{"id":53475,"date":"2026-10-19T10:48:12","date_gmt":"2026-10-19T05:48:12","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53475"},"modified":"2026-10-19T10:48:12","modified_gmt":"2026-10-19T05:48:12","slug":"markaz-olimlaridan-xalqaro-simpoziumga-ilmiy-hissa","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53475&lang=oz","title":{"rendered":"Markaz olimlaridan xalqaro simpoziumga ilmiy hissa"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qozog\u02bbistonning Turkiston shahrida joylashgan Ahmad Yassaviy nomidagi Qozog\u02bbiston-Turkiya universitetida \u00abMovarounnahrdan Onado\u02bbligacha turkiy islom tafakkuri: Bilim va hikmat tegrasidagi Turkiston\u00bb mavzusida III xalqaro simpozium bo\u02bblib o\u02bbtdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Anqara Yildirim Boyazid universiteti, Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Qozog\u02bbiston-Turkiya universiteti va Hadis tarixi jamiyati hamkorligida tashkil etilgan anjuman Markaziy Osiyoda ilmiy-ma\u02bcnaviy aloqalarni yanada mustahkamlash, mintaqadan yetishib chiqqan buyuk allomalar merosini chuqur o\u02bbrganish va ularning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo\u02bbshgan hissasini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillari simpoziumda faol ishtirok etib, allomalar merosi, hadis ilmi, fiqh va tasavvuf tarixiga oid ilmiy izlanishlarini taqdim etdi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-53477\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/turk19102.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"429\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/turk19102.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/turk19102-300x195.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tadbirda bevosita qatnashgan Shukurillo Umarov \u201cMarkaziy Osiyoga Islom dinining kirib kelishida buyuk sahobalarning xizmati\u201d mavzusida ma\u02bcruza qildi. Uning nutqida Movarounnahrda islom ma\u02bcrifatining yoyilishida Qusam ibn Abbos kabi sahobalarning o\u02bbrni va ushbu jarayonning uch bosqichli tarixiy konsepsiyasi yoritib berildi<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-53478\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/turk19103.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"429\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/turk19103.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/turk19103-300x195.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ravshan Elmurodov \u00abAbul Barakot Nasafiyning \u201cAl-E\u02bctimod fil e\u02bctiqod\u201d asari tahlili\u00bb mavzusidagi ma\u02bcruzasida allomaning ilmiy merosi, asarning mazmun-mohiyati va uning Movarounnahrda kalom ilmi rivojini o\u02bbrganishdagi ahamiyatiga e\u02bctibor qaratdi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-53479\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/turk19104.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"440\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/turk19104.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/turk19104-300x200.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Simpozium doirasida Markazning qator ilmiy xodimlari onlayn formatda ishtirok etdi. Jumladan, Mehrojiddin Amonov \u00abZarafshon vohasidagi tasavvuf tarixida irshodnomalar tahlili\u00bb mavzusida ma\u02bcruza qildi. Uning nutqida murshidlar (pirlar) shogirdlar (muridlar)ga beradigan to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbl, nafs tarbiyasi va ruhiy kamolotga erishish qoidalari bayon etilgan qo\u02bbllanma yo nasihatnomalar \u2013 irshodnomalarning tasavvuf tarixi va manbashunoslikdagi o\u02bbrni, tariqat pirlarining ijozatnomalarini (ta\u02bclimotni o\u02bbzidan keyin boshqalarga yetkazish, o\u02bbrgatish va rivoyat qilish huquqini shogirdga taqdim etish to\u02bbg\u02bbrisidagi dalolatnoma) o\u02bbrganish orqali mintaqadagi ma\u02bcnaviy-ilmiy an\u02bcanalarni tadqiq etish imkoniyatlari tahlil qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Usmonxon Muhammadiyevning ma\u02bcruzasi esa \u201cSamarqand hanafiy fiqh maktabi: Shakllanish jarayoni va xususiyatlari\u201d mavzusiga bag\u02bbishlandi. Unda Samarqandda hanafiylik fiqh maktabining vujudga kelishi, rivojlanishi bosqichlari va o\u02bbziga xos ilmiy xususiyatlarini o\u02bbrganish masalalariga e\u02bctibor qaratildi. Bu tadqiqot Movarounnahrda shakllangan fiqhiy an\u02bcanalarning islom huquqshunosligi tarixidagi o\u02bbrnini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-53480\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/turk19105.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"440\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/turk19105.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/turk19105-300x200.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Otabek Muhammadiyev \u00abImom Buxoriyning \u201cTarixul kabir\u201d asarida zikr etilgan movarounnahrlik roviylar\u00bb mavzusida ma\u02bcruza qilib, buyuk muhaddisning hadis ilmi rivojiga qo\u02bbshgan hissasi, Movarounnahrdan yetishib chiqqan roviylarni boshqa manbalar asosida ham o\u02bbrganish jarayonlari haqida so\u02bbzladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bir so\u02bbz bilan aytganda, Markaz vakillarining ma\u02bcruzalarida hadis, fiqh va tasavvuf sohalariga oid boy ilmiy merosni o\u02bbrganish, tarixiy manbalarni tahlil qilish va Movarounnahr allomalarining islom sivilizatsiyasi rivojidagi o\u02bbrnini yanada kengroq yoritish masalalari qamrab olindi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-53481\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/turk19106.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"429\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/turk19106.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/turk19106-300x195.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalqaro simpozium tadqiqotchilarimizga o\u02bbz ilmiy izlanishlari bilan xalqaro ilmiy hamjamiyat yig\u02bbinlarida ishtirok etish, sohadagi tadqiqotlar natijalarini taqdim qilish va davlatlararo ilmiy aloqalarni mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar ochib berdi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<br \/>\nMatbuot xizmati<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qozog\u02bbistonning Turkiston shahrida joylashgan Ahmad Yassaviy nomidagi Qozog\u02bbiston-Turkiya universitetida \u00abMovarounnahrdan Onado\u02bbligacha turkiy islom tafakkuri: Bilim va hikmat tegrasidagi Turkiston\u00bb mavzusida III xalqaro simpozium bo\u02bblib o\u02bbtdi. Anqara Yildirim Boyazid universiteti, Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Qozog\u02bbiston-Turkiya universiteti va Hadis tarixi jamiyati hamkorligida tashkil etilgan anjuman Markaziy Osiyoda ilmiy-ma\u02bcnaviy aloqalarni yanada mustahkamlash, mintaqadan yetishib chiqqan buyuk allomalar merosini &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":53476,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[654,652,642],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53475"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=53475"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53475\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":53482,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53475\/revisions\/53482"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/53476"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=53475"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=53475"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=53475"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}