{"id":53352,"date":"2026-10-15T11:01:05","date_gmt":"2026-10-15T06:01:05","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53352"},"modified":"2026-10-13T11:40:15","modified_gmt":"2026-10-13T06:40:15","slug":"kasb-hunarni-mukammal-egallash-farovon-hayot-va-yuksak-ma%ca%bcnaviyat-garovi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53352&lang=oz","title":{"rendered":"KASB-HUNARNI MUKAMMAL EGALLASH \u2013 FAROVON HAYOT VA YUKSAK MA\u02bcNAVIYAT GAROVI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Har qanday kasbni mukammal egallash uchun insonda qator muhim fazilat va ko\u02bbnikmalar shakllangan bo\u02bblishi zarur<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson hayotida kasb-hunarning o\u02bbrni beqiyos. Kasb nafaqat tiriklik manbai, balki shaxsning jamiyatdagi o\u02bbrnini belgilaydigan, qobiliyati va salohiyatini namoyon etadigan muhim omillardan biridir. Inson muayyan kasbni egallash orqali o\u02bbz hayotini mazmunli tashkil etadi, oilasi farovonligini ta\u02bcminlaydi va jamiyat taraqqiyotiga hissa qo\u02bbshadi. Shu bois kasb-hunar o\u02bbrganish, puxta egallash va o\u02bbz sohasining yetugi bo\u02bblish har bir inson oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ammo bugungi tezkor taraqqiyot, ilm-fan va texnologiyalar jadal rivojlanayotgan davrda kasb-hunarni egallashning o\u02bbzi yetarli emas. Shiddatli davr bilan hamqadam bo\u02bblish uchun endi tanlangan soha bo\u02bbyicha chuqur bilimga ega bo\u02bblish, amaliy ko\u02bbnikmalarni takomillashtirish, unga aloqador ilg\u02bbor texnologiyalarni o\u02bbzlashtirish va doimiy ravishda yangilanish va izlanish taqozo qilinyapti. Chunki zamon o\u02bbzgargani sari mehnat bozoridagi talablar ham yangilanib bormoqda. Bunday sharoitda o\u02bbz kasbining ustasi bo\u02bblgan, mas\u02bculiyatli, halol va tashabbuskor inson ko\u02bbproq qadrlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kasb-hunarni mukammal egallash masalasi nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy va ma\u02bcnaviy ahamiyatga ham ega. Zero, hunarli inson o\u02bbz mehnati bilan rizq topadi, boshqalarga naf keltiradi, yoshlarga ibrat bo\u02bbladi va jamiyatda mehnatsevarlik muhiti shakllanishiga xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Kasb-hunar \u2013 inson kamoloti va ayni paytda jamiyat ravnaqining muhim omili sanaladi. <\/strong>Kasb insonning muayyan sohadagi faoliyati, hunar esa shu faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo\u02bblgan amaliy mahorat va ko\u02bbnikmalar majmuidir. Har qanday kasbni egallash uchun bilim, sabr-toqat, mashq, tajriba va mas\u02bculiyat talab etiladi. Inson biror hunarni o\u02bbrganishni boshlaganida dastlab oddiy vazifalarni bajaradi, vaqt o\u02bbtishi bilan tajribasi oshib, murakkab ishlarni ham mustaqil ravishda va sifatli qilib amalga oshiradigan darajaga yetadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kasbni mukammal egallash bir kunlik riyozat emas. Bu uzoq davom etadigan ta\u02bclim, izlanish va o\u02bbz ustida ishlash jarayonidir. Haqiqiy mutaxassis faqat o\u02bbz vazifasini bajarish bilan cheklanmaydi, balki uni yanada sifatli, samarali va zamonaviy usullarda amalga oshirish yo\u02bbllarini ham izlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jamiyat taraqqiyoti turli kasb egalarining mehnatiga bog\u02bbliq. Muallim bilimli avlodni tarbiyalaydi, shifokor jamiyatda salomatlikni muhofaza qiladi, dehqon xalq dasturxonini to\u02bbldiradi, quruvchi bino va inshootlar barpo etadi, muhandis ishlab chiqarishni rivojlantiradi, dasturchi raqamli texnologiyalarni takomillashtiradi. Daromadi, nufuzi va boshqa jihatlari qanday bo\u02bblishidan qat\u02bci nazar har bir kasbning jamiyat hayotida o\u02bbz o\u02bbrni va ahamiyati bor. Temirchi har qancha zo\u02bbr pichoq yasamasin, qassoblikni boshqaga topshiradi. Lekin qassob ham sochini o\u02bbzi kaltartirmaydi, sartaroshga boradi. Hatto yondosh kasb egalari ham bir-biriga muhtoj bo\u02bbladi, deylik, montyor odam uyidagi suv quvurini o\u02bbzi sozlamaydi, o\u02bbsha har kuni ko\u02bbrishib turadigan santexnik do\u02bbstini yordamga chaqiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuning uchun kasblarni faqat daromad miqdori yoki tashqi nufuzi bilan baholash to\u02bbg\u02bbri emas. Kasbning qadri, avvalo, u orqali insonlarga qanday naf yetkazilishi, qanday sifatli mahsulot yoki xizmat yaratilishi, eng muhimi, mijozning qanoati va qoniqishi bilan belgilanadi. O\u02bbz vazifasini vijdonan bajaradigan, mehnatiga mas\u02bculiyat bilan yondashadigan har bir mutaxassis hurmatga loyiqdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom ta\u02bclimotida mehnat va hunarning qadri alohida ahamiyatga ega. Halol mehnat, rizqni halol yo\u02bbl bilan topish, o\u02bbz zimmasidagi vazifalarni sidqidildan bajarish ibodat darajasidagi amallar sanalib, muhim axloqiy tamoyillardan hisoblanadi. Qur\u02bconi karimda insonning sa\u02bcy-harakatlari va amallariga alohida e\u02bctibor qaratilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo bunday marhamat qiladi: <strong>\u201cInsonga faqat o\u02bbzi qilgan harakatigina <\/strong>(mansub)<strong> bo\u02bblur\u201d<\/strong> (<em>Najm surasi, 39-oyat<\/em>).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu oyat inson o\u02bbz oldiga qo\u02bbygan maqsadlariga erishish uchun harakat qilishi, mas\u02bculiyatni zimmasiga olishi, mehnat qilishi, riyozat chekishi lozimligini anglatadi. Kasb-hunarni mukammal egallash ham aynan shunday sa\u02bcy-harakat, intizom va sabrni talab qiladigan ibodat sanaladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallam halol mehnatning fazilatini alohida ta\u02bckidlaganlar: <strong><em>\u201cHech kim hech qachon o\u02bbz qo\u02bbli bilan topgan rizqidan yaxshiroq taom yemagan\u201d<\/em><\/strong> (<em>Imom Buxoriy rivoyati<\/em>).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu hadis insonning o\u02bbz mehnati bilan kun kechirishni, halol yo\u02bbl bilan rizq topishi va boshqalarga qaram bo\u02bblib qolmasligi naqadar muhim ekanini ko\u02bbrsatadi. Demak, kasb-hunar o\u02bbrganish va uni puxta egallash nafaqat dunyoviy ehtiyojlarni ta\u02bcminlash, balki halollik, mas\u02bculiyat va mustaqillik kabi fazilatlarni qaror toptirishga ham xizmat qilar ekan, agar bilsalaring.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom tarixida payg\u02bbambarlar va solih kishilar o\u02bbz mehnati bilan kun kechirgani haqida ko\u02bbplab ma\u02bclumotlar bor. Jumladan, \u201cSahihul Buxoriy\u201dda Dovud alayhissalom qo\u02bbl mehnati bilan topgan rizqdan taomlanganlari bayon etilgan. Bunday ma\u02bclumotlar mehnat qilish va hunar orqali halol rizq topish yuksak qadriyat ekanini anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, islom axloqida (qabul qiluvchi o\u02bbta ziyrak va sinchkov bo\u02bblmaganda ham) ishni puxta bajarish, (ro\u02bbparadagi kishi unutuvchan yo mayda narsalarga bee\u02bctibor bo\u02bblsa ham) omonatga xiyonat qilmaslik, (vaj keltirish va uyalib qolmaslik yo\u02bblini topish juda oson bo\u02bblganda ham) va\u02bcdaga vafo qilish va insonlarga (hatto yomonlikka javob qaytarishga mutlaqo ojiz bo\u02bblgan toifalarga ham) zarar yetkazmaslik muhim o\u02bbrin tutadi. Har qanday kasb egasi o\u02bbz faoliyatida shu tamoyillarga amal qilsa, mehnati nafaqat moddiy samara beradi, balki ma\u02bcnaviy qadriyat ham kasb etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kasbni mukammal egallashning bir necha shartlari mavjud bo\u02bblib, biror kasbni mukammal egallash uchun insonda qator muhim fazilat va ko\u02bbnikmalar shakllangan bo\u02bblishi zarur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Birinchidan, yaxshi bilimga ega bo\u02bblish kerak. Har qanday kasbda amaliy faoliyatni to\u02bbg\u02bbri tashkil etish uchun nazariy asoslarni bilish zarur. Shuning uchun kasb-hunar o\u02bbrganish jarayonida faqat amaliy mashqlar bilan cheklanib qolmasdan, sohaga oid nazariy bilimlarni ham chuqur o\u02bbzlashtirish lozim. Hatto o\u02bbta mexanik ish bo\u02bblib ko\u02bbringan g\u02bbisht quyishda ham loyning qanchalar pishgani, suyuq-quyuqligi, qolipning noto\u02bbg\u02bbri-noto\u02bbg\u02bbriligi, qumning holati va boshqa jihatlar bilan bog\u02bbliq ma\u02bclumotlarni bilish kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ikkinchidan, amaliy tajriba orttirish muhimdir. Bilim tajriba bilan mustahkamlanmasa, uni hayotda samarali qo\u02bbllash qiyin bo\u02bbladi. Shu sababli shogirdlik, ustoz bilan ishlash, mashg\u02bbulotlarda faol qatnashish va mustaqil vazifalarni bajarish kasbiy mahoratni oshirishning muhim vositalari sanaladi. O\u02bbzimizdan qiyos \u2013 bir-ikki oy rulga o\u02bbtirmasak, keyin dabdurustdan mashina haydashga to\u02bbg\u02bbri kelib qolsa, hiyla dovdirashimiz \u2013 bor gap.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uchinchidan, sabr-toqat va qat\u02bciyat talab etiladi. Har bir sohani o\u02bbrganish jarayonida qiyinchiliklar, xatolar va muvaffaqiyatsizliklar uchrashi tabiiy. Bunday paytlarda tushkunlikka tushmasdan, xatolardan xulosa chiqarish va yanada ko\u02bbproq harakat qilish zarur. Mukammallikka intilish yo\u02bblidagi har bir qiyinchilik inson uchun tajriba maktabi vazifasini o\u02bbtaydi. \u201cMen muvaffaqiyatsizlikka uchraganim yo\u02bbq, tajribam oshyapti, xolos\u201d degan tamoyil bilan yondashish eng to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbldir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">To\u02bbrtinchidan, kasbiy yetuklikning muhim belgilari \u2013 intizom va mas\u02bculiyat. Ishga o\u02bbz vaqtida kelish, vazifalarni belgilangan muddatda bajarish, mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish va ish natijasi uchun javobgarlikni his etish har bir mutaxassisning nafaqat rahbariyat yo jamoa, balki avvalo o\u02bbz vijdoni oldidagi burchidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Beshinchidan, doimiy o\u02bbqib-o\u02bbrganish va mudom yangilikka intilish lozim. Hozirgi davrda yangi texnologiyalar, raqamli vositalar va ish usullari tez sur\u02bcatlarda rivojlanmoqda. Kechagi bilim bugungi talablarga to\u02bbliq javob bermasligi mumkin. Shuning uchun kasb egasi o\u02bbz sohasidagi yangiliklardan xabardor bo\u02bblib borishi, malakasini muttasil oshirishi va zamonaviy talablarga moslashib borishi zarur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oltinchidan, kasbiy odob va halollikka amal qilish kerak. Mutaxassisning mahorati mehnatining mahsuli bilangina emas, balki odamlar bilan muomalasi, vijdonliligi, adolatliligi va ishonchni qay darajada oqlashi bilan ham o\u02bblchanadi. Mijozni aldamaslik, ish sifatini sun\u02bciy ravishda pasaytirmaslik, boshqalarning haqqi yo ishonchini poymol qilmaslik va kasbiy sirlarni saqlash yuksak axloq belgilaridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, kasbiy mahorat bilim, tajriba, intizom, axloq va doimiy izlanishning uyg\u02bbunligi asosida shakllanar ekan, birodarlar. <em>(davomi bor).<\/em><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Qur\u02bconi karim. Najm surasi, 39-oyat.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Imom Buxoriy. \u201cAl-Jome\u02bc as-sahih\u201d. 2072-hadis.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasining \u201cTa\u02bclim to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qonuni. 2020-yil 23-sentyabr. \u201cO\u02bbRQ-637-son Qonuni\u201d. 9-modda. \u201cUmumiy o\u02bbrta va o\u02bbrta maxsus ta\u02bclim\u201d.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasining \u201cAholi bandligi to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qonuni. 2020-yil 20-oktyabr. \u201cO\u02bbRQ-642-son Qonuni\u201d. 3-modda. \u201cKasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish milliy tizimi\u201d. \/\/ 63-modda. \u201cKasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malaka oshirishga doir davlat buyurtmasi\u201d.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Kasb-hunar ta\u02bclimi, mehnat tarbiyasi va shaxs kamolotiga oid ilmiy-uslubiy adabiyotlar.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Nodir QOBILOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Har qanday kasbni mukammal egallash uchun insonda qator muhim fazilat va ko\u02bbnikmalar shakllangan bo\u02bblishi zarur Inson hayotida kasb-hunarning o\u02bbrni beqiyos. Kasb nafaqat tiriklik manbai, balki shaxsning jamiyatdagi o\u02bbrnini belgilaydigan, qobiliyati va salohiyatini namoyon etadigan muhim omillardan biridir. Inson muayyan kasbni egallash orqali o\u02bbz hayotini mazmunli tashkil etadi, oilasi farovonligini ta\u02bcminlaydi va jamiyat taraqqiyotiga hissa qo\u02bbshadi. &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":53353,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[4106,639],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53352"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=53352"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53352\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":53354,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53352\/revisions\/53354"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/53353"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=53352"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=53352"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=53352"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}