{"id":53357,"date":"2026-10-19T11:01:36","date_gmt":"2026-10-19T06:01:36","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53357"},"modified":"2026-10-13T11:55:46","modified_gmt":"2026-10-13T06:55:46","slug":"kasb-hunarni-mukammal-egallash-farovon-hayot-va-yuksak-ma%ca%bcnaviyat-garovi-2-qism","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53357&lang=oz","title":{"rendered":"KASB-HUNARNI MUKAMMAL EGALLASH \u2013 FAROVON HAYOT VA YUKSAK MA\u02bcNAVIYAT GAROVI (2-qism)"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Yoshlarni kasb-hunarga yo\u02bbnaltirish \u2013 kelajakka investitsiya<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yoshlar mustaqil hayotga tayyor bo\u02bblishi, kelajakda jamiyatda o\u02bbziga munosib o\u02bbrin egallashi, el-yurtga naf keltirishi ularning kasbni to\u02bbg\u02bbri tanlashi bilan chambarchas bog\u02bbliq. Shuning uchun bu borada yosh avlodga yordam berish, qiziqishi, qobiliyati va imkoniyatlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Negaki, yoshlarni kasb-hunarga yo\u02bbnaltirishni tom ma\u02bcnoda kelajakka yo\u02bbnaltirilgan investitsiya deyish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kasb tanlashda faqat oila a\u02bczolari, do\u02bbstlar yoki atrofdagi yaqin shaxslarning fikriga ergashish, muayyan kasbni obro\u02bbli (\u201cmoyli\u201d) deb bilib, o\u02bbzining asl qiziqishini e\u02bctiborsiz qoldirish to\u02bbg\u02bbri emas. Inson o\u02bbz qobiliyati, jismoniy salohiyati, qiziqishi va kelajakdagi maqsadlarini hisobga olishi lozim. Shu bilan birga, tanlanayotgan sohaning jamiyat uchun ahamiyati va rivojlanish istiqbollarini ham o\u02bbrganish maqsadga muvofiqdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ota-ona farzandning kasb tanlashida uni qo\u02bbllab-quvvatlashi, bolaning qiziqishlarini bilishi va hurmat bilan yondashishi, to\u02bbg\u02bbri maslahat berishi zarur. Farzandni o\u02bbzi istamagan kasbga majburan yo\u02bbnaltirish o\u02bbrniga, undagi mavjud qobiliyatlarni rivojlantirish va mustaqil qaror qabul qilishiga ko\u02bbmaklashish samaraliroqdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ta\u02bclim muassasalari esa yoshlarga turli kasblar haqida xolis ma\u02bclumot berish, kasbga yo\u02bbnaltirish mashg\u02bbulotlarini tashkil etish, korxona va tashkilotlarga turlar uyushtirish, mutaxassislar bilan uchrashuvlar o\u02bbtkazish orqali ularning kasbiy tasavvurini kengaytirishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirgi sharoitda axborot texnologiyalari, dasturlash, muhandislik, tibbiyot, ta\u02bclim, qishloq xo\u02bbjaligi, xizmat ko\u02bbrsatish va hunarmandlik kabi sohalarda malakali kadrlarga ehtiyoj mavjud. Biroq qaysi soha tanlanishidan qat\u02bci nazar, yoshlar puxta bilim olish, mehnat qilish va malakasini doimiy oshirib borishga tayyor bo\u02bblishi kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, yoshlarga faqat kasb egallashni emas, balki tadbirkorlik, moliyaviy va yuridik savodxonlik, jamoa bilan ishlash, muammolarni murosa bilan hal qilish va muloqot madaniyatini ham o\u02bbrgatish zarur. Bu ko\u02bbnikmalar ularning kelajakda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga yordam beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yoshlarni kasb-hunarga yo\u02bbnaltirish ishsizlikni kamaytirish, oilalar farovonligini oshirish, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, kasbli va bilimli yoshlar jamiyatning ishonchli tayanchiga aylanadi. Zotan, yurtning ertasi ham o\u02bbshalardir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalqimizda yoshlarni kasb-hunarga yo\u02bbnaltirishda azaldan ustoz-shogird an\u02bcanasiga alohida e\u02bctibor berilgan. Hunarmandlik, kulollik, zargarlik, duradgorlik, to\u02bbquvchilik va boshqa ko\u02bbplab sohalarda yoshlar tajribali ustozlardan ta\u02bclim olib, kasb sirlarini o\u02bbrgangan. Ustoz shogirdga faqat ish usullarini emas, balki mehnat madaniyati, halollik, sabr, kamtarlik va mas\u02bculiyatni ham o\u02bbrgatgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ustozning hayotiy tajribasi shogird uchun katta maktabdir. U kasbiy faoliyatda yo\u02bbl qo\u02bbyilishi mumkin bo\u02bblgan xatolarni ko\u02bbrsatib beradi va sabablarini tushuntiradi, murakkab vazifalarni bajarish usullarini o\u02bbrgatadi va (hadiksiramasdan) mustaqil qaror qabul qilishga ko\u02bbniktiradi. Albatta, shogird ham ustozning nasihatlarini diqqat bilan tinglashi, berilgan topshiriqlarni sidqidildan bajarishi va o\u02bbrganishdan charchamasligi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi kunda kasb-hunar ta\u02bclimi muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy tashkilotlar va turli xizmat ko\u02bbrsatish sohalarida ustoz-shogird an\u02bcanasi katta ahamiyatga ega. Nazariy ta\u02bclimni amaliy tajriba bilan uyg\u02bbunlashtirish yoshlarning mehnat bozoriga moslashishi va kasbiy mahoratini oshirishda muhim o\u02bbrin tutadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayniqsa, yosh mutaxassislarga tajribali xodimlarni biriktirish, ularga amaliy vazifalar berish, ish natijalarini tahlil qilish va xatolarini to\u02bbg\u02bbri tushuntirish samarali usullardan hisoblanadi. Bunda ustozning shaxsiy namunasi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Zero, shogird ko\u02bbpincha ustozning gapidan ko\u02bbra uning amaliy faoliyati, ishga munosabati va odamlar bilan muomalasidan ko\u02bbproq narsa o\u02bbrganadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bois ustozlarni qadrlash, ularning tajribasini yosh avlodga yetkazish va kasb-hunar an\u02bcanalarini asrab-avaylash jamiyatning muhim vazifalaridan biri sanaladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kasbni mukammal egallashda ustoz ko\u02bbrsatmalari bilan birga ishni puxta bajarish ham muhim o\u02bbrin tutadi. Haqiqiy mutaxassis o\u02bbz mehnatining natijasi uchun mas\u02bculiyatni his etishi, odamlarga naf keltirishni maqsad qilishi va o\u02bbz faoliyatida halollikni ustuvor bilishi kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Masalan, shifokorning bilimi va mahorati inson salomatligiga, quruvchining mas\u02bculiyati binoning mustahkamligiga, haydovchining intizomi yo\u02bblovchilar xavfsizligiga, o\u02bbqituvchining mahorati esa yosh avlodning kelajagiga bevosita ta\u02bcsir qiladi. Ya\u02bcni, kasbiy xatolarga beparvo qarash, vazifani yuzaki bajarish yoki shaxsiy manfaatni jamiyat manfaatidan ustun qo\u02bbyish salbiy oqibatlarga olib kelishi hech gap emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Halollik kasb egasining eng muhim fazilatlaridan biri bo\u02bblishi kerak, jo\u02bbralar. Halol mutaxassis ish vaqtidan unumli foydalanadi, zimmasidagi vazifani vijdonan bajaradi, xizmat yoki mahsulot sifatini ta\u02bcminlaydi va o\u02bbz imkoniyatlarini soxta qilib ko\u02bbrsatmaydi. U o\u02bbz mehnatining qadrini biladi va boshqalarning mehnatini ham hurmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kasbiy mahorat bilan ma\u02bcnaviy yetuklikning uyg\u02bbunligi insonni haqiqiy mutaxassis darajasiga olib chiqadi. Bilimli, ammo mas\u02bculiyatsiz tanballik qilib, inson o\u02bbz salohiyatidan to\u02bbliq foydalanmaydi. Aksincha, bilim, mahorat, odob va vijdonni o\u02bbzida mujassam etgan mutaxassis jamoada ishonch qozonadi, obro\u02bb-e\u02bctibor topadi va uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu ma\u02bcnoda, kasb-hunarni mukammal egallash insonning o\u02bbz oldidagi vazifasi bo\u02bblish bilan birga, jamiyat va xalq oldidagi mas\u02bculiyati hamdir. Har bir kasb egasi o\u02bbz sohasida halol va sifatli mehnat qilsa, umumiy taraqqiyotga munosib hissa qo\u02bbshgan bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilib aytganda, kasb-hunarni mukammal egallash inson kamoloti, oila farovonligi va jamiyat taraqqiyotining muhim shartlaridan biridir. Kasbli inson o\u02bbz mehnati bilan hayot kechirish, oilasini ta\u02bcminlash, boshqalarga yordam berish va jamiyatda munosib o\u02bbrin egallash imkoniyatiga ega bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biroq kasbiy muvaffaqiyatga erishish uchun muayyan hunarni o\u02bbrganishning o\u02bbzi kifoya qilmaydi. Buning uchun mustahkam bilim, amaliy tajriba, sabr-toqat, intizom, mas\u02bculiyat, halollik va doimiy izlanish talab etiladi. Shu bois zamon talablardan kelib chiqib, o\u02bbz malakasini muntazam oshirib borish ham har bir mutaxassisning muhim vazifasi hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayniqsa yosh avlodni kasb-hunarga yo\u02bbnaltirish, qalbida mehnatsevarlik hissi va mustaqil qarorlar qabul qilish ko\u02bbnikmasini shakllantirish, ustoz-shogird an\u02bcanalarini rivojlantirish va kasbiy odobni tarbiyalashga alohida e\u02bctibor qaratish lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom ta\u02bclimoti halol mehnatni, o\u02bbz qo\u02bbl mehnati bilan rizq topish va insonlarga naf keltirishni yuksak qadriyat sifatida e\u02bctirof etadi. Demak, kasbni puxta egallash, uni halollik va vijdon bilan ado etish insonning moddiy farovonligi bilan birga ma\u02bcnaviy kamolotiga ham xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qaysi sohada faoliyat yuritishidan qat\u02bci nazar, har bir inson o\u02bbz ishining haqiqiy ustasi bo\u02bblishga intilishi, mehnatini qadrlashi va kasbiy mahoratini doimo takomillashtirib borishi zarur. Zero, kasbni bilish \u2013 imkoniyat, kasbni mukammal egallash \u2013 mahorat, uni halol va vijdonan bajarish esa yuksak fazilatdir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Qur\u02bconi karim. Najm surasi, 39-oyat.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Imom Buxoriy. \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d. 2072-hadis.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasining \u201cTa\u02bclim to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qonuni. 2020-yil 23-sentyabr. \u201cO\u02bbRQ-637-son Qonuni\u201d. 9-modda. \u201cUmumiy o\u02bbrta va o\u02bbrta maxsus ta\u02bclim\u201d.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasining \u201cAholi bandligi to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qonuni. 2020-yil 20-oktyabr. \u201cO\u02bbRQ-642-son Qonuni\u201d. 3-modda. \u201cKasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish milliy tizimi\u201d. \/\/ 63-modda. \u201cKasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malaka oshirishga doir davlat buyurtmasi\u201d.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Kasb-hunar ta\u02bclimi, mehnat tarbiyasi va shaxs kamolotiga oid ilmiy-uslubiy adabiyotlar.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><strong>Nodir QOBILOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yoshlarni kasb-hunarga yo\u02bbnaltirish \u2013 kelajakka investitsiya Yoshlar mustaqil hayotga tayyor bo\u02bblishi, kelajakda jamiyatda o\u02bbziga munosib o\u02bbrin egallashi, el-yurtga naf keltirishi ularning kasbni to\u02bbg\u02bbri tanlashi bilan chambarchas bog\u02bbliq. Shuning uchun bu borada yosh avlodga yordam berish, qiziqishi, qobiliyati va imkoniyatlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Negaki, yoshlarni kasb-hunarga yo\u02bbnaltirishni tom ma\u02bcnoda kelajakka yo\u02bbnaltirilgan investitsiya deyish mumkin. Kasb &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":53353,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[4106,639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53357"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=53357"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53357\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":53358,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53357\/revisions\/53358"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/53353"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=53357"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=53357"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=53357"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}