetib kelmagan. Ulamolar ta\u02bclim olgan ba\u02bczi kitoblarning asl nusxasi bugungi kunga\u00e7a yetib kelmagan. Bu esa he\u00e7 narsani \u00f6zgartirmaydi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobi bizning zamonamizga\u00e7a sahih holda yetib kelganiga aqliy dalillardan biri, buz\u011fun\u00e7i va yol\u011fon ahllari bu t\u00f6plamga biror narsani ziyoda qili\u015fdan noumid b\u00f6lganidir;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadislar \u00f6nlab Sunan, M\u00f6\u02bcjam, Musnad kitoblari va hadis t\u00f6plamlarida mavjud. \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201ddagi har bir hadisning turli xil hadis kitoblarida \u00f6nlab rivoyatlari bor. Bu esa \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201ddagi hadislar haqida \u015fak-\u015fubha qiluv\u00e7ining \u015fak-\u015fubhasini ketkazadi.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/li>\n<\/ul>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Abdulloh Muhammad ibn Umar ibn Muhammad ibn Ru\u015fayd Sabtiy Fihriy Andalusiy. Ifodatun nosih fit-ta\u02bcrif bi-sanad al-Jome\u02bc as-sahih. \u2013 Tunis: Ad-dor at-Tunisiya.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Ja\u02bcfar Varroq Buxoriy. \u015eamoili Buxoriy. Abu Muoviya Bayrutiy tahqiqi. Abduvosi \u015eonazarov tarjimasi. \u2013 Samarqand: \u201cImom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\u201d na\u015friyoti, 2023.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Doktor Fuad Sezgin. Tarixi turosil arabiy. \u2013 Saudiya Arabistoni: Imom Muhammad ibn Saud universiteti. 1. 1411\/1991.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ibn Hajar Asqaloniy. Fathul boriy. \u2013 Bayrut. Dorul ma\u02bcrifa, 1959.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Imom Abu Valid Sulaymon ibn Xalaf ibn Sa\u02bcd ibn Ayyub Bojiy. At-ta\u02bcdil vat-tajriyh: 3 jildli. \u2013 Ma\u011frib: Vizoratul avqof va\u015f \u015fu\u02bcunil islomiya, 2010.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ismoil ibn Umar ibn Kasir. Ustozlar jamoasining tahqiqi. Al-bidoya van nihoya: 15 jildli. J.11. \u2013 Bayrut: Dorul kutubul ilmiya, 1407\/1986.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Hofiz Ahmad ibn Ali ibn Hajar Asqaloniy. Hadyus soriy muqaddimatu Fathil boriy: 2 jildli. J.1 \u2013 Ar-Riyod: Doru Toyba, 1426\/2005.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u015eamsiddin Muhammad ibn Ahmad Zahabiy. Tarixul islom va vafoyotil ma\u015fayir val a\u02bclom. J.2. \u2013 Bayrut: Dorul kitobil arabiy, 1990.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ul>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abduvosi \u015eONAZAROV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cImom Buxoriy saboqlari\u201d jurnali 2025-yil 3-sonidan olindi.<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kiri\u015f. Movarounnahr diyoridan jahon sivilizatsiyasi va islom tamadduni rivojiga katta hissa q\u00f6\u015fgan mufassir, muhaddis, mutakallim va faqih allomalar yeti\u015fib \u00e7iqqan. Manbalarda keltirili\u015fi\u00e7a, birgina hadis ilmi b\u00f6yi\u00e7a u\u00e7 mingdan ziyod muhaddis yurtimizda faoliyat olib borgan. Islom olamida hadis ilmi ustozlari sanalgan Imom Buxoriy, Imom Dorimiy, Imom Termiziy, Abdulhamid Ke\u015fiy, Haysam \u015eo\u015fiy va Muhammad ibn Hibbon kabi &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":54055,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54054"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=54054"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54054\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":54056,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54054\/revisions\/54056"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/54055"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=54054"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=54054"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=54054"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}