{"id":53318,"date":"2026-10-13T09:08:25","date_gmt":"2026-10-13T04:08:25","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53318"},"modified":"2026-10-13T09:08:25","modified_gmt":"2026-10-13T04:08:25","slug":"diniy-hukm-chiqarishda-hadis-hujjat-bo%ca%bblib-unga-ergashish-vojibdir","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53318&lang=oz","title":{"rendered":"Diniy hukm chiqarishda hadis hujjat bo\u02bblib, unga ergashish vojibdir"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oldingi maqolalarda shubhaga o\u02bbrin qoldirmaydigan dalillar bilan payg\u02bbambarlik kitob nozil bo\u02bblishi emas, vahiy kelishi bilan sobit bo\u02bblishi bayon qilindi. Shu asosda vahiyning ikki turi \u2013 tilovat qilinadigani va tilovat qilinmaydigani borligi ham ko\u02bbrsatib berildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, birinchi qismda Alloh taolodan Payg\u02bbambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga tilovat qilinmaydigan vahiylar ham kelgani Qur\u02bconi karim oyatlari va qat\u02bciy aqliy dalillar asosida isbotlandi. Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislari ana shunday vahiy jumlasidandir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu safar esa hadis dinda hujjat ekanini va mo\u02bbminlar unga ergashishi shartligini bayon qilinadi. Shuningdek, unga xilof ish qilish yo rad etish mo\u02bbminlarga joiz emas ekani ochib beriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu masalani yoritishda ham asosan Qur\u02bconi karim oyatlari bilan kifoyalanamiz. Albatta, ular oyati karimalarni qo\u02bbllab-quvvatlash va yanada mustahkamlash maqsadida bir qancha sahih hadislarni ham keltiramiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu qismni bir muqaddima bilan boshlasak. Hadisning dinda hujjat ekani haqida aql tasavvur qilishi mumkin bo\u02bblgan uch ehtimolni ko\u02bbrib chiqaylik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Birinchisi:<\/strong> hadislar to\u02bblaligicha hujjatdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ikkinchisi:<\/strong> hadislarning bir qismi hujjat, boshqa qismi hujjat emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Uchinchisi:<\/strong> hadislarning hech bir qismi hujjat emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Masalaning asosiy qismiga, ya\u02bcni Qur\u02bconi karimdan hadis shar\u02bciy hujjat ekanini ko\u02bbrsatuvchi dalillarni keltirishga kirishishdan oldin oxirgi ikki ehtimol noto\u02bbg\u02bbri ekanini qisqacha dalillar bilan ko\u02bbrsatib o\u02bbtishni ma\u02bcqul topdik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ikkinchi ehtimol qat\u02bciyan noto\u02bbg\u02bbri. Chunki bunda bir qismni boshqa qismdan ustun qo\u02bbyish uchun hech qanday asos yo\u02bbq. Shuningdek, Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallamning so\u02bbzlari, amallari va tasdiqlaridan bir qismini qabul qilib, unga ergashish uchun boshqa qismidan ustun qiladigan asos ham mavjud emas. Bundan tashqari, Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan qaysi biri qabul qilinishi, qaysi biri esa qabul qilinmasligini aniq ajratib beradigan naqliy yoki aqliy asos ham yo\u02bbq. Bu esa ikki xil muammoga olib keladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Birinchidan, hadislarga amal qilishning imkoni qolmaydi. Chunki amal qilinishi kerak bo\u02bblgan hadislarni aniq bilish va ularni boshqalaridan ajratishning iloji bo\u02bblmay qoladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ikkinchidan, bunday yondashuv hadislarni har kim o\u02bbz fikri va havoyi xohishiga qarab talqin qilishiga olib boradi. Bunda har bir kishi naql yoki to\u02bbg\u02bbri aqliy dalilga asoslanmagan holda, o\u02bbz xohishi va qarashlariga mos keladigan hadisga amal qilib ketaveradi. O\u02bbz fikri va xohishiga mos kelmaydigan sunnatni esa tark etadi. Oqibatda ummatning har bir vakili yoki har bir guruhi boshqalarnikidan farq qiladigan alohida dinni shakllantirib olishi mumkin. Bunday holatni din egasi u yoqda tursin, aql-hushi joyida bo\u02bblgan insonning o\u02bbzi ham ma\u02bcqullamaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uchinchi ehtimol ikkinchisidan ham batamom noto\u02bbg\u02bbridir. Chunki bunaqa qarash Alloh taoloning Nabiy sollallohu alayhi vasallamga itoat qilish haqidagi amrini bekor qilishga olib boradi. Bu esa, Haq taolo va Rasuli akram alayhissalomga ochiqdan-ochiq qarshi chiqishni, jo\u02bbn aytganda, kufrni anglatadi. Chunonchi, Oli Imron surasining 32-oyatida bu ochiq bayon qilingan: <strong>\u201cAyting: \u201cAlloh va Payg\u02bbambarga itoat etingiz!\u201d Agar yuz o\u02bbgirsalar, Alloh, shubhasiz, kofirlarni suymas\u201d<\/strong>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uchinchi ehtimolga suyanish Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallamga itoat qilish, so\u02bbzlarini amal va ijro uchun qabul qilish, u zotga ergashishni buyuruvchi o\u02bbnlab boshqa oyatlarni ham rad etishni anglatadi. Shuningdek, Payg\u02bbambar alayhissalomga osiy bo\u02bblishni biror shart va istisnosiz taqiqlovchi oyatlarni ham inkor qilishga olib boradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Chuqurroq mushohada qiladigan bo\u02bblsak, Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallamning so\u02bbzlari hujjat sanalmasa va ularni qabul qilish vojib bo\u02bblmasa, Qur\u02bconi karim Alloh taoloning kalomi ekani ham, uning hujjatligi ham sobit bo\u02bblmay qoladi. Chunki uning ilohiyligi faqat Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallamning so\u02bbzlari bilan ma\u02bclum bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu tariqa bu ehtimolga tayanish Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning payg\u02bbambarligini ham yo\u02bbqqa chiqarishga olib boradi. Chunki har qanday ilohiy elchining, jumladan, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning payg\u02bbambarligi faqat uning o\u02bbzini payg\u02bbambar deb e\u02bclon qilishi va \u201cAlloh taolo meni payg\u02bbambar va rasul qilib yubordi\u201d deb aytishi bilan sobit bo\u02bbladi. Rasulning rasul ekani ham, ilohiy kalomning Alloh taolo tomonidan nozil qilingan va tilovat qilinadigan vahiy ekani ham vahiy orqali ma\u02bclum bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbz-o\u02bbzidan kelib chiqadiki, Nabiy \ufdfa Allohning Payg\u02bbambari va Rasuli ekanlari ham, Qur\u02bconning Haq taolo tomonidan nozil qilingan vahiyligi ham tilovat qilinmaydigan vahiy, ya\u02bcni hadis orqaligina sobit bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu jihatdan hadislar Muhammad sollallohu alayhi vasallamning payg\u02bbambarligi tasdiq topishi, Qur\u02bconi karimning haq ekani tasdiqlanishi, islom dinining asoslari va far\u02bciy hukmlari sobit bo\u02bblishi uchun \u2013 bugungi kun istilohi bilan aytganda \u2013 asosiy huquqiy asosdir. Bundan boshqa manbaning o\u02bbzi yo\u02bbq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambarlik sobit bo\u02bblmay turib, soddaroq aytganda, Rasuli akram alayhissalomning elchiligiga imon keltirib, hadislarini qabul qilmaguncha islomda biror hukm chiqarishning iloji yo\u02bbq. Negaki, payg\u02bbambarlik u zotning Alloh taolo tomonidan rasul va nabiy etib yuborilganini e\u02bclon qilishlari, bu da\u02bcvo mo\u02bbjizalar va payg\u02bbambarlik alomatlari bilan tasdiqlanishi orqali sobit bo\u02bblgan. Bu e\u02bclon ham, tasdiq ham Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan biridir. Ya\u02bcni, ko\u02bbrib turganimizdek, islomda huquqiy poydevorning zamirida hadislar \u2013 birinchi navbatda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning og\u02bbizlaridan chiqqan so\u02bbzlar turipti. Oyat ham, hadis ham avval lafz orqali insonlarga yetib borgan. Shunday bo\u02bblgach, hadislarga rioya etmaslik islomning manbaini rad etish bilan barobar sanaladi. Bu esa, islomning o\u02bbzini inkor qilish demakdir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Nurmuhammad MATKARIMOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oldingi maqolalarda shubhaga o\u02bbrin qoldirmaydigan dalillar bilan payg\u02bbambarlik kitob nozil bo\u02bblishi emas, vahiy kelishi bilan sobit bo\u02bblishi bayon qilindi. Shu asosda vahiyning ikki turi \u2013 tilovat qilinadigani va tilovat qilinmaydigani borligi ham ko\u02bbrsatib berildi. Shuningdek, birinchi qismda Alloh taolodan Payg\u02bbambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga tilovat qilinmaydigan vahiylar ham kelgani Qur\u02bconi karim oyatlari va qat\u02bciy aqliy &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":53320,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2449],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53318"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=53318"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53318\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":53321,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53318\/revisions\/53321"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/53320"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=53318"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=53318"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=53318"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}