{"id":53706,"date":"2026-10-28T11:01:17","date_gmt":"2026-10-28T06:01:17","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53706"},"modified":"2026-10-27T15:09:18","modified_gmt":"2026-10-27T10:09:18","slug":"alloma-yetistirgan-ustozlar-mahmud-zamaxsariy-faoliyatida-ustozlarining-orni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53706&lang=oz","title":{"rendered":"ALLOMA YETI\u015eTIRGAN USTOZLAR: MAHMUD ZAMAX\u015eARIY FAOLIYATIDA USTOZLARINING \u00d6RNI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Kiri\u015f. <\/strong>Insoniyat tarixida ilm-ma\u02bcrifat taraqqiyoti avloddan-avlodga uzluksiz \u00f6tib kelayotgan ustoz va \u015fogirdlar an\u02bcanasi orqali \u015fakllangan. Ustoz \u2013 nafaqat bilim beruv\u00e7i, balki \u015fogirdni hayot y\u00f6lida yetuk \u015faxs sifatida tarbiyalov\u00e7i, ma\u02bcnaviy kamolot sari yetaklov\u00e7i murabbiydir. Ilmiy maktablarning paydo b\u00f6li\u015fi, ularning rivojlani\u015fi va davomiyligi bevosita ustoz \u015faxsiga, uning ilmiy salohiyati hamda tarbiyaviy mahoratiga bo\u011fliqdir. Islom olamida yuzlab buyuk mutafakkirlar \u00f6z ustozlaridan olgan saboqlar, ilmiy meros va tajribalar asosida \u015fakllangan. \u015eunday allomalardan biri \u2013 Mahmud Zamax\u015fariy b\u00f6lib, uning ilmiy kamolotida ustozlarining hissasi beqiyosdir. Zamax\u015fariy hayoti va ijodini \u00f6rgani\u015f nafaqat Markaziy Osiyo ilmiy-ma\u02bcnaviy merosining boy ekani haqida ma\u02bclumot beradi, balki ustoz-\u015fogird munosabatlarining naqadar muhimligini ham k\u00f6rsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Asosiy qism. <\/strong>Xorazm zaminida azaldan jahon fani va madaniyati rivojiga munosib hissa q\u00f6\u015fgan k\u00f6plab buyuk allomalar yeti\u015fib \u00e7iqqan. Abul Qosim Mahmud Zamax\u015fariy ana \u015funday ulu\u011f siymolardan biridir. Hayotligidayoq \u201cDunyoning ustozi\u201d, \u201cAllohning q\u00f6\u015fnisi\u201d, \u201cAdiblar ka\u02bcbasi\u201d, \u201cArablar va ajamlar ustozi\u201d, \u201cXorazm faxri\u201d kabi \u015farafli nomlarga sazovor b\u00f6lgan alloma, benazir inson, yurtimiz faxri, k\u00f6hna Xorazm farzandi Mahmud Zamax\u015fariy jahon fani va madaniyati rivojiga \u00f6zining \u00f6lmas merosi bilan ulkan hissa q\u00f6\u015fgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zamax\u015fariyning t\u00f6liq ismi Abul Qosim Mahmud ibn Umar ibn Muhammad b\u00f6lib, hijriy 467-sana, rajab oyining yigirma yettin\u00e7isida, \u00e7or\u015fanba kuni, milodiy 1075-yilning 19-martida Xorazmning yirik qi\u015floqlaridan biri \u2013 Zamax\u015farda tavallud topgan va \u015fu boisdan ham az \u2013 Zamax\u015fariy nisbasini olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloma haqidagi ma\u02bclumotlardan ma\u02bclumki, uning bir oyo\u011fi yo\u011fo\u00e7dan b\u00f6lib, tarix\u00e7ilar bu haqda: \u201cBir oyo\u011fi yo\u011fo\u00e7dan edi va uzun yaktagini tu\u015firib kiygani u\u00e7un k\u00f6rgan odam uni \u00e7\u00f6loq deb \u00f6ylardi\u201d, deb yozgan. O\u011fir kasallik tufayli u yo\u015fligidan bir oyoq b\u00f6lib qolgan va \u015fundan s\u00f6ng otasi uni endi o\u011fir mehnatga yaramaydi, deb kiyim tikuv\u00e7i ustaga \u015fogirdlikka bermoq\u00e7i b\u00f6ladi. Biroq yo\u015fligidan ilmga havasmand \u00f6sgan Mahmud otasidan \u00f6zini madrasaga \u00f6qi\u015fga yubori\u015fni s\u00f6raydi. \u00d6\u011flidagi ilmga b\u00f6lgan z\u00f6r i\u015ftiyoq va havasni sezgan otasi uni madrasaga beradi [1:6].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mahmud Zamax\u015fariy ilm-fanning turli sohalari bilan qiziqib, tolibi ilmlar orasida z\u00f6r iste\u02bcdodini namoyon qila bo\u015flaydi. U madrasada \u00f6qitiladigan ilmlarni, ayniqsa, arab tili va adabiyoti, diniy ilmlarni puxta egalla\u015fga kiri\u015fadi. Keyin\u00e7alik Mahmud Zamax\u015fariy bilimini yanada o\u015firi\u015f maqsadida Buxoroga y\u00f6l oladi. Ma\u015fhur olim Abu Mansur Saolibiyning (961\u20131138) iborasi bilan aytganda \u201cBuxoro Somoniylar davridan bo\u015flab \u015fon-\u015fuhrat makoni, saltanat ka\u02bcbasi va zamonasining il\u011for ki\u015filari jamlangan, Yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan va \u00f6z davrining fozil ki\u015filari yi\u011filgan (joy) edi\u201d. U Buxoroda tahsilni tugallaga\u00e7, bir ne\u00e7a yillar Xorazm\u015fohlar xizmatida mun\u015fiylik bilan \u015fu\u011fullanadi, hukmdorlar bilan yaqinla\u015fi\u015fga urinadi. Biroq qobiliyati, ilmi, fazilatiga yara\u015fa munosib e\u02bctibor k\u00f6rmaga\u00e7, \u00f6zga yurtlarga safar qiladi. Allomaning \u00f6z davri ilmlarini t\u00f6liq egalla\u015fga, olimlik darajasiga yeti\u015fi\u015fida, \u015fubhasiz, ustozlarining xizmati benihoya katta b\u00f6lgan. Mana \u015funday ustozlardan biri \u2013 til, lu\u011fat va adabiyot sohasida ma\u015fhur olim Abu Mudar Mahmud ibn Jariyr al-Dabbiy al-Isfahoniydir (1113-yili Marvda vafot etgan) [5]. Abu Mudar ku\u00e7li til\u015funos b\u00f6lib, u til ilmida \u201cFaridul asr\u201d va \u201cvahidud dahr\u201d (yagonayi davron) edi. Bu olim bir qan\u00e7a vaqt Xorazmda istiqomat qiladi, \u00f6zining \u00e7uqur va har taraflama bilimi, xu\u015ffe\u02bclligi, oliyjanobligi bilan \u015fuhrat qozonadi va k\u00f6plab adib, til\u015funos olimlarni yeti\u015ftiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mahmudni \u00f6tkir zehni va tiri\u015fqoqligini k\u00f6rgan Abu Mudar uni \u00f6ziga \u015fogird qilib oladi va undan \u00f6zining ilmiy va moddiy yordamini sira ayamasdan har taraflama tarbiyalaydi. Mahmud ham \u00f6z ustoziga qattiq ixlos q\u00f6yib, uning bilim va axloqiy fazilatlarini mukammal \u00f6zla\u015ftiri\u015fga harakat qiladi [3:12].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u015fhur arab olimi va sayyohi Yoqut al-Hamaviy (1178-1229) al-Isfahoniy haqida \u015funday deb yozadi: \u201cLu\u011fat va nahv (grammatika) ilmida \u00f6z davrining yagona bilimdoni va \u00f6z asrining benaziri b\u00f6lib, uning xilma-xil fazilatlari t\u00f6\u011frisida rivoyatlar (masallar) keltirardilar. Olim bir qan\u00e7a muddat Xorazmda istiqomat qilgan b\u00f6lib, odamlar uning ilmu urfoniyu makorimi axloqidan foyda k\u00f6rgandilar. K\u00f6pgina ilm toliblari, \u015fular jumlasidan, Zamax\u015fariy uning mukammal ilmidan bahramand b\u00f6lib, lu\u011fat va nahv sohasida ta\u02bclim olganlar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mahmud Zamax\u015fariy Isfahoniydan nafaqat \u00e7uqur bilim oldi, balki uning ilmiy y\u00f6nali\u015flari, asarlar yarati\u015fdagi tartibotlarini tadqiq qildi. Arab millatiga mansub bu olimning ta\u02bcsirida Zamax\u015fariy qalbida yo\u015fligidan arablarga va arab tiliga samimiy muhabbat tuy\u011fulari qaror topdiki, bu holni olimning \u00f6zi ham ba\u02bczi qasidalarida minnatdorlik hissi bilan ifodalaydi. U grammatikaga ba\u011fi\u015flangan \u201cAl-Mufassal\u201d asarini odamlarning istagini hisobga olib, \u201carab kalimalarini bili\u015f u\u00e7un\u201d yaratgani, \u201cMuqaddamatul adab\u201d asarini esa \u201c\u011fayri arablar arab tilini \u00f6rganmo\u011fi u\u00e7un\u201d yozganini ta\u02bckidlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allomaning ilmiy faoliyatida arab tili asosiy \u00f6rinni egallaydi. U \u00f6z asarlarini asosan arab tilida yozgan. I.Yu.Kra\u00e7kovskiyning fikri\u00e7a [2:313], kelib \u00e7iqi\u015fi arab b\u00f6lmagan Zamax\u015fariy arab madaniyatining k\u00f6zga k\u00f6ringan namoyandasi b\u00f6lib yeti\u015fgan. U arab tilini yo\u015fligidan katta havas va i\u015ftiyoq bilan \u00f6rgandi, arablarning hayoti va ularning urf-odatlarini, turli lahjalarini uzoq yillar tinimsiz tadqiq qildi. Olim arab tiliga alohida mehr bilan qarar edi. \u015eu boisdan ham, bu tilni \u00e7uqur \u00f6rgani\u015f, arab tilining grammatikasi, leksikasi, umuman, arab til\u015funosligiga oid bir qan\u00e7a muhim asarlarni yaratgan. Uning jahonga don\u011fi ketgan \u201cMuqaddamatul adab\u201d, \u201cAl-Mufassal\u201d, \u201cAsosul balo\u011fa\u201d kabi yirik ta\u02bcliflari mana \u015fu y\u00f6nali\u015fda yozilgan asarlardir. Arablarning allomaga: \u201cAgar xorazmlik \u015fu k\u00f6sa, \u00e7\u00f6loq b\u00f6lmaganida, arablar \u00f6z tillarini bilmas edilar!\u201d, deb l\u00f6nda qilib bergan bahosiga he\u00e7 bir izohning hojati b\u00f6lmasa kerak [4:35]. Arab tiliga, uning behad katta imkoniyatlariga tan bergan alloma bar\u00e7a asarlarini faqat arab tilida yaratgan. Bu tilni mukammal \u00f6zla\u015ftirgani, albatta, katta mehnat va tinimsiz izlani\u015flar samarasidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mahmud Zamax\u015fariy asarlarining muqaddimasida muttasil ravi\u015fda arab tilini arab madaniyatining quroli sifatida e\u02bctirof etgan. Arab olimlari Zamax\u015fariyning ilmiy faoliyatiga \u00e7uqur ehtirom bilan qarab, u haqda \u015funday degan: \u201cArablar Movarounnahrni qurol bilan egallay olmadilar, lekin xorazmlik alloma \u00f6z hassasi bilan butun arab dunyosini egallab oldi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mahmud Zamax\u015fariy Ba\u011fdodda \u015fayxul islom Abu Mansur Nasr al-Xorisiy, Abu Saad a\u015f-\u015eaqqoniy, Abul Xattab ibn Abul Batar kabi ma\u015fhur olimlardan hadis ilmidan saboq oldi. Makkada esa nahv va fiqh b\u00f6yi\u00e7a ilmni Abu Bakr Abdulloh ibn Talxa ibn Muhammad ibn Abdulloh al-Yabariy al-Andalusiy, a\u015f-\u015fayx as-Sadiyd al-Xayyatiy, lu\u011fat ilmini esa Abu Mansur Mavhub ibn al-Xadar al-Javoliqiy kabi ma\u015fhur olimlardan \u00f6rgandi [1:12]. Buyuk alloma hayoti davomida Marv, Ni\u015fopur, Isfahon, \u015eom, Ba\u011fdod va Hijozda ya\u015fadi, ikki marta Makkada b\u00f6ldi. Olim bu yerda ilmiy i\u015flarini davom ettirdi, arab tili sarf va nahvi (grammatikasi) va lu\u011fatini hamda mahalliy qabilalarning lahjalari, maqollari, urf odatlarini \u00e7uqur \u00f6rgandi, mintaqa j\u00f6\u011frofiyasiga oid qimmatli ma\u02bclumotlarni t\u00f6pladi. Biron-bir allomaga nasib etmagan yuksak maqomga \u2013 Jorulloh (\u201cAllohning q\u00f6\u015fnisi\u201d) degan laqabga faqat buyuk vatando\u015fimiz Mahmud Zamax\u015fariy mu\u015farraf b\u00f6la olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mahmud Zamax\u015fariy ilmiy faoliyati va merosini ustozlari ta\u02bcsirida tahlil qili\u015f \u015funi k\u00f6rsatadiki, \u015earq ilm-fan tarixida \u015fogirdning kamol topi\u015fi bevosita ustozlarining ilmiy va ma\u02bcnaviy yetukligi bilan \u00e7ambar\u00e7as bo\u011fliqdir. Zamax\u015fariy ustozlaridan nafaqat nazariy bilimlar majmuasini, balki ilmiy izlani\u015fning metodologik asoslarini ham \u00f6zla\u015ftirgan. Bu jarayonda ustozlarining qat\u02bciy ilmiy intizomi, manba tanla\u015fdagi ehtiyotkorligi, mantiqiy tahlilga asoslangan yonda\u015fuvi uning keyingi faoliyatida asosiy tamoyilga aylandi. Uning ilmiy \u015fakllani\u015fida ustozlarining hissasi faqatgina ma\u02bclum bir bilim doirasini \u00f6rgati\u015f bilan \u00e7eklanmay, balki mustaqil ilmiy tafakkur, mantiqiy tahlil, dalilla\u015f madaniyati va adolat tamoyillarini \u015fakllantiri\u015fda hal qiluv\u00e7i omil b\u00f6ldi. Zamax\u015fariy \u00f6z asarlarida ustozlaridan olgan bilimlarni nafaqat ijodiy rivojlantirdi, balki ularni ilmiy maktab darajasiga k\u00f6tardi. Bu jarayon ilmning davomiyligi, ilmiy maktablarning \u015fakllani\u015fi va ma\u02bcnaviy merosning avloddan-avlodga \u00f6ti\u015fini ta\u02bcminladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zamax\u015fariy ilmiy maktabi \u00f6z davrida arab tili grammatikasi, balo\u011fat va tafsir\u015funoslik sohalarida eng yuqori bosqi\u00e7lardan biriga eri\u015fdi. Uning asarlari nafaqat musulmon \u015earqida, balki keyingi asrlarda Yevropa \u015farq\u015funoslari tomonidan ham \u00f6rganildi. Bu, \u00f6z navbatida, ustozlarining bergan saboqlari global ilmiy merosning tarkibiy qismiga aylanganini k\u00f6rsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloma Mahmud Zamax\u015fariy ustozlaridan ta\u02bclim oli\u015f bilan birgalikda, \u015earqning turli \u015faharlarida k\u00f6plab \u015fogirdlar ham yeti\u015ftirgan. Uning Makkada be\u015f yildan ortiq vaqt ya\u015fagani olim u\u00e7un katta baxt b\u00f6lgan, desak mubola\u011fa b\u00f6lmaydi. \u00c7unki Makka nafaqat butun musulmon olamidan kelgan ziyorat\u00e7ilar u\u00e7un muqaddas ziyoratgoh, balki yetuk olimlar va ilmga intiluv\u00e7i talabalar yi\u011filadigan ilmiy markaz ham edi. Quyida Zamax\u015fariyning eng muhim \u015fogirdlari va ularning olimdan olgan ta\u02bclimlari haqida ma\u02bclumot beriladi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abul Hasan Ali ibn Muhammad ibn Ali ibn Ahmad ibn Harun al-Umroniy al-Xavarizmiy b\u00f6lib, u \u201cHujjatul afodil\u201d va \u201cFaxrul ma\u015foyix\u201d laqablari bilan atalar, Zamax\u015fariyning eng yaqin d\u00f6stlaridan b\u00f6lib qolgandi. U ustozi panohida adabiyot, hadis ilmlaridan tahsil k\u00f6rgandi. Zamax\u015fariy zamonasining yetuk olimi darajasiga k\u00f6tarilib, \u00f6zi ham ilm toliblariga dars berib, tafsir, grammatika, j\u00f6\u011frofiya sohalari b\u00f6yi\u00e7a asarlar yaratgandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zamax\u015fariyning qobiliyatli \u015fogirdlaridan yana biri Muhammad ibn Abul Qosim ibn Boy\u00e7uk al-Baqqoliy al-Xorazmiy al-Odamiy an-Nahviy b\u00f6lib, u \u201cZayn al-ma\u015foyix\u201d laqabi bilan ma\u015fhur edi. Yoqut al-Hamaviy u haqida: \u201cAl-Adabda u imom, lisonul arabda hujjat (i\u015fon\u00e7li olim), lu\u011fat va al-i\u02bcrobni Zamax\u015fariydan \u00f6rganib, keyin\u00e7alik uning \u00f6rniga \u00f6tirgan edi. U hadis ilmini ustozi Zamax\u015fariy va bo\u015fqalardan \u00f6rgandi. U e\u02bctiqodi ku\u00e7li, olijanob, sof vijdonli ki\u015fi edi. Uning bir qan\u00e7a asarlari b\u00f6lib, ulardan \u201cMiftoh at-Tanziyl\u201d, \u201cTaqviym al-lison fin-nahv\u201d, \u201cAl-I\u02bctob fil-i\u02bcrob\u201d, \u201cAl-Bidoya fil-maoniy val bayon\u201d, \u201cKitob manozil al-arab\u201d va bo\u015fqalarni k\u00f6rsati\u015f mumkin\u201d, deb yozadi [1:14].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Yusuf Ya\u02bcqub ibn Ali ibn Muhammad ibn Ja\u02bcfar al-Balxiy al-Jandaliy har doim Zamax\u015fariy bilan birga b\u00f6lib, undan deyarli ajralmas edi. U, xususan, adab ilmi b\u00f6yi\u00e7a ustozidan k\u00f6p saboq olib, u\u015fbu sohada yetuk olim sifatida \u015fakllandi. Al-Muvaffaq ibn Ahmad ibn Abu Said I\u015faq Abul-Muayyad esa Zamax\u015fariyning eng muhim \u015fogirdlaridan biri b\u00f6lib, \u201cAxtabu Xvarazm\u201d (Xorazmning eng s\u00f6zg\u00f6y xatibi va nutq ustasi) laqabi bilan tanildi. U turli ilmlar \u2013\u00a0 fiqh va \u015fe\u02bcriyatda yetuk olim b\u00f6li\u015fi bilan birga, arab tilini mukammal biladigan, \u00f6ta fazilatli va bilimdon \u015faxs sifatida e\u02bctirof etilgan edi. U hijriy 484-yilda tu\u011filib, 568-hijriy yilda vafot etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mahmud Zamax\u015fariy \u00f6zining ilmiy faoliyati davomida turli \u015faharlardan kelgan k\u00f6plab \u015fogirdlarni tarbiyalagan b\u00f6lib, ular orqali \u00f6z merosini keng yoygan. Uning \u015fogirdlari nafaqat Xorazm va Movarounnahrda, balki butun musulmon olamida ilmiy an\u02bcanalarni davom ettirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abul Mahosin Ismoil ibn Abdulloh at-Ta\u02bcviliy (Tabaristonlik). U Tabaristonda Zamax\u015fariydan ta\u02bclim olgan va uning ilmiy uslublarini \u00f6z mintaqasida tarqati\u015fga hissa q\u00f6\u015fgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abul Mahosin Abdurrahmon ibn Abdulloh al-Bazzor (Abivardlik). Abivard \u015fahrida Zamax\u015fariyning darslarida qatna\u015fib, uning tafsir va arab tili b\u00f6yi\u00e7a ta\u02bclimotlarini \u00f6rgangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Amr Amir ibn al-Hasan as-Simsor (Zamax\u015farlik). Zamax\u015fariyning tu\u011filgan joyi \u2013 Zamax\u015far qi\u015flo\u011fida uning \u015fogirdi b\u00f6lib, mahalliy ilmiy muhitda faoliyat yuritgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Said Ahmad ibn Mahmud a\u015f-\u015eotiy (Samarqandlik). Samarqandda Zamax\u015fariydan ta\u02bclim olgan bu \u015fogird, ayniqsa, arab tili va adabiyoti sohasida katta yutuqlarga eri\u015fgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Tohir Somon ibn Abdulmalik (Xorazmlik). Xorazmning taniqli faqihlaridan biri b\u00f6lib, Zamax\u015fariydan fiqh va hadis ilmlarini \u00f6rganib, uning ilmiy an\u02bcanalarini davom ettirgan [1:16].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015euningdek, Zamax\u015fariyning muhim \u015fogirdlaridan biri Ali ibn Iso ibn Hamza ibn Vahhos Abut-Tayyib edi. Bu oliyjanob va fazilatli \u015faxs Makka aholisidan b\u00f6lib, \u015fe\u02bcriyat va nasr sohasida bir qan\u00e7a muhim asarlar muallifi sifatida tanilgan. Zamax\u015fariy Makkada b\u00f6lgan davrida unga dars bergan va adabiyot hamda \u015fe\u02bcriyat b\u00f6yi\u00e7a \u00e7uqur bilim ula\u015fgan. Ali ibn Iso \u00f6zining ijodiy faoliyati bilan Zamax\u015fariyning ta\u02bclim uslublarini yanada boyitgan va Makkada ilmiy muhitning rivojlani\u015figa hissa q\u00f6\u015fgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zamax\u015fariyning \u015fogirdlari orasida nafaqat erkaklar, balki ayollar ham b\u00f6lgan. Masalan, Zaynab bint A\u015f-\u015eariy, bu uning ta\u02bclimida keng qamrovli va tenglik asosidagi yonda\u015fuvni k\u00f6rsatadi. Uning \u015fogirdlari, \u00f6z navbatida, \u00f6z \u015fogirdlariga ijozat (ruxsatnoma) berib, Zamax\u015fariyning ilmiy merosini avloddan-avlodga uzatgan. Masalan, Ali ibn Iso ibn Hamza kabi \u015fogirdlar Makka kabi yirik ilmiy markazlarda Zamax\u015fariyning adabiyot va balo\u011fat b\u00f6yi\u00e7a ta\u02bclimotlarini tar\u011fib qilgan. Bu \u015fogirdlarning faoliyati Zamax\u015fariyning ta\u02bcsirini nafaqat \u015earqda, balki butun Islom olamida kengaytiri\u015fga xizmat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Xulosa. <\/strong>Mahmud Zamax\u015fariyning ilmiy merosi va ta\u02bclim uslublari \u00f6rta asr \u015earq ilmiy maktablarining eng muhim namunalaridan biri sifatida \u00f6z \u00f6rnini egallaydi. Uning \u015fogirdlari orqali tarqalgan bilimlari nafaqat Xorazm, Samarqand, Buxoro va Makka kabi ilmiy markazlarda, balki butun musulmon olamiga \u00e7uqur ta\u02bcsir k\u00f6rsatdi. Zamax\u015fariyning ta\u02bclim usullarida qat\u02bciy ilmiy intizom, mantiqiy tahlil, manbalarga ehtiyotkorlik, amaliy yonda\u015fuv va ma\u02bcnaviy-axloqiy tarbiya muhim \u00f6rin tutgan. U \u015fogirdlarini mustaqil fikrla\u015fga, dalillarga asoslangan xulosalar \u00e7iqari\u015fga va ilmiy merosni ijodiy rivojlantiri\u015fga undagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zamax\u015fariyning \u015fogirdlari, masalan, Abu Yusuf Ya\u02bcqub al-Balxiy, Al-Muvaffaq ibn Ahmad al-Xorazmiy, Zaynab bint A\u015f-\u015eariy va Ali ibn Iso Abut-Tayyib kabi \u015faxslar uning ta\u02bclimotlarini \u00f6z mintaqalarida tar\u011fib qilib, \u00f6z maktablarini ta\u015fkil etgan. Bu \u015fogirdlar orqali uning \u201cAl-Ka\u015f\u015fof\u201d, \u201cAl-Mufassal\u201d va \u201cAsosul balo\u011fa\u201d kabi asarlari \u00f6rta asr va undan keyingi davrlarda keng tarqalgan, hatto Yevropa \u015farq\u015funosligiga ta\u02bcsir k\u00f6rsatgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ustoz-\u015fogird an\u02bcanasining Zamax\u015fariy faoliyatidagi \u00f6rni ilmiy merosning davomiyligini ta\u02bcminla\u015fda muhim omil b\u00f6lgan. Uning ta\u02bclim usullari bugungi kunda ham ta\u02bclim tizimida, xususan, arab tili, tafsir\u015funoslik va adabiyotni \u00f6qiti\u015fda dolzarb b\u00f6lib qolmoqda. Zamax\u015fariyning ilmiy va ma\u02bcnaviy merosi nafaqat tarixiy qadriyat, balki zamonaviy ta\u02bclim va tarbiya jarayonlarida amaliy ahamiyatga ega b\u00f6lgan bebaho xazinadir. Kelajakda u\u015fbu merosni yanada \u00e7uqur \u00f6rgani\u015f va zamonaviy ta\u02bclim metodologiyalariga integratsiya qili\u015f ilmiy tadqiqotlar u\u00e7un muhim y\u00f6nali\u015f b\u00f6lib xizmat qiladi.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abul Qosim Mahmud az-Zamax\u015fariy. Nozik iboralar. \u015earhlar muallifi va tarjimon U.Uvatov. \u2013 T.: Kamalak, 1992.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-size: 12pt;\">\u041a\u0440\u0430\u0447\u043a\u043e\u0432\u0441\u043a\u0438\u0439 \u0418. \u042e. \u0418\u0437\u0431\u0440\u0430\u043d\u043d\u0438\u0435 \u0441\u043e\u0447\u0438\u043d\u0435\u043d\u0438\u044f. \u2013 \u0422. 4 \u2013 \u041c.\u2013\u041b.: \u0418\u0437\u0434\u0430\u0442\u0435\u043b\u0441\u0442\u0432\u043e \u0410\u041d \u0421\u0421\u0421\u0420, 1957.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Rustamov A. Mahmud Zamax\u015fariy. \u2013 T.: Fan, 1971.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Uvatov U. Mahmud Zamax\u015fariy. \u2013 T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi na\u015friyoti, 1995.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/kh-davron.uz\/kutubxona\/islomiy-adabiyot\/har-kunning-bir-hikmati-bor-zamaxshariy-hikmatlari.html\">https:\/\/kh-davron.uz\/kutubxona\/islomiy-adabiyot\/har-kunning-bir-hikmati-bor-zamaxshariy-hikmatlari.html<\/a><\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Sitora-Bonu SALIMOVA,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00d6zbekiston xalqaro islom\u015funoslik akademiyasi tayan\u00e7 doktoranti<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cImom Buxoriy saboqlari\u201d jurnali 2025-yil 3-sonidan olindi.<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kiri\u015f. Insoniyat tarixida ilm-ma\u02bcrifat taraqqiyoti avloddan-avlodga uzluksiz \u00f6tib kelayotgan ustoz va \u015fogirdlar an\u02bcanasi orqali \u015fakllangan. Ustoz \u2013 nafaqat bilim beruv\u00e7i, balki \u015fogirdni hayot y\u00f6lida yetuk \u015faxs sifatida tarbiyalov\u00e7i, ma\u02bcnaviy kamolot sari yetaklov\u00e7i murabbiydir. Ilmiy maktablarning paydo b\u00f6li\u015fi, ularning rivojlani\u015fi va davomiyligi bevosita ustoz \u015faxsiga, uning ilmiy salohiyati hamda tarbiyaviy mahoratiga bo\u011fliqdir. Islom olamida yuzlab buyuk &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":53707,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53706"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=53706"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53706\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":53708,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53706\/revisions\/53708"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/53707"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=53706"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=53706"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=53706"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}