{"id":53138,"date":"2026-10-07T17:06:45","date_gmt":"2026-10-07T12:06:45","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53138"},"modified":"2026-10-07T17:11:23","modified_gmt":"2026-10-07T12:11:23","slug":"afg%ca%bbonistonda-xalqaro-konferensiyada-markazimiz-vakillari-ham-ishtirok-etmoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=53138&lang=oz","title":{"rendered":"Afg\u02bbonistonda xalqaro konferensiyada Markazimiz vakillari ham ishtirok etmoqda"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">3-7-oktyabr kunlari Afg\u02bboniston poytaxti Qobul shahrida buyuk hanafiy faqihi va allomasi Burhoniddin Marg\u02bbinoniy xotirasiga bag\u02bbishlangan \u201cImom Burhonuddin Marg\u02bbinoniy ilmiy merosining zamonaviy islomshunoslikdagi o\u02bbrni va mavqei\u201d mavzusida xalqaro konferensiya bo\u02bblib o\u02bbtdi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-53141\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/afgon07103.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"450\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/afgon07103.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/afgon07103-300x205.jpg 300w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/afgon07103-110x75.jpg 110w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nufuzli anjumanda yurtimizning diniy-ma\u02bcrifiy soha vakillaridan iborat delegatsiyasi tarkibida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari Shukurillo Umarov va Mehrojiddin Amonov ham ishtirok etdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Anjumanning yalpi majlisida alloma bobomiz Burhonuddin Marg\u02bbinoniy o\u02bbz hayotini islom huquqshunosligi va fiqh qoidalarini puxta tizimga solishga bag\u02bbishlagani alohida e\u02bctirof etildi. Xususan, uning qalamiga mansub \u201cBidoyatul mubtadi\u02bc\u201d asari, 80 jilddan oshib tugallanmay qolgan \u201cKifoyatul muntahiy\u201d sharhi hamda 13 yil davomida tinimsiz sayqal berib yozilgan shoh asar \u2013 \u201cAl-Hidoya\u201dning bizgacha yetib kelgani butun islom olami uchun katta ilmiy yutuq ekani ta\u02bckidlandi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-53140\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/afgon07102.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"450\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/afgon07102.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/afgon07102-300x205.jpg 300w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/afgon07102-110x75.jpg 110w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sh.Umarov o\u02bbz ma\u02bcruzasida Movarounnahr zaminidan yetishib chiqqan buyuk hanafiy faqihning hayot yo\u02bbli, ilmiy merosi hamda \u201cAl-Hidoya\u201d asariga yozilgan mashhur sharhu hoshiyalarning akademik tahliliga alohida to\u02bbxtalib o\u02bbtdi. Shuningdek, asarning nafaqat Sharq, balki G\u02bbarb ilmiy va huquqiy maktablari, xususan, qiyosiy huquqshunoslik va islom moliyasi sohalaridagi dolzarbligini ochib berdi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-53142\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/afgon07104.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"450\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/afgon07104.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/afgon07104-300x205.jpg 300w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/afgon07104-110x75.jpg 110w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">M.Amonov esa Burhonuddin Marg\u02bbinoniy ilmiy merosining islom huquqshunosligi va faqihlar faoliyatidagi o\u02bbrni, alloma qoldirgan boy ilmiy xazinani yosh avlodga yetkazish masalalariga e\u02bctibor qaratdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bilan birga, anjuman doirasida Kobul shahridagi \u201cKalimot\u201d ilmiy-tadqiqot markazi bilan o\u02bbzaro hamkorlikni yanada faollashtirish yuzasidan qator muhim amaliy takliflar ilgari surildi. Xususan, ikki ilmiy muassasa o\u02bbrtasida yaqin aloqalarni yo\u02bblga qo\u02bbyish, birgalikda xalqaro konferensiyalar o\u02bbtkazish, Imom Buxoriy merosini chuqur o\u02bbrganish hamda \u201cBuxopodan Balxgacha \u2013 islom tarixi\u201d yo\u02bbnalishida qo\u02bbshma ilmiy-tadqiqotlar olib borish masalalari muhokama qilindi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-53143\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/afgon07105.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"450\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/afgon07105.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/afgon07105-300x205.jpg 300w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/afgon07105-110x75.jpg 110w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Anjumanda so\u02bbzga chiqqanlar ikki mamlakat xalqlarini bog\u02bblab turuvchi tarixiy, ilmiy va ma\u02bcnaviy aloqalarni yanada rivojlantirish, umumiy merosni chuqur o\u02bbrganish va hamkorlikni mustahkamlash muhimligini ta\u02bckidladi. So\u02bbnggi yillarda ikki tomonlama aloqalar yangi bosqichga ko\u02bbtarilayotgani, xususan, O\u02bbzbekiston Prezidenti tomonidan Afg\u02bbonistonda tinch, osoyishta hayot barqaror topishi yo\u02bblida ilgari surilayotgan tashabbuslar, Balx viloyatida muhtasham Imom Buxoriy madrasasi barpo etilayotgani kabi xayrli ishlar yuksak baholandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tadbir doirasida konferensiya ishtirokchilariga Burhonuddin Marg\u02bbinoniy hayoti va boy ilmiy merosiga bag\u02bbishlab chop etilgan yangi kitoblar taqdim qilindi.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-53144\" src=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/afgon07106.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"450\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/afgon07106.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/afgon07106-300x205.jpg 300w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/afgon07106-110x75.jpg 110w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Safar davomida delegatsiya a\u02bczolari Kobul shahridagi \u201cKalimot\u201d ilmiy-tadqiqot markazi va Milliy muzeyda bo\u02bblib, bu maskanlardagi ilmiy-ma\u02bcrifiy muhit bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, Zahiriddin Muhammad Bobur bog\u02bbi va maqbarasi, shuningdek, Sulton Mahmud G\u02bbaznaviy va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy maqbaralarini ziyorat qilib, ulug\u02bb ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Matbuot xizmati<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>3-7-oktyabr kunlari Afg\u02bboniston poytaxti Qobul shahrida buyuk hanafiy faqihi va allomasi Burhoniddin Marg\u02bbinoniy xotirasiga bag\u02bbishlangan \u201cImom Burhonuddin Marg\u02bbinoniy ilmiy merosining zamonaviy islomshunoslikdagi o\u02bbrni va mavqei\u201d mavzusida xalqaro konferensiya bo\u02bblib o\u02bbtdi. Nufuzli anjumanda yurtimizning diniy-ma\u02bcrifiy soha vakillaridan iborat delegatsiyasi tarkibida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari Shukurillo Umarov va Mehrojiddin Amonov ham ishtirok etdi. Anjumanning &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":53139,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[654,652,642],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53138"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=53138"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53138\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":53145,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/53138\/revisions\/53145"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/53139"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=53138"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=53138"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=53138"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}