{"id":53403,"date":"2026-10-14T16:13:57","date_gmt":"2026-10-14T11:13:57","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53403"},"modified":"2026-10-14T16:13:57","modified_gmt":"2026-10-14T11:13:57","slug":"parijda-yangragan-uchinchi-renessans-sadosi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53403&lang=oz","title":{"rendered":"PARIJDA YANGRAGAN UCHINCHI RENESSANS SADOSI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistonning buyuk sivilizatsiya merosi YUNESKO minbaridan jahonga namoyish etildi. Ikki kunlik xalqaro anjumanlar esa Sharq va G\u02bbarb o\u02bbrtasidagi ko\u02bbp asrlik ilmiy-madaniy muloqotning yangi sahifasini ochdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buyuk sivilizatsiyalar merosini asrab-avaylash, uni ilmiy asosda o\u02bbrganish va jahon hamjamiyatiga yetkazish O\u02bbzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilgari surayotgan ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy islohotlarning muhim yo\u02bbnalishlaridan. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan bunyod etilgan O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini YUNESKO, BMT tizimidagi boshqa nufuzli xalqaro maydonlarda, dunyoning yetakchi davlatlari ilmiy va madaniy markazlarida keng taqdim etish ham ana shu ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fransiya poytaxti Parijda 7-8-oktyabr kunlari o\u02bbtkazilgan yirik xalqaro tadbirlar O\u02bbzbekistonning boy tarixiy, ilmiy va ma\u02bcnaviy merosiga bag\u02bbishlangan muhim muloqot maydoniga aylandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Movarounnahrdan Sena sohillarigacha<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Parij sayyoramizning eng yirik diplomatiya va madaniyat markazlaridan biri sifatida alohida mavqega ega. Shu bois O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi taqdimotining aynan Parij shahrida o\u02bbtkazilishi chuqur ramziy ma\u02bcnoga ega. Zero, bu safar ming yillar davomida Sharq ilmiy tafakkurini yuksaltirgan buyuk allomalar merosi G\u02bbarbning yirik ma\u02bcrifat minbarlaridan birida yana bir bor yangradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ikki kunlik tadbirlarda Fransiyaning taniqli olimlari, yetakchi ilmiy muassasalar vakillari, universitetlar professor-o\u02bbqituvchilari, talabalar, muzey va kutubxona mutaxassislari, diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar rahbarlari faol ishtirok etdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">YUNESKO bosh qarorgohida \u201cIslom sivilizatsiyasi: Movarounnahrning buyuk ma\u02bcnaviy va ilmiy merosi hamda ma\u02bcrifat ufqlari\u201d mavzuida xalqaro anjuman va O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining maxsus taqdimoti bo\u02bblib o\u02bbtdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nufuzli anjumanda markaz direktori, O\u02bbzbekiston madaniy merosini o\u02bbrganish, saqlash va ommalashtirish bo\u02bbyicha Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov boshchiligidagi delegatsiya qatnashdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston hududida shakllangan buyuk ilmiy maktablar, musulmon Sharqining jahon tamadduniga qo\u02bbshgan hissasi hamda yurtimizda bu bebaho merosni tadqiq etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar anjuman ishtirokchilarining diqqat markazidan joy oldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi haqida taqdim etilgan ma\u02bclumotlar, namoyish qilingan filmlar, videoroliklar qatnashchilarda alohida qiziqish uyg\u02bbotdi. Markaz muzey ekspozitsiyalari, boy qo\u02bblyozmalar va kitoblar xazinasi, ilmiy tadqiqotlar, xalqaro hamkorlik loyihalari, raqamli texnologiyalar va ma\u02bcrifiy tashabbuslarni birlashtirgan ilmiy-madaniy majmua sifatida shakllantirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilmiy-madaniy meros \u2014 sivilizatsiyalar o\u02bbrtasidagi ko\u02bbprik<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Parij anjumanida bildirilgan mulohazalar O\u02bbzbekistonda kechayotgan ma\u02bcrifiy jarayonlarga xalqaro hamjamiyatning qiziqishi muntazam ortib borayotganidan darak berdi. Xususan, ICESCO bosh direktori Salim al-Malik o\u02bbz ma\u02bcruzasida islom tamadduni tinchlik, birodarlik, madaniyat va ilm-fan sivilizatsiyasi ekanini alohida ta\u02bckidladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Madaniy meros xalqlar, avlodlar va sivilizatsiyalar o\u02bbrtasida ko\u02bbprik vazifasini bajaradi. Ilm-fan hamda ta\u02bclimga tayangan hamkorlik esa turli madaniyat va jamiyatlar o\u02bbrtasida o\u02bbzaro anglashuvni mustahkamlaydi. Bu borada O\u02bbzbekiston rahbari muhtaram Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar diqqatga sazovor, \u2014 dedi u.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">IRCICA bosh direktori, professor Mahmud Erol Qilich esa \u201cMa\u02bcnaviy meros, tafakkur uyg\u02bbonishi va zamonaviy taraqqiyot\u201d nomli ma\u02bcruzasida tarixiy tajriba va ma\u02bcnaviy qadriyatlarga bugungi dunyo ehtiyojlari nuqtayi nazaridan yondashish muhimligini qayd etdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Italiyaning Milan Dizayn universiteti professori Mario Taddeining Xorazmiy, Ibn Sino, Beruniy singari buyuk allomalarning Yevropa uyg\u02bbonish davri, ayniqsa, Leonardo da Vinchi kashfiyotlariga katta turtki bergani haqidagi ma\u02bcruzasi ham yig\u02bbilganlarda katta qiziqish uyg\u02bbotdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Parijdagi taqdimot O\u02bbzbekistonning tarixiy merosini namoyish etish bilan birga, jahon ilm-fani taraqqiyotida mamlakatimiz tutgan muhim o\u02bbrinni qayta anglashga chorlagan xalqaro voqeaga aylandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Olti asrlik tarixga ega diplomatik muloqot<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Parijdagi tadbirlarning ikkinchi kuni \u2014 8-oktyabrda O\u02bbzbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasida sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligiga bag\u02bbishlangan xalqaro ilmiy anjuman bo\u02bblib o\u02bbtdi. Tarix sahifalariga nazar tashlasak, Amir Temurning Yevropa davlatlari bilan aloqalari orasida Fransiya alohida o\u02bbrin tutganiga guvoh bo\u02bblamiz. Sohibqiron bilan Fransiya qiroli Karl VI o\u02bbrtasida diplomatik yozishmalar olib borilgani ma\u02bclum. Bu maktublar bir-biridan minglab chaqirim uzoqda joylashgan ikki siyosiy kuch o\u02bbrtasidagi munosabatlardan darak beruvchi tarixiy hujjatlardir. Ular O\u02bbrta asrlardayoq Sharq va G\u02bbarb o\u02bbrtasida faol diplomatik aloqalar mavjud bo\u02bblganini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fransiyada Amir Temur va temuriylar tarixini o\u02bbrganishning o\u02bbziga xos ilmiy an\u02bcanalari shakllangan. Anjumanda bu yo\u02bbnalishda uzoq yillardan buyon izlanish olib borayotgan taniqli fransuz olimlari ishtirok etdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jumladan, Temuriylar san\u02bcati va tarixi assotsiatsiyasi prezidenti Frederik Bopertyui-Bressan Amir Temurning san\u02bcat va madaniyat homiysi sifatidagi faoliyati haqida ma\u02bcruza qildi. Uning bu boradagi ko\u02bbp yillik mehnati alohida e\u02bctiborga molik. O\u02bbtgan asrning 80-yillaridan buyon temuriylar merosini targ\u02bbib etishga hissa qo\u02bbshib kelayotgan tadqiqotchi \u201cTemuriylar\u201d jurnali orqali ham Fransiya ilmiy jamoatchiligida ushbu mavzuga qiziqish uyg\u02bbonishiga hissa qo\u02bbshgan. Anjumanda O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan mazkur nashrning o\u02bbttiz yil davomida chop qilingan sonlarini jamlab, alohida to\u02bbplam shaklida nashr etish rejasi ma\u02bclum qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, Parijdagi Sharq tillari va sivilizatsiyalari milliy instituti \u2014 \u201cINALCO\u201d professori Katrin Pujol ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixoning mashhur safarnomasi yuzasidan chiqish qildi. Ma\u02bclumki, Klavixo XV asr boshlarida Samarqandga kelib, Amir Temur saroyidagi hayot, qabul marosimlari, shaharning qiyofasi va odamlarning urf-odatlari haqida qimmatli ma\u02bclumotlar qoldirgan. Bugun bu safarnoma tarixchilar uchun o\u02bbsha davr hayotini tasavvur qilish imkonini beruvchi muhim manbalardan biri sanaladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu tariqa bir anjumanda Amir Temur shaxsiyatiga turli ilmiy maktablar nigohidan yondashildi: tarixchi uchun u \u2014 davlat arbobi, sharqshunos uchun \u2014 tarixiy manbalar markazidagi shaxs, san\u02bcatshunos uchun \u2014 madaniyat homiysi, diplomatiya tadqiqotchisi uchun esa Sharq va G\u02bbarb aloqalari tarixidagi muhim siymo. Muloqotning ana shu ko\u02bbp qirraliligi uni yanada mazmunli qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilmiy anjuman doirasida \u201cTemuriylarning buyuk merosi: Markaziy Osiyo san\u02bcati, ilm-fani va madaniyati\u201d nomli ko\u02bbrgazma ham tashkil etildi. Ko\u02bbrgazmada temuriylar davrining me\u02bcmoriy va badiiy yutuqlari, kitobat san\u02bcati, ilm-fan va ma\u02bcrifat an\u02bcanalariga oid materiallar namoyish qilindi. Shuningdek, O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan tayyorlangan ilmiy hamda ilmiy-ommabop nashrlar xorijlik mehmonlarga taqdim etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbek allomalari yaratgan ilmiy maktablar va asarlar haqidagi kitoblarga qiziqish milliy merosimizning xalqaro ilmiy muhitda o\u02bbrganilishi uchun keng imkoniyatlar mavjudligini ko\u02bbrsatdi. Uchrashuvning yana bir o\u02bbziga xos jihati \u2014 ilmiy munozaralar an\u02bcanaviy o\u02bbzbek dasturxoni atrofida davom etdi. Samimiy suhbatlar rasmiy anjumanlarda boshlangan muloqotlarga yanada iliqlik bag\u02bbishladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buyuk ajdodlarning bebaho izlari<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Parij safari doirasidagi yana bir muhim uchrashuv Fransiya Milliy kutubxonasida bo\u02bblib o\u02bbtdi. Bu ma\u02bcrifat maskanining tarixi bir necha asrlarga borib taqaladi. Uning Sharq qo\u02bblyozmalari to\u02bbplami esa XVII asrdan boshlab muntazam boyitilgan. Xususan, Lyudovik XIV davrida arab, fors, turkiy va boshqa tillardagi asarlarni to\u02bbplashga katta e\u02bctibor berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu xazinada o\u02bbzbek xalqi tarixi va adabiyotiga oid bebaho manbalar ham saqlanadi. Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Haydar Xorazmiy singari buyuk shoir va mutafakkirlar asarlarining qo\u02bblyozma nusxalari ana shular jumlasidan. Uchrashuvda eski o\u02bbzbek tilidagi 150 dan ortiq qo\u02bblyozmalar haqida ma\u02bclumot berildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kutubxonadagi muloqot chog\u02bbida Sharq qo\u02bblyozmalari bo\u02bbyicha mutaxassis, bo\u02bblim rahbari Loran Erishe delegatsiya a\u02bczolariga nodir fondlar haqida ma\u02bclumot berdi. U O\u02bbzbekistonga tashrifi davomida mamlakatimizda madaniy merosni saqlash, o\u02bbrganish va ommalashtirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishganini bildirib, mazkur yo\u02bbnalishdagi o\u02bbzgarishlarni ijobiy baholadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston delegatsiyasi a\u02bczolari jahonning eng mashhur muzeylaridan biri \u2014 Luvrda ham bo\u02bblib, bu yerda saqlanayotgan tarixiy va badiiy eksponatlar bilan yaqindan tanishdi. Qadimgi Misr, Yunoniston, Rim, Sharq mamla-katlari tarixi va san\u02bcatidan hikoya qiluvchi bu osori-atiqalar tarixni alohida davlatlar doirasida emas, butun insoniyatning umumiy taraqqiyoti sifatida anglashga undaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tashrif davomida Parijdagi nufuzli diniy-ma\u02bcrifiy va madaniy muassasalardan biri \u2014 Parij Islom institutida ham muloqot o\u02bbtkazildi. Bir asrlik tarixga ega ushbu majmua 1926-yilda ochilgan bo\u02bblib, Fransiya musulmonlari hayotida muhim o\u02bbrin tutadi. Muassasa rahbari Shamsiddin Hofiz bilan bo\u02bblib o\u02bbtgan uchrashuvda O\u02bbzbekistonning islom sivilizatsiyasi tarixida tutgan beqiyos o\u02bbrni, buyuk allomalar merosi hamda diniy-ma\u02bcrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikr almashildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini barpo etish, uni YUNESKO, BMT singari nufuzli xalqaro tashkilotlar minbarlarida, dunyoning yetakchi davlatlarida keng targ\u02bbib qilish g\u02bboyasi bevosita Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga tegishli, \u2014 dedi O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi di-rektori Firdavs Abduholiqov ushbu safar yakunlariga to\u02bbxtalib. \u2014 Bugun biz bu tashabbusning amaliy samaralarini ko\u02bbrmoqdamiz. Bunday taqdimotlar orqali jahon hamjamiyati O\u02bbzbekistonning betakror ma\u02bcnaviy salohiyati, shonli o\u02bbtmishi, boy madaniy merosi, buyuk allomalarimizning jahon tamadduniga qo\u02bbshgan beqiyos hissasidan yana bir bor voqif bo\u02bblmoqda. Eng muhimi, biz dunyoga faqat buyuk tariximizni emas, balki ana shu merosga munosib bo\u02bblishga intilayotgan, ilm-fan, ma\u02bcrifat va xalqaro hamkorlikka ochiq Yangi O\u02bbzbekistonni ham namoyon etmoqdamiz.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Rustam JABBOROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy kotibi,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Zohidullo MUNAVVAROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bosh ilmiy xodimi.<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: \u201cXalq so\u02bbzi\u201d gazetasi 2026-yil 13-oktyabr, \u2116212-213 (9383-9384)<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekistonning buyuk sivilizatsiya merosi YUNESKO minbaridan jahonga namoyish etildi. Ikki kunlik xalqaro anjumanlar esa Sharq va G\u02bbarb o\u02bbrtasidagi ko\u02bbp asrlik ilmiy-madaniy muloqotning yangi sahifasini ochdi. Buyuk sivilizatsiyalar merosini asrab-avaylash, uni ilmiy asosda o\u02bbrganish va jahon hamjamiyatiga yetkazish O\u02bbzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilgari surayotgan ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy islohotlarning muhim yo\u02bbnalishlaridan. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan bunyod etilgan O\u02bbzbekistondagi Islom &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":53401,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53403"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=53403"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53403\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":53404,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53403\/revisions\/53404"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/53401"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=53403"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=53403"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=53403"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}