{"id":53507,"date":"2026-10-21T11:01:00","date_gmt":"2026-10-21T06:01:00","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53507"},"modified":"2026-10-21T14:34:02","modified_gmt":"2026-10-21T09:34:02","slug":"al-jome%ca%bc-as-sahih-hadis-to%ca%bbplaminingasl-nusxasi-haqida-ulamolar-fikrlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53507&lang=oz","title":{"rendered":"\u201cAL-JOME\u02bc AS-SAHIH\u201d HADIS TO\u02bbPLAMINING ASL NUSXASI HAQIDA ULAMOLAR FIKRLARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Movarounnahr diyoridan jahon sivilizatsiyasi va islom tamadduni rivojiga katta hissa qo\u02bbshgan mufassir, muhaddis, mutakallim va faqih allomalar yetishib chiqqan. Manbalarda keltirilishicha, birgina hadis ilmi bo\u02bbyicha uch mingdan ziyod muhaddis yurtimizda faoliyat olib borgan. Islom olamida hadis ilmi ustozlari sanalgan Imom Buxoriy, Imom Dorimiy, Imom Termiziy, Abdulhamid Keshiy, Haysam Shoshiy va Muhammad ibn Hibbon kabi muhaddislarning buyuk xizmatlari tufayli bu o\u02bblka \u201cBuyuk muhaddislar yurti\u201d deb e\u02bctirof etilgan va ularning noyob asarlari keng o\u02bbrganilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu zamindan yetishib chiqqan buyuk ulamolardan hadis ilmi sohasida eng mashhurlaridan biri, shubhasiz, Imom Buxoriydir. Alloma o\u02bbzining nodir zehni, ijtihodi, aql bovar qilmas xotirasi, noyob iste\u02bcdodi bilan o\u02bbz zamonasida ham, keyingi davrlarda ham katta hurmatga sazovor bo\u02bblgan. Islom dunyosida muhaddislar sultoni deya shuhrat topgan Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy merosi davrlar osha o\u02bbz qadru qiymatini yo\u02bbqotmay, katta qiziqish bilan mutolaa qilinib, tadqiq etib kelinmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumki, Muhammad ibn Ismoil Buxoriy rahimahulloh (194-256\/810-870) qirq yil mobaynida ilmiy safarda bo\u02bblib, ijodiy faoliyati davomida yigirmadan ziyod asar yozgan. Uning ilmiy merosi hajmi, zamonasining ijtimoiy-ma\u02bcnaviy ilmlarini to\u02bbla-to\u02bbkis qamrab olgani bilan kishini hayratga soladi. Imom Buxoriyning juda yosh paytidayoq kitob yozishni boshlagani va ilmning bir necha yo\u02bbnalishlarida ko\u02bbplab kitob yozgani ma\u02bclum.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d (\u201cIshonchli to\u02bbplam\u201d) Imom Buxoriyning shoh asari\u00a0 hisoblanib, u o\u02bbn olti yil mobaynida yozilgan. Asarning qo\u02bblyozma nusxalari bugungi kunda dunyoning mashhur kutubxonalarida saqlanmoqda. Qolaversa, bu to\u02bbplamning asl nusxasi haqida ba\u02bczi ulamo va tadqiqotchilar izlanish olib borib, o\u02bbz fikr-mulohazalarini bayon etgan. Bugungi kunda bu to\u02bbplam o\u02bbzbekchaga tarjima qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d to\u02bbplamining qo\u02bblyozma nusxalari dunyoning ko\u02bbplab mashhur kutubxonalarida saqlanishidan ham asarning qiymati nechog\u02bblik yuksak ekanini anglab olish mumkin. Imom Buxoriyning bu asari Qur\u02bconi karimdan keyingi eng ishonchli manba sanaladi. \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d to\u02bbplami xorijlik olimlar tomonidan mukammal o\u02bbrganilgan va bu haqda kitob, risola va bahslar yozilgan. Asar yurtimizda ham o\u02bbrganilgan, ammo uni mukammal deb bo\u02bblmaydi. Bu to\u02bbplamni o\u02bbrganish, tadqiq qilish, u haqidagi qiziqarli ma\u02bclumotlarni xalqimizga yetkazish oldimizda turgan muhim vazifalardan biri sanaladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbalarda \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dga oid ma\u02bclumotlar turlicha keltirilgan. Ba\u02bczi manbalarda to\u02bbplamning qo\u02bblyozma nusxalari va dunyodagi mashhur kutubxonalarda saqlanishi bayon etilgan bo\u02bblsa, boshqalarida sharh, hoshiya va tarjimalariga urg\u02bbu berilgan. Hoji Xalifa (vaf. 1068\/1657)ning \u201cKashfuz zunnun\u201d asarida \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d to\u02bbplamiga bag\u02bbishlab yozilgan sharhlar bayon etilgan. Shamsiddin Zahabiy (vaf. 748\/1347) \u201cTarixul islom\u201dda \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d asari Qur\u02bconi karimdan keyingi eng ishonchli manba ekaniga e\u02bctibor qaratgan. Turkiyalik olim doktor Fuad Sezgin (1342-1439\/1964-2018) \u201cTarixi turosil arabiy\u201d (\u201cArabiy meroslar tarixi\u201d) asarida \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dga bag\u02bbishlab yozilgan sharh, muxtasar hamda qo\u02bblyozma nusxalari va ular saqlanayotgan kutubxonalar haqida ma\u02bclumot bergan. Ko\u02bbplab ulamo va tadqiqotchilar bu to\u02bbplamning asl nusxasi haqida izlanish olib borib, o\u02bbz fikr-mulohazalarini bayon etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d to\u02bbplamini yozib, uni hadis o\u02bbrganuvchi ko\u02bbplab shogirdlariga o\u02bbqib va rivoyat qilib bergan. \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni Imom Buxoriyning o\u02bbzidan juda ko\u02bbp tolibi ilm eshitgan. Bu haqda Imom Buxoriyning eng mashhur shogirdlaridan biri Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Firabriy (231-320\/846-932): \u201cMuhammad ibn Ismoil Buxoriyning \u201cSahihul Buxoriy\u201d kitobini muallifning o\u02bbzidan men bilan birga to\u02bbqson mingga yaqin kishi eshitgan. Bu kitobni Imom Buxoriyning o\u02bbzidan rivoyat qiladigan mendan boshqa biror kishi qolmadi\u201d, deb aytadi [6:28]. Haqiqatan, \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d nusxalari orasida Imom Firabriy rivoyati juda mashhur bo\u02bblib ketgan. Buning sababi uning uzoq umr ko\u02bbrgani va kitobining nusxasi to\u02bbliq bo\u02bblganidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobini eshitadigan tolibi ilmlarning ba\u02bczilari eshitish va og\u02bbzaki naql bilan kifoyalanib qolmasdi, balki ustozidan eshitgan hadislarni yozib borardi. Shu bois, ularning qo\u02bblida Imom Buxoriy huzurida yodlagan og\u02bbzaki nusxalariga muvofiq keladigan \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning qo\u02bblyozma nusxalari ham paydo bo\u02bblardi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ular Imom Buxoriydan eshitib yozib olgan narsalari bilan kifoyalanib qolmasdan, o\u02bbzlari yozib olgan nusxalarini o\u02bbta diqqat bilan ustozining nusxasiga solishtirib ko\u02bbrardi hamda uchragan xato va kamchiliklarni to\u02bbg\u02bbrilab olardi. Imom Buxoriyning qo\u02bblidagi asl nusxaga muvofiq bo\u02bblgan nusxalar tugaganidan keyin, o\u02bbzlarining nusxalariga tugagan vaqtini va ustozining nusxasi bilan solishtirilganini yozib qo\u02bbyardi. Shu sababli, bizning qo\u02bblimizda \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning asl nusxasiga muvofiq keladigan bir nechta nusxalar paydo bo\u02bblgan. Bu esa Imom Buxoriyning hayotlik chog\u02bbidayoq ro\u02bby bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy shogirdlaridan bugungi kunimizgacha ismi va nusxalari mashhur bo\u02bblganlari \u2013 Muhammad ibn Yusuf Firabriy, Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiy, Hammod ibn Shokir Nasafiy, Abu Talha Mansur ibn Muhammad Pazdaviy va Abu Abdulloh Muhomiliydir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qolaversa, ulardan \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni eshitgan va ta\u02bclim olgan, son-sanoqsiz tolibi ilmlar paydo bo\u02bbldi. Ular ham qo\u02bblidagi nusxalarni oldingi talabalar nusxalariga solishtirib ko\u02bbrardi. Hatto, nusxalar ko\u02bbpligi va rivoyatlarning aniq sanad bilan bog\u02bblangani uchun \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni Imom Buxoriyga nisbat berish mutavotir darajasiga yetdi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning rivoyati va tadvini dastlab yozilgan kunidan boshlab bugungi kunimizgacha odamlar orasida mutavotir shakl bilan naql qilingan. Ulamolar va oddiy odamlar bu kitobni rivoyat qilish, o\u02bbrganish, ta\u02bclim olish va tushunishga harakat qilgan. \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning asl nusxasidan ko\u02bbchirilgan nusxalarning ko\u02bbpligi ham buni isbotlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning asl nusxasi Imom Buxoriy vafotidan keyin shogirdi Abu Abdulloh Firabriy qo\u02bblida qolgan. \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning rivoyati Abu Abdulloh Firabriy orqali mashhur bo\u02bblgan. Undan \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni juda ko\u02bbp sonli shogirdlari ta\u02bclim olgan. Ulardan yetti yoki to\u02bbqqiztasi mashhur bo\u02bblgan. Firabriydan ta\u02bclim olgan shogirdlari\u00a0 \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d matnini ustozining qo\u02bblidagi asl nusxadan ko\u02bbchirib olgan. Ular Abu Is\u02bchoq Mustamliy, Abu Muhammad Hammuvayh, Abu Haysam Kushmihaniy, Abu Zayd Marvaziy va boshqalar [5:287]. Birorta tahqiqchi va ahli ilm ular yozgan nusxalarga shak-shubha qilmagan va e\u02bctiroz bildirmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har qanday aqlli odam bu ummat sanadi muallifiga bog\u02bblanmagan birorta kitobni qabul qilmasligini biladi. Ummat ijmosi kuchli shar\u02bciy dalillardan sanaladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbalarda bu asarning yozilishiga Imom Buxoriyning ustozi Is\u02bchoq ibn Rohavayhning so\u02bbzlari sabab bo\u02bblgan, deb ko\u02bbrsatilgan. Xususan, Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiy (vaf.854\/1450)dan bunday rivoyat qilinadi: \u201cImom Buxoriy: \u201cIs\u02bchoq ibn Rohavayh bir kuni: \u201cQaniydi sizlardan biringiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan sahihlarini to\u02bbplab, bir asar ta\u02bclif etsangiz\u201d, dedi. Mana shu so\u02bbz mening qalbimga qattiq o\u02bbrnashib qoldi. Natijada \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni jamlashga kirishdim\u201d, deb aytadi\u201d [4:7].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Turkiyalik olim doktor Fuad Sezgin ba\u02bczi rivoyatlardan \u201cTarixi turosil arabiy\u201d kitobida Imom Buxoriy rahimahulloh \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d asarini vafotidan 23 yil oldin yozib tugatganini aytadi. Imom Buxoriy \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d asarini 16 yil davomida yozganini zikr qilgan. Uni taxminan 217\/832-yili boshlab, 233\/848-yilda tugatgan [2:16-17].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shamsiddin Zahabiy (vaf. 748\/1347) \u201cTarixul islom\u201d kitobida: \u201cImom Buxoriyning \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d asari Qur\u02bconi karimdan keyingi eng ulug\u02bb va afzal kitob bo\u02bblib, hozirgi kunda odamlar uchun eng oliy sanaddir\u201d, deb yozgan [8:274].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Rushayd Sabtiy aytadi: \u201cBugun mashriq va mag\u02bbribda \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobini eshitishda sanadi Imom Buxoriyga bog\u02bblangan yo\u02bbl Abu Abdulloh Firabriy yo\u02bblidir. Uning rivoyati komilligi, muallifga yaqinligi va roviylarining mashhurligi uchun insonlar unga suyanadi. Uning qo\u02bblida \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobining asl nusxasi bo\u02bblgan va undan Abu Abdulloh Firabriy shogirdlari ko\u02bbchirib olgan. Bu esa Abu Abdulloh Firabriyni qo\u02bbllab-quvvatlaydigan hujjat va uning to\u02bbg\u02bbriligiga guvohdir. So\u02bbng \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobi Abu Abdulloh Firabriydan mutavotir yo\u02bbl bilan naql qilingan. Musulmonlar buni mahkam ushlagan va unga ijmo bog\u02bblangan. Natijada hujjat aniq bo\u02bblgan\u201d [1:18-19].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu haqda Ibn Hajar Asqaloniy (vaf.852\/1448): \u201cBu asrda va bundan oldingi asrlarda \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobini eshitishda sanadi bog\u02bblangan rivoyat Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Firabriyning rivoyatidir\u201d, degan [7:491-492].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyning mashhur shogirdi Abu Abdulloh Firabriy nusxasining turli xil shaharlarda shogirdlari tomonidan ko\u02bbchirib yozilgan o\u02bbn to\u02bbrtta nusxasi bor. Bu nusxalar ustozi Abu Abdulloh Firabriy nusxasiga muvofiq. Firabriy nusxasi esa ustozi Imom Buxoriy nusxasiga muvofiq. Abu Abdulloh Firabriy shogirdlarining har biridan juda ko\u02bbplab odam rivoyat qilgan. Shu darajada ko\u02bbpki, rivoyat qilishda ularning yolg\u02bbonga to\u02bbplanishi va kelishib olishi mumkin emas. Abu Abdulloh Firabriyning o\u02bbzida ham xuddi shunday holat. \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning Firabriydan boshqa roviylari haqida ham xuddi bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni Imom Firabriydan juda ko\u02bbplab siqa (ishonchli) roviylar jamoasi rivoyat qilgan. Ularning eng mashhurlari quyidagilar: Abu Is\u02bchoq Ibrohim ibn Ahmad Mustamliy (vaf.376\/986), Saraxsning xatibi Abdulloh ibn Ahmad Hammuvayh (vaf.381\/991), Abu Haysam Muhammad ibn Makkiy Kushmihaniy (vaf.389\/999), Abu Ali Muhammad ibn Umar Shabbaviy, Ibn Sakan Said ibn Usmon Bazzoz (vaf.353\/964), Abu Zayd Muhammad ibn Ahmad Marvaziy (301-371\/913-981) va Abu Ahmad Muhammad ibn Muhammad Jurjoniy (vaf.373\/983)dir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Valid Bojiy aytadi: Hofiz Abu Zar Abdurahmon ibn Ahmad Haraviy bizga Abu Is\u02bchoq Ibrohim ibn Ahmad Mustamliydan rivoyat qiladi. Abu Is\u02bchoq Mustamliy: \u201cMen \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobini Muhammad ibn Yusuf Firabriyning oldidagi asl nusxadan ko\u02bbchirib oldim. Shunda uni hali to\u02bbliq bo\u02bblmaganini ko\u02bbrdim. Kitobda ko\u02bbplab yozilmagan bo\u02bbsh joylar bor edi. Orqasida biror narsa yozilmagan tarjimayi hollar va tarjimayi hollari yozilmagan hadislar bor edi. Shunda ba\u02bczisini ba\u02bczisiga qo\u02bbshib qo\u02bbydik\u201d, degan [5:287].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Rushayd ham o\u02bbzining \u201cIfodatun nosih fit-ta\u02bcrif bi-sanad al-Jome\u02bc as-sahih\u201d nomli kitobida: \u201cAbu Is\u02bchoq o\u02bbzining kitobini \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobining asl nusxasidan naql qilgan\u201d, deb aytadi [1: 25]. Abu Zar Haraviy \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobini Abu Is\u02bchoq Ibrohim ibn Ahmad Mustamliy, Abu Haysam Muhammad ibn Makkiy Kushmihaniy va Saraxsning xatibi Abdulloh ibn Ahmad Hammuvayhdan rivoyat qilgan. Uning rivoyati rivoyatlar orasida eng kuchlisiga aylangan. Bunga Abu Zar Haraviy \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni rivoyat qilgan ustozlari orasida Abu Is\u02bchoq Mustamliyning borligi kifoya qiladi. Haqiqatda, Abu Is\u02bchoq Mustamliy \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni o\u02bbzi uchun \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning asl nusxasidan ko\u02bbchirib olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning asl nusxasi oradagi muddat uzoq bo\u02bblib ketgani uchun\u00a0 bugungi kunimizgacha yetib kelmagan. Ulamolar ta\u02bclim olgan ba\u02bczi kitoblarning asl nusxasi bugungi kungacha yetib kelmagan. Bu esa hech narsani o\u02bbzgartirmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qadimgi kitoblarning ko\u02bbpchiligida shunga o\u02bbxshash holat mavjud. Ibn Is\u02bchoq (vaf.151\/768)ning \u201cAs-siyra an-Nabaviya\u201d kitobi va Imom Sibavayh (vaf.180\/796)ning \u201cNahv\u201d kitobi bunga misol bo\u02bbla oladi. Ko\u02bbpchilik insonlar ulamolar qadimgi kitoblarni bugungi kungacha eshitish va ijoza orqali rivoyat qilganini bilmaydi. Tolibi ilmlar bu kitoblarni muallifiga bog\u02bblangan sanadlar bilan rivoyat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, oradagi muddat juda uzoq bo\u02bblgani uchun \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning Imom Buxoriy o\u02bbz qo\u02bbli bilan yozgan asl nusxasining yo\u02bbqligi hech narsani o\u02bbzgartirmaydi. Chunki u kishining shogirdlari o\u02bbsha asl nusxadan ko\u02bbplab nusxalarni ko\u02bbchirib olgan. So\u02bbng ulardan keyingi shogirdlari ham asl nusxaga muvofiq bo\u02bblgan ko\u02bbplab nusxalarni ko\u02bbchirib olgan. Shu sababli, \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d nusxalari Yer yuziga keng tarqalib ketgan. Chunki har bir asrda yashagan roviylar \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni yozib olib, uni sahih nusxalari bilan solishtirib ko\u02bbrardi. So\u02bbng ustozlaridan Imom Buxoriyning o\u02bbziga bog\u02bblangan sanad bilan rivoyat qilardi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuning uchun \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning Imom Buxoriy o\u02bbz qo\u02bbli bilan yozgan asl nusxasi yo\u02bbqolib ketgan bo\u02bblsa ham, \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning hozirgi nusxalari o\u02bbz ahamiyatini yo\u02bbqotmaydi. Chunki \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobi Imom Buxoriy shogirdlari orasida tarqalib ketgan va har birining sanadi Imom Buxoriyga bog\u02bblangan nusxalari ko\u02bbpayib ketgan. Unga bir necha sharhlar yozilgan. Allohning fazli va karami bilan barcha nusxalari bir xil bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu sharhlardan va \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning e\u02bctibor qilish lozim bo\u02bblgan nusxalaridan biri Imom Xattobiy (319\/931-388\/998)ning \u201cA\u02bclomul hadis\u201d deb nomlangan sharhidir. Bu kitob Imom Buxoriy zamoniga eng yaqin bo\u02bblgan sharhdir. Imom Buxoriyning 256\/870-yilda vafot etganini bilamiz. Demak, Imom Xattobiy \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni ustozlari orqali Imom Buxoriydan rivoyat qilgan roviylarni ko\u02bbrgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyning mashhur shogirdi Firabriy nusxasi mashhur bo\u02bblib, undan naql qilish keng tarqalgan. Faqat shu nusxadan naql qilish bilan cheklanib qolmagan. \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobi bundan boshqa yo\u02bbldan ham naql qilingan. Bu Imom Xattobiy yo\u02bblidir. U \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dga yozilgan \u201cA\u02bclomul hadis\u201d nomli sharhida: \u201cMen kitobning ko\u02bbproq qismini Xalf ibn Muhammad Xiyomdan, u Imom Buxoriyning o\u02bbzidan \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobini eshitgan shogirdi Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiy (vaf.295\/907)dan, ya\u02bcni Firabriy yo\u02bblidan boshqa yo\u02bbl bilan eshitdim\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning eng qadimgi qo\u02bblyozmasi hijriy IV asrlarga borib taqaladi. Ya\u02bcni Imom Buxoriy vafotidan bir necha o\u02bbn yillar keyin. Bu Imom Abu Zayd Muhammad ibn Ahmad Marvaziy nusxasidir. U \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni 318\/930-yilda ustozi Abu Abdulloh Firabriydan eshitgan. Abu Abdulloh Firabriy esa \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni 252\/866-yilda Imom Buxoriyning o\u02bbzidan eshitgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har bir avlod va har bir tabaqaning qo\u02bblida \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni naql qilingan nusxalari bo\u02bblgan. Roviylarning barchasi bu kitobni o\u02bbzidan oldingi ustozlaridan, ularning qo\u02bblidagi nusxalarga muvofiq holda rivoyat qilgan. Imom Abu Zar Haraviy (vaf.434\/1042) va Karima Marvaziya (vaf.463\/1070)ning nusxasi sanadi Abu Abdulloh Firabriyga bog\u02bblangan mashhur rivoyatlardan hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Doktor Fuad Sezgin \u201cTarixi turosil arabiy\u201d asarining \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d asari qo\u02bblyozma nusxalari bo\u02bblimida quyidagilarni keltiradi: \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d asari qo\u02bblyozma nusxalari arab olamidagi deyarli barcha kutubxonalarda uchraydi. Nusxalar orasida biz bilgan eng qadimiy qo\u02bblyozma \u2013 370-390\/980-999-yillarda Marvaziy rivoyatiga ko\u02bbra ko\u02bbchirilgan \u201cMinjana\u201d nusxasi ham bor. Mazkur nusxa 1936-yil Kembrij universitetiga olib ketilgan\u201d [3:228].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobi bizning zamonamizgacha sahih holda yetib kelganiga aqliy dalillardan biri, buzg\u02bbunchi va yolg\u02bbon ahllari \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dga biror narsani ziyoda qilishdan noumid bo\u02bblganidir. Agar \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobi o\u02bbzining muallifiga yolg\u02bbondan nisbat berilganda, albatta, sahih bo\u02bblmagan hadislarni unga kirgizish mumkin bo\u02bblardi. Bunday holat aslo uchramagan. Bu esa \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dni Imom Buxoriyga nisbat berish to\u02bbg\u02bbriligini isbotlaydi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hadis rivoyat qilishda o\u02bbzidan boshqa hadis imomlaridan yolg\u02bbizlanib qolmagan. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadislar o\u02bbnlab Sunan, Mo\u02bbjam, Musnad kitoblarida va hadis juzlarida mavjud. \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201ddagi har bir hadisning turli hadis kitoblarida o\u02bbnlab rivoyatlari bor. Bu esa \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201ddagi hadislar haqida shak-shubha qiluvchi kishining shak-shubhasini ketkazadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Fuad Abdulboqi \u201cAl-lu\u02bclu\u02bc val-marjon fiy-ma ittafaqo alayhi ash-Shayxon\u201d kitobida bunday degan: \u201cImom Muslim \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobida rivoyat qilingan 1906 ta hadisda Imom Buxoriy bilan ittifoq bo\u02bblgan\u201d. Har bir odam Musnad, Jome\u02bc, Sunan va boshqa hadis kitoblarini ko\u02bbzdan kechiradigan bo\u02bblsa, u yerda \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dda kelgan ko\u02bbplab hadislarni ko\u02bbradi. \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobidagi hadislar bulardan boshqa hadis kitoblarida ham uchraydi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201ddagi hadislarni \u201cMustaxraj\u201d nomli boshqa hadis kitoblarida ham topamiz. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadislar \u201cMustaxraj\u201d nomli kitoblarda Imom Buxoriyning nomi zikr qilinmagan sanadlar bilan keltirilgan. Bu hadislar Imom Buxoriyning ustozlaridan yoki ustozlarining ustozlaridan rivoyat qilingan. Bu esa Imom Buxoriyning \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobidagi hadislarni quvvatlaydi. Chunki bu hadislar Imom Buxoriyning yo\u02bblidan boshqa yo\u02bbldagi turli sanadlar bilan ham rivoyat qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida keltirilgan ma\u02bclumotlardan quyidagicha xulosa qilish mumkin:<\/span><\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy hadis ilmida mo\u02bbminlar amiri bo\u02bblishi bilan birga, boshqa ilmlarni ham mukammal egallagan. U islom ilmlarining deyarli har bir sohasiga oid kitob yozgan. Afsuski, ayrim asarlari bizgacha yetib kelmagan. Hozirgi kunga qadar yetib kelgan asarlarining qo\u02bblyozma nusxalari jahonning ko\u02bbplab kutubxonalarida saqlanmoqda;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201dning asl nusxasi oradagi muddat uzoq bo\u02bblib ketgani uchun bugungi kunimizgacha yetib kelmagan. Ulamolar ta\u02bclim olgan ba\u02bczi kitoblarning asl nusxasi bugungi kungacha yetib kelmagan. Bu esa hech narsani o\u02bbzgartirmaydi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d kitobi bizning zamonamizgacha sahih holda yetib kelganiga aqliy dalillardan biri, buzg\u02bbunchi va yolg\u02bbon ahllari bu to\u02bbplamga biror narsani ziyoda qilishdan noumid bo\u02bblganidir;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadislar o\u02bbnlab Sunan, Mo\u02bbjam, Musnad kitoblari va hadis to\u02bbplamlarida mavjud. \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201ddagi har bir hadisning turli xil hadis kitoblarida o\u02bbnlab rivoyatlari bor. Bu esa \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201ddagi hadislar haqida shak-shubha qiluvchining shak-shubhasini ketkazadi.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/li>\n<\/ul>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Abdulloh Muhammad ibn Umar ibn Muhammad ibn Rushayd Sabtiy Fihriy Andalusiy. Ifodatun nosih fit-ta\u02bcrif bi-sanad al-Jome\u02bc as-sahih. \u2013 Tunis: Ad-dor at-Tunisiya.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Ja\u02bcfar Varroq Buxoriy. Shamoili Buxoriy. Abu Muoviya Bayrutiy tahqiqi. Abduvosi Shonazarov tarjimasi. \u2013 Samarqand: \u201cImom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\u201d nashriyoti, 2023.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Doktor Fuad Sezgin. Tarixi turosil arabiy. \u2013 Saudiya Arabistoni: Imom Muhammad ibn Saud universiteti. 1. 1411\/1991.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ibn Hajar Asqaloniy. Fathul boriy. \u2013 Bayrut. Dorul ma\u02bcrifa, 1959.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Imom Abu Valid Sulaymon ibn Xalaf ibn Sa\u02bcd ibn Ayyub Bojiy. At-ta\u02bcdil vat-tajriyh: 3 jildli. \u2013 Mag\u02bbrib: Vizoratul avqof vash shu\u02bcunil islomiya, 2010.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ismoil ibn Umar ibn Kasir. Ustozlar jamoasining tahqiqi. Al-bidoya van nihoya: 15 jildli. J.11. \u2013 Bayrut: Dorul kutubul ilmiya, 1407\/1986.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Hofiz Ahmad ibn Ali ibn Hajar Asqaloniy. Hadyus soriy muqaddimatu Fathil boriy: 2 jildli. J.1 \u2013 Ar-Riyod: Doru Toyba, 1426\/2005.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad Zahabiy. Tarixul islom va vafoyotil mashayir val a\u02bclom. J.2. \u2013 Bayrut: Dorul kitobil arabiy, 1990.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ul>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abduvosi SHONAZAROV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Movarounnahr diyoridan jahon sivilizatsiyasi va islom tamadduni rivojiga katta hissa qo\u02bbshgan mufassir, muhaddis, mutakallim va faqih allomalar yetishib chiqqan. Manbalarda keltirilishicha, birgina hadis ilmi bo\u02bbyicha uch mingdan ziyod muhaddis yurtimizda faoliyat olib borgan. Islom olamida hadis ilmi ustozlari sanalgan Imom Buxoriy, Imom Dorimiy, Imom Termiziy, Abdulhamid Keshiy, Haysam Shoshiy va Muhammad ibn Hibbon kabi muhaddislarning &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":53508,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53507"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=53507"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53507\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":53566,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53507\/revisions\/53566"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/53508"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=53507"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=53507"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=53507"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}