{"id":53392,"date":"2026-10-14T11:56:12","date_gmt":"2026-10-14T06:56:12","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53392"},"modified":"2026-10-14T11:56:12","modified_gmt":"2026-10-14T06:56:12","slug":"ma%ca%bcrifat-ilm-va-bag%ca%bbrikenglikka-tayangan-yondashuv","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53392&lang=oz","title":{"rendered":"MA\u02bcRIFAT, ILM VA BAG\u02bbRIKENGLIKKA TAYANGAN YONDASHUV"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi dunyo shiddat bilan o\u02bbzgarayotgan, axborot oqimi inson tafakkuri va dunyoqarashiga har qachongidan ko\u02bbra kuchliroq ta\u02bcsir ko\u02bbrsatayotgan murakkab bir davrda jamiyat xavfsizligi va barqarorligini ta\u02bcminlash masalasi faqat huquqiy yoki ma\u02bcmuriy choralar bilan cheklanib qolmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zero, jaholatning ildizi ko\u02bbp hollarda bilimsizlik, tor dunyoqarash, axborotni tanqidiy tahlil qila olmaslik, soxta va ishonchli manbalarni ajrata bilmaslik, shuningdek, ijtimoiy muammolar hamda buzg\u02bbunchi g\u02bboyalarning asl mohiyatini anglamaslik bilan bog\u02bbliq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu nuqtayi nazardan, \u201cJaholatga qarshi ma\u02bcrifat\u201d g\u02bboyasi oddiy shior emas, insonni bilim, mustaqil tafakkur, huquqiy va mediasavodxonlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, bag\u02bbrikenglik hamda ongli tanlov qobiliyati bilan qurollan-tirishga qaratilgan keng qamrovli yondashuvdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mamlakatimizda diniy-ma\u02bcrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni ham aynan shu yondashuv bilan uyg\u02bbunlashmoqda. Bu jarayonni shartli ravishda bir-biri bilan uzviy bog\u02bbliq bo\u02bblgan olti yo\u02bbnalishda ko\u02bbrish mumkin: huquqiy kafolat, ma\u02bcrifat va ta\u02bclim, ilmiy tadqiqot, profilaktika, konfessiyalararo bag\u02bbrikenglik hamda zamonaviy axborot muhiti bilan ishlash.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aynan ushbu omillarning uyg\u02bbunligi yangi O\u02bbzbekistonda shakllanayotgan diniy-ma\u02bcrifiy yondashuvning o\u02bbziga xos jihatlarini belgilab beradi. Diniy-ma\u02bcrifiy sohadagi islohotlarning birinchi sharti vijdon erkinligini ta\u02bcminlashdir. Inson e\u02bctiqodiga hurmat bilan munosabatda bo\u02bblish, uning diniy qarashlari bo\u02bbyicha erkin qaror qabul qilishi uchun huquqiy kafolatlar mavjudligi ma\u02bcrifiy va bag\u02bbrikeng jamiyatning muhim belgilaridan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mamlakatimizda bu boradagi huquqiy baza bosqichma-bosqich takomillashtirib borildi. Xususan, \u201cVijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi mazkur sohadagi munosabatlarni zamonaviy talablar asosida tartibga solish uchun huquqiy asoslarni yanada mustahkamladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Diniy-ma\u02bcrifiy sohani takomillashtirishga nisbatan kompleks yondashuv shakllanib, uning huquqiy, institutsional va ilmiy asoslarini qamrab olgan yaxlit tizim bosqichma-bosqich qaror topdi. Bu jarayon diniy-ma\u02bcrifiy sohaga munosabat alohida muammolarga javob berishdan ko\u02bbra, tizimli yondashuv asosida tashkil etilayotganini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ajdodlarimiz ilmni inson va jamiyat taraqqiyotining muhim omili sifatida qadrlagan. Shu jihatdan bugungi ma\u02bcrifiy yondashuvni tarixiy merosimizdagi ilm va ma\u02bcrifat an\u02bcanalarining zamonaviy davomi sifatida baholash mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2017-yil 19-sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Prezidentimiz \u201cBiz muqaddas dinimizni zo\u02bbravonlik va qon to\u02bbkish bilan bir qatorga qo\u02bbyadiganlarni qat\u02bciy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz\u201d, degan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur yondashuv muhim bir tamoyilni ifodalaydi: zo\u02bbravonlik va buzg\u02bbunchi g\u02bboyalarga qarshi kurash qat\u02bciy huquqiy choralar bilan bir qatorda, ularning tarqalishiga zamin yaratuvchi ijtimoiy va ma\u02bcrifiy omillarni bartaraf etishni ham qamrab olishi zarur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yangi O\u02bbzbekistondagi ma\u02bcrifiy yondashuvning yirik amaliy ifodalaridan biri Islom sivilizatsiyasi markazidir. Uning ahamiyatini faqat tarixiy merosni namoyish etuvchi majmua sifatida baholash masalaning mohiyatini to\u02bbliq ochib bera olmaydi. Markazning eng muhim vazifalaridan biri yurtimiz zaminida shakllangan ilmiy, diniy va madaniy merosni chuqur tadqiq qilish, zamonaviy ilmiy muomalaga kiritish, jahon jamoatchiligiga yetkazish hamda mazkur merosni bugunning dolzarb masalalari bilan uzviy bog\u02bblashdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu ma\u02bcnoda, markazning ochilishi nafaqat muhim tarixiy voqea, balki tarixiy merosga munosabatda yangicha yondashuv ifodasidir. Bu o\u02bbrinda ajdodlarimizning ilmga intilish, izlanish va insonparvarlik an\u02bcanalarini zamonaviy avlodning intellektual salohiyatiga aylantirish, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, markaz yangi O\u02bbzbekistondagi keng ko\u02bblamli ma\u02bcrifiy islohotlarning ham ramziy, ham amaliy ifodasi sifatida namoyon bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy va Bahouddin Naqshband nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlarining tashkil etilishi zamirida ham ulkan maqsadlar mujassam. Ularning faoliyati faqat boy tarixiy merosimizni muhofaza qilishdan iborat emas. Bugun noyob qo\u02bblyozma va manbalarni tadqiq etish, ularni ilmiy muomalaga kiritish hamda zamon talablari asosida o\u02bbrganish ushbu markazlarning bosh vazifasiga aylangan. Mazkur jarayon xalqaro ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bilan birga yurtimizda kuchli tadqiqot maktablarini shakllantirishga ham xizmat qilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayni markazlarning roli ikki tomonlama ahamiyatga ega: ular bir vaqtning o\u02bbzida ham tarixiy-diniy merosimizni chuqur o\u02bbrganadi, ham jamiyat uchun ishonchli ilmiy manbalarni tayyorlab beradi. Bugun markazlar tomonidan chop etilayotgan kitoblar, ilmiy asarlar va ommabop risolalar bu fikrimizning yorqin dalilidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Diniy-ma\u02bcrifiy sohadagi islohotlarni ta\u02bclim tizimidan ayro tasavvur qilib bo\u02bblmaydi. Oliy diniy ta\u02bclimda magistratura bosqichining joriy etilishi, shuningdek, o\u02bbquv dasturlarining zamonaviy talablar asosida takomillashtirilishi ham ushbu jarayonning muhim qismi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Diniy ta\u02bclim muassasalarida o\u02bbqitilayotgan fan dasturlarining yangilanishi va yangi avlod o\u02bbquv adabiyotlarining yaratilishi esa, o\u02bbz navbatida, diniy mutaxassislar tayyorlashga qo\u02bbyilayotgan talablarning o\u02bbzgarib borayotganini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun diniy mutaxassis faqat diniy manbalarni bilish bilan cheklanib qolmasligi kerak. U huquqiy savodxon, zamonaviy axborot muhitini tushunadigan, yoshlar bilan muloqot qila oladigan, ijtimoiy jarayonlarni teran anglaydigan va turli savollarga ilmiy asoslangan javob beradigan yetuk mutaxassis bo\u02bblishi zarur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom-xatiblarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining takomillashtirilishi, huquqiy va ijtimoiy-siyosiy fanlar bo\u02bbyicha maxsus modullarning joriy etilishi sohadagi ijobiy sifat o\u02bbzgarishlarining muhim ko\u02bbrinishidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Agar inson mustaqil fikrlash, axborotni tanqidiy baholash va dalillarni solishtirish qobiliyatiga ega bo\u02bblsa, uni soxta axborot va manipulyativ g\u02bboyalar ta\u02bcsiriga tushirish qiyinlashadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bois, insonning ishonchli va soxta manbalarni ajrata olishi, axborotni tanqidiy baholay bilishi, turli qarashlarni o\u02bbzaro solishtirishi, o\u02bbz huquq va majburiyatlarini chuqur anglashi, boshqa e\u02bctiqod vakillariga hurmat bilan munosabatda bo\u02bblishi hamda qabul qilgan qarorlari uchun mas\u02bculiyat his qilishi juda muhim. Aynan mana shu ko\u02bbnikmalar majmui jamiyatning ma\u02bcnaviy va intellektual barqarorligini yanada mustahkamlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun diniy-ma\u02bcrifiy ishlar mahalla, ta\u02bclim muassasalari, mehnat jamoalari va yoshlarga yaqinlashtirilgan holda tashkil etilmoqda. Bu jarayonda hududlarning o\u02bbziga xos xususiyatlari va mahalliy aholining ehtiyojlari to\u02bbliq inobatga olinmoqda. Zero, bir hududda axborot savodxonligi dolzarb masala bo\u02bblsa, boshqa bir hududda yoshlar bilan ishlash yoki oilaviy-ijtimoiy masalalar ustuvor ahamiyat kasb etishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bcrifiy ishlar yagona qolip asosida emas, balki auditoriya va hududning o\u02bbziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tashkil etilmoqda. Bu esa, o\u02bbz navbatida, ma\u02bcrifiy ishlarning mazmuni va shaklini joylardagi real ehtiyojlarga moslashtirish, amaliy ta\u02bcsirchanligini oshirish imkonini bermoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Diniy-ma\u02bcrifiy sohadagi ishlar mazmun va shakl jihatidan ham zamonaviy auditoriya ehtiyojlariga moslashib bormoqda. Ayniqsa, yoshlar bilan ishlash jarayonida faqat tayyor ma\u02bcruzalar bilan cheklanib qolmay, ochiq muloqot, savol-javob, fikr almashish va dalillar asosida xulosa chiqarishga yo\u02bbnaltirilgan yondashuvlarga ustuvor ahamiyat berilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bunday tadbirlarda ishtirokchilarning faol fikr bildirishi, savollar berishi va turli qarashlarni muhokama qilishi uchun barcha imkoniyat yaratilmoqda. Shu bois, ma\u02bcrifiy ishlarning samaradorligi faqat qamrov ko\u02bblami yoki ishtirokchilar soni bilan emas, balki ularda shakllangan bilim, qarash va ko\u02bbnikmalar darajasida ham baholanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yoshlarning axborotni asosan internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali qabul qilishi diniy-ma\u02bcrifiy sohada raqamli kontentning ahamiyatini yanada oshiryapti. Shu munosabat bilan mazkur sohada raqamli platformalar va ijtimoiy tarmoqlar orqali ma\u02bcrifiy kontent tarqatish amaliyoti kengayib bormoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu jarayonda asosiy e\u02bctibor kontentning soniga emas, balki uning sifati, tushunarliligi va muayyan auditoriya ehtiyojlariga mosligiga qaratilmoqda. Zero, zamonaviy axborot muhitida ma\u02bcrifiy kontentning ta\u02bcsirchanligi uning qancha ko\u02bbp tarqatilgani bilan birga insonga qanchalik to\u02bbg\u02bbri va ishonchli axborotni yetkaza olgani bilan ham belgilanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Internetdagi bo\u02bbshliqni, albatta, kimdir to\u02bbldiradi. Agar ishonchli, ilmiy asoslangan va ma\u02bcrifiy kontent yetarli bo\u02bblmasa, turli soxta talqinlar uchun maydon kengayib ketishi mumkin. Shu ma\u02bcnoda, auditoriya qayerda bo\u02bblsa, ma\u02bcrifat ham aynan o\u02bbsha yerda bo\u02bblishi kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Diniy-ma\u02bcrifiy sohadagi islohotlarni konfessiyalararo totuvlik va o\u02bbzaro hurmat muhitini shakllantirish jarayonidan ayro tasavvur qilib bo\u02bblmaydi. Ko\u02bbp millatli va ko\u02bbp konfessiyali jamiyatda turli e\u02bctiqod vakillarining o\u02bbzaro hurmat va hamjihatlik asosida yashashi ijtimoiy barqarorlikning eng muhim omillaridan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu nuqtayi nazardan, konfessiyalar ishi bo\u02bbyicha kengash faoliyati takomillashtirilib, hududiy mexanizmlar rivojlantirilmoqda hamda turli konfessiyalar o\u02bbrtasidagi muloqot va hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan ishlar izchil bajarilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bag\u02bbrikenglik \u2014 boshqa insonning huquqlari, e\u02bctiqodi va qarashlariga hurmat bilan munosabatda bo\u02bblish madaniyati. Shu ma\u02bcnoda, turli diniy konfessiyalarning yubileyi, madaniy-ma\u02bcrifiy va boshqa jamoatchilik tadbirlarini o\u02bbtkazish borasidagi amaliyot konfessiyalararo muloqot va o\u02bbzaro hamkorlik mexanizmlari mustahkam shakllanayotganini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bunday muloqot muhitining mustahkamlanishi turli e\u02bctiqod vakillari o\u02bbrtasida o\u02bbzaro hurmat va ishonchni kuchaytirishga, jamiyatda hamjihatlik va ijtimoiy barqarorlikni ta\u02bcminlashga xizmat qilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Amalga oshirilayotgan o\u02bbzgarishlarda fuqarolarning diniy ehtiyojlarini zamonaviy, qulay va qonuniy asosda ta\u02bcminlashga alohida e\u02bctibor qaratilmoqda. Haj va umra ziyoratlarini tashkil etishda qulayliklar oshirilishi, elektron xizmatlarning joriy qilinishi, diniy ta\u02bclim olish imkoniyatlarining kengayishi, shuningdek, diniy savollarga malakali javob olish imkoniyatining rivojlanishi shular jumlasidan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu jarayonlarda asosiy e\u02bctibor faqat tizim va institutlarning takomillashuviga emas, balki ularning inson uchun yaratayotgan amaliy imkoniyatlariga ham qaratilmoqda. Ya\u02bcni fuqaroning huquqlari, vaqti, turli ehtiyojlari, savollari va ma\u02bcnaviy talablari islohotlarning muhim mezonlari sifatida namoyon bo\u02bblmoqda. Zero, har qanday tizimning samarasi inson hayotini qanchalik yengillashtirib, uning huquq va ehtiyojlarini qay darajada ta\u02bcminlayotgani bilan belgilanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ajdodlarimiz merosini o\u02bbrganishda bosh maqsad faqat ularning nomini takrorlash yoki tarixiy xotirani tiklash bilan cheklanmaydi. Asosiy vazifa ular qoldirgan boy ilmiy meros, an\u02bcana va qadriyatlarni yangi avlodning intellektual salohiyatiga aylantirishdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband va boshqa ko\u02bbplab allomalarimizning merosi bugun yangi ilmiy tadqiqotlar obyektiga aylanmoqda. Bu jarayon tarixiy merosimizga munosabatning tubdan ijobiy tomonga o\u02bbzgarayotganini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur jarayonlarni yaxlit tizim sifatida ko\u02bbrsak, yangi O\u02bbzbekistonda shakllanayotgan yondashuvni shartli ravishda olti asosiy xususiyat bilan ifodalash mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Birinchidan<\/strong>, <strong>huquqiy kafolat.<\/strong>Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar faoliyati uchun huquqiy asoslarni takomillashtirish ma\u02bcrifiy muhitning institutsional poydevorini yaratadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ikkinchidan, ma\u02bcrifat va ta\u02bclim.<\/strong> Diniy bilimni zamonaviy ta\u02bclim, huquqiy va mediasavodxonlik hamda mustaqil fikrlash ko\u02bbnikmalari bilan uyg\u02bbunlashtirish insonning intellektual immunitetini kuchaytiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Uchinchidan, ilm-fan va tarixiy meros. <\/strong>Buyuk allomalarimiz merosini ilmiy tadqiq etish, qo\u02bblyozma va manbalarni o\u02bbrganish hamda ularni zamonaviy ilmiy muomalaga kiritish tarixiy xotirani intellektual resursga aylantiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>To\u02bbrtinchidan, profilaktika. <\/strong>Radikalizm va ekstremizmga qarshi kurashda huquqiy choralar bilan bir qatorda ta\u02bclim, yoshlar bilan muloqot, ijtimoiy qo\u02bbllab-quvvatlash va axborot savodxonligiga e\u02bctibor qaratish xavf-xatarlarning ildiz omillarini kamaytirishga qaratilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Beshinchidan, bag\u02bbrikenglik va muloqot.<\/strong>Turli konfessiya vakillarining o\u02bbzaro hurmati, ochiq muloqot va hamkorlik muhitini rivojlantirish ijtimoiy barqarorlikning eng muhim omillaridan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Oltinchidan, raqamli bilim va ma\u02bcrifat.<\/strong> Yoshlar va keng jamoatchilik axborotni asosan raqamli muhitdan olayotgan bugungi sharoitda ishonchli, sifatli va tushunarli ma\u02bcrifiy kontent yaratish yangi davr talabiga aylanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aynan ushbu yo\u02bbnalishlarning o\u02bbzaro uyg\u02bbunligi yangi O\u02bbzbekistonda shakllanayotgan yondashuvning asosiy xususiyatlarini belgilab beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Diniy-ma\u02bcrifiy sohadagi islohotlarning mazmuniga teran nazar tashlasak, ular bir-biri bilan uzviy bog\u02bbliq jarayonlarni qamrab olganini ko\u02bbramiz. Bularning barchasini birlashtirib turgan bosh g\u02bboya esa \u201cJaholatga qarshi ma\u02bcrifat\u201ddir. Uning mazmuni oddiy, ammo strategik ahamiyati juda katta: insonga tayyor fikr berish emas, balki uni mustaqil fikrlay oladigan darajaga yetkazish; bilim bilan qurollantirish; zararli g\u02bboyalarga qarshi faqat taqiqlar bilan emas, sog\u02bblom dunyoqarash bilan qarshi turish; shuningdek, tarixni shunchaki eslash emas, undan kelajak uchun intellektual kuch va ozuqa olishdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu ma\u02bcnoda, jaholatga qarshi kurashning eng ishonchli yo\u02bbli faqat uning oqibatlari bilan emas, balki sabablari va ildizlari bilan ishlashdir. Bu esa uzoq muddatli yondashuvni talab qiladi. Chunki ma\u02bcrifat bir kunda natija bermaydi. Ammo insonda mustaqil tafakkur, bilim va mas\u02bculiyat shakllansa, bu natija jamiyatning uzoq muddatli barqarorligiga xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilhom MA\u02bcRUPOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Din ishlari bo\u02bbyicha qo\u02bbmita raisining maslahatchisi<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi 2026-yil 14 oktyabr, \u2116212 (1811)<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi dunyo shiddat bilan o\u02bbzgarayotgan, axborot oqimi inson tafakkuri va dunyoqarashiga har qachongidan ko\u02bbra kuchliroq ta\u02bcsir ko\u02bbrsatayotgan murakkab bir davrda jamiyat xavfsizligi va barqarorligini ta\u02bcminlash masalasi faqat huquqiy yoki ma\u02bcmuriy choralar bilan cheklanib qolmaydi. Zero, jaholatning ildizi ko\u02bbp hollarda bilimsizlik, tor dunyoqarash, axborotni tanqidiy tahlil qila olmaslik, soxta va ishonchli manbalarni ajrata bilmaslik, shuningdek, ijtimoiy &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":53390,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53392"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=53392"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53392\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":53393,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53392\/revisions\/53393"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/53390"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=53392"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=53392"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=53392"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}