{"id":53517,"date":"2026-10-23T11:01:55","date_gmt":"2026-10-23T06:01:55","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53517"},"modified":"2026-10-22T10:44:53","modified_gmt":"2026-10-22T05:44:53","slug":"sabr-qanoat-bunyodkorlik-omili-sifatida-falsafiy-tahlil","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53517&lang=oz","title":{"rendered":"SABR \u2013 QANOAT \u2013 BUNYODKORLIK OMILI SIFATIDA  (falsafiy tahlil)"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sabr-qanoatlilik sifati xotirjamlik, barqarorlik, bunyodkorlik omili sifatida inson ma\u02bcnaviy takomili, jamiyat ravnaqini ta\u02bcminla\u015fda muhim \u00f6rin tutadi. Mazkur fazilat islom dinining muqaddas manbalari b\u00f6lmi\u015f Qur\u02bconi karim, hadisi \u015farif, \u015funingdek, \u00f6zbek xalqining k\u00f6p asrlik milliy qadriyatlari, ulu\u011f alloma va mutafakkirlar, xususan, Ali\u015fer Navoiy ilmiy-ma\u02bcnaviy merosi mazmun-mohiyatiga \u00e7uqur singdirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00d6zbek tilining izohli lu\u011fatida sabr \u2013 biror holat yoki hodisani bardo\u015f bilan kuti\u015f, qanoat qili\u015f, \u00f6zini tiyi\u015f, \u011fam-kulfat, azob-musibatlarga \u00e7ida\u015f kabi ma\u02bcnolarni anglatadi. Uning \u00e7idam, bardo\u015f, iroda, qat\u02bciyat kabi ma\u02bcnodo\u015flari mavjudligi ta\u02bckidlanadi [3].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qanoat \u2013 mamnunlik, boriga \u015fukur qili\u015f, qanoatlilik, kamsuqumlik, boriga sabr qilmoq, bori bilan kifoyalanmoq, nafsi tiyiqlik bilan k\u00f6pga, ortiq\u00e7alikka intilmaslik kabi ma\u02bcnolarni bildiradi [4].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Maqolada Qur\u02bconi karim, hadisi \u015farif kabi islom dinining muqaddas manbalaridan, Ali\u015fer Navoiyning \u201cMahbubul qulub\u201d, Jaloliddin Rumiyning \u201cI\u00e7ingdagi i\u00e7ingdadir\u201d kabi asarlaridan foydalanildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tadqiqotda ilmiy bili\u015fning tarixiylik va mantiqiylik, analiz va sintez, taqqosla\u015f, umumla\u015ftiri\u015f, sinergetik tahlil kabi usullaridan foydalanildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qur\u02bconi karimda:<strong> \u201cEy, imon keltirganlar! Sabr va namoz bilan (Mendan) yordam s\u00f6rangiz! Albatta, Alloh sabr qiluv\u00e7ilar bilan birgadir\u201d <\/strong>deb keltiriladi (\u201cBaqara\u201d surasi, 157-oyat) [5].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oyatda m\u00f6minning hayot qiyin\u00e7iliklarini yengi\u015fida sabr-qanoatlilik xislati va Allohga ibodat tuganmas madad, ku\u00e7-quvvat, sokinlik va xotirjamlik manbai, bunyodkorlik omili sifatida talqin etiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Hadisda: <\/em><strong>\u201c<em>He\u00e7 kimga sabrdan k\u00f6ra yax\u015firoq va kengroq ato berilmagan<\/em>\u201d [6], <\/strong>deb keltiriladi (<em>Be\u015fovlari rivoyat qilgan).<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, sabr-qanoat Allohning insonga bergan buyuk ne\u02bcmati, fayzu barakoti manbaidir. Buni \u00f6zbek xalqining \u201cSabr tagi \u2013 sariq oltin\u201d, \u201cSabrli b\u00f6lsang \u00f6zarsan, sabrsiz b\u00f6lsang t\u00f6zarsan\u201d, degan maqoli ham tasdiqlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kamolotga eri\u015fgan aqlli inson o\u015fkor yoki xufiyona ravi\u015fda jafolariga \u015fukr va sabr qilgan zotdir. Hikoya: As\u02bchobdan birining uyida bir yahudiy ya\u015fardi. Kir va q\u00f6l-oyo\u011fini yuvganda, ma\u011fzavasini uy sohibining turar joyiga oqizardi. As\u02bchobdan b\u00f6lgan zot esa \u015fikoyat \u00f6rniga \u015fukr va bar\u00e7asiga sabr etar, oilasini ham \u015funga buyurardi. Oradan sakkiz yil \u00f6tdi. Uy egasi vafot qildi. Hol s\u00f6ra\u015f u\u00e7un kirgan yahudiy \u00f6z ma\u011fzavasining nimalar qilganini k\u00f6rdi va \u015fun\u00e7a vaqt i\u00e7ida bu yerda ne-ne k\u00f6ngilsizliklar b\u00f6lganini angladi. Va: \u201cAlloh taqdirlasin! Nega buni \u015fu paytga\u00e7a aytmadingiz? Yana ta\u015fakkur ham bildirib turardingiz\u201d dedi. Marhumning oilasi javob berdi: \u201cRahmatli otamiz bizga \u015fukr va sabr qili\u015fni amr etar va ularni ta\u015flamang, deya bizni q\u00f6rqitardi\u201d. Bularni e\u015fitib yahudiy t\u00f6lqinlandi va musulmon b\u00f6ldi [2:148]. Mazkur hikoyat \u015fukronalik, sabr-toqatlilik fazilatlari inson hayoti va faoliyatida ulkan ahamiyat kasb eti\u015fini k\u00f6rsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ali\u015fer Navoiy asarlari mohiyatini ezgu fazilatlar tar\u011fiboti ta\u015fkil etadi. Jumladan, mutafakkir sabr-qanoatlilik xislatining sinergetik xususiyatlarini g\u00f6zal badiiy-falsafiy ta\u015fbehlar orqali o\u00e7ib beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mutafakkir \u201cMahbubul qulub\u201d asarida fe\u02bcl-atvorga xos fazilatlar ta\u02bcrifida \u201cSabr nafsoniy istaklar va jismoniy lazzatlardan \u00f6zini \u00e7iqarmoq va ibodat ma\u015faqqati bilan nafsni hibs qilmoq va riyozat qattiqligida qadamni sobit q\u00f6ymoqlikdir [1:75], deydi. U Haq y\u00f6lida keskin harakat qilmoq va yax\u015fi yomondan har nima e\u015fitsa, \u00e7idam bilan sabr qilmoqlik. Sabr a\u00e7\u00e7iqdir, lekin foydali, qattiqro\u011fdir, lekin u ziyon-zahmatni daf qilguv\u00e7idir. Qaysi nomurod sabr etagiga q\u00f6l urib, murodiga yetmadi ekan? Va sabr tufayli qaysi giriftor k\u00f6ngilning mu\u015fkuli ye\u00e7ilmadi? Sabr \u2013 rohat-faro\u011fat kaliti va tugunlar ye\u00e7imi. Sabr d\u00f6stdir, lekin suhbati zerikarli, ammo murodga yetkazuv\u00e7i. Sabr uzoqni k\u00f6zlagan ulfatdir, ammo u oxirda istakka yetkazuv\u00e7i. Sabr sekin yuradigan ulovdir, ammo manzilga eltuv\u00e7idir. Sabr o\u011fir qadam bosuv\u00e7i tuyadir, lekin bekatga olib boruv\u00e7idir. Sabr \u2013 a\u00e7\u00e7iq s\u00f6zlab, ta\u02bcbni xira qiluv\u00e7i nasihat\u00e7i, lekin u tufayli oxirida maqsad hosil b\u00f6ladi. Dorisi a\u00e7\u00e7iq tabib, bemor undan ozorlanadi, ammo oxirida sihat topadi, deb bayon qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sabr qafasida jon bulbuliga na xomu\u015flik foyda beradi, na navo, na nola. Sabr majlisida ruh t\u00f6tisiga na sukut foyda beradi, na faryoduna fi\u011fon. Sabr sahrosida faro\u011fatu iztirobning farqi y\u00f6q. Biyobonida dam oli\u015f nimayu, yuguri\u015f nima \u2013 bari bir. Yorning firo\u011fida kuyganlar sabr tufayli \u00f6limdan ham \u011fam yemaydilar. Sabr hajr \u015famidek qoron\u011fi va uzun, ammo oxiri visol tongi, haj y\u00f6lidek o\u011fir va yiroq, ammo nihoyati iqbol Ka\u02bcbasiga olib boradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har baloga giriftor b\u00f6lgan, joni xavf ostida qolgan odamning hayoti sabr tufayli ozod, har noumidning tu\u015fkun ruhi sabr tufayli quvvat topadi. U \u2013 o\u015fiqlarga dard va bemorlarga halokatli zahar. So\u011flom odam uning azobidan bemor, his-tuy\u011fular uning uqubatidan bekor. Ruh sabr tufayli illatli, k\u00f6ngil uning qattiqligidan toqatsiz, behalovat. Y\u00f6li sahrosida zulmat va ofat, Xizrdek uni bosib \u00f6tganga oxiri obi hayot \u00e7a\u015fmasi nasib etadi. Sabr \u015fiddatini totib k\u00f6rganlardan biri hazrat Ayub alayhissalomdirlar va qiyin\u00e7iliklarga bardo\u015f berganlardan biri Muhammad alayhissalomdirlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Bayt:<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Ajab ranjeki andin sa\u02bcb y\u00f6q ranj,<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Vale \u00e7ekkan ki\u015fining bahrasi ganj <\/em>[7].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Baytda sabrning ajib qiynoq ekani, undan ortiq azobning b\u00f6lmasligi, lekin u azobni \u00e7ekkanning mukofoti boylik ekani aytilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rivoyatlarga k\u00f6ra, Ayyub pay\u011fambarning mol-dunyosi, Rohma ismli xotini, bir uy farzandlari b\u00f6lgan. U dunyo lazzatlaridan t\u00f6la bahramand holda hayot ke\u00e7irgan. Alloh uni imtihondan \u00f6tkazmoq\u00e7i b\u00f6ladi. Molu mulki q\u00f6lidan ketadi. Ayyub sabr qiladi. Bir \u2013 bir bolalari vafot etadi, u sabr qiladi. Kasal b\u00f6ladi, a\u02bczoyi badaniga yara to\u015fadi, hatto bu yaralar qurtlab ketib, azob beradi, u sabr qiladi. Rohma unga mehribonlik bilan xizmat qiladi. Nihoyat, Alloh Ayyubga \u015fifo bax\u015f etadi, Havran eliga pay\u011fambar qilib j\u00f6natadi. Unga yangidan mol-dunyo va farzandlar ato qiladi. Adabiyotda Ayyub sabr qanoat timsoli sifatida tilga olinadi. \u201cAyyub sabrini bersin\u201d degan duo xalqlar orasida keng tarqalgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson ne\u02bcmat va xotirjamlik i\u00e7ida ya\u015far ekan, \u015fukr qiladi yoki musibat va qiyin\u00e7iliklarga sabr qiladi. \u015eukr va sabr sohibi behojatlik va hokimlik hissi bilan ya\u015faydi. Bu fazilatlar toqatlilik, vazminlik, bosiqlik kabi insoniy xislatlarni \u00f6zida jamlab, insonni ezgulikka, komillikka y\u00f6naltiradi. \u015euning u\u00e7un inson yetuklikka eri\u015fi\u015fi, turmu\u015fining mazmunli \u00f6ti\u015fi, hayot ma\u02bcnosini teran tu\u015funi\u015fi u\u00e7un sabrli va \u015fukrli b\u00f6li\u015fi juda muhim sanaladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ki\u015fi nafs talabi, k\u00f6ngil orzularini sabr orqaligina \u00e7eklay oladi. \u015eu bois, hadisda: \u201c<strong><em>Sabr imonning yarmidir<\/em><\/strong>\u201d, deyiladi. Sabr va \u015fukr ikki dunyo saodatining kalitidir. Zero, hadisda: \u201c<em>Musibat yetganda sabr qiluv\u00e7i, berilgan ne\u02bcmatlarga \u015fukr qiluv\u00e7i, birovlarning qilmi\u015flarini ke\u00e7iruv\u00e7i, \u00f6zi birovga zulm yetkazsa, tavba qiluv\u00e7i ki\u015filarga xotirjamlik va hidoyat ado etilur\u201d, <\/em>deyiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ali\u015fer Navoiy \u201cMahbubul qulub\u201d asarida bir yigitning bo\u015figa tu\u015fgan azob-uqubatlarga yuksak sabr-bardo\u015fi haqida hikoya qiladi: \u201cBir notavonning k\u00f6ngliga bir gulyuzning i\u015fqi tu\u015fdi va u tuhmat bilan zindonga giriftor b\u00f6ldi. Tuhmatni b\u00f6yniga oli\u015fi u\u00e7un tortmagan azobi qolmadi. Ammo u k\u00f6nglidagi maxfiy sirni tiliga \u00e7iqarmadi. Oxiri bir kun askarlar arqon bilan zindondan sudrab \u00e7iqardi. Uni bo\u015fdan oyo\u011figa\u00e7a \u015fun\u00e7alik urdilar, bir qu\u00e7oq \u00f6tin maydalanib ketdi. Bo\u015fdan oyo\u011figa\u00e7a jarohat b\u00f6ldi. Bar\u00e7a a\u02bczolarining terisi yorildi. Tayoq a\u02bczosini \u015fu holga keltirdiki, uning badani qon tufayli lolazor b\u00f6ldi. Mazlum aslo gapirmadi va iqror ham b\u00f6lmadi. Nihoyat, zolimlar azob beri\u015fdan \u00e7ar\u00e7adi va \u00f6rtadan sudrab \u00e7iqarib, noiloj q\u00f6yib yubordi. Insof bilan aytganda, t\u00f6\u011fri qildilar. Zulm qilganlar yiroqla\u015fgandan keyin u yigit o\u011fzidan maydalanib ketgan tanga \u00e7iqardi. Odamlar uni k\u00f6rib, sababini s\u00f6radi. Uning javobidan ma\u02bclum b\u00f6ldiki, zolimlar kaltaklayotganda odamlar orasida uning yori ham bor ekan. Bir \u00e7ekkada uning holiga qarab turgan ekan. U azob \u00e7ekayotganda, tanga ti\u015flari orasida ekan. Kaltak zarbidan ti\u015flari qisilganda, tanga mayda-mayda b\u00f6lib ketibdi. Yorning qarab turganini sezib, bu azoblarga sabr qilgan ekan. Yor bu ahvolni bildi va mehr va \u015fafqat bilan bo\u015figa kelib, \u015firin s\u00f6zlar aytib, yaralariga malham q\u00f6ydi. \u015eirin s\u00f6zlar bilan majruh taniga jon kirgizdi. Yigit he\u00e7 xayolida y\u00f6q, tu\u015figa ham kirmagan davlatga muyassar b\u00f6ldi va xayoliga kelmagan saodatga eri\u015fdi. Bar\u00e7a qiyin\u00e7iliklarni sabr-\u00e7idam bilan yengib, baxtga mu\u015farraf b\u00f6ldi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Bayt:<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Kimki bir \u015fiddat aro sabru tahammul ayladi,<br \/>\nBaxt aning ni\u015fini n\u00f6\u015fu xorini gul ayladi <\/em>[7].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mutafakkir u\u015fbu hikoyat orqali kimki musibatlarga sabru toqat qilsa, baxt uning zahri (ziyoni)ni bolga, tikanini gulga aylantiri\u015fini ma\u02bclum qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sabr bilan k\u00f6p mu\u015fkul i\u015flar o\u00e7iladi. I\u015fda \u015fo\u015fgan esa k\u00f6p toyiladi. K\u00f6p toyilgan k\u00f6p yiqiladi. I\u015fda \u015fo\u015filmoq \u2013 yo\u015f bolalar i\u015fi. Sabr bilan i\u015f qilmoq \u2013 ulu\u011flar i\u015fi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Bayt:<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Har kimsaki aylamas o\u015fumo\u011fni xayol,<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Yafro\u011fni ipak qilur, \u00e7e\u00e7ak bargini bol <\/em>[7]<em>.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ya\u02bcni kimki \u015fo\u015fili\u015fni xayol qilmasa, yaproqni ipak qilib, gul bargidan bol oladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qanoat \u2013 ibodatga yetgudek quvvat hosil b\u00f6lgun\u00e7a yeb-i\u00e7ib kun \u00f6tkazmoqdir va bo\u015fqa bar\u00e7a hoyu havaslarni xayoldan \u00e7iqarmoqlikdir. Va benavoliq bilan nafsni qiynamoq va \u015fahvoniy hislarni rad eti\u015f bilan \u00e7alajon qilmoq. Qanoat bir \u00e7a\u015fmadurkim, suvi olingan bilan qurimaydi va bir xazinadurki, so\u00e7ilgan bilan kamaymaydi. U bir ekinzorki, uru\u011fi izzat va \u015favkat hosilini berar va daraxtdurki, \u015foxi ehtiyojsizlik va hurmat keltiradi. Qanoat inson k\u00f6ngliga rav\u015fanlik keltiradi va k\u00f6z undan yoru\u011flik kasb etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qanoatli darve\u015fning quruq noni, tamagir \u015fohning noz-ne\u02bcmat t\u00f6la dasturxonidan yax\u015firoqdir. Qanoatli faqirning yov\u011fon umo\u00e7i <em>(Umo\u00e7 \u2013 qattiq xamirni suvga uvalab pi\u015firilgan suyuq ovqat)<\/em>, ol\u011fir boyning novvotu halvosidan yax\u015firoqdir. \u015eoh \u015fu ki\u015fiki, olmaydi, lekin beradi. Gado \u015fu ki\u015fiki, so\u00e7maydi-yu, lekin teradi. Kimki qanoatni odat qilib olsa, \u015fohlik-gadolik ta\u015fvi\u015fidan qutuladi. Gar\u00e7i uning tirik\u00e7ilik uyi tor b\u00f6lsa ham, har qan\u00e7a mubola\u011fa qilsang, \u00f6rinlidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qanoat bir q\u00f6r\u011fonki, unga kirsang, nafs yomonligidan qutulisan va to\u011f \u00e7\u00f6qqisidurki, unga \u00e7iqsang, d\u00f6stu du\u015fmanga muhtojlikdan qutulasan. Qanoat hokisorlikdurki, natijasi balandlik va ehtiyojliksizlikdir. Qanoat ekindir, uning uru\u011fi \u2013 boylik, daraxtdir, mevasi esa muhtoj b\u00f6lmaslikdir. Qanoat a\u00e7\u00e7iq maydir, lekin na\u015f\u02bcasi \u015fodlik, qattiq y\u00f6ldir, ammo manzili quvon\u00e7li.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qanoat \u2013 ehtiyojsizlik belgisi va \u015faraf\u00a0 izzat ziynati. Qanoatli faqir boydir va \u015fohu gadodan ehtiyojsizdir. Tama \u2013 xor-zorlikka dalil va tamagir boy esa xoru zordir. Ki\u015fi tama bilan yo biror narsa q\u00f6lga kiritadi yoki kiritmaydi. Lekin tama qilmaslik he\u00e7 bir saxovatdan qoli\u015fmaydi. Bunday saxovat ahli \u00f6ta saxiydirlar va tama ahli esa pastka\u015fdirlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Bayt:<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Xorli\u011flar bo\u015fi \u2013 tama, bilgil,<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Doimo \u201cazza man qana\u02bc\u201d bilgil <\/em>[7]<em>.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ya\u02bcni xorlikning bo\u015fi tamagirlikdir, doimo \u201cqanoatli hami\u015fa aziz\u201d deb bilgin, deyilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qanoatda qan\u00e7a a\u00e7\u00e7iq rohat va faro\u011fat b\u00f6lsa, uning aksi \u2013 tamada \u015fun\u00e7alik razolat va tubanlik bor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xasis ki\u015fining d\u00f6sti tilan\u00e7i va nokasdir, razolat ularning fe\u02bcl-atvoriga mosdir. Ularning munosabatida ki\u015filarni kamsiti\u015f va yengiltaklik bordir. Kimdaki bu sifat mavjud b\u00f6lsa, bunday ki\u015fini xalq yomon k\u00f6radi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tama tufayli nokaslik va razillik avj oladi, odamiylik zavol topadi. Qanoatsiz ki\u015filar or-nomus uyini kuydiruv\u00e7i bir \u00f6tdir, izzat-hurmat xirmonini sovurgu\u00e7i va ulu\u011fvorlik \u015fam\u02bcini \u00f6\u00e7iruv\u00e7i bir yeldir. Tamagir ki\u015filarning biror nima oli\u015fga \u00f6\u00e7ligi, xuddi yeb t\u00f6ymasning taomga o\u00e7k\u00f6zligiga \u00f6x\u015faydi. Biriniki tubanlar harakati b\u00f6lsa, biriniki hayvonlar odatidir. Qanoat bir javohirkim, elni bu ikki balodan qutqaradi va xalqni bunday ofatdan xalos etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Tamagirlik va nokaslik \u015funday yomon fe\u02bclki, g\u00f6yoki ikki yoqimsiz egizakdir, ikkalasi esa yomonlarning yomonidir. Bularning biri nokas va birining iqboli past, \u015funing u\u00e7un ikkalasining mohiyati birdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muxbiri sodiq <em>(Muxbiri sodiq \u2013 sadoqatli xabar yetkazuv\u00e7i,\u00a0 Muhammad\u00a0 pay\u011fambar (c.a.v.)ga nisbatan q\u00f6llaniladigan ibora)<\/em> \u015funday debdurlar: <strong><em>\u201cAlloh qanoatni aziz qilgan bandasiga, tamani esa xor qilgan bandasiga beribdur\u201d <\/em><\/strong>[1:73].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ruboiy:<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Har kimki, qanoat tarafi nisbati bor,<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Bor\u00e7a el aro tavozeu izzati bor,<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Ulkim tamau hirs bila ulfati bor,<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Yax\u015fi-yamon i\u00e7ra zillatu nakbati bor <\/em>[7]<em>.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ruboiyda kimning \u201cqanoat\u201d degan xislati b\u00f6lsa, uning bar\u00e7a el orasida izzatu hurmati bor. Kimning tamayu hirs bilan o\u015fnoligi b\u00f6lsa, yax\u015fi-yomon i\u00e7ida xorligu baxtsizligi bor, deyilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilohiy sirlardan voqif \u015eayx \u015foh Ziyoratgohiy (XV asrda ya\u015fab \u00f6tgan Xuroson ma\u015foyixlaridan) ibodat faro\u011fati u\u00e7un qanoatni odat qilib oldi va Ziyoratgoh qasabasida maskan tutdi. Va xaloyiq nazr-niyoziga parvo qilmadi va sultonlar in\u02bcom va ehsoniga nazar solmadi. Haqirlik merosi b\u00f6lgan hovlisiga daraxt va ekin ekdi. \u00d6z muborak q\u00f6li bilan ekin su\u011forar va daraxtlarni te\u015fa va arra bilan butar edi. \u015eu tariqa qanoat bilan kun ke\u00e7irar va Tangri ibodatiga ma\u015f\u011ful edi. Bu qanoatning natijasi \u201cazza man qonaaa\u201d (tarjimasi: \u201cQanoat qilgan aziz b\u00f6ladi\u201d) hukmi bilan \u015fu yerga yetdiki, Hirot dorussaltanatidan sultonlar va din ulamolari va tariqat ma\u015foyixlari ul buzrukvor huzuriga borar edilar, ostonasi tupro\u011fini \u00f6pi\u015f bilan faxrlanar edilar va uning ekkan bu\u011fdoyidan b\u00f6lgan nonni va uning dasturxonidagi mevalardan nimaiki q\u00f6llariga tu\u015fsa, k\u00f6zlariga surtib, q\u00f6yinlariga solib, tabarruk bilib, \u015fahardagi ahli ayollari va bolalariga berar edilar va undan yeganlar jannatdan umidvor b\u00f6lur edilar. Qanoat natijasi bundan ortiqroq b\u00f6lmaydi va xursandlik bo\u011f\u00e7asining rayhoni bundan tarovatliroq b\u00f6lmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Qit\u02bca:<\/strong><\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Jahon i\u00e7ra k\u00f6p sun\u02bc k\u00f6rguzdi sone\u02bc,<br \/>\nEmasdur ki\u015fi turfa andoqki, qone\u02bc.<br \/>\nKi\u015fidin talabsiz \u011fino hosil etmas,<br \/>\nYana jud\u011fa b\u00f6lmamoq he\u00e7 mone\u02bc <\/em>[7].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ya\u02bcni, Yaratuv\u00e7i Parvardigor jahonda k\u00f6p ajoyib narsalarni yaratdi. Lekin qanoatli ki\u015fidan k\u00f6ra ajabtovurroq ki\u015fi y\u00f6qdir. Zero, qanoatli ki\u015fi mehnat qilmasdan, talab qilmasdan boy b\u00f6ladi, hatto saxovat qili\u015fga ham he\u00e7 monelik b\u00f6lmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Xulosa <\/strong>qilib aytganda, bugungi globalla\u015fuv davrida \u00f6zbek xalqining azaliy milliy qadriyatlari va ulu\u011f ajdodlar boy ilmiy-ma\u02bcnaviy merosining ezgu mohiyatini, ularda ilgari surilgan yuksak axloqiy fazilatlarni yo\u015flar ongi va qalbiga \u00e7uqur singdiri\u015f komil insonni tarbiyala\u015fda muhim ahamiyat kasb etadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ali\u015fer Navoiy. Mahbubul qulub (Qalbga mahbub hikmatlar va hikoyatlar). Hozirgi \u00f6zbek tiliga tabdil. \u2013 T.: Sano-standart, 2018.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mavlono Jaloliddin Rumiy. I\u00e7ingdagi i\u00e7ingdadir. \u2013 T.: Yozuv\u00e7i, 1997.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/n.ziyouz.com\/books\/uzbek_tilining_izohli_lugati\/O'zbek%20tilining%20izohli%20lug'ati%20-%20S.pdf\">https:\/\/n.ziyouz.com\/books\/uzbek_tilining_izohli_lugati\/O\u02bczbek%20tilining%20izohli%20lug\u02bbati%20-%20S.pdf<\/a><\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">https:\/\/n.ziyouz.com\/books\/uzbek_tilining_izohli_lugati\/O\u02bczbek%20tilining%20izohli%20lug\u02bbati%20-%20Q.pdf<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">https:\/\/wayu.uz\/media\/services\/book\/1_XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt-2022-12-25_090639.pdf<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">https:\/\/islom.uz\/view\/sabr-xakida-kelgan-xadislar<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/navoi.natlib.uz:8101\/uzb\/mahbub_ul_qulub_munshaot_vaqfiya_ub\u00f6yi\u00e7ai_tom\/mahbub_ul_qulub\/\">http:\/\/navoi.natlib.uz:8101\/uzb\/mahbub_ul_qulub_munshaot_vaqfiya_un_turtinchi_tom\/mahbub_ul_qulub\/\u00a0<\/a><\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Baxtiyor TURSUNOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>falsafa fanlari b\u00f6yi\u00e7a falsafa doktori (PhD)<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sabr-qanoatlilik sifati xotirjamlik, barqarorlik, bunyodkorlik omili sifatida inson ma\u02bcnaviy takomili, jamiyat ravnaqini ta\u02bcminla\u015fda muhim \u00f6rin tutadi. Mazkur fazilat islom dinining muqaddas manbalari b\u00f6lmi\u015f Qur\u02bconi karim, hadisi \u015farif, \u015funingdek, \u00f6zbek xalqining k\u00f6p asrlik milliy qadriyatlari, ulu\u011f alloma va mutafakkirlar, xususan, Ali\u015fer Navoiy ilmiy-ma\u02bcnaviy merosi mazmun-mohiyatiga \u00e7uqur singdirilgan. \u00d6zbek tilining izohli lu\u011fatida sabr \u2013 biror holat yoki &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":53518,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53517"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=53517"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53517\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":53591,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53517\/revisions\/53591"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/53518"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=53517"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=53517"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=53517"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}