{"id":53695,"date":"2026-10-27T11:03:45","date_gmt":"2026-10-27T06:03:45","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53695"},"modified":"2026-10-27T11:03:45","modified_gmt":"2026-10-27T06:03:45","slug":"hadissunoslik-ustrusanada-yetakci-yonalislardan-biri","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53695&lang=oz","title":{"rendered":"HADIS\u015eUNOSLIK \u2013 USTRU\u015eANADA YETAK\u00c7I Y\u00d6NALI\u015eLARDAN BIRI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Movarounnahrda IX-XIII asrlarda kuzatilgan Birin\u00e7i Renessans doirasida \u015fakllangan ilmiy-madaniy markazlardan biri b\u00f6lgan Ustru\u015fanada k\u00f6plab ulamolar qatorida muhaddislar ham faoliyat yuritgan b\u00f6lib, ular hali yax\u015fi \u00f6rganilmagan. Vaholanki, ular umummusulmon taraqqiyoti va islom sivilizatsiyasi rivojiga katta hissa q\u00f6\u015fgan olimlar hisoblanadi. U\u015fbu mintaqadan 80 dan ortiq muhaddis \u00e7iqqani ham buning isbotidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadislar Movarounnahrga VII asrda kirib kelgan b\u00f6lsa, VIII asrda alohida ilm sifatida rivojlandi. Dastlab \u00f6lkaning ikki ulkan \u015fahri \u2013 Samarqand va Buxoroda hadis ilmi yoyildi. Asta-sekin ularga tuta\u015f hududlar \u2013 Nasaf, \u015eo\u015f, Far\u011fona, Ke\u015f, Termiz, Xorazm, Ustru\u015fana, Dabusiya, Ku\u015foniya kabi mintaqalarda ham muhaddislar faoliyati bo\u015flandi. Umuman, Movarounnahrda VIII-XII asrlar mobaynida u\u00e7 mingdan ortiq yirik muhaddislar ya\u015fab, faoliyat yuritgan<a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tadqiqot davomida Ustru\u015fanada tavallud topib, u yerning \u015fahar va qi\u015floqlari hamda \u00f6\u015fa davr ilmiy-madaniy markazlari Samarqand, Buxoro va Ba\u011fdodda faoliyat yuritgan muhaddislar aniqlandi.\u00a0 Ustru\u015fanada dastlab hadislarning asosiy mavzusi s\u00f6fiyona kamtarlik, taqvo va tarkidunyo\u00e7ilik b\u00f6lgan b\u00f6lsa, bu hududda islom dini nisbatan mustahkam \u00f6rna\u015fganidan keyin esa ulamo va muhaddislar e\u02bctibori k\u00f6proq ibodat va muomalot masalalariga qaratilgan. Bu nafaqat Ustru\u015fanaga, balki Movarounnahrning bo\u015fqa \u015faharlariga, ayniqsa, Samarqand va Buxoroga ham xosdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">VIII asrning birin\u00e7i yarmida Movarounnahrda islom ilmlarining yoyili\u015fi xurosonlik ulamolar tomonidan amalga o\u015firilgan b\u00f6lsa, \u015fu asrning ikkin\u00e7i yarmiga kelib, mahalliy ulamolar yeti\u015fib \u00e7iqa bo\u015fladi. Ilk davrda ustru\u015fanalik muhaddislar harakatida tanqidiy y\u00f6nali\u015f ustuvor b\u00f6ldi. \u201cDinni bid\u02bcatlardan tozala\u015f\u201d harakati ulamolarga mahalliy aholi orasida katta obr\u00f6 keltirdi. Natijada, IX-X asrga kelib muhaddislar ijtimoiy hayotda ham yetak\u00e7i ku\u00e7ga aylanib, Ustru\u015fana \u015fahar va qi\u015floqlarida ilmiy faoliyat olib bordi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ustru\u015fanada hadis ilmining \u015fakllani\u015fi va taraqqiy eti\u015fida \u00f6zining munosib hissasini q\u00f6\u015fgan mahalliy sulolaviy muhaddislar oilalarining ham \u00f6z \u00f6rni bor. \u015eunday sulolaviy oiladan \u00e7iqqan muhaddislardan biri IX-X asrda ya\u015fagan muhaddis Abu Ahmad Tolib ibn Ali ibn Hasan ibn Turxor \u015eiyrakasiydir. U Ustru\u015fananing \u015eirakas qi\u015flo\u011fida tavallud topgan va \u015fu yerda ilmiy faoliyat olib borgan. Abu Ahmad \u015eiyrakasiy\u00a0 sulolaviy muhaddislar oilasining bo\u015fli\u011fi edi. Uning \u00f6\u011fli Abul Husayn Muhammad ibn Tolib ibn Ali \u015eiyrakasiy Ustru\u015fanadagi hadis ilmiga \u00f6z hissasini q\u00f6\u015fgan muhaddislardan b\u00f6lgan. Abu Ahmad \u015eiyrakasiy hadislarni Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy va Muhammad ibn Abdulloh ibn Yazid Muqarraiylardan rivoyat qilgan. Abu Ahmad \u015eiyrakasiy 288\/901 yili 14 yoki 15-sentyabrda vafot etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Abu Abdulloh Nuh ibn Janoh Mojarmiy.<\/em><\/strong> Muhaddis. Ustru\u015fanada tavallud topib, \u00f6z vatanida ilmiy faoliyat olib borgan. Mavjud manbalarda uning tavallud topgan yoki vafot etgan yili haqida birorta ma\u02bclumot keltirilmagan. Ammo Abu Sa\u02bcd Sam\u02bconiy\u00a0 \u201cAl-Ansob\u201d asarida u \u00f6z zamonasining zabardast ulamolari<a href=\"#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a> bilan ilmiy safarga \u00e7iqib, 321\/933 yilda Abu Ali Tamoriyning xonadonida mehmon b\u00f6lib, \u015fu yerda ilmiy suhbat qurganini ta\u02bckidlab \u00f6tgan[4:5\/35 \u21169338]. Yuqorida keltirilgan ma\u02bclumotga tayanib, Nuh ibn Janoh Mojarmiyning vafot sanasini 321\/933 yildan keyin, deb belgila\u015f mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Abu Muhammad Nasr ibn Hamavayh Kamarjiy.<\/em><\/strong> Muhaddis.\u00a0 Ustru\u015fanada tavallud topgan va \u015fu yerda ilmiy faoliyat olib borgan. U hadislarni Muhammad ibn Muso Su\u011fdiy vositasida Ibrohim ibn Hamdavayh I\u015ftixoniydan rivoyat qilgan. Samarqandda faoliyat olib bor\u00adgan, Qoraxoniylar davrida umrining oxirgi, eng samarali qismini \u00f6tkazgan hofiz Abu Sa\u02bcd Abd ar-Rahmon ibn Muhammad Idrisiy Astrobodiy (vaf. 405\/1015-y.) \u015funday ta\u02bckidlaydi: \u201cMen Abu Muhammad Kamarjiy haqidagi ma\u02bclumotlarni \u00f6zidan 360\/971 yili yozib oldim\u201d[5:5\/317]. Mavjud manbalarda uning tavallud yoki vafot etgan sanasi haqida birorta ma\u02bclumot keltirilmagan. Lekin Abu Sa\u02bcd Idrisiyning yuqorida keltirilgan ma\u02bclumotlaridan Abu Muhammad Kamarjiyni 360\/971 yildan keyin vafot etgan, deb belgila\u015f mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Abu Nasr Ahmad ibn Ammor ibn Ismat ibn Maoz \u015eiyrakasiy.<\/em><\/strong> Muhaddis. Ustru\u015fananing \u015eiyrakas qi\u015flo\u011fida tavallud topib, \u015fu yerda ilmiy faoliyat olib borgan. Abu Nasr \u015eiyrakasiy hadislarni \u00f6z davrining yetuk muhaddislari Abu Ya\u02bclo Abdulm\u00f6\u02bcmin ibn Xalaf ibn Tufayl Nasafiy (259\/873-346\/957), Abul Hasan Ali ibn Muhtoj ibn Hamavayh ibn Xaddo\u015f Ko\u015foniy (tu\u011filgan yili 351 y.), Abu Ja\u02bcfar Muhammad ibn Muhammad ibn Abdulloh al-Jamol Iroqiy (vaf.346\/957 y. Samarqand), Abu Ahmad Bakr ibn Muhammad ibn Hamadon Marvaziy (vaf.345\/956 y. Buxoro), Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh ibn Ibrohim ibn Abdirobbihi Ba\u011fdodiy (260\/874-354\/965) kabi ulamolardan rivoyat qilgan. Abu Nasr \u015eiyrakasiy 400\/1010-yili mart oyida vafot etgan[4:3\/508 \u2116 6131].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Abul-Hasan Ali ibn Abdulaziz ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Homid Dizakiy Lohuziy Zubayriy.<\/em><\/strong> Muhaddis. Dizak \u015fahrida tavallud topib, \u015fu \u015faharda ilmiy faoliyat olib borgan. U asli makkalik sahoba Zubayr ibn Avvom<a href=\"#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a> (r.z.) avlodlaridan. Uning Makkadan k\u00f6\u00e7ib kelgan otasi Abdulaziz ibn Muhammad \u00f6z zamonasida yetuk olimlardan biri b\u00f6lib, Samarqanddagi \u201cXon Muso\u201d masjidida ilmiy faoliyat olib borgan. Otasining \u00f6n ikki nafar aka-ukasi b\u00f6lib, bar\u00e7asi ulamolardan edi. Abu Sa\u02bcd al-Idrisiy (vaf. 405\/1015-y.) olim Abdulaziz ibn Muhammad Dizakiy Samarqand \u015fahrida ya\u015fab, \u015fu yerdagi fozil zotlardan biri, deb tasvirlaydi va 380\/991 yildan oldin haj safariga ketayotganida vafot etganini xabar qiladi[6:416]. Abul Hasan Dizakiy 448\/1056-yili Dizakda vabo tufayli vafot etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Abul Fazl Ilyos ibn Holid ibn Hakim Zominiy.<\/em><\/strong> Muhaddis. Zomin \u015fahrida tavallud topib, u\u015fbu \u015faharda ilmiy faoliyat olib borgan. Muhaddis Abu Ja\u02bcfar Muhammad ibn Asad ibn Tovus Zominiy undan 415\/1024-yil Zomin \u015fahrida hadis e\u015fitganini rivoyat qilgan[6:157]. Mavjud manbalarda Abul Fazl Zominiyning tavallud ayyomi yoki vafot etgan yili haqida birorta ham ma\u02bclumot keltirilmagan. Agarda Abu Ja\u02bcfar Zominiy Zomin \u015fahrida undan hadis e\u015fitgani hisobga olinsa, uning vafot sanasini 415\/1024-yildan keyin, deb belgila\u015f mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Zinnun Xovasiy.<\/em><\/strong> Muhaddis. Xovasda tavallud topib, \u015fu yerda ilmiy faoliyat olib borgan. Najmiddin Abu Hafs Nasafiyning ta\u02bckidla\u015fi\u00e7a, Zinnun Xovasiy 449\/1057-yili 18-iyul pay\u015fanba kuni \u015eayx Ali ibn Ahmad Sankabosiy imlo qilgan hadisni e\u015fitib olgan ekan[6:48]. Mavjud manbalarda uning tavallud yoki vafot etgan yili haqida birorta ma\u02bclumot keltirilmagan. Ammo Zinnun Xovasiyning hadisni Sankabosiydan e\u015fitgani hisobga olinsa, uning vafot sanasini 449\/1057-yildan keyin, deb belgila\u015f mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Abu Toyyib Ahmad ibn Muhammad ibn Umar ibn I\u015foq ibn Diyzkah Toniy Dizakiy.<\/em><\/strong> Muhaddis. Dizak \u015fahrida tavallud topgan. Asli ota-bobolari Isbahondan b\u00f6lib, Dizzak \u015fahriga k\u00f6\u00e7ib kelgan. Dizak \u015fahrida ilmiy faoliyat olib borgan. U hadislarni Abu Bakr Muhammad ibn Ibrohim ibn Ali Muqarriy (285\/898-381\/991)dan rivoyat qilgan. Undan hadislarni Abul Qosim Hibatulloh ibn Abdulvoris \u015eiroziy (485\/1092) rivoyat qilgan[6:356;4:2\/588]. Uning tu\u011filgan va vafot etgan yillari haqida ma\u02bclumot y\u00f6q. Lekin u hadislarni Abu Bakr Muqarriydan va undan Abul Qosim \u015eiroziy hadislar rivoyat qilgani hisobga olinsa, Abu Toyyib Dizakiy X asr oxiri va XI asr bo\u015flarida ya\u015fagan, deb belgila\u015f mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Movarounnahrda \u201cKok\u201d nomi bilan tanilgan muhaddis <strong><em>Abu Nasr Ahmad ibn Abdulmulk ibn Muso ibn Muzaffar Ustru\u015faniy.<\/em><\/strong> U\u00a0 433\/1042-yil Ustru\u015fanada tavallud topib, dastlabki ilmlarni \u015fu yerda oladi va ilmiy faoliyatini davom ettiradi. U 86 yil umr k\u00f6rib, 519\/1125-yil aprel oyida vafot etgan. U haqida misrlik olim Ibn Hajar Asqaloniy (773\/1372-852\/1448-y.) \u00f6zining \u201cAd-Durar al-komina fi ayon al-mia as-somina\u201d asarida hamda dama\u015fqlik olim Abdulqodir ibn Muhammad Naimiy Dima\u015fqiy (978\/1571-y.) \u201cAd-Doris fi tarix al-madoris\u201d nomli tarixiy bibliografik asarida ma\u02bclumot bergan[7:\u21161413; 8:3\/57; 11:1\/194; 10:2\/163].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadis ilmi vujudga kelgan davrdan bo\u015flab muhaddislar hadis talabida \u00f6zga yurtlarga safar qila bo\u015fladi. Ana \u015fu davrdan bo\u015flab muhaddislarning ilmiy faoliyatini birgina \u015fahar yoki mamlakat miqyosida \u00e7egarala\u015f mumkin b\u00f6lmay qoldi. K\u00f6p\u00e7ilik muhaddislarning ona \u00advatani Ustru\u015fana b\u00f6lsa-\u00adda\u00ad, asosiy ilmiy faoliyatini undan ta\u015fqarida olib bordi. Samarqandda hadis ilmi rivojiga katta hissa q\u00f6\u015fgan k\u00f6p sonli muhaddislar qatorida ustru\u015fanalik quyidagi muhaddislarning ham \u00f6z \u00f6rni bor. Tez orada hadis ilmida tajriba orttirgan ustru\u015fanaliklar \u00f6z maktabi an\u02bcanalarini bo\u015fqa mintaqalarga yoya bo\u015fladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Abu Kasir Sayf ibn Hafs Zohid Zominiy.<\/em><\/strong> Muhaddis. Zomin \u015fahrida tavallud topgan. Ustru\u015fananing s\u00f6nggi af\u015fini Sayr ibn Abdulloh (279-280\/892-894) davrida ya\u015fagan. Abu Kasir Zominiy ilk tahsilini Zominda oldi. \u015eundan s\u00f6ng u IX asr \u00f6rtalarida Movarounnahr ilm markazlaridan biri Samarqandga k\u00f6\u00e7ib \u00f6tadi va \u015fu yerda muqim ya\u015fay bo\u015flaydi. Balxlik olim Muhammad ibn Ali al-Layn al-Balxiy Abu Kasir Zominiy haqida uning \u00f6z davrining solih va zohid zotlaridan biri b\u00f6lganini va undan k\u00f6plab hadislar e\u015fitganini ta\u02bckidlab \u00f6tgan. Abu Kasir Zominiy 297\/909 yili Samarqand \u015fahrida vafot etgan[6:113].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Abu Naim Husayn ibn Muhammad ibn Naim \u011e\u00f6bdiniy. <\/em><\/strong>Muhaddis. U \u011e\u00f6bdin qi\u015flo\u011fida 341\/952 yili iyun oyida tavallud topgan. U \u00f6z davrining fozil, zohid, taqvodor imomlaridan b\u00f6lib, dastlabki ta\u02bclimni \u00f6z qi\u015flo\u011fida olgan. Keyin\u00e7alik ilm talabi va hadislarni yozib oli\u015f maqsadida Xuroson, Iroq, Ba\u011fdod, Hijoz, Buxoro, Naysobur kabi \u015faharlarga borgan. U Ustru\u015fanaga qaytib kelib, 86 yil umr k\u00f6rgan va 427\/1036-yil aprel oyida vafot etgan[4:4\/90 \u21167644].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Abul Qosim Abdulvohid ibn Abdurahmon ibn Zayd ibn Ibrohim ibn Ahmad ibn Harb a\u015f-\u015eovkatiy.<\/em><\/strong> Muhaddis. \u015eovkat qi\u015flo\u011fida 407\/1016-yili tavallud topgan. Keyin\u00e7alik ilm-ma\u02bcrifat y\u00f6lida Samarqandga k\u00f6\u00e7ib \u00f6tgan va \u015fu yerda Hakim \u015eovkatiy nomi bilan ilmiy faoliyat olib boradi. U hadislarni imom xatib Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh orqali Abu Muhammad Abdulloh ibn Ali Bohiliydan rivoyat qilgan. Undan hadislarni \u015fayx Abu Bakr Muhammad ibn Umar ibn Abdulaziz Buxoriy rivoyat qilgan. U 87 yil umr k\u00f6rib, 494\/1101-yili aprel oyida Samarqand \u015fahrida vafot etgan[6:410-411; 4:3\/415 \u2116 5780].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Abu Bakr Muhammad ibn Hasan ibn Ja\u02bcfar ibn Ali ibn Ahmad al-Yorkasiy. <\/em><\/strong>Muhaddis. U Yorkas qi\u015flo\u011fida 447\/1055-yili tavallud topgan. Dastlabki ilmlarni qi\u015flo\u011fida olib, keyin\u00e7alik ilm talabi bilan Samarqandga boradi va \u015fu yerda muqim ya\u015fab qoladi. Uning Muhammad ismli faqih \u00f6\u011fli b\u00f6lgan. Abu Hafs Nasafiy \u015funday deydi: \u201cD\u00f6stimiz Muhammad ibn Muhammad ibn Hasan Yorkasiyning otasi Samarqandda ya\u015fab, qozi imom Muhammad ibn Ahmad Xaffofning q\u00f6lida fiqh ilmidan ta\u02bclim olgan\u201d. U hadislarni Abu Bakr ibn Hamza Madiniy vositasida qozi Abu Ali Hasan ibn Muhammad ibn Ja\u02bcfar Faqoiydan e\u015fitib yozib olgan. U 520\/1126-yili vafot etgan va \u00c7okardiza (\u201cJang\u00e7ilar qal\u02bcasi\u201d) qabristoniga dafn etilgan[4:5\/595].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Bakr ibn Abdulloh ibn Abdurrahim al-Xarqoniy.<\/em><\/strong> Muhaddis. Xarqona qi\u015flo\u011fida tavallud topgan. Dastlabki ilmlarni Ustru\u015fanada olib, keyin ilm talabida Samarqandga k\u00f6\u00e7ib borgan va \u015fu yerda ilmiy faoliyat olib borgan. Najmiddin Abu Hafs Nasafiy ustru\u015fanalik bu muhaddis haqida \u00f6zining \u201cAl-Qand fi zikr ulamoi Samarqand\u201d asarida \u015funday hikoya qiladi: \u201cMen bir marta Bakr ibn Abdulloh bilan namoz \u00f6qib, undan k\u00f6plab hadislar e\u015fitganman. Uning t\u00f6liq ismi \u2013 Bakr ibn Abdulloh ibn Abdurrahim Xarqoniydir. U 525\/1131-yili vafot etgan\u201d[6:702;4:2\/400].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Husayn ibn Abi \u015eahob al-Xarqoniy.<\/em><\/strong> Uning t\u00f6liq ismi Husayn ibn Abi \u015eahob ibn Ahmad ibn Hamza ibn Husayn ibn Qosim ibn Hamza ibn Hasan ibn Ali ibn Ubaydulloh ibn Hasan ibn Ubaydulloh ibn Abbos ibn Ali ibn Abi Tolib al-Alaviy al-Xarqoniy. Muhaddis. U Xarqona qi\u015flo\u011fida 446\/1054-yili tavallud topgan. U asli xalifa Ali ibn Abu Tolib (r.z.) avlodlaridan. U dastlabki ilmni \u00f6z qi\u015flo\u011fi Xarqonada amakisi faqih Abu \u015eujo Muhammad ibn Ahmad ibn Hamza ibn Husayn al-Xarqoniydan olib, keyin\u00e7alik ilm-ma\u02bcrifat talabi bilan Samarqandga boradi va \u015fu yerda muqim ya\u015fab qoladi. Undan hadislarni Abulqosim Mahmud ibn Ahmad Zahriy rivoyat qilgan. Undan hadislarni Najmiddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiy rivoyat qilgan. U 76 yo\u015fida 524\/1130-yili Samarqand \u015fahrida vafot etgan[4:2\/400].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Bakr ibn Yamon al-Ustru\u015faniy. <\/em><\/strong>Muhaddis. Ustru\u015fanada tavallud topib, dastlabki ilmni \u015fu yerda oladi va keyin\u00e7alik ilm-ma\u02bcrifat y\u00f6lida Samarqandga k\u00f6\u00e7ib \u00f6tadi. U Samarqandda \u015faxsiy madrasa o\u00e7gan va u yerda \u00f6zi tolibi ilmlarga hadis va fiqh ilmlaridan saboq bergan. U hadislarni qozi Abu Muhammad Abdurrahmon ibn Abdurrahim Qassor va Hokim Abu Amr Muhammad ibn Abdulaziz Qantariylardan rivoyat qilgan. U 519\/1125-yili Samarqandda vafot etib, \u00c7okardiza (\u201cJang\u00e7ilar qal\u02bcasi\u201d) qabristoniga dafn etilgan[6:105].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Usmon ibn Yahyo ibn Muhammad al-Hajjoj al-Bunjikatiy as-Samarqandiy.<\/em><\/strong> Muhaddis. Bunjikatda X asrda tu\u011filgan. Ilm oli\u015f maqsadida Samarqandga k\u00f6\u00e7ib \u00f6tib, \u015fu yerda muqim ya\u015fab qolgan. U ilm-ma\u02bcrifat y\u00f6lida juda k\u00f6p \u015farq mamlakatlariga safar qildi. Xususan, u 426\/1035-yilda Makka \u015fahrida Masjidul-haramda juma kuni ke\u00e7qurun hadislarni \u015fayx faqih Abul Qosim Abdurahmon ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Abdulloh al-Ansoriydan rivoyat qilgani haqida ma\u02bclumotlar bor[6:361]. Mavjud manbalarda allomaning tavallud topgan yoki vafot etgan yili haqida birorta ma\u02bclumot keltirilmagan. Agarda u 426\/1035-yili Masjidul-haramda b\u00f6lganini hisobga olsak, uning vafotini 426\/1035-yildan keyin deb belgilasak b\u00f6ladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Abul Hasan Ali ibn Muhammad ibn Amr al-Muaddab al-Yorkasiy.<\/em><\/strong> Muhaddis. U Yorkas qi\u015flo\u011fida tavallud topgan va keyin\u00e7alik ilm talabida Samarqandga k\u00f6\u00e7ib boradi va \u015fu yerda \u015fayx Abulqosim Hakimga \u015fogird tu\u015fadi. U hadislarni Abu Said Muhammad ibn Abdulloh ibn Ujayf ibn Ahmad \u015eumoniydan rivoyat qilgan. Undan hadislarni Abu Badi Mansur ibn Muhammad Samarqandiy Samarqandda 413\/1022-yili \u00f6qiyotgan vaqtida yozib olganini ta\u02bckidlagan. \u00d6\u015fa davrda Samarqanddagi madrasalar hadis darslarining alohida markazlari edi. Uning \u201c\u015earh al-maqomot\u201d nomli asari bor[6:410 \u21164616]. Mavjud manbalarda uning tavallud yoki vafot etgan yili haqida birorta ma\u02bclumot keltirilmagan. Lekin undan hadislarni Abu Badi Mansur ibn Muhammad Samarqandiy 413\/1022-yili yozib olganini hisobga olsak, uning vafot sanasini 413\/1022-yildan keyin deb belgila\u015f mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Abu Hafs Umar ibn Ahmad \u015eabibiy Dizakiy.<\/em><\/strong> Muhaddis. U dastlabki ilmni Dizakda muhaddis \u015fayxulislom Ismoil ibn Ahmad Dizakiydan oladi. Hadislarni yozib oli\u015f bilan bir qatorda, ularni o\u011fzaki naql qili\u015f hadis ilmining asosi b\u00f6lib qolaverdi. Samarqandda hadis ilmining rivojlani\u015fi va keng yoyili\u015fida alohida xizmat k\u00f6rsatgan hofizlarni u\u00e7rati\u015f mumkin. \u015eunday muhaddislardan biri Abu Hafs Dizakiy Qoraxoniylar davrida Samarqand hadis ilmi taraqqiyotiga ulkan hissa q\u00f6\u015fgan hadis\u015funoslikda hofizlik maqomiga eri\u015fgan olim hisoblanadi.\u00a0 Abu Hafs Nasafiy \u201cTidod a\u015f-\u015fuyux li-Umar mustatrif alo-l-huruf mustatir\u201d (\u201cAlifbo tartibida berilgan Umarning ustozlari sano\u011fi\u201d) asarida u\u00e7 muhaddisni Abu Ali Hasan ibn Abdulmalik ibn Ali ibn Muso ibn Isrofil Nasafiy (XI-XII asr), Umar ibn Ahmad ibn Muhammad ibn \u015eabib \u015eabibiy Dizakiy (vaf. 511\/1118) va Abu Muhammad Abdulloh ibn Ahmad Nofila (vaf. 503\/1109)larni alohida ustozlari qatorida eslab \u00f6tadi. Umar ibn Ahmad Dizakiy 511\/1118-yili Samarqandda vafot etadi va \u00c7okardiza (\u201cJang\u00e7ilar qal\u02bcasi\u201d) qabristonining \u201cMa\u015fhad al-aimma\u201d nomli qismining ta\u015fqarisiga dafn etiladi[2:21,341].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Abu Hafs Umar ibn \u015euayb ibn Abul Qosim Sarrom Dizakiy.<\/em><\/strong> Muhaddis.\u00a0 Dizak \u015fahrida tu\u011filgan. U dastlabki ilmlarni Dizakda oladi va keyin\u00e7alik Samarqand \u015fahridagi bir harbiy istehkomda qozi lavozimida faoliyat yuritadi. U Borkas qi\u015flo\u011fida 525\/1131-yili 6-oktyabr juma ke\u00e7asi vafot etgan[6:356; 4:2\/588].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Abu Muzaffar Abdussayyid ibn Abdussalom ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Kandar ibn Abu \u015eujo Yorkasiy.<\/em><\/strong> Muhaddis. U dastlabki ilmni qi\u015flo\u011fi Yorkasda oladi va keyin\u00e7alik ilm talabida Samarqand va Qa\u015f\u011farda b\u00f6ladi. U Qa\u015f\u011farda Abu Ali Abdulloh ibn Abdurrahmon al-Banokasiydan hadislar rivoyat qiladi. U 520\/1126-yili Samarqandga qaytib keladi va \u015fu yerda muqim ya\u015fab qoladi. U \u00f6z bobosi Ahmad ibn Kandar haqida \u015funday hikoya qiladi: \u201cBobom hindlar bilan b\u00f6lgan jangda \u00f6n olti yil va turklar bilan b\u00f6lgan jangda \u00f6n yetti yil b\u00f6lib, s\u00f6ng umrining oxirida biz bilan birga yetti yil ya\u015fagan\u201d[6:286 \u2116512]. Mavjud manbalarda uning tavallud topgan yoki vafot etgan yili haqida birorta ma\u02bclumot keltirilmagan. Biroq uning Samarqandga 520\/1126-yili qaytganini e\u02bctiborga olsak, vafot sanasini 520\/1126-yildan s\u00f6ng deb belgila\u015f mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumki, islom dini kirib kelgan ilk davrdan bo\u015flab, ilm-ma\u02bcrifat jihatidan Movarounnahrdagi eng yirik ilmiy-madaniy markazlardan biri Buxoro b\u00f6lib, u yerdan 600 dan ortiq muhaddis \u00e7iqqan. Buxoroga q\u00f6\u015fni mintaqalar va hattoki xorijiy yurtlardan kelib ilmiy faoliyat olib borgan muhaddislarning ham bu \u015fahardagi hadis ilmlari ravnaqida katta hissasi bor. Mazkur ulamolar orasida ustru\u015fanalik muhaddislarning ham \u00f6z \u00f6rni mavjud.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u015eayx Isrofil Zohid Zominiy. Muhaddis. Zomin \u015fahrida tavallud topgan. Dastlabki ilmlarni Zomin \u015fahrida olib, keyin\u00e7alik Buxoroga k\u00f6\u00e7ib \u00f6tadi va u yerda muqim ya\u015fab, ilmiy faoliyat olib boradi. \u00d6z zamonasida fiqh ilmi bilimdoni b\u00f6lib, \u015fayxulislom darajasiga k\u00f6tarilgan. U haqida faqih Abdulloh ibn Muhammad ibn \u015eoh Samarqandiy \u015funday hikoya qiladi: \u201cAlloma \u00f6z davrida fiqh ilmining ustasi, solih va zohid zotlardan biri edi. U Muhammad ibn Hamdavayh Samarqandiydan hadislar rivoyat qilgan\u201d[4:3\/135]. Isrofil Zohid Zominiy 415\/1024-yil Buxoro \u015fahrida vafot etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Abul Fazoil Abdulqodir ibn Abdulxoliq ibn Abdurrahmon ibn Qosim ibn Fazl ibn Abdurrahim ibn Hasan ibn Rabi\u02bc an-Navqadiy.<\/em><\/strong> Muhaddis. U 450\/1058-yili Baroat ke\u00e7asida Navqad qi\u015flo\u011fida tavallud topgan. U dastlabki xat-savodini \u00f6z qi\u015flo\u011fida olib, keyin\u00e7alik ilm-ma\u02bcrifat talabida Buxoro va s\u00f6ngra Makka \u015faharlarida b\u00f6ladi. U haqida Abu Sa\u02bcd Sam\u02bconiy \u015funday yozadi: \u201cU hadislarni Buxoro \u015fahrida buyuk muhaddis Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Haydara Ja\u02bcfariydan, Makka \u015fahrida esa Abu Abdulloh Hasan ibn Ali Tabariydan e\u015fitib yozib olgan. Undan hadislarni Abu Hafs an-Nasafiy rivoyat qilgan. U Buxoro \u015fahriga qaytib kelib, ilmiy faoliyat olib boradi va 527\/1133-yili olamdan k\u00f6z yumadi[4:5\/439 \u211610882].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Abu Ja\u02bcfar Muhammad ibn Asad ibn Tovus az-Zominiy.<\/em><\/strong> Muhaddis. U Zomin \u015fahrida tavallud topgan. U haqida Abul Abbos Musta\u011ffiriy \u015funday hikoya qiladi: \u201cMen Xurosonga safar qilgan \u00e7o\u011fimda u menga hamrohlik qilib, y\u00f6lda mendan ayrildi va Iroq, Hijoz va Musalga safar qildi. \u015euningdek, u hadis e\u015fiti\u015f maqsadida Marv va Saraxsda ham b\u00f6lgan. U 415\/1024-yili bo\u015fida Buxoroda vafot etdi\u201d[5:2\/143; 4:3\/135]. Yuqoridagi ma\u02bclumotdan \u015funday xulosa qili\u015f mumkinki, Muhammad ibn Asad az-Zominiy ilm talabida Iroq, Hijoz, Musal, Marv va Saraxs \u015faharlarida b\u00f6lgan. S\u00f6ng\u00a0 Buxoroga qaytib, \u015fu yerda ilmiy faoliyat olib borgan. U 415\/1024-yil vafot etgan[4:3\/135; 5:2\/143].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">IX-XI asrlarda Markaziy Osiyodan yeti\u015fib \u00e7iqqan allomalarning aksariyati \u00f6z vatanidan yiroqda, xususan Ba\u011fdod \u015fahri hamda bo\u015fqa arab diyorlarida ilmiy faoliyat olib borgan. Mazkur davrda \u015farq xalqlari fani va madaniyatidagi ilmiy yuksali\u015f, \u015fubhasiz, k\u00f6p jihatlari bilan Markaziy Osiyo olimlarining samarali ijodi tufayli vujudga keldi[1:15].\u00a0 Bu davrda diniy ilmlar sohasidagi yangi ka\u015ffiyotlarni quyidagi ustru\u015fanalik muhaddislarning xizmatlarisiz tasavvur etib b\u00f6lmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Abul Qosim Bakron ibn Abdurrahmon al-Ustru\u015faniy al-Ba\u011fdodiy.<\/em><\/strong> Muhaddis. U taxminan IX asrda Ustru\u015fanada tu\u011filib, \u015fu yerda dastlabki ilmni oladi. Keyin\u00e7alik u ilm talabida Ba\u011fdodga boradi va \u015fu yerda ilmiy faoliyatini davom ettiradi. U Ba\u011fdodda muqim ya\u015fab qolgani sabab uni Ba\u011fdodiy nisbasi bilan ham ataganlar. U hadislarni Abdulhamid ibn Nah\u015faldan va undan hadislarni Ali ibn Ismoil X\u00f6jandiy orqali Abu Nasr Aziz ibn Nasr ibn Lays ibn Abu Lays Ustru\u015faniy rivoyat qilgan. Uning tavallud va vafot sanalari noma\u02bclum[3:\u21163569,6764].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Abu Ibrohim Ismoil ibn Ahmad ibn Muhammad Dizakiy.<\/em><\/strong> Muhaddis. U Dizakda tu\u011filib, keyin\u00e7alik ilm talabida Makka va Ba\u011fdod \u015faharlarida b\u00f6lgan. Muhaddis hadislarni Makka \u015fahrida Abul Abbos Ahmad ibn Hasan Roziydan rivoyat qilgan. U 448\/1056-yili vafot etgan[6:67].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Abu al-Hasan Yunus ibn <\/em><\/strong><strong><em>Dulaf ibn Ja\u02bcfar<\/em><\/strong><strong><em> Abu Bakr a\u015f-\u015eibliy.<\/em><\/strong> Muhaddis. Ba\u011fdodda tavallud topib, \u015fu yerda ilmiy faoliyat olib borgan. Uning otasi ma\u015fhur mutasavvif \u015fayx Abu Bakr a\u015f-\u015eibliydir[4:3\/419 \u21165792]. Mavjud manbalarda uning tarjimai holi, mansabi yoki \u00f6z davridagi mavqeyi qanday b\u00f6lgani, hattoki tavallud yoki vafot etgan sanalari haqidagi ma\u02bclumotlarni u\u00e7ratmadik. Lekin otasi Abu Bakr a\u015f-\u015eibliy haqida Muhammad ibn Abdulloh ibn \u015eozon \u015funday ta\u02bcrif beradi: \u201c\u015eibliy Ustru\u015fana ahlidandir, u bir qi\u015floq b\u00f6lib, uni \u015eibliya deyiladi. Uning asli kelib \u00e7iqi\u015fi \u00f6\u015fa yerdan hamda uning to\u011fasi Iskandariya amirlarining amiri edi. &#8230; Uning otasi xalifa Muvaffaqning bo\u015f hojibi vazifasida i\u015flagan. Allomaning \u00f6zi esa \u015fimoliy Erondagi Damovand viloyati voliysi etib tayinlangan. \u015eibliy \u00f6\u015fa davrning eng buyuk ma\u015foyixlaridan edi. Uning nomi tillarda doston b\u00f6lgan. Alloma \u015eibliy 245\/859-334\/946 yili Zulhijja oyida 87 yo\u015fida Ba\u011fdodda vafot etgan. Uning qabri \u201cYazor\u201d nomi bilan ma\u015fhur b\u00f6lib, hozirda muqaddas qadamjolardan biri\u201d[5:3\/365;4:3\/418-419;3:\u21167708]. Yuqoridagi ma\u02bclumotdan Yunus ibn Dulafni \u00a0245\/859-334\/946 yildan keyin vafot etgan deb belgila\u015f mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Ahmad ibn Husayn ibn Yusuf al-Xarqoniy. <\/em><\/strong>Muhaddis. U Ustru\u015fananing Xarqon qi\u015flo\u011fida tavallud topgan va dastlabki ilmni \u00f6z qi\u015flo\u011fida olgan. Keyin\u00e7alik ilm talabi bilan juda k\u00f6p \u015farq mamlakatlarida b\u00f6lgan. U \u00f6z zamonasida Moh Andarjbeh nomi bilan tanilgan muhaddis edi. U Juzjon nohiyasining Faryob qi\u015flo\u011fida ilmiy faoliyat olib borib, 500\/1106-yili vafot etgan[4:2\/400].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Abul Hasan Bakr ibn Ahmad as-Sobotiy al-Ustru\u015faniy<\/em><\/strong><strong><em>.<\/em><\/strong> Muhaddis. Sobot qi\u015flo\u011fida tavallud topgan. Ba\u02bczi manbalarda kunyasi Abu Muhammad. Ba\u011fdodda ilmiy faoliyat olib borgan. U hadislarni Fath ibn Ubaydulloh Samarqandiydan rivoyat qilgan. Undan hadislarni Abu Zarr Usmon ibn Muhammad ibn Muxallid Tamimiy Ba\u011fdodiy rivoyat qilgan[6:111; 4:1\/616; 5:3\/188]. Mavjud manbalarda uning tarjimai holi, mansabi yoki \u00f6z davridagi mavqeyi qanday b\u00f6lgani, hattoki tavallud yoki vafot etgan sanalari haqidagi ma\u02bclumotlarni u\u00e7ramadik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Xulosa. <\/strong>Hadis ilmining Ustru\u015fanada rivojlani\u015fi tarixi dastlab sahoba Said ibn Usmon (vaf. 61\/680 y.) bo\u015f\u00e7iligidagi da\u02bcvat\u00e7i arablarning 57\/677 yilda Ustru\u015fana hududlariga kirgani, bu mintaqaga avval bo\u015fdanoq katta e\u02bctibor qaratilganiga dalolat qiladi. \u015euningdek, kelgan da\u02bcvat\u00e7ilar orasida sahoba Qusam ibn Abbos (r.z.) ham Ustru\u015fanaga kelib, bu zotning s\u00f6nggi lahzalari Ustru\u015fananing \u015eiyrakas qi\u015flo\u011fida ke\u00e7gani va janozasi ham \u015fu yerda \u00f6qilgani, bu hududning ilmiy va diniy markaz sifatidagi ahamiyatini yanada rav\u015fan namoyon qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haqiqatan ham, XI-XII asrlarda Ustru\u015fana hadis ilmi sohasida muhim markazga aylangan b\u00f6lib, bu davrda k\u00f6plab mahalliy va arab muhaddislari faoliyat yuritgan. Ustru\u015fananing diniy-ma\u02bcnaviy muhitida hadis ilmi nafaqat diniy amaliyotni tar\u011fib qili\u015f, balki jamiyatda insonlar \u00f6rtasida hamjihatlik, odob-axloq va taqvodorlikni \u015fakllantiri\u015fda ham muhim \u00f6rin tutgan. Manbalar tahliliga k\u00f6ra, hadislar aholi orasida keng tarqalgan b\u00f6lib, ularning mazmuni sohasiga k\u00f6ra turli\u00e7a b\u00f6lgan. Ilm ahli \u00f6rtasida esa k\u00f6proq ta\u02bclim oli\u015f va ilmga intili\u015fga da\u02bcvat etuv\u00e7i hadislar afzallikka ega b\u00f6lgan. Zohid va s\u00f6fiylarning ayrim qatlamlari zuhd va taqvoga \u00e7aqiruv\u00e7i hadislarni tar\u011fib qilgan. Bu holat hadislar ijtimoiy va ma\u02bcnaviy sohalarda turli\u00e7a q\u00f6llanganini k\u00f6rsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ustru\u015fanalik muhaddislarning biografiyasi va rivoyat qilgan hadislari tahlili natijasida ularning bar\u00e7asi hanafiy mazhabiga mansub ekani aniqlangan. \u015euningdek, ayrim muhaddislarning arab b\u00f6li\u015fi hadis ilmida xalqaro ta\u02bcsir va madaniy aloqalar mavjudligidan darak beradi. Hadislarda mahalliy aholi bilan arab muhojirlarning teng huquqqa ega ekani, ular faqatgina bir-biridan taqvo va ixlos bilangina ustun b\u00f6la oli\u015fi tar\u011fib qilingan. Bu \u011foyalar ijtimoiy tenglik tu\u015fun\u00e7asini mustahkamlab, jamiyatda barqarorlikni ta\u02bcminla\u015fga xizmat qilgan.\u00a0 \u015eu tariqa, Ustru\u015fanada XI-XII asrlarda hadis ilmining rivojlani\u015fi nafaqat diniy bilimlar taqdimoti, balki ijtimoiy va ma\u02bcnaviy hayotning muhim tarkibiy qismi ham b\u00f6lib xizmat qilgan. U\u015fbu davrda hadislar jamiyatdagi ma\u02bcnaviy-axloqiy qadriyatlarni \u015fakllantiri\u015fda va xalq \u00f6rtasida diniy-ijtimoiy \u011foyalarni tarqati\u015fda samarali vosita hisoblangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ustru\u015fanada hadis ilmining \u015fakllani\u015fi va rivojlani\u015fini q\u00f6\u015fni hududlardan ayro holda \u00f6rgani\u015f imkoni y\u00f6q edi. \u00c7unki aksariyat muhaddislar ona vatani sifatida Ustru\u015fanani k\u00f6rsatgan b\u00f6lsa-da, ilmiy faoliyatini Markaziy Osiyoning \u015eo\u015f, Samarqand, Buxoro kabi yirik ilmiy markazlarida, \u015funingdek, musulmon olamining asosiy ilmiy markazlari \u2013 Hijoz (Makka, Madina), Iroq (Kufa, Basra, Ba\u011fdod), \u015eom (Dama\u015fq), Misr kabi \u015faharlarda ham olib borgan. U\u015fbu \u015faharlardagi ilmiy muhit va ulamolar bilan yaqin aloqalar orqali Ustru\u015fanada ham hadis ilmi sohasida rivojlani\u015f kuzatilgan.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abduhalimov B.. \u201cBayt al-hikma\u201d va Markaziy Osiyo olimlarining Ba\u011fdoddagi ilmiy faoliyati. \u2013 T.: \u201c\u00d6zbekiston\u201d, 2010.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Raximdjanov D.A. Abu Hafs an-Nasafiyning \u201cKitob al-qand fi ma\u02bcrifat ulamo Samarqand\u201d asari \u2013 Samarqandda hadis ilmi tarixi b\u00f6yi\u00e7a muhim manba. Tar. fan. nomz. &#8230; dis. \u2013 T., 2003.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"3\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u0623\u0628\u0648 \u0628\u0643\u0631 \u0623\u062d\u0645\u062f \u0628\u0646 \u0639\u0644\u0649 \u0627\u0644\u062e\u0637\u064a\u0628 \u0627\u0644\u0628\u063a\u062f\u0627\u062f\u0649. \u062a\u0627\u0631\u064a\u062e \u0628\u063a\u062f\u0627\u062f \u0623\u0648 \u0645\u062f\u064a\u0646\u0629 \u0627\u0644\u0633\u0644\u0627\u0645. \u0661\u0664 \u0645\u062c\u0644\u062f\u0627. \u062a\u062d\u0642\u064a\u0642 \u0645\u0635\u0637\u0641\u0649 \u0639\u0628\u062f \u0627\u0644\u0642\u0627\u062f\u0631 \u0639\u0637\u0627. \u0637. \u062f\u0627\u0631 \u0627\u0644\u0643\u062a\u0628 \u0627\u0644\u0639\u0644\u0645\u064a\u0629 \u2013 \u0628\u064a\u0631\u0648\u062a. \u0661\u0669\u0669\u0667 \u0645.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">4. \u0623\u0628\u0648 \u0633\u0639\u062f \u0639\u0628\u062f \u0627\u0644\u0643\u0631\u064a\u0645 \u0628\u0646 \u0645\u062d\u0645\u062f \u0628\u0646 \u0645\u0646\u0635\u0648\u0631 \u0627\u0644\u062a\u0645\u064a\u0645\u0649 \u0627\u0644\u0633\u0645\u0639\u0627\u0646\u0649. \u00ab\u0627\u0644\u0623\u0646\u0633\u0627\u0628\u00bb. \u0637. \u0645\u062c\u0644\u0633 \u062f\u0627\u0626\u0631\u0629 \u0627\u0644\u0645\u0639\u0627\u0631\u0641 \u0627\u0644\u0639\u062b\u0645\u0627\u0646\u064a\u0629\u060c \u062d\u064a\u062f\u0631 \u0622\u0628\u0627\u062f. \u0627\u0644\u0637\u0628\u0639\u0629: \u0627\u0644\u0623\u0648\u0644\u0649\u060c \u0661\u0663\u0668\u0662 \\ \u0661\u0669\u0666\u0662.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u0623\u0628\u0648 \u0639\u0628\u062f \u0627\u0644\u0644\u0647 \u064a\u0627\u0642\u0648\u062a \u0627\u0644\u062d\u0645\u0648\u064a. \u0645\u0639\u062c\u0645 \u0627\u0644\u0628\u0644\u062f\u0627\u0646. \u0637\u0647\u0631\u0627\u0646 \u06f1\u0669\u0666\u06f5 \u0645.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u0623\u0628\u0648 \u062d\u0641\u0635 \u0639\u0645\u0631 \u0628\u0646 \u0645\u062d\u0645\u062f \u0627\u0644\u0646\u0633\u0641\u064a. \u0627\u0644\u0642\u0646\u062f \u0641\u0649 \u0630\u0643\u0631 \u0639\u0644\u0645\u0627\u0621 \u0633\u0645\u0631\u0642\u0646\u062f. \u062a\u062d\u0642\u064a\u0642: \u0646\u0638\u0631 \u0645\u062d\u0645\u062f \u0627\u0644\u0641\u0631\u064a\u0627\u0628\u064a. \u0627\u0644\u0645\u0645\u0644\u0643\u0629 \u0627\u0644\u0639\u0631\u0628\u064a\u0629 \u0627\u0644\u0633\u0639\u0648\u062f\u064a\u0629. \u0645\u0643\u062a\u0628\u0629 \u0627\u0644\u0643\u0648\u062b\u0631\u060c 1991 \u0645.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u062a\u0642\u064a \u0627\u0644\u062f\u064a\u0646 \u0628\u0646 \u0639\u0628\u062f\u0627\u0644\u0642\u0627\u062f\u0631 \u0627\u0644\u0645\u0635\u0631\u0649.\u0627\u0644\u0637\u0628\u0642\u0627\u062a \u0627\u0644\u0633\u0646\u064a\u0629 \u0641\u0649 \u062a\u0631\u0627\u062c\u0645 \u0627\u0644\u062d\u0646\u0641\u064a\u0629. \u062a\u062d\u0642\u064a\u0642: \u0639\u0628\u062f \u0627\u0644\u0641\u062a\u0627\u062d \u0645\u062d\u0645\u062f \u0627\u0644\u062d\u0644\u0648. \u062f\u0627\u0631 \u0627\u0644\u0631\u0641\u0627\u0639\u064a. \u0627\u0644\u0631\u064a\u0627\u0636. 1403\u0647\u0640 \u2014 1983 \u0645.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u0634\u0647\u0627\u0628 \u0627\u0644\u062f\u064a\u0646 \u0623\u0628\u0648 \u0627\u0644\u0641\u0636\u0644 \u0623\u062d\u0645\u062f \u0628\u0646 \u0639\u0644\u064a \u0628\u0646 \u0645\u062d\u0645\u062f \u0627\u0644\u0639\u0633\u0642\u0644\u0627\u0646\u064a \u062b\u0645 \u0627\u0644\u0645\u0635\u0631\u064a \u0627\u0644\u0634\u0627\u0641\u0639\u064a. \u0627\u0644\u062f\u0631\u0631 \u0627\u0644\u0643\u0627\u0645\u0646\u0629 \u0641\u064a \u0623\u0639\u064a\u0627\u0646 \u0627\u0644\u0645\u0626\u0629 \u0627\u0644\u0633\u0627\u0645\u0646\u0629. \u062f\u0627\u0626\u0631\u0629 \u0627\u0644\u0645\u0639\u0627\u0631\u0641 \u0627\u0644\u0639\u062b\u0645\u0627\u0646\u064a\u0629 \u0628\u062d\u064a\u062f\u0631 \u0622\u0628\u0627\u062f \u0627\u0644\u062f\u0643\u0646 \u2013 \u0627\u0644\u0647\u0646\u062f. \u0639\u062f\u062f \u0627\u0644\u0623\u062c\u0632\u0627\u0621: \u0666. \u0627\u0644\u0637\u0628\u0639\u0629: \u0627\u0644\u062b\u0627\u0646\u064a\u0629.\u0661\u0663\u0669\u0662 \\ \u0661\u0669\u0667\u0662 .<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u0634\u0645\u0633 \u0627\u0644\u062f\u064a\u0646 \u0645\u062d\u0645\u062f \u0628\u0646 \u0623\u062d\u0645\u062f \u0628\u0646 \u0639\u062b\u0645\u0627\u0646 \u0627\u0644\u0630\u0647\u0628\u064a. \u0633\u064a\u0631 \u0627\u0639\u0644\u0627\u0645 \u0627\u0644\u0646\u0628\u0644\u0627\u0621. 23 \u0645\u062c\u0644\u062f. \u0627\u0644\u062a\u062d\u0642\u064a\u0642: \u0645\u062d\u0628 \u0627\u0644\u062f\u064a\u0646 \u0623\u0628\u0648 \u0633\u0639\u064a\u062f \u0639\u0645\u0631 \u0627\u0644\u0623\u0645\u0631\u0648\u064a. \u062f\u0627\u0631 \u0627\u0644\u0641\u0643\u0631\u0638 \u0628\u064a\u0631\u0648\u062a. 1997 \u0645.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u0639\u0628\u062f \u0627\u0644\u0642\u0627\u062f\u0631 \u0628\u0646 \u0645\u062d\u0645\u062f \u0627\u0644\u0646\u0639\u064a\u0645\u064a \u0627\u0644\u062f\u0645\u0633\u0642\u064a. \u0627\u0644\u062f\u0627\u0631\u0633 \u0641\u0649 \u062a\u0627\u0631\u064a\u062e \u0627\u0644\u0645\u062f\u0627\u0631\u0633. \u0627\u0644\u0645\u062d\u0642\u0642: \u0625\u0628\u0631\u0627\u0647\u064a\u0645 \u0634\u0645\u0633 \u0627\u0644\u062f\u064a\u0646 . \u0627\u0644\u0646\u0627\u0634\u0631: \u062f\u0627\u0631 \u0627\u0644\u0643\u062a\u0628 \u0627\u0644\u0639\u0644\u0645\u064a\u0629. \u0627\u0644\u0637\u0628\u0639\u0629: \u0627\u0644\u0623\u0648\u0644\u0649 \u0661\u0664\u0661\u0660\/\u0661\u0669\u0669\u0660.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u0645\u062d\u064a\u064a \u0627\u0644\u062f\u064a\u0646 \u0627\u0644\u0642\u0627\u062f\u0631 \u0628\u0646 \u0623\u0628\u0649 \u0648\u0641\u0627\u0621 \u0627\u0644\u0642\u0631\u0634\u0649. \u0627\u0644\u062c\u0648\u0627\u0647\u0631 \u0627\u0644\u0645\u0636\u064a\u0626\u0629 \u0641\u064a \u0637\u0628\u0642\u0627\u062a \u0627\u0644\u062d\u0646\u0641\u064a\u0629. \u0647\u062c\u0631 \u0644\u0644\u0637\u0628\u0627\u0639\u0629 \u0648\u0627\u0644\u0646\u0634\u0631 \u0648\u0627\u0644\u062a\u0648\u0632\u064a\u0639 \u0648\u0627\u0644\u0627\u0639\u0644\u0627\u0646 1993 \u0645.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\"><\/a>1]Samarqandda 1000 dan ortiq, Buxoroda 600 dan ortiq. Nasafda 400dan ortiq. Qolgan 1000 muhaddisdan 70 dan orti\u011fi \u015eo\u015fda, 60 dan orti\u011fi Far\u011fonada, yana \u015fun\u00e7asi Ke\u015fda, 50 dan orti\u011fi Termizda, 40 dan orti\u011fi Xorazmda, \u015fu bilan birga Ustru\u015fana, Dabusiya, Ku\u015foniya va bo\u015fqa mahalliy mintaqalarda faoliyat olib borganlar.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>Abu Saad al-Mojarmiy, Asad ibn Ali ibn Ti\u011fril Mojarmiy, Nasr ibn Yasor Dovadiy, Umar Mojarmiy, Sobir ibn Mutavakkil Mojarmiy, \u015euayb ibn Kunjal Mojarmiy.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a> Zubayr ibn Avvom al-Asadiy al-Qura\u015fiy\u00a0 milodiy 594 yil Makkada tu\u011filib, 36\/656 yil vafot etgan. Pay\u011fambarimiz (s.a.v.)ning ammasining \u00f6\u011fli, Xadi\u00e7a bint Huvaylid (r.z.)ning akasining \u00f6\u011fli, jannat ba\u015forat qilingan a\u015farai muba\u015f\u015firaning biri, Abu Bakr (r.z.)ning qizi Asmo (r.z.)ning turmu\u015f \u00f6rto\u011fi [9:1\/41].<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muslim ATAYEV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00d6zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00f6qituv\u00e7i, tarix fanlari b\u00f6yi\u00e7a falsafa doktori (PhD)<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cImom Buxoriy saboqlari\u201d jurnali 2025-yil 3-sonidan olindi.<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Movarounnahrda IX-XIII asrlarda kuzatilgan Birin\u00e7i Renessans doirasida \u015fakllangan ilmiy-madaniy markazlardan biri b\u00f6lgan Ustru\u015fanada k\u00f6plab ulamolar qatorida muhaddislar ham faoliyat yuritgan b\u00f6lib, ular hali yax\u015fi \u00f6rganilmagan. Vaholanki, ular umummusulmon taraqqiyoti va islom sivilizatsiyasi rivojiga katta hissa q\u00f6\u015fgan olimlar hisoblanadi. U\u015fbu mintaqadan 80 dan ortiq muhaddis \u00e7iqqani ham buning isbotidir. Hadislar Movarounnahrga VII asrda kirib kelgan b\u00f6lsa, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":53696,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53695"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=53695"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53695\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":53697,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53695\/revisions\/53697"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/53696"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=53695"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=53695"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=53695"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}