{"id":53766,"date":"2026-10-29T14:26:58","date_gmt":"2026-10-29T09:26:58","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53766"},"modified":"2026-10-28T12:28:48","modified_gmt":"2026-10-28T07:28:48","slug":"sabr-hikmati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53766&lang=oz","title":{"rendered":"SABR HIKMATI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sabr insonning eng muhim fazilatlaridan biri. Hayotda kutilmagan vaziyatlarga du\u00e7 kelganimizda eng i\u015fon\u00e7li istehkom. Ammo hamma narsa tezla\u015fib ketgan hozirgi zamonda bir ne\u00e7a daqiqa, hatto bir ne\u00e7a soniya sabr qili\u015f k\u00f6p\u00e7ilikka juda qiyin b\u00f6lib tuyuladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson hayoti kura\u015flardan iborat b\u00f6lib, bu jarayon turli ma\u015faqqatlarga t\u00f6la. Bu qiyin\u00e7iliklardan \u00f6ti\u015fda va muvaffaqiyat qozoni\u015fda sabr-matonat muhim ahamiyat kasb etadi. Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: <em>\u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong>\u201cHe\u00e7 kimga sabrdan yax\u015firoq va kengroq ato berilmagan\u201d<\/strong>, dedilar\u201d<\/em> (<em>Imom Buxoriy rivoyati<\/em>).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ulamolar sabrni turli\u00e7a ta\u02bcriflagan b\u00f6lsa-da, ularning fikrlari bir-birini t\u00f6ldiradi. Quyidagi iqtiboslardan bunga yana bir bor i\u015fon\u00e7 hosil qilamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ro\u011fib Isfahoniy: <em>\u201cNafsni \u015fariat va aql talab qilganidek, tiyili\u015f lozim b\u00f6lgan narsalardan tiyib turi\u015f\u201d<\/em>, deb ta\u02bcriflagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jurjoniy: <em>\u201cBalolar azobidan Allohdan bo\u015fqaga \u015fikoyat qilmaslik\u201d<\/em>, degan b\u00f6lsa, Abu Hotim: <em>\u201cSabr u\u00e7 xil b\u00f6ladi: ma\u02bcsiyatga (gunohga), ibodatga, musibat va balolarga sabr qili\u015f. Ularning eng yax\u015fisi gunohlarga sabr qili\u015fdir (ularga q\u00f6l urmaslikdir)\u201d<\/em>, deb aytgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sabr nimaga nisbatan ekaniga qarab u\u00e7ga b\u00f6linadi:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Musibatlar paytidagi sabr.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Gunoh-ma\u02bcsiyatlardan tiyili\u015fdagi sabr.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Toat-ibodat u\u00e7un sabr.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sabr turli \u00f6rinlarda har xil ma\u02bcnolar kasb etadi. Inson bo\u015figa tu\u015fgan musibat va k\u00f6rguliklarni xotirjam qabul qili\u015fi, jazavaga tu\u015fmasligi, hammaga arzi hol qilavermasligi haqiqiy sabrdir. \u00d6z holidan, mu\u015fkulidan noli\u015f \u2013 sabrsizlik belgisi. Qolaversa, bunda bo\u015fqa bandadan yordam kuti\u015f va uni ham bezovta qili\u015f holati mavjud b\u00f6ladi. \u015eikoyat esa faqat Allohga qilini\u015fi kerak, \u00e7unki sinovning ye\u00e7imini uni bo\u015fimizga solgan Zotning \u00d6zigina beradi. Qur\u02bconi karimda Ya\u02bcqub alayhissalom tilidan <strong>\u201cAlbatta, men dardu hasratimdan faqat Allohning \u00d6ziga \u015fikoyat qilmoqdaman&#8230;\u201d<\/strong> (<em>Yusuf surasi, 86-oyat<\/em>) deb bejiz aytilmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Lekin \u201cHaq taologa dardimni aytdim, \u015fu bilan b\u00f6ldi\u201d degan fikrga borib, muammoni hal qili\u015fga intili\u015fdan t\u00f6xtamaslik ham kerak. Zero, bu hayot \u2013 sababiyat dunyosi. Unda tegi\u015fli sabablar va vositalar yuz beradi, ado etiladi, Qodir Parvardigordan natija kutiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sabr \u00f6rniga qarab ikki turga b\u00f6linadi \u2013 jismoniy va ma\u02bcnaviy. Bularning har biri yana ikki qismga b\u00f6linadi.<\/span><\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Ixtiyoriy jismoniy:<\/em> tanaga ma\u015faqqat keltiradigan i\u015flar bilan \u00f6z xohi\u015figa k\u00f6ra \u015fu\u011fullani\u015f, ya\u02bcni riyozat.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Majburiy jismoniy<\/em>: issiq, sovuq, jarohat va o\u011friq kabi ta\u015fqi ta\u02bcsirlarga sabr qili\u015f.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Ixtiyoriy ma\u02bcnaviy<\/em>: \u015fariat va aqlga t\u00f6\u011fri kelmaydigan i\u015flardan tiyili\u015f.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Majburiy ma\u02bcnaviy<\/em>: musibat va judolikka sabr qili\u015f.<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulqodir Jiyloniy rahimahulloh odamlarga yuzlanib bunday degan ekan: <em>\u201c\u00d6z holingizdan nolimang. Hami\u015fa sabrli b\u00f6ling, Alloh taoloning rahmatidan aslo noumid b\u00f6lmang. Zero, Alloh taolo u\u00e7un qilingan sabr va bardo\u015f he\u00e7 qa\u00e7on mukofotsiz qolmaydi. Ozgina sabr qili\u015f, uzoq yillar uning rohatini k\u00f6ri\u015fga sabab b\u00f6ladi. Kim \u00f6zining qat\u02bciyati bilan ma\u015fhur b\u00f6lgan esa, bilingki, sabri bilan ma\u015fhur b\u00f6lgan\u201d<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sabrning foydalari:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u011fir vaziyatlarda yengillik beradi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u011eazab vaqtida \u00f6zni tuti\u015fga yordam qiladi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Moddiy va ma\u02bcnaviy yax\u015filiklarga eri\u015fi\u015f y\u00f6lidagi jismoniy va ruhiy qiyin\u00e7iliklarga bardo\u015f uy\u011fotadi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sabr imon barkamolligi va qalbdagi islom g\u00f6zalligining dalilidir.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qalbda hidoyat hosil qiladi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taoloning va bandalarning muhabbatini keltiradi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jannatga eri\u015fi\u015f va d\u00f6zaxdan qutuli\u015f vositasi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qiyomat kunidagi katta vahimali q\u00f6rqin\u00e7dan omonlik beradi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mardlik va yax\u015fi oqibat alomati.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taoloning rahmati va barakoti.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Musibat va qiyin\u00e7iliklarga sabr qili\u015fda, ularni matonat bilan yengib \u00f6ti\u015fda ulkan hikmatlar bor. Musulmon banda sinovlar Alloh tomonidan berilganini yax\u015fi biladi, sabr qilsa, ajr oli\u015fini \u00f6ylaydi, duo qiladi va \u00f6zining bandaligini, ojizligini teran anglaydi. \u00c7in m\u00f6min yax\u015fi-yomon kunida yutuqqa intilaveradi. Negaki, ne\u02bcmatlar i\u00e7ra yurganida, \u015fukr qilib savob oladi, musibat va o\u011fir kunlarda esa, sabr qilib ulkan ajrlarga eri\u015fadi. Zero, <strong>\u201cAlbatta, Alloh sabr qiluv\u00e7ilar bilan birgadir\u201d<\/strong> <em>(Baqara surasi, 153-oyat)<\/em>.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Bahodir MIRZAYEV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sabr insonning eng muhim fazilatlaridan biri. Hayotda kutilmagan vaziyatlarga du\u00e7 kelganimizda eng i\u015fon\u00e7li istehkom. Ammo hamma narsa tezla\u015fib ketgan hozirgi zamonda bir ne\u00e7a daqiqa, hatto bir ne\u00e7a soniya sabr qili\u015f k\u00f6p\u00e7ilikka juda qiyin b\u00f6lib tuyuladi. Inson hayoti kura\u015flardan iborat b\u00f6lib, bu jarayon turli ma\u015faqqatlarga t\u00f6la. Bu qiyin\u00e7iliklardan \u00f6ti\u015fda va muvaffaqiyat qozoni\u015fda sabr-matonat muhim ahamiyat kasb &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":53767,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[665,639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53766"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=53766"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53766\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":53768,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53766\/revisions\/53768"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/53767"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=53766"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=53766"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=53766"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}