{"id":53747,"date":"2026-10-30T17:30:17","date_gmt":"2026-10-30T12:30:17","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53747"},"modified":"2026-10-27T17:58:25","modified_gmt":"2026-10-27T12:58:25","slug":"al-hakim-at-termiziy-va-ibn-arabiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53747&lang=oz","title":{"rendered":"AL-HAKIM AT-TERMIZIY VA IBN ARABIY"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buyuk mutafakkir Hakim Termiziyning (vaf. 932 y.) hayoti va asarlarini \u00e7uqur \u00f6rgangan XX asr fransiyalik arab olimi Usmon Ismoil Yahyoning ta\u02bckidla\u015fi\u00e7a, gar\u00e7i Termiziydan bevosita ta\u02bclim olgan taniqli \u015fogirdlarni k\u00f6rsati\u015f mu\u015fkul b\u00f6lsa-da, lekin uning asarlaridan ta\u02bcsirlangan va fikrlarni \u00f6zla\u015ftirgan sufiylarni tasavvuf tarixida u\u00e7rati\u015f mumkin. \u015eulardan biri Hakim Termiziydan keyin ikki yarim asrdan keyin ya\u015fab ijod qilgan ma\u015fhur sufiy olim Ibn Arabiyning (1165-1240) faoliyati bar\u00e7a zamonlarda turli torti\u015fuv va munozaralarga sabab b\u00f6lgan. \u00d6rta asrlarda ham, keyingi davrlarda ham uni \u201cmuhyiddin\u201d (\u201cdinni tiriltiruv\u00e7i\u201d), \u201cmahiddin\u201d (\u201cdindan \u00e7etla\u015ftiruv\u00e7i \u2013 murtad\u201d), \u015funingdek, \u201cmumiytuddin\u201d (\u201cdinni halok etuv\u00e7i\u201d), deb atov\u00e7ilar b\u00f6lgan. Hatto Ibn Arabiy vafotidan keyin bir guruh mutaassiblar uning qabrini buzgan, lekin keyin\u00e7alik Turkiya pod\u015fohi Salim Usmoniy uni qaytadan qurdirgan. Alloma hayot b\u00f6lgan yillarda ham, vafotidan keyin ham ba\u02bczi faqih va olimlar uni dinsizlikda ayblagan. \u015euningdek, Ibn Arabiyning vahdatul vujud xususidagi aqidasi va \u011faroyib narsalarni ka\u015ff eti\u015fi haqidagi qara\u015flari \u015fariat ahlini har doim unga qar\u015fi qilib q\u00f6yar edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirgi davrda ham Ibn Arabiy haqidagi bunday torti\u015fuvlar nihoyasiga yetmagan. Jumladan, 70-yillarning bo\u015flarida Misrdagi \u201cAl-Ixvonul muslimun\u201d ta\u015fkiloti atrofidagi guruhlar Ibn Arabiyning kitoblarini Misrda \u00e7op eti\u015fni taqiqla\u015fga eri\u015fgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mana \u015fu ma\u015fhur islom faylasufi \u00f6z kitoblarida Hakim Termiziy asarlaridan k\u00f6plab yirik lavhalarni iqtibos qilib keltirganini k\u00f6ri\u015f mumkin. Ibn Arabiy bir qan\u00e7a asarlarida Hakim Termiziy nomi va qara\u015flarini takror-takror zikr etadi. Hattoki, \u00f6zining ma\u015fhur \u201cAl-Futuhotul makkiyya\u201d asarida Hakim Termiziying \u201cXatmul avliyo\u201d asarida \u00f6rtaga ta\u015flangan 157 savolga javob bergan. Bundan avval esa u\u015fbu masalalarga doir mustaqil kitob \u201cAl-Javobul mustaqiym a\u02bcmma sa\u02bcala anhu at-Termiziy al-Hakim\u201d (\u201cAl-Hakim at-Termiziydan s\u00f6ralgan ruhiy masalalar \u015farhi\u201d) asarini yozgan edi. (Mazkur asarning bir dona q\u00f6lyozma nusxasi Iskandariya \u015fahrining \u201cMaktabatul baladiyya\u201d kutubxonasida \u2116 3467 tartib raqami bilan saqlanadi).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayniqsa, Ibn Arabiyning \u201cvaliylik\u201dka oid qara\u015flarida Hakim Termiziyning ta\u02bcsiri yaqqol seziladi. Zero, Hakim Termiziy avliyolar haqidagi sufiy qara\u015flarni nazariy jihatdan tartibga solgan birin\u00e7i olim hisoblanadi. Hakim Termiziy tasavvufidagi muhim hisoblanadigan \u201cnubuvvat\u201d va \u201cvaloyat\u201d masalalariga katta e\u02bctibor bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Valiylik nazariyasida \u201cXatmul avliyo\u201d mavzusini ilk bor \u00f6rtaga q\u00f6ygan, sufiylarning dolzarb mavzusiga aylantirgan Hakim Termiziy b\u00f6lib, bu mavzuda \u201cSiyratul avliyo\u201d nomli ma\u015fhur asar ham yozgan. Manbalardan ma\u02bclum b\u00f6li\u015fi\u00e7a, allomaning u\u015fbu kitobi tasavvuf olamida muhim \u00f6rin egallagan asardir. Unda ilk bor \u201cvaloyat\u201d va \u201cnubuvvat\u201d mavzulari \u00e7uqur \u00f6rganib \u00e7iqiladi, Ibn Arabiy esa, Termiziy fikrlarini \u00f6zla\u015ftirib, ularni \u00f6ziga xos tarzda talqin qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hakim Termiziy Qur\u02bcondagi <strong>\u201cVa xotamu-n-nabiyyin\u201d<\/strong> oyatiga muvofiq, pay\u011fambarlarning bir-birlaridan ustunliklari b\u00f6lganidek, valiylar orasida ham darajalar bor deydi. Unga k\u00f6ra, valiylarning eng ustuni xotamul avliyodir. Hakim Termiziy \u201cxotamul avliyo\u201d s\u00f6zi \u00f6rniga \u201cimomul valoya\u201d va \u201craisul valoya\u201d ta\u02bcbirlarini ham i\u015flatgan. Quyidagi s\u00f6zlar ham unga tegi\u015fli: \u201cMuhammad (s.a.v.) t\u00f6\u011frilik qadamini bo\u015fqa pay\u011fambarlarga nisbatan oldinroq ta\u015flagan. U hamma pay\u011fambarlarning xotamidir. Uning vafotidan s\u00f6ng, ummatidan qirq ki\u015fi uning \u00f6rniga \u00f6tadi, \u015funda arz (yer) ular bilan qoim b\u00f6ladi. Ular rasulning ahli baytlaridir. Nasab jihatidan emas, zikr jihatidan uning xonadonidirlar. Rasululloh qilgan zikr uyiga si\u011fingan har bir ki\u015fi uning ahli xonadonidir. Bu qirq ki\u015fidan biri vafot etsa, uning ummatidan biri \u00f6rnini bosadi. Bularning sano\u011fi tugab, dunyoning zavol vaqti kelga\u00e7, Alloh bir valiy yuboradi. Uni saralab, \u00f6ziga yaqin qilgan b\u00f6ladi. Unga \u201cxatmul valoya\u201d (\u201cvaloyat muhri\u201d) bergandir. Bu valiy qiyomatga\u00e7a bo\u015fqa valiylarga Allohning hujjati b\u00f6ladi. Muhammadning (s.a.v.) nubuvvat sidqi b\u00f6lganidek, uning ham valoyat sidqi bor. Unga \u015fayton ila\u015fa olmas, nafs uni valoyatdan \u00e7al\u011fitib, zavq-safoga yetaklay olmas. Muhammad (s.a.v.) bar\u00e7a pay\u011fambarlarning sayyidi b\u00f6lganidek, xotamul avliyo ham avliyolarning sayyidi va har xususda ularning pe\u015fqadamidir\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Arabiy \u201cFutuhot\u201ddagi bir \u015fe\u02bcrida uning \u00f6zi \u201cxotamul avliyo\u201d ekanini ifodalaydi. Xatmi valoyat masalasini izohlar ekan, u nabiy bilan valiy munosabatiga ham t\u00f6xtaladi, bu haqida \u00f6z fikrlarini ilgari suradi. Jumladan, nabiylik nihoyasiga yetgan, valiylik esa davom etmoqda. \u00c7unki Allohning ismlaridan biri \u2013 Valiy. U Hakim Termiziyning \u201cxatmul avliyo\u201d xususidagi fikrlarini \u201cFususul hikam\u201d (\u201cHikmatlarning k\u00f6zlari-niginlari\u201d) asarida q\u00f6yidagi\u00e7a talqin qiladi: \u201cBu ilm faqat rasullar bilan valiylarning xotamiga maxsusdir. Pay\u011fambarlar bu ilmni faqat xotamul anbiyoning (Muhammad s.a.v.) qandilidan k\u00f6rarlar. Valiylar esa buni xotamul avliyoning qandilidan k\u00f6rarlar. \u00c7unki risolat va nubuvvat t\u00f6xtaydi, ammo valoyat aslo t\u00f6xtamaydi. Pay\u011fambarlar ham valiy b\u00f6lganlari u\u00e7un yuqorida zikr etilgan ilmni faqat xotamul avliyoning qandilidan k\u00f6radilar. Gar\u00e7i xotamul avliyo xotamur rasulning keltirgan \u015fariat hukmlariga b\u00f6ysunsa ham, bu uning maqomini pasaytirmaydi va ayni holat bu fikrga zid kelmaydi. \u015eariatning zohirida bu fikrimizni q\u00f6llaydigan dalillar bor. Masalan, Badr asirlari va xurmoning payvand qilini\u015fi xususida hazrati Umarning ustunligi namoyon b\u00f6lgan. Komil b\u00f6lgan zotning har xususda va har martabada eng birin\u00e7i b\u00f6li\u015fi \u015fart emas. Bu y\u00f6lning erlari Allohni bili\u015f xususidagi ustunlikka qaraydilar. Ularning \u011foyasi ham \u015fu. Koinotdagi voqealar esa ularning esiga ham kelmaydi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u201c<\/em>Siratul avliyo\u201d kitobi \u00f6z davri talab va ehtiyojlaridan kelib \u00e7iqqan holda bitilgan asardir. \u00c7unki Termiziy mazkur asarini yozayotgan vaqtda mutasavvif Abu Bakr Xarroz (vaf. 899 y.) ham \u201cKitabus sidq\u201d asarida valoyat masalasini k\u00f6tarib \u00e7iqqan, \u015funingdek, mutasavvif Sahl Tustari (vaf. 896 y.) ham \u00f6z izdo\u015flari bilan valoyat mavzusini xuddi \u015fu davrda muhokama qilgan. Bundan ma\u02bclum b\u00f6ladiki,\u00a0 IX asrning oxirgi \u00f6n yilliklarida tasavvufiy fikrlarni yagona tizimga keltiri\u015fga ehtiyoj katta b\u00f6lgan. \u015euningdek, \u201cvaloyat\u201d va \u201cvaliylik\u201d mavzusi Termiziy davrida dolzarblik kasb etib, markaziy \u00f6rinni egallay bo\u015flagan va Hakim Termiziyning bu ta\u02bclimoti butun Xuroson, ayniqsa, Termiz va Balxda keng tarqalgan. \u00d6rta asr sufiy olimlarning aksariyati bu ta\u02bclimotni q\u00f6llab-quvvatlagan. Jumladan, Imom \u011eazzoliy, \u015eihobuddin Suhravardiy, Suyutiy, Bidlisiy va Bahouddin Naq\u015fband kabi tasavvuf va tariqat ahllari alloma ta\u02bclimotidan ta\u02bcsirlangan. Abdurahmon Jomiyning \u201cNafahotul uns\u201d asarida keltirili\u015fi\u00e7a, Bahouddin Naq\u015fband ham Hakim Termiziy qara\u015flari va kitoblaridan keng foydalangan. Jumladan, u Hakim Termiziy haqida: \u201cAziz avliyolarning pe\u015fvosi Xoja Muhammad ibn Ali al-Hakim at-Termiziy ruhoniyatiga tavajjuhim tu\u015fganda, har safar menga ta\u02bcrif va tavsifdan xoli tasavvuf namoyon b\u00f6ladi\u201d, deb uning ruhoniy olamidagi yuksak martaba va maqomlarini alohida lutf bilan ta\u02bcriflagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cXotamul avliyo\u201d tu\u015fun\u00e7asi \u00f6z davrida ham, keyin ham k\u00f6plab olimlar tomonidan tanqidga u\u00e7ragan. Bu qara\u015fni eng qattiq qoralaganlardan biri taniqli olim ibn Taymiyadir (1263-1328). U jumladan \u015funday degan: \u201cXotamul avliyo\u201d bor deguv\u00e7ilarning da\u02bcvolari botil va asossizdir. Bu (xotamul avliyo) haqida Abu Abdulloh Muhammad bin Ali at-Termiziy al-Hakim \u201cXotamul vilaya\u201d asarida aytib \u00f6tgan. Undan avvalgi olimlarning birontasi ham bu mavzuni zikr etmagan. Mazkur kitobda k\u00f6rib \u00e7iqilgan masalalar xato va sunna bilan ijmoga xilofdir\u201d. \u015euningdek, u Ibn Arabiyni mana \u015funday fikrlari tufayli \u201ckofir\u201d deb e\u02bclon qilgan. Valiyning Allohdan bevosita bilim oli\u015fi yol\u011fon, deb valiy pay\u011fambar vositasida ma\u02bclumot oladi, deydi. \u015eu bilan birga, Hakim Termiziyni ehtiyotkorlik va hurmat bilan tilga olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qara\u015flarining not\u00f6\u011fri talqin qilini\u015fi oqibatida Hakim Termiziy tiriklik vaqtidayoq \u00f6z \u015fahridan quv\u011fin etilgan. Abu Abdurahmon Sullamiyning yozi\u015fi\u00e7a, u ayblanib, Termiz \u015fahridan quvilgan. Bu ayblov sababi esa uning \u201cSiyratul avliyo\u201d va \u201cIlalu\u015f \u015fari\u02bca\u201d asarlari b\u00f6lgan. \u00c7unki Hakim Termiziy mazkur asarlarda valiylarning ham xuddi pay\u011fambarlar kabi muhri b\u00f6ladi, degan fikrni ilgari surgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">IX asrda \u201ctasavvuf\u201d atamasi ma\u015fhur b\u00f6lmagan edi. \u015eu sababdan Hakim Termiziy bu iborani valiy s\u00f6zi bilan ifoda etgan. Olmon olimasi Annemari \u015eimmel esa \u00f6zining \u201cMir islamskogo mistitsizma\u201d kitobida \u201cvaliy\u201d atamasini izohlab, quyidagi qisqa xulosani keltiradi: \u201cXulosa qilib aytganda, valiy \u2013 mukammal sufiydir\u201d. Termiziy valiylarning ikki turini k\u00f6rsatadi: \u201cValiy sidqulloh\u201d va \u201cvaliy minnatulloh\u201d. Ularning birin\u00e7isi \u015fariat va tariqatning bar\u00e7a talablariga rioya qilgan holatdagina bu darajaga eri\u015fadi, ikkin\u00e7isi esa Allohning inoyati, ilohiy i\u015fq bilan bu martabaga eri\u015fadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Arabiy Termiziyning faqat valoyat va nubuvvat haqidagi fikrlarini \u00f6zla\u015ftirib qolmay, allomaning bo\u015fqa qara\u015flarini ham \u00f6z asarlarida aks ettirgan. Allomaning Ibn Arabiyga ta\u02bcsiri uning \u201cAt-tadbiyratul ahliyya fi islohil mamlakatil insaniyya\u201d (\u201cInson mamlakatini isloh qili\u015f tadbirlari\u201d) asarida ham k\u00f6rinadi. Ibn Arabiy \u015funday deydi: \u00abInson mamlakatining asosi \u2013 qalbdir, uning vaziri-aqldir. U\u015fbu aql qalbga \u015funday bir axloq va sifatlar taqdim eti\u015fi lozimki, bular bilan u mamlakat i\u015flarini vazminlik, ehtiyotkorlik va adolat bilan bo\u015fqara olsin\u00bb. Xuddi \u015fu axloq va sifatlar aqlning yordam\u00e7ilari ekanini Hakim Termiziy ham \u00f6z asarlarida ta\u02bckidlagan. Hakim Termiziyning fiqhiy qara\u015flari ham Ibn Arabiyga ta\u02bcsir k\u00f6rsatgan. Ibn Arabiydan ta\u02bcsirlangan bo\u015fqa olimlar ham Hakim Termiziy ta\u02bclimotini yoyuv\u00e7i \u015faxslarga aylandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hakim Termiziyning ilmiy merosi yuksak baholani\u015fi bilan bir qatorda, unga nisbatan hozirga qadar turli ta\u02bcna to\u015flari ham otib kelinmoqda. Bu ta\u02bcnalarning aksariyati Ibn Taymiya asarlaridan iqtibos \u015faklida keltiriladi. U\u015fbu ta\u02bcnalarni quyidagi\u00e7a umumla\u015ftiri\u015f mumkin:<\/span><\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">valiylik masalasida \u011fuluvga ketgan;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">avliyolar ma\u02bcsumligi haqida gapirgan;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">musulmon ummati i\u00e7ida Abu Bakr Siddiq va Umar ibn Xattob martabasidagi odamlar \u00e7iqi\u015fi mumkinligi haqida gapirgan;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cavliyolar xotami\u201d \u011foyasini ilgari surgan;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">avliyolar xotami qiyomat kuni bar\u00e7a avliyolarga hujjat b\u00f6ladi, degan gapni aytdi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">valiylar iyerarxiyasi haqida s\u00f6z yuritgan va bo\u015fqa.<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ammo asrlar davomida Hakim Termiziy ilmiy merosi k\u00f6plab ahli sunna ulamolari tomonidan m\u00f6\u02bctabar manba sifatida ehtirom bilan tilga olib kelinadi. Yurtimizda ham buyuk alloma merosini \u00f6rgani\u015f, asarlarini tadqiq eti\u015f b\u00f6yi\u00e7a hukumat dasturlari i\u015flab \u00e7iqilgan, davlat ilmiy tadqiqot loyihalari moliyala\u015ftirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida k\u00f6rib \u00e7iqilganlardan ma\u02bclum b\u00f6ladiki, yurtimiz allomalari islom madaniyati tarixida hadis, nahv ilmlari, riyozat, tabobat va bo\u015fqa sohalar bilan bir qatorda tasavvufiy ta\u02bclimot asoslarini yarati\u015fda ham pe\u015fqadamlardan b\u00f6lgan. Ana \u015fu pe\u015fqadam, yirik mutasavviflardan biri Hakim Termiziy b\u00f6lib, u \u00d6rta Osiyo tasavvuf ilmi tarixida hakimiyya y\u00f6nali\u015figa asos solgani tasavvufiy manbalarda qayd etilgan. Bugungi kunda buyuk allomaning bu ma\u02bcnaviy merosini ilmiy asosda \u00e7uqur \u00f6rgani\u015f olimlarimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan hisoblanadi.\u00a0<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><em>\u0623\u062c\u0648\u0628\u0629 \u0627\u0628\u0646 \u0639\u0631\u0628\u064a \u0639\u0644\u0649 \u0623\u0633\u0626\u0644\u0629 \u0627\u0644\u062d\u0643\u064a\u0645 \u0627\u0644\u062a\u0631\u0645\u0630\u064a<\/em>. \u062a\u062d\u0642\u064a\u0642 \u0623\u062d\u0645\u062f \u0633\u0627\u064a\u062d. \u0627\u0644\u0642\u0627\u0647\u0631\u0629\u060c \u0645\u0643\u062a\u0628\u0629 \u0627\u0644\u062b\u0642\u0627\u0641\u0629 \u0627\u0644\u062f\u064a\u0646\u064a\u0629\u060c 2006. 272. \u0635.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u0639\u0628\u062f \u0627\u0644\u0628\u0627\u0642\u064a \u0627\u0644\u0645\u0641\u062a\u0627\u062d. <em>\u0628\u062d\u0648\u062b \u062d\u0648\u0644 \u0643\u062a\u0628 \u0648\u0645\u0641\u0627\u0647\u064a\u0645 \u0627\u0644\u0634\u064a\u062e \u0627\u0644\u0623\u0643\u0628\u0631 \u0645\u062d\u064a \u0627\u0644\u062f\u064a\u0646 \u0627\u0628\u0646 \u0639\u0631\u0628\u064a<\/em>. \u0627\u0644\u0631\u0628\u0627\u0637\u060c 2010. 255. \u0635.\u00a0<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u0645\u062d\u0645\u062f \u0625\u0628\u0631\u0627\u0647\u064a\u0645 \u0627\u0644\u062c\u064a\u0648\u0634\u064a. <em>\u0627\u0644\u062d\u0643\u064a\u0645 \u0627\u0644\u062a\u0631\u0645\u0630\u064a \u062f\u0631\u0627\u0633\u0629 \u0623\u0641\u0643\u0627\u0631\u0647 \u0648 \u0622\u062b\u0627\u0631\u0647<\/em>. \u2013 \u0627\u0644\u0642\u0627\u0647\u0631\u0629: \u062f\u0627\u0631 \u0627\u0644\u0646\u0647\u0636\u0629 \u0627\u0644\u0639\u0631\u0628\u064a\u0629. 347 \u0635.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u015eimmel Annimarie. <em>Mystical Dimensions of Islam.<\/em> Into Russian by Prigarina. \u2013 Moscow: Sadra, 2012. \u2013 P. 536.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u0627\u0644\u062d\u0643\u064a\u0645 \u0627\u0644\u062a\u0631\u0645\u0630\u064a. <em>\u0646\u0648\u0627\u062f\u0631 \u0627\u0644\u0623\u0635\u0648\u0644<\/em>. \u2013 \u0627\u0644\u0642\u0627\u0647\u0631\u0629: \u0645\u0643\u062a\u0628\u0629 \u0627\u0644\u0625\u0645\u0627\u0645 \u0627\u0644\u0628\u062e\u0627\u0631\u064a\u060c 2008. 1363. \u0635.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u0627\u0644\u062d\u0643\u064a\u0645 \u0627\u0644\u062a\u0631\u0645\u0630\u064a. <em>\u062e\u062a\u0645 \u0627\u0644\u0623\u0648\u0644\u064a\u0627\u0621<\/em>. \u2013 \u0628\u064a\u0631\u0648\u062a: \u0627\u0644\u0645\u0643\u062a\u0628\u0629 \u0627\u0644\u0643\u0627\u062b\u0648\u0644\u064a\u0643\u064a\u0629\u060c 1967. 584 \u0635.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u0627\u0628\u0646 \u0639\u0631\u0628\u064a. <em>\u0627\u0644\u0641\u062a\u0648\u062d\u0627\u062a \u0627\u0644\u0645\u0643\u064a\u0629.<\/em> \u2013 \u0627\u0644\u0642\u0627\u0647\u0631\u0629: \u0627\u0644\u0645\u0637\u0628\u0639\u0629 \u0645\u064a\u0645\u0646\u064a\u0629\u060c 1329\u0647\u0640. 4 \u0623\u062c\u0632\u0627\u0621.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u0639\u0627\u0635\u0645 \u0625\u0628\u0631\u0627\u0647\u064a\u0645 \u0627\u0644\u0643\u064a\u0627\u0644\u064a. <em>\u0627\u0644\u0648\u0644\u0627\u064a\u0629 \u0648\u0627\u0644\u0648\u0644\u064a \u0639\u0646\u062f \u0627\u0644\u0633\u0627\u062f\u0629 \u0627\u0644\u0635\u0648\u0641\u064a\u0629<\/em>. \u2013 \u0628\u064a\u0631\u0648\u062a: \u0643\u062a\u0627\u0628 \u2013 \u0646\u0627\u0634\u0631\u0648\u0646. 117. \u0635.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u0633\u0627\u0645\u064a \u0645\u062d\u0645\u062f \u0644\u0637\u0641. <em>\u0627\u0644\u0645\u0642\u062f\u0645\u0629 \u0644\u0643\u062a\u0627\u0628 \u0639\u0644\u0645 \u0627\u0644\u0623\u0648\u0644\u064a\u0627\u0621 \u0644\u0644\u062d\u0643\u064a\u0645 \u0627\u0644\u062a\u0631\u0645\u0630\u064a<\/em>. \u2013 \u0627\u0644\u0642\u0627\u0647\u0631\u0629: \u0645\u0643\u062a\u0628\u0629 \u0627\u0644\u062d\u0631\u064a\u0629 \u0627\u0644\u062d\u062f\u064a\u062b\u0629\u060c 1981. 269. \u0635.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u0627\u0628\u0646 \u0639\u0631\u0628\u064a. <em>\u0641\u0635\u0648\u0635 \u0627\u0644\u062d\u0643\u0645<\/em>. \u062a\u062d\u0642\u064a\u0642 \u0623\u0628\u0648 \u0627\u0644\u0639\u0644\u0627 \u0639\u0641\u064a\u0641\u064a. \u2013 \u0628\u064a\u0631\u0648\u062a: \u062f\u0627\u0631 \u0627\u0644\u0643\u062a\u0627\u0628 \u0627\u0644\u0639\u0631\u0628\u064a. 228. \u0635.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mi\u00e7el \u00c7odkiewicz,\u00a0<em>Le Sceau des saints\u00a0: Proph\u00e9tie et saintet\u00e9 dans la doctrine d\u02bcIbn \u02bcArab\u012b<\/em>, Biblioth\u00e8que des sciences humaines, \u00c9ditions Gallimard. \u2013 Paris, 1986. \u2013 235.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u0634\u0631\u064a\u0641 \u0645\u062d\u0645\u062f \u062c\u0627\u0628\u0631. <em>\u0628\u064a\u0646 \u0627\u0628\u0646 \u062a\u064a\u0645\u064a\u0629 \u0648\u0627\u0644\u062d\u0643\u064a\u0645 \u0627\u0644\u062a\u0631\u0645\u0630\u064a<\/em>. http:\/\/blogs.aljazeera.net\/blogs<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u0627\u0628\u0646 \u062a\u064a\u0645\u064a\u0629. <em>\u062d\u0642\u064a\u0642\u0629 \u0645\u0630\u0647\u0628 \u0627\u0644\u0627\u062a\u062d\u0627\u062f\u064a\u064a\u0646<\/em>. \u0636\u0645\u0646 \u0645\u0644\u062d\u0642 \u062a\u0627\u0631\u064a\u062e\u064a \u0644\u0643\u062a\u0627\u0628 \u062e\u062a\u0645 \u0627\u0644\u0623\u0648\u0644\u064a\u0627\u0621. \u2013 \u0628\u064a\u0631\u0648\u062a: \u0627\u0644\u0645\u0643\u062a\u0628\u0629 \u0627\u0644\u0643\u0627\u062b\u0648\u0644\u0648\u0643\u064a\u0629\u060c 1967. 584. \u0635.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Ibrohim USMONOV, <\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0tarix fanlari nomzodi, dotsent, \u00d6zR FA \u015eI<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00abMOVAROUNNAHR VA ISLOM SIVILIZATSIYASINING \u015eAKLLANI\u015eI\u00bb MAVZUSIDA \u00d6TKAZILGAN XALQARO KONFERENSIYA T\u00d6PLAMIDAN OLINDI.<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Buyuk mutafakkir Hakim Termiziyning (vaf. 932 y.) hayoti va asarlarini \u00e7uqur \u00f6rgangan XX asr fransiyalik arab olimi Usmon Ismoil Yahyoning ta\u02bckidla\u015fi\u00e7a, gar\u00e7i Termiziydan bevosita ta\u02bclim olgan taniqli \u015fogirdlarni k\u00f6rsati\u015f mu\u015fkul b\u00f6lsa-da, lekin uning asarlaridan ta\u02bcsirlangan va fikrlarni \u00f6zla\u015ftirgan sufiylarni tasavvuf tarixida u\u00e7rati\u015f mumkin. \u015eulardan biri Hakim Termiziydan keyin ikki yarim asrdan keyin ya\u015fab ijod qilgan &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":53751,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53747"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=53747"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53747\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":53750,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53747\/revisions\/53750"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/53751"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=53747"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=53747"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=53747"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}