{"id":54017,"date":"2026-11-03T15:14:31","date_gmt":"2026-11-03T10:14:31","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54017"},"modified":"2026-11-03T15:16:26","modified_gmt":"2026-11-03T10:16:26","slug":"isrof-saxiylik-emas","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=54017&lang=oz","title":{"rendered":"ISROF \u2013 SAXIYLIK EMAS"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson hayoti davomida turli ne\u02bcmatlardan bahramand b\u00f6ladi. Unga berilgan umr, so\u011flik, vaqt, mol-mulk, rizq-r\u00f6z, suv va tabiat boyliklari \u2013 bar\u00e7asi qadrla\u015fga loyiq bebaho ne\u02bcmatlardir. Ammo ba\u02bczan inson ularning qadriga yetmay, ortiq\u00e7a va \u00f6rinsiz sarflaydi. Ana \u015funday holat isrof deb ataladi. Isrof bugungi kunda nafaqat ayrim oilalar, balki butun jamiyat farovonligiga salbiy ta\u02bcsir k\u00f6rsatayotgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Isrof \u2013 berilgan ne\u02bcmatlardan me\u02bcyordan ortiq, maqsadsiz yoki \u00f6rinsiz foydalani\u015f. U faqat pul va mol-mulkni behuda sarfla\u015f bilan \u00e7eklanmaydi. Vaqtni qadrlamaslik, suvni oqizib q\u00f6yi\u015f, elektr energiyasini keragidan ortiq i\u015flati\u015f, oziq-ovqatni \u00e7iqitga \u00e7iqari\u015f ham isrofdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dini insonni halol mehnat qili\u015fga, ne\u02bcmatlarni qadrla\u015fga, qanoatli va saxovatli b\u00f6li\u015fga \u00e7orlaydi, birodarlar. Muqaddas dinimizda isrof qattiq qoralangan. Alloh taolo Qur\u02bconi karimda: <strong>\u201cYenglar, i\u00e7inglar, ammo isrof qilmanglar. Zero, U isrof qilguv\u00e7ilarni suymas\u201d,<\/strong> deydi <em>(A\u02bcrof surasi, 31-oyat)<\/em>. Bu oyat inson hayotida me\u02bcyor va muvozanat qan\u00e7alik muhim ekanini k\u00f6rsatadi. Bundan kelib \u00e7iqadiki, Alloh taolo bergan ne\u02bcmatlarni isrof qili\u015f, ularning qadriga yetmaslik gunohdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muqaddas dinimizda boylikning \u00f6zi qoralanmaydi. Balki uni not\u00f6\u011fri sarfla\u015f, manmanlikka berili\u015f va bo\u015fqalarning haq-huquqini unuti\u015f qoralanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015euningdek, Qur\u02bconi karim oyatlarida Allohning solih bandalari mol sarflaganida isrof ham, xasislik ham qilmasligi, balki \u015fu ikki holat \u00f6rtasida m\u00f6\u02bctadil y\u00f6l tuti\u015fi bayon etilgan. Demak, tejamkorlik degani baxillik emas. Inson zarur ehtiyojlarini qondiri\u015fi, oilasiga \u011famx\u00f6rlik qili\u015fi, xayr-saxovat k\u00f6rsati\u015fi, bar\u00e7a i\u015flarida me\u02bcyorni saqla\u015fi lozim, xolos.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadislarda ham isrofgar\u00e7ilik qoralanib, tejamkorlik tar\u011fib qilinadi. Jumladan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: <strong><em>\u201cSeni ikki xislat \u2013 faxrlani\u015f va isrofgar\u00e7ilik xatoga bo\u015flamasa, xohlaganingni yeb, xohlaganingni i\u00e7aver\u201d,<\/em><\/strong> degan s\u00f6zlaridan har bir inson \u00f6zi u\u00e7un tegi\u015fli xulosa \u00e7iqarmo\u011fi darkor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xayru ehson qili\u015f va ziyofat beri\u015fdan asosiy maqsad muhtojlarga moddiy yordam k\u00f6rsati\u015f b\u00f6lmo\u011fi t\u00f6\u011frisida Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: <strong><em>\u201cTaomlarning yomoni qorni o\u00e7lar qolib, qorni t\u00f6qlar \u00e7aqirilgan ziyofatdir\u201d.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Isrofning eng yomon jihati \u015fundaki, inson k\u00f6pin\u00e7a uni oddiy holat deb qabul qiladi. Masalan, dasturxonni haddan ta\u015fqari t\u00f6ldiri\u015fni mehmond\u00f6stlik, qimmatbaho buyumlarni namoyi\u015f qili\u015fni obr\u00f6, ortiq\u00e7a xarajatni t\u00f6kin-so\u00e7inlik deb tu\u015funadi. Aslida haqiqiy farovonlik k\u00f6p sarfla\u015fda emas, bor ne\u02bcmatdan oqilona foydalani\u015fdadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Isrof oqibatida oila mabla\u011flari behuda sarflanadi, insonning moliyaviy imkoniyatlari \u00e7eklanadi, tabiiy resurslar kamayadi va atrof-muhitga zarar yetadi. Eng muhimi, isrofga odatlangan inson qanoat, \u015fukronalik va mas\u02bculiyat kabi muhim fazilatlardan uzoqla\u015fadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi kunda isrofning k\u00f6zga birdan ta\u015flanadigan k\u00f6rini\u015flaridan biri t\u00f6ylar, ma\u02bcrakalar va turli marosimlardagi ortiq\u00e7a dabdabadir. Ba\u02bczilar marosimni ix\u00e7am va mazmunli \u00f6tkazi\u015f \u00f6rniga, eldan qolmaslik yoki bo\u015fqalardan ustun k\u00f6rini\u015f maqsadida katta xarajatlarga q\u00f6l uradi. Oqibatda ayrim oilalar \u00f6z imkoniyatlaridan ortiqroq sarf-xarajat qiladi, qarz oli\u015fga majbur b\u00f6ladi. Axir, marosimning qadri dasturxonning qimmati yoki mehmonlar soni bilan emas-ku!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">T\u00f6y va marosimlarning fayzi ulardagi dabdaba bilan belgilanmaydi. T\u00f6yning fayzi duo, \u00f6zaro hurmat, ezgu niyat va samimiy munosabatlarda namoyon b\u00f6ladi. Har bir oila \u00f6z imkoniyatiga qarab i\u015f tutsa, ortiq\u00e7a xarajatlar \u00f6rniga yo\u015flarning kelajagi, ta\u02bclim oli\u015fi va oilaviy farovonligiga mabla\u011f ajratsa, bu yanada xayrli natijalarga xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalqimiz nonni azaldan muqaddas va aziz ne\u02bcmat sifatida qadrlab kelgan. Ba\u02bczan iste\u02bcmol qilinmay qolgan taomlar va nonlarning \u00e7iqindi qutisiga ta\u015flanayotganiga guvoh b\u00f6lamiz. Buni he\u00e7 qanaqasiga oqlab b\u00f6lmaydi. Qolaversa, har bir burda non ortida k\u00f6plab insonlarning ma\u015faqqatli mehnati yotadi. Demak, oziq-ovqatni va \u00f6zgalarning mehnatini qadrla\u015f ham kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oilada taomni ehtiyojga qarab tayyorla\u015f, mahsulotlarni t\u00f6\u011fri saqla\u015f, ortiq\u00e7a xarid qilmaslik va yaroqli mahsulotlarni ta\u015flab yubormaslik orqali isrofning oldini oli\u015f mumkin. Ortib qolgan oziq-ovqatni xavfsiz saqla\u015f va muhtojlarga ula\u015fi\u015f eng ezgu i\u015flardandir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aytilganidek, isrof faqat mabla\u011f yoki dasturxon bilan bo\u011fliq emas. Suvni behuda oqizib q\u00f6yi\u015f, gazni bemaqsad i\u015flati\u015f, keraksiz \u00e7iroqlarni yoqib q\u00f6yi\u015f, i\u015flatilmayotgan elektr jihozlarini \u00f6\u00e7irmaslik ham resurslarni isrof qili\u015fdir. Tabiiy boyliklarni teja\u015f bugungi kunning muhim vazifalaridan biri b\u00f6lib, kelajak avlod oldidagi mas\u02bculiyatimizni ham anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan ta\u015fqari, vaqt isrofi ham inson hayotiga katta ta\u02bcsir k\u00f6rsatadi. Behuda i\u015flarga berili\u015f, foydali ma\u015f\u011fulotlarni ortga suri\u015f, \u00f6qi\u015f va mehnatga ajratili\u015fi kerak b\u00f6lgan vaqtni maqsadsiz \u00f6tkazi\u015f insonning \u015faxsiy rivojlani\u015figa t\u00f6sqinlik qiladi. Bugungi kunda k\u00f6p\u00e7iligimiz qimmatli vaqtimizni telefon va televizor oldida zoye qilayapmiz. Oltindan-da qimmat vaqtimizni isrof qilganimizga a\u00e7inmayapmiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vaqtni qadrlagan inson reja bilan ya\u015faydi, mehnatini samarali ta\u015fkil etadi va oldiga q\u00f6ygan maqsadlariga eri\u015fi\u015f imkoniyatini o\u015firadi. Zero, y\u00f6qotilgan mabla\u011fni qayta topi\u015f mumkin. Ammo \u00f6tgan vaqtni ortga qaytarib b\u00f6lmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Isrofning oldini oli\u015f oiladan bo\u015flanadi. Ota-ona farzandga tejamkorlikni \u00f6rgati\u015fi, unda mehnatga hurmat va ne\u02bcmatlarga \u015fukronalik tuy\u011fularini \u015fakllantiri\u015fi kerak. \u015euningdek, jamiyatda ortiq\u00e7a dabdabadan voz ke\u00e7i\u015f, kamtarlikni qadrla\u015f va ehtiyojmandlarga yordam beri\u015f kabi fazilatlarni keng tar\u011fib eti\u015f maqsadga muvofiq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Isrof \u2013 insonning moddiy imkoniyatlariga ham, ma\u02bcnaviy dunyosiga ham salbiy ta\u02bcsir k\u00f6rsatuv\u00e7i illat. Ne\u02bcmatlarni qadrla\u015f esa \u015fukronalik, qanoat va mas\u02bculiyat belgisidir. Har bir inson \u00f6z hayotida isrofga y\u00f6l q\u00f6ymaslikka intilsa, oilasida baraka, jamiyatda \u00f6zaro hurmat va farovonlik mustahkamlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biz boylikni faqat k\u00f6p sarfla\u015f bilan emas, uni oqilona i\u015flati\u015f, xayrli maqsadlarga y\u00f6naltiri\u015f va bo\u015fqalar manfaatiga xizmat qildiri\u015f bilan qadrli qilamiz. Zero, insonning haqiqiy boyligi uning q\u00f6lidagi mol-mulk bilan emas, balki qanoati, saxovati, halol mehnati va ma\u02bcnaviy kamoloti bilan \u00f6l\u00e7anadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har bir ne\u02bcmatning qadriga yetaylik, isrofdan saqlanaylik va tejamkorlikni hayot tarzimizga aylantiraylik. \u015eunda tin\u00e7-xotirjam va farovon hayot ke\u00e7iramiz.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abduvosi \u015eONAZAROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Inson hayoti davomida turli ne\u02bcmatlardan bahramand b\u00f6ladi. Unga berilgan umr, so\u011flik, vaqt, mol-mulk, rizq-r\u00f6z, suv va tabiat boyliklari \u2013 bar\u00e7asi qadrla\u015fga loyiq bebaho ne\u02bcmatlardir. Ammo ba\u02bczan inson ularning qadriga yetmay, ortiq\u00e7a va \u00f6rinsiz sarflaydi. Ana \u015funday holat isrof deb ataladi. Isrof bugungi kunda nafaqat ayrim oilalar, balki butun jamiyat farovonligiga salbiy ta\u02bcsir k\u00f6rsatayotgan dolzarb muammolardan &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":54022,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[4106,639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54017"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=54017"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54017\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":54019,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/54017\/revisions\/54019"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/54022"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=54017"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=54017"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=54017"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}