{"id":53568,"date":"2026-10-21T14:49:22","date_gmt":"2026-10-21T09:49:22","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53568"},"modified":"2026-10-21T14:49:22","modified_gmt":"2026-10-21T09:49:22","slug":"til-bayramiga-bag%ca%bbishlandi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53568&lang=oz","title":{"rendered":"Til bayramiga bag\u02bbishlandi"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">21-oktyabr \u2013 O\u02bbzbek tili bayrami kuni munosabati bilan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida <strong>\u201cOna tili \u2013 ajdodlar merosi, avlodlar iftixori\u201d<\/strong> mavzusida ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy tadbir tashkil etildi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-53570\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/til21102.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"440\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/til21102.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/til21102-300x200.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markaz direktori Shovosil Ziyodov ishtirokchilarni barchamiz uchun qadrli bo\u02bblgan shukuhi ayyom bilan tabriklab, ona tilini asrab-avaylash, uning boy imkoniyatlaridan samarali foydalanish va kelajak avlodlarga sof holida yetkazish har bir vatandoshimizning muhim vazifasi ekanini ta\u02bckidladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tadbir davomida ona tilimizning milliy o\u02bbzlik va ma\u02bcnaviy meros ifodasi sifatidagi ahamiyati, ajdodlar ilmiy merosida til va ma\u02bcrifatning o\u02bbrni yuzasidan ma\u02bcruzalar tinglandi. Ta\u02bckidlanganidek, o\u02bbzbek tili asrlar davomida shakllangan boy adabiy va ilmiy an\u02bcanalarga ega bo\u02bblib, Mahmud Koshg\u02bbariy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk mutafakkirlar o\u02bbz ijodi orqali uning yuksak badiiy va ma\u02bcnaviy imkoniyatlarini namoyon etgan. Ayniqsa, Alisher Navoiyning boy adabiy merosi turkiy tilning keng imkoniyatlarini ochib berishda beqiyos o\u02bbrin tutadi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-53571\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/til21103.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"440\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/til21103.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/til21103-300x200.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, davlat tiliga hurmat uning me\u02bcyorlariga rioya qilish, so\u02bbz boyligidan o\u02bbrinli foydalanish, nafaqat rasmiy va ilmiy muloqotda, balki kundalik har qanday jabhada til madaniyatini saqlash, o\u02bbzbek tilining nufuzini oshirish, uni zamonaviy ilm-fan va axborot texnologiyalari sohalarida keng qo\u02bbllash bilan uzviy bog\u02bbliq ekani qayd etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markazda bu sanaga alohida e\u02bctibor berilishi bejiz emas. Zero, tarixiy manbalarni o\u02bbrganish, buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosini tadqiq etish va keng jamoatchilikka yetkazishda tilning, undagi soflikni saqlashning o\u02bbrni beqiyosdir. Ilmiy fikrni aniq va ravon ifoda etish, manbalar mazmunini to\u02bbg\u02bbri talqin qilishda til bilimi va til madaniyati muhim ahamiyatga ega.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-53572\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/til21104.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"440\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/til21104.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/til21104-300x200.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tadbir yakunida ishtirokchilar mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib, ona tilini asrab-avaylash, uning jamiyatdagi nufuzini yanada oshirish va yosh avlodda tilga hurmat tuyg\u02bbusini mustahkamlash muhim vazifalardan ekanini ta\u02bckidladi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-53573\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/til21105.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"440\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/til21105.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/til21105-300x200.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy tadbir ishtirokchilarda ona tiliga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va ajdodlar merosiga daxldorlik tuyg\u02bbularini mustahkamlashga xizmat qildi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<br \/>\nMatbuot xizmati<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>21-oktyabr \u2013 O\u02bbzbek tili bayrami kuni munosabati bilan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida \u201cOna tili \u2013 ajdodlar merosi, avlodlar iftixori\u201d mavzusida ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy tadbir tashkil etildi. Markaz direktori Shovosil Ziyodov ishtirokchilarni barchamiz uchun qadrli bo\u02bblgan shukuhi ayyom bilan tabriklab, ona tilini asrab-avaylash, uning boy imkoniyatlaridan samarali foydalanish va kelajak avlodlarga sof holida yetkazish har bir vatandoshimizning &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":53569,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[654,642],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53568"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=53568"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53568\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":53574,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53568\/revisions\/53574"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/53569"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=53568"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=53568"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=53568"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}